June 21

𝖤𝖵𝖤𝖱𝖲𝖴𝖭

𝖠𝗎𝗍𝗁𝗈𝗋: 𝖢𝗁𝗈𝗇 𝖣𝖺𝖾𝗒𝗈𝗇

Eversun

20-qism

Ikkilanib yigitning yoniga yaqinlashgan Daeyon boshdan oyoq koʻzdan kechirib shubxalanib gap boshladi.

-Assalomu Aleykum kimsiz?

-Birinchi kursligingizdan beri sizga oshiq boʻlib yashirincha kuzatib yurgan sirli yigit..Mana bu gullar esa sizga.

Daeyon bir atirgullarga bir jilmayib turgan yigitga nazar tashladi. Bunaqa holatda koʻngliga oʻyin kulgu sigʻarmidi, yana erlik ayol degan nomi boʻlsa. Odamlar koʻrsa gap soʻz chiqib ketadi. Zaxrini sochib qoʻnglini sovutay desa yigit yuvoshdek koʻrinyabdi. Indamay gulni oldida ketishdan oldin:

-Bir oydan keyin amaliyotim boshlanadi vaqtim yoʻq istasangiz kuting. Yoqmasa vidolashamiz

Yigit hechnima demasdan egnida tooʻ qizil palto bilan universitet ichiga kirib ketgan Daeyonning harakatidan hayratda qoldi. Bu rozilik deganimi yoki xayrlashuv? Hech boʻlmaganda gulini olganidan, ichida kichik umid uchquni paydo boʻlgandi. Daeyon allaqachon qizil rangli atirgullarni axlat qutisiga tashlab yuborganini... Daening dugonasi Yeorin yugurib kelib bilagidan ushlab oldi.

-Xoʻsh gaplashib koʻrdingmi nima dedi?? Senam noz qilmay yarashib ketmaysanmi. Er bechorani sovuqda titratmay. Arazingni yigʻishtir Daeyon!

-U erim emas Yeorin, begona harbiy yigit. Meni yoqtirarmish, bergan gulini tashlab yubordim. Aftidan senga yoqganga oxshaydi. Oʻzing gaplashib koʻr unda!


Narigi tomonda ish stolida ovozli xabarni eshitib turgan Taehyung va Jungkook bir zum jim turdi. Qoni qaynab turgan doʻstiga qarab turgan Jk tomoq qirib qoydi.

-Bu yanga chatoq chiqdi. Gulni olibdiku, seni tezda unutdimi deymanda. Oʻzing aybdorsan Heosunning oʻrniga oʻzing borishing kerak edi.

-Daeyon aniq axlatga tashlab yuborgan. Bu topgan yigiting borku bir ishni ham eplay olmas ekan. Landavur bir oy vaqtim ketti uni sinovdan oʻtqazaman degunimcha sochim oqardi. Boʻlmabdi boshqa topamiz endi

-Iyee baxona qilma Taejon doʻstim. Rashkdan burning qizarib yuzingdagi tomirlaring ham xiyonat qilib yubordiku!! Oʻzing boshladingmi chida endi! Undan koʻra Italiyaga ketayotganing haqida gapir. Joningdan toʻydingmi??

-Aybsiz bolalarni kimdir qitqarishi kerakku. Oddiy odam emas advokat boʻlib boryabman unutma.

-Ha mayli..Kelgunicngcha ikki yosh ham qoʻsha qarib qolishar..!

Jungkookning kinoyali lekin achchiq haqiqatidan Taening yuzi burishib ketdi..

Heosun

Oxirgi para tugashi bilan sinf xonasida Daeyonning oʻzigina qoldi. Oxirgi paytlar kech ketish uning odati boʻlib qoldi. Uyda boʻlgani bilan muhit ogʻir, insonni kuchli dardga solib qoʻyadigandek tuyulardi. Yoʻlak boʻylab yurayotganida direktor xonasidan kelayotgan ovozlardan qiziqib toʻxtab qoldi.

-Janob toʻrtinchi kurs bitiruvchi qizlarimizdan ayrimlari oʻz xoxishi bilan Italiyaga borib yarador bemorlarga yordam berishmoqchi ekan. Ota-onalaridan ham arizalar olindi. Bazilari mehribonlik uyidagi qizlar ekan. Faqat xavfsizlik yuz foiz kafolatlanganmi deyishyabdi.

-Ota-onalariga tushuntirdingizmi? Bu xavfli ish. Italiya hozirgi kunda notinch, hamshira ayollar esa kerak. Bitirib ketgan qizlarga ham elon tarqating.

Daeyon sekin eshikni taqillatib ichkariga kirish uchun ruxsat soʻrarkan, direktor va uning kotibasi suhbatni toʻxtatishdi.

-Mayli kotiba xonim siz boravering. Qolganini ertaga gaplashamiz. Kun ham allamahal boʻlib qoldi.

-Yoʻq shoshmay turing..Gaplaringizni eshitib qoldim. Men ham Italiyadagi bemorlarga yordam berish uchun boshqa hamshira qizlardek ketsam boʻladimi?

-Nechanchi kurssiz singlim. Bu xavfli ota-onangiz ruxsat beradimi?

-Arizani ertagayoq olib kelaman. Ikkinchi kurs talabasiman. Bir yarim yil ichida ancha-buncha narsani oʻrganib oldim. Universitetga kirishdan oldin ham qishlogimda odamlarga yordam berib yurardim..

-Unda..arizani olib kelingchi..


Daeyon bu gapni uyga koʻtarib kelishi bilan halovat buzildi. Onasi dodvoy solib tinmay qarshi chiqar, u esa ketamanlab turib olgandi.

-Oʻlsam oʻlamanki, ariza yozmayman. Bir bolamdan ayrilganim yetmadimi, ikkinchisiga ham oʻz qoʻlim bilan oʻlim farmonini yozib beraymi endi?? Hechqachon uqdingmi??

-Ona bir marta hoʻp deng jon ona. Axir bekorga oʻqimayabmanku, odamlarga yordam berishim kerak. Oʻzimga ham kelib olarmidim...

-Bu senga davlatdan davlatga sayohat qilish emas oʻzingga keladigan. Urush boʻlyabdi u yerda qiz urush! Ayol boshing bilan balo bormi! Dadasi nimadir deng qizingizga aqlini yeb qoʻyibdi eri bilan ajrashganidan beri.

-Ha aqldan ozdim ozdim!! Turmush qurganimga bir yildan oshdi bepushtdek haligacha farzand koʻrmadim! Bu ham yetmagandek qondosh singlimdan ayrildim! Har kuni ich etimni yeyabman. Menga ham osson tutmanglar! Kimgadir boʻlsa ham yordamim teksin! Otajon yoʻq demang...

-Daeyon..bizni qiynama qizim..

-Mayli bormayman. Lekin yaqinda shu uydan darddan siqilib yurak xurujiga uchrab vafot etganimni koʻrsangiz oʻzingiz aybdor boʻlasiz!

-Aniq xavfsizmi? Nechta qiz ketyabdi...?

Ota-onasini amallab koʻndirgan Daeyon, hozircha arizani faqat otasidan olgandi. 1 haftadan soʻng esa Italiya xalqi tomon yoʻl oladi. Yeorin tufayli u davlatda nimalar yuz berayotganini telefondan kuzatib koʻngli ranjidi. Kattalarku mayli, bolalarda nima ayb ekan..?

-Daeyon..ketmasangchi dugonajon. Rosa koʻnglim gʻashda. Senga nimadir boʻlsachi, bilasanku universitetda ishonganlarimdan birisan, hoʻp degin..

-Koʻrsatgan videolaringdan keyin yana bir bor borishga umid bogʻladim. Meni yoʻldan qaytarma, Yeorin. Biz issiq uyda ota-onamizning quchogʻida begʻam uxlab yotganimizda, ular ochlik va ogʻir kasallikdan hech bir sababsiz vafot etishyabdi.

-Duo qilaman, iloyim yuzing yorugʻ va sogʻ salomat boʻlib qayt. Ha aytgancha anu yigit bugun yana kelibdi. Qachongacha yalintirmoqchisan? Hechboʻlmasa ketayotganingni bir ogʻiz aytib qoʻy.

-Qoʻy Yeorin, qachon qaytishimni bilmayman. Balki uzoq muddatga qolib ketarman ungacha unutib ham yuboradi mana koʻrasan. Yaxshisichi oʻzing ildirib ol!

-Ufff bas qil Daeyon!!


1 haftadan soʻng...

Mana oradan bir hafta ham oʻtdi. Bugun universitet yonida toʻrtinchi, uchinchi, hattoki bitirib ketgan talaba qizlar yigʻilishgandi. Ularning orasida Daeyon ham bor. Qizlarning ota-onasi farzandlari bilan koʻz yosh toʻkib xayrlashardi. Bu orada direktor qizlarini xavfsiz saqlashiga vada berib dardlarini yengillashtirishga harakat qilardi. Rozi rizolik olingach qizlar birin-ketin avftobus ichiga kirib ketishdi. Daeyon ham ota-onasi bilan xayrlashib soʻngi bor ularga qaradida ergashdi...Avftobus toʻgʻri Koreya aeraporti tomon haydadi...

Kabinetidan chiqib ketishga shaylanayotgan Taehyung telefoniga kelgan qoʻngʻiroqdan sergak tortdi.

-Kim Taehyung sizni mashaqqatli yoʻl kutmoqda. Italiyadan yurtdoshlarimizni oʻz yurtiga qaytarib olib keling. Bundan tashqari bugun nufuzli universitetlarimizdan bitiruvchi qizlarimiz ham aeraportga yoʻl olishdi. Ularga ham koʻz quloq boʻling!

-Hoʻp boʻladi janob aytganingizdek qilaman. Yetib borishim bilan xabar beraman! Xudo xoxlasa hammasi yaxshi boʻladi...

Yeorin

Bugun Daeyon va boshqa qizlarni ogʻir yoʻl mashaqqati kutib turardi. Bazilari sevgan yoriga yana ayrimlari eriga qoʻngʻiroq qilib xayrlashishardi. Daeyon ham Taega qoʻngʻiroq qilsammikin deb oʻylab qoldi. Nega u qoʻngʻiroq qilishi kerak, muttaxam joyi bormi? Ayb ishni erining oʻzi qilgan boʻlsa. Shu paytgacha bir ogʻiz xabar olib telefon qilmadi..

Telefonini qayta joylab fikridan qaytdida boshqa qizlardek samalyot ichiga kirdi...oxiri chegara yoniga yetib kelishdi. Buyogʻiga mashinada ketish kerak edi. Uzoq safardan charchagan qizlar bir-biri bilan topishib ham ketishdi. Mashina Rimdan Janubdagi Anzio hududiga haydadi. Ogʻir bemorlarni ham imkoni boricha shu yerga olib kelishardi.

10-15 soatdan beri yoʻl azobidan qiynalgan qizlar nihoyat lagerga yetib kelishdi. Ichkarida joy qilib mizgʻib olish uchun kirib ketgan qizlar orasida Daeyon ham bor edi. Kirishidan oldin atrofni koʻzdan kechirdi. Endi chodirga kiraman deganida tashqaridan bolalarning chinqirgan ovozi eshitildi. Ikkilanmay borsa, boshlari shilingan yarador yoki bir oyogʻidan ayrilgan bolalar ogʻriqdan, bazilari esa allaqachon bu dunyoni tark etgan onasini qidirib yigʻlardi.

Uyquni ham unutgan qiz hamshiralarning yoniga borib yordam berishga qaror qildi. Baxtiga Koreyadan kelgan yoshi katta ayollar bor ekan, birgalikda qarab, oʻrgatib turishdi.


Mashinada kuni boʻyi uyqudan qiynalib koʻzlari shishib ketgan Taehyung chegaradan otib, Anzioga yetib kelgandi. Buyruqga koʻra Koreyadan yetib kelgan yosh hamshira qizlarning sogʻ-salomatligini tekshirish. Esnab mashinadan tushgan Tae chodir atrofida yugurib yurgan, oq xalati begunoh odamlarning qoni bilan burkangan hamshiralarning kuyib pishishini kuzatdi. Ular tomon yurayotgan paytida qoʻlida kerakli anjomlari bor qizga urilib ketdi.

-Oxx kechirasiz ming bor uzur.

Taehyung tezda engashib yordam berayotganida, bir yostiqga bosh qoʻyib yurgan ayoli Daeyonni koʻrib muzlab qoldi.

-Daeyon???

(Taehyung va Daeyon)