𝖤𝖵𝖤𝖱𝖲𝖴𝖭
Daeyon erining vafotidan keyin oʻqishga bormay ham qoʻydi. Nafaqat bu, kam ovqatlanish, hattoki koʻchaga ham chiqmasdi. Heosun necha bor kelib-ketib xolidan xabar olsa ham, koʻz qiri bilan qarab qoʻyishni ravo koʻrmadi.
Hech boʻlmaganda Leyla uni biroz boʻlsada chalgʻitishga muvaffaq boʻldi. Yaqinda uyda zerikdi deb maktabga joylashtirishgandi. Och keladi deb pishir kuydur qilsyotgan Daeyon dugonasi Yeorin kelganini ham sezmay qoldi.
-Yeorin, bu yerda nima qilib yuribsan? Tinchlikmi
-Tinchlikmi deb sendan soʻrash kerak. 1 haftadan beri darslarga bormaysan. Oʻqituvchilarga yalinib amallab seni chetlashtirmasinlar deb jon kuydirib yuribman. Sen boʻlsa pinagingni buzmay ovqat qilyabsan.
-Haydasa haydasin. Oʻzi oʻqishdan ketish haqida ariza yozish uchun bormoqchi edim. Leylaning maktabi bilan vaqtim boʻlmay qoldi.
-Baloni yebsan sen qiz! Hech boʻlmasa raxmatli ering toʻlagan pullarga achin. Xotinim oliy malumotli boʻlsin deb nimalar qilmadi. Leyladan xavotir olishning hojati yoʻq. Mana Heosun yordam qilib mashinasida olib borib yuribdi.
-Ee shu Heosuningniyam. Atrofimda oʻralashib jonimga tegdi. Yoʻq degan gapni tushunadimi oʻzi? Taehyungning vafotiga 40 kun ham boʻlmadi. Yuziga oyoq bosib yurib ketaymi endi?
-Kim yur deyabdi noinsof! Koʻzingni kattaroq och deyabman xolos. Bola paqir seni koʻrgandan beri majnundek daydib yuribdi!
Yeorinning gapi ogʻzida qolib, tashqaridan mashina ovozi yangradi. Heosun kelganini sezgan ikki qiz ham sergak tortishdi. Eshikdan birinchi kirgan Leyla qorni ochqab oshxonaga yugurdi.
-Daeyon opaaa sizni ham yeb yuborgudek ochman. Nimadir bormi??
-Qachon kelganingda uyda issiq ovqat boʻlmagan shirinim
Daeyon kichik jilmaygancha qisqa muddat ichida oʻz singlisi oʻrnida koʻrgan Leylaning yoniga shirguruchni qoʻydi. Heosun ham qizchaning sumkasini koʻtarib ichkariga kirdi. Qoʻlidagi mayda-chuydalarni koʻrgan Daeyon olishdan bosh tortdi. Lekin Yeorin darrov qoʻlidan oldi.
-Nima keragi bor shunaqa narsalarni. Ochlikdan oʻlganimiz yoʻqku. Ovora boʻlib oʻtirmang bundan keyin.
Sovuq munosabatidan norozi qiyofada dugonasiga qaragan Yeorin yelkasidan turtib qoydi.
Bugun ham Heosun qizchani maktabdan olib kelish bahona, Daeyonning ota-onasi bilan gaplashishga qaror qildi. Bu orada Daeyon Leylaning kiyimlarini yuvish bilan ovvora edi.
-Oʻgʻlim, koʻryabmiz qizimizga nisbatan his-tuygʻularingiz bor ekan. Bor umidimiz sizdan, nima qilib boʻlsayam uni hayotga qaytaring. Harakat qilyabsiz, koʻnglini ovlang. Kuyovimning oʻlimidan beri oʻzini oldirib qoʻydi. Shu Italiyadan olib kelgan qizcha bilan oʻzini ovutib yuribdi.
-Harakat qilaman xolajon. Oʻzim ham shuning dardidaman. Daeyoningiz juda qaysar, bundan tashqari erini sevadi. Menga qiyo ham boqmayabdi. Shuni oilaviy hal qilsak deb kelgandim. Amaki balki oʻzingiz gaplashib koʻrarsiz.
Daeyonning otasi uzoq sukutdan soʻng, derazadan tashqarida yuvilgan kiyimlarni ilayotgan yuzidan quvonchi ketgan qiziga qarab sekin bosh irgʻadi.
-Mayli bir gaplashib koʻraychi qani nima derkin..
Oxirgi kiyimlarni ilib tugatgan Daeyon otasining u tomon yurib kelayotganini koʻrib qoʻlidagi laganni yerga qoʻydi.
-Tinchlikmi otajon. Nimadir kerakmi, choy damlab beraymi yoki?
-Yoʻq yoʻq qizim, men yaxshiman. Xonangga yurchi, gaplashadigan gap bor.
Otasi Leyla haqida gapirarmikin deb xavotir bilan ortidan ergashdi.
-Ota agar Leyla haqida gapirmoqchi boʻlsangiz, kerakmas. Uni oʻz singlimdek qabul qilganman. Shu uyda qolsa zarari tegmaydiku. Oʻzi bir luqmagina ovqat yesa.
-Daeyon men sen haqingda gaplashmoqchiman. Bilaman yaqinda eringdan ayrilding. Oʻzingni oldirib qoʻyyabsan qizim. Qachongacha aza tutmoqchisan.
-Bu bilan nima demoqchisiz. Har kuni qatnab yurgan anu Heosunga turmushga chiqib ketaymi? Hozirdan sigʻishtirmaslikni boshladingizlara?? Taeyimning uyida bunday boʻlmasdi..
Otasining gaplarini eshitmay shoshib chiqgan qiz, tomogʻiga tiqilgan achchiq narsaga etibor bermay uydan chiqib ketdi. Daeyonning roziligi bilan erining qabri oʻz qishlogʻida qoʻyilgandi. Taehyungning uyi boʻlsa sotilib, pullar Leylaning kelajagi uchun bankga qoʻyildi. Piyoda holda sovuq havoda yigʻlab qabriston tomon ketayotgan Daeyon erining qabriga oʻzini tashlab yubordi.
-Ularga qarang, mozoringiz sovumasidan boshqasiga uzatishmoqchi. Ayting, Daeyon meniki kim qoʻlini tekkizsa sindiraman, oʻzim uyga olib ketaman, meni yorim u deng...! Gapirsangizchi Taehyung, GAPIRING!!
(Oradan 3 yil oʻtganidan soʻng..Daeyon tilidan)
Uzoq vaqt qarshiliklarimdan keyin otam birinchi darajali yurak xurujini boshdan kechirdi. Yana bir yaqinimdan ayrilishni istamay, Heosunga turmushga rozi boʻldim. Vijdon azobi butun vujudimni egallaganda oʻzimni oʻqish bilan chalgʻitgandim. Bitirgach Koreyaning qoq markazidan oʻzimning xususiy shifoxonamni yoʻlga qoʻydim. Bankdagi Taehyungning pullari qoʻl kelgandi. Ortib qolganini Leyla uchun ishlatishga qaror qildim. Bir necha oydan keyin kichkintoyim 18 yoshga kiradi.
Yunheening vafotidan keyin oʻrnini toʻldirish uchun baxtimga u keldi. Taening vafotiga ham, Heosunga turmushga chiqayotganimda ham yagona daldam edi. Yeorin haqida gapirmaslikning oʻzi xato. Qiyomatli dugonam, fidokorim, jonkuyarim. Men bilan qayerda nima sodir boʻlsa ham doim yonimda boʻlgan. Shu sababli yonimga yordamchi qilib olgandim.
-Daeyon, bugun ogʻir operatsiyamiz bor yodingdami??
-Unutayozibmanku qara, qanchalik esim past. Yeorin, yarim soatdan keyin boshlanishini ikkimiz ham bilamiz. Nega boshimni achitasan dugonajon!
-Boshingni achitmayabman seni chalgʻitishga harakat qilyabman axmoq qiz. Yana siqilishni boshlayabsan! Taeni soginyabsanmi?
Yeorinning gaplaridan tomogʻimga nimadir tiqilgandek boʻldi. Stolim ustida vafot etganiga uch yildan oshgan boʻlsada, hanuzgacha unuta olmagan birinchi muhabbatimning jilmayib turgan surati turardi.
-Bilasanmi nima..bazan unga nisbatan chin sevgingdan hayratda qolaman. Hattoki shifoxona nomini Taehyungning ismi bilan atab qoʻydinga..
-Uni yaxshi xotira bilan eslashlarini istayman Yeorin. Hanuzgacha turmushga chiqganim uchun vijdonim qiynaladi. Har tong Heosun bilan bir yostiqda uygʻonganimda Taega xiyonat qilyabman deb ich etimni yeyman.
-Umringni oxirigacha yolgʻiz yashay olmasding. Bundan tashqari, Heosun bilan bir yostiqga bosh qoʻyganing bilan hech yaqin boʻlmadingizku. Yani sen bunga imkon ham yaratib bermading bechoraga!
-Bu sen oʻylaganchalik osson emas...
-Bilganim uchun ham aytyabman. Ikkingizni ham baxtingizga Leyla borligi foydaga. Oʻz farzandingizdek koʻrib katta qilib ovunyabsiz!
Yana bir kuni charchoq lekin insonlarning hayotini qutqarib qolgani uchun xotirjamlik bilan uyiga keldi. Negadir tinchlik, doimgi Leylaning nayranglaridan darak ham yoʻqku. Axir ertaga tugʻilgan kuni boʻlsa. Sekin xonasiga chiqib qarasa oʻz farzandi, singlisidek koʻrgan kichkintoyi Leyla uxlab yotardi. Ishongisi kelmaydi ertaga 18 yoshga kiradi...
-Heosun nechuk bugun bu qiz erta uxladi tinchlikmi? Xonasiga kirsam uxlab yotgan ekan. Bugun kayfiyati yaxshi edimi oʻzi.
-Kelgandan shuncha savolmi?? Hammasi joyida. Daeyon, bilasan u hali maktabda oʻqiydi. Yaqinda bitiruvchi boʻlsa. Yelib yugurib charchayabdida.
-Maylikuya..har yili tugʻilgan kunidan oldin buni anuni olib berasiz deb rosa xarxasha qilardi.
-Ertaga 18 yoshga toʻladi..Sen uchratgan kelgan yosh qizcha emasku! Xavotirlanishni bas qil
Heosun yumshoq jerkigancha qoʻlidagi kitobni tokchaga qoʻydi. Daeyon yelka qisgancha kiyimlarini almashtirish uchun hammomga kirib ketdi. Qaytib chiqsa u hali ham shu kitobidan boshini koʻtarmay oʻtiribdi.
-Qunduzbekmisiz, namuncha boshingizni koʻtarmadingiza shu kitobdan. Qani menga beringchi!
Daeyon qoʻlidan kitobni tortib oldida muqovasiga qaradi. Qoshlarini chimirib Heosunga yuzlandi.
-Tungi qotillik? Kechqurunda bunday narsalarni oʻqish nega kerak. Yoki nima sizdan qochib yurganim uchun tunda yostiq bilan boʻgʻib oʻldirmoqchimisiz deyman.
-Xudo asrasin. Jinni boʻldingmi!
Daeyon hazil qilgan boʻlsada gapining tagida achchiq haqiqat turardi. Mana bugun ham Heosun kresloga joy solib uxlab qoldi. Qiz oʻrin almashaylik desa ayol kishisan deb koʻnmaydi. Bazida oʻzi ham qanday qilib shuncha yildan beri Heosun indamay yurganiga lol qolib hurmat qilardi.
Tuni bilan u-yoqdan bu yoqqa agʻanab uxlay olmayotgan Daeyon oxiri xoʻrsinib oʻrnidan turdi. Tugʻilgan kun tufayli erta tashvishlanayotgandir? Aniq shunday, Leylani xursand qilay deb oshxonaga tushdida oʻz qollari bilan shokoladli tort tayyorlashni boshladi. Bu uning eng sevimli shirinligi edi. Butun uyni issiq shokoladli tortning hidi egallagach sovutish uchun muzlatgichga qoʻydi.
Endi tinchgina uxlasa boʻladi. Lekin bundan oldin yana bir bor Leyladan xabar olmasa koʻngli tinchimaydigandek tuyuldi.
-Tugʻilgan kuning bilan malikam...
Daeyon peshonasidan oʻpish barobarida qizning boʻynidagi qizarib qolgan izlarni koʻrib bir zum tushunmay qoldi. Keyin sekin anglagancha ortga tisarildi...