June 15, 2025

Wedgh

Kechgi payt ikki oila a’zolari ham qo'rg'ondayig'ilishdi.
~Sizlar nimalar qilyabman deb oʻylayabsiz ?
Janob Mikaelson qarshisidagi Janob Jeon va Jungkookka qarab boʻkirib yubordi.
~Mening qizim seni oʻgillaringni oʻyinchogʻimi ?
G'azabi alanga olgan Janob Mikaelson Jungkookni otasi
yoqasidan ushlagancha unga g'azabini sochdi.
~Tinchlan Klaus men bilmagandim Mingyu bunday qilishini
~Yanchib tashlayman. Lanati itvachchangni yanchib tashlayman...
Tishlari orasidan vishillagan erkak do'sti yoqasini bo'shatib uni siltab yubordi. Erkak sekin yoqasini
sozlayotganda eshik to'satdan ochilib Jungkook va y/n paydo
boldi. Jungkook Shaxdam qadamlar bilan Janob Mikaelsonning
qarshisiga turdi va ko'zlariga tik boqdi .
~Haddingizni oshmang !Otamga bunday
muomala qilishga haqingiz yoʻq
-Jungkook
Otasi gapirish uchun og'iz ochganda. Jungkook bir qo'l ishorasi bilan jim qilish ishorasini otasiga koʻrsatdi.
-Va qizingiz Y/n endi meni rasman xotinim . Qizingiz tinch xayot kechirishini istasangiz so'zlaringizga
etiborli bo'ling.
Janob Mikaelson kulib Jungkookning yuziga musht tushirdi.
-Aslida sen tilinga etiborli bo'l tirrancha.Y/n koʻchada qolmagan hech qanaqa senga xotin boʻlmaydi.
~ O‘zingizni bosib oling. Xozir jaxl ustida hech qachon tuzatib bo‘lmaydigan ishga yo‘l qo‘ymang. Ukam xato qildi va men xozir shuni to‘g‘irlashga urinyapman. Men qizingizga uylandim endi u meni xotim .To‘g‘ri kuyov almashdi ammo oilalarimiz hali ham o‘sha ikki oila o‘rtasidagi ziddiyatni siz ham biz ham xoxlamaymiz. Qizingiz nomiga nafsoniyatiga dog‘ tushishini istamasiz. Qizingiz taqdiri va sha‘ni sizning keyingi qaroringizga bog‘liq.Men uni oʻz xotinim sifatida qabul qilishga tayorman.

Janob Mikaelson Jungkookning gaplaridan soʻng ozroq oʻylanib qoldi va rozi boʻlib qoʻrgʻoni tark etdi.


Mexmonxonada halli ham nima qilishni bilmagan Y/n ni koʻrgan Jungkook u tomon ogʻir xoʻrsinib yurdi.
~Ketamiz
~Qayerga ?
~Shaxsiy uyimga
~Bu yerda yashamaymizmi?
~Men koʻp gapirganlarni yoqtirmayman !
Jungkookning sovuq ohangidan Y/n Jungkookka oʻqrayib qaradi.
~Menga esa turqi sovuqlar yoqmaydi !
Jungkook qarshisidagi qizning gaplaridan asabi buzilib chuqur nafas oldi.
~Kel y/n yaxshisi kelishib olaylik , sen menga gapirma xoʻpmi men senga gapirmayman ?
~Juda soz !
Y/n Jungkookni javobini kutmasdan uydan birinchi chiqib ketdi va mashinaga oʻtirdi . Jungkook Y/n ortidan borib mashinaga oʻtirib oʻzining shaxsiy uyiga haydadi.
1-soatlik yoʻldan soʻng mashina katta qop qora uy qarshisida toʻxtadi. Jungkook mashinadan tushib uyga y/n kutmasdan kirib ketdi . Yuzlarini burishtirgan y/n ham xafsali pir boʻlguncha Jungkookning ortidan kirdi.

Pov y/n
~Uyga kirishim bilan birinchi koʻzim uyning dizayiniga tushdi. Umuman boshqacha uslubda , qora va oq ranglardan koʻproq foydalanilgan. Men atrofni sekin aylangunimcha qarshimdagi zinalardan sport kiyimida Jungkook tushib keldi.
~Pastdagi xonalardan biriga joylashishing mumkin. Aytgancha tartibsizlikni yoqtirmayman shuning uchun iloji boricha tartibli boʻl
~Boʻldimi ? Faqat shumi menimcha biz gaplashib olishimiz kerak
Jungkook qoʻl soatiga qarab qoʻyib soʻngra Y/n ga qaradi.
~Senda 5-daqiqa bor , gapir eshtaman
~Hazlashyabsanmi Jungkook ? Bu maynavozchilik emas
~5-daqiqani yarim soniyasini behuda sarflading
~Endi nima boʻldi bizning hayotimiz ?
~Biz ? Shoshma biz degan narsa yoʻq !
~Nega unda menga uylanding , menga uylanib nima qilmoqchi eding ?
~Sen nimani istagan eding va istayabsan
Jungkook Y/n tomonga sekin qadam bosib uning ustiga bostirib kelaverdi. Y/n ortga tisarilish oʻrniga u oʻrnidan jilmasdan Jungkookka oʻqrayib turgandi.
~Menga qara Jungkook ! Men senga bundan soʻng nima qilamiz dedim . Sening axmoqona xayollaring bilan ishim yoʻq
~Oddiy , sen mening oyogʻim tagida oʻralashmaysan va men xohlagan paytda ajrashamiz
~Nima ? Ahmoqqa oʻxshab koʻrinyabmanmi ?
~Vaqting tugadi
Jungkook Y/n ga yuzini burib oshxona tomonga ketayotganida Y/n shoshilib yigitning qoʻllaridan tutib oʻziga qaratmoqchi edi ammo Jungkook qoʻlini qattiq siltagani sabab Y/n

Jungkook uni uradi deb oʻylab qoʻllari bilan yuzini tezda berkitdi.
~Yosh boladek tutishni bas qil . Ayollarga tushunmayman ! Agar mendan erlik mehrni kutayotgan boʻlsang adashasan ! Biz alohida alohida xonalarda yashaymiz va men senga qoʻlimni uchini ham tekizmayman va sevmayman ham . Menga sening qizigʻing yoʻq
~Sen nimalar deb aljirayabsan oʻzi ? Kim senga bu huquqni berdi istasam hozirni oʻzida bu yerdan keta olaman
~Urinib koʻrchi bu uydan chiqa olarmikansan ! Mening changalimga tushding men istamagancha ketmaysan !
~Toshingni ter
Y/n Jungkookni itarib eshik tomon harakatlanganda Jungkook shoshilib qizning bilagidan qattiq tutib oldi.
~Meni jaxlimni chiqarma Y/n
~Chiqarsam nima qilasan aaa nima qilasan ?
~Oʻzingdan koʻr
Jungkook y/n yelkasiga tezda ortib oldi.
~Qoʻyib yubor axmoq
~Dars olasan ! Dars