June 14, 2025

ARXIDEYA

Daeyon_Anna_Mikaelson

11- epizod

Pov_avtor: Hayotimga nur olob kelgan quyoshsan..

Deraza qarshisidan tashqariga qarab turgan Daeyon eshik ochilganini sezmay qoldi. Bu kim ekanligini tahmin qilib ortiga ham ogirilmadi. Jacob dori qutisini yotoq chetiga qoyib qiz tomon yaqinlashdi
~Qachongacha motam tutmoqchisan?
~Nega bunday qilyabsan?
~Men bilan qolishingni istayman.
~Ishni shu yergacha olib kelish shartmidi. Majburan ushlab tura olmaysan!
~Eringni qamalishini istamassan?
~Qanday toshbaģir odamsan. 1 haftadan beri qizimni kormadim. Farzandni onadan ayirib bolmaydi Jacob.
~Shu uchun ham uni bu yerga olib keldim.
~Nimaa??
Jacob kiring dedi. Ichkaridan ayol 1 yarim yosharli farishta yuzli qizcha bilan ichkariga kirib keldi. Daeyon yiglab yubormaslik uchun Yeehi tomon otildi.
~Qizalogim ozimni seni juda soģindim..
Daeyon tinmasdan qizining yuz kozlaridan opa boshladi. Orqada hammasini kuzatib turgan Jacob miyigida kulib qoydi. Daeyon harakatdan toxtab ortiga ogirildi.
~Uni bu yerga qanday olib kelding?
~Buni tarixi uzun.
Jacob ayol bilan birga xonadan chiqib ketdi. Hech nimaga tushunmagan Daeyon Yeehini qattiq quchib oldi. Onasini sogingan Yeehi bir pasda Daeyonni qolida uxlab qoldi. Daeyon qizini yuz kozlaridan opib jilmayib qoydi. Oradan qancha vaqt otgani nomalum biroq yana osha ayol xonaga kirib keldi. Bu safar qolida bejirim quti bilan.
~Bu nima?
~Ozing kor. Ertaga toy.
~Kimniki?
~Seniki

Jacob

FLASHBACK

Qora kastyum shim kiygan yigit qasrdek uy tomon yaqinlashdi. Kozoynakni yechib atrofga bir qaradida eshik qóngirogini bosdi. Ichkaridan Jungkook hozir deya yaqinlashdi. Jungkook qarshisida turgan yigitni korib qotib qoldi. Hali ham oziga kela olmay eshikka suyanib qoldi.
~Bundan ortiq reaksiya kutmagandim sendan. Meni soģinmadingmi sotqin dóstim..?
~Jacob..
~Balki ichkariga taklif qilarsan?
Niki ruxsatsiz ichkariga kirdi. Jungkook hech nima demay eshikni yopdi. Jacob atrofga qarab jilmayib qoydi.
~Uying hali ham osha osha.
~Sen qachon chiqding?
~Bu senga qiziqmi. Men Yeehini olib ketgani keldim. Ha aytgancha mana bu taklifnoma senga tóyimga otarsan.
Jungkook hech nimaga tushunmay ózgacha uslubda bezatilgan taklifnomani ochdi.
"Daeyon&Jacob"
Jungkook kozlariga ishonmay qayta qaradi. Adashmagandi demak Daeyon uni qólida.
~Yeehi qayerda?
~Jacib nima qilmoqchi bolyabsan bu nima? Daeyonni zudlik bilan uyga olib kel.
~Jungkook bas qil. Singling bilan toyimiz bolyabdi tabriklashni orniga tahdid qilyabsanmi?
~Qanday toyni aytyabsan singlimni senga berib qoymayman!
~Nega endi qorqyabsanmi? Qilmishing uchun singling jabr tortishidan qoqyabsanmi?
Jacob miyigida kulib Jungkook bilan yonma yon turib oldi. Hafsala bilan Jingkookga qarab osha qorqinchli hushtak ovozini chalib yuqori qavatga chiqib ketdi. Jungkook qolidagi taklifnomani yerga tashlab yuqori qavatga yugurib chiqdi.

Jungkook

Jacob birma bir xonalarni korib chiqdi.
~Bola qayerda?
~Uni topa olmaysan.
~Yaxshi.
Tashqaridan mashina ovozi eshitildi. Bir qiz qolida 1.5 yosharli qizcha bilan tushayotgandi. Jacob miyiģida jilmayib tashqariga chiqdi. Jungkook ming lanat deb stolni tepub yubordi. Tashqariga chiqqanida enaga qizdan boshqa hech kim yoq edi.
~Yeehi qani?
~Janob men..uni olib ketishni men hech nima qila olmadim.
~Nega berib yuborasannn
Jungkook bor ovozicha baqirdi. Mashinaga otirib tezlikni oshirdi. Qancha tez haydamasin sira yeta olmasdi. Asabiy bor tezlikni oshirdi.
~Kelishingni bilgandim. Jacob miyiģida kulib qoydi. Jungkook mashinani bor tezlikda haydasa ham yeta olmasdi. Asabiy baqirib tezlikni oshirdi. Maktab formasida kelayotgan qizchani kormay qoldi. Urib yubormaslik uchun mashina rulini qarshi tomonga burib yubordi.
~Ming lanat..
15 yoshlar atrofidagi qizcha mashina unga yaqinlashayotganini korib qorquv bilan yerga yiqildi. Kozlarini ochib ortiga ogirilganda mashina daraxtga zarb bilan urilgan va old tomoni pachoqlanib ketgandi.
Qiz qórqib telefonini qolga oldi.
~Opa..opa yonimda mashina avftohalokatga uchradi. Ha men yaxshiman hop..
****
~Aqldan ozganmisiz? Men qanday qilib Bellani oldirish mumkin. Isbotingiz bormi
Taehyung tergov xonasida qizishib bir nimalarni tushuntirishga harakat qilardi. Bir biriga qarab qoygan 2 tergovchi noutbukni Taehyung tomon burishdi. Taehyung noutbukni yaqin tortib hayratga tushdi.
"Videoda Bellani dópposlab boshiga bolta bilan kuchli zarba berayotgan qora kapshondagi yigit tasvirlangandi"
~Bu men emasman. Axir yuzi korinmaganku?
~Shunday deyishingizni bilardik. Bu yerga qarang
Video tasvirda yigit niqobini yechib tashladi. Bu Taehyung edi.
~Nima? Hazillashyabsizlarmi. Bu men emasman. Yo tovba kulgim kelyabdi.
~Ish jiddiy tus olgan shuning uchun ham sizni qoyib yubora olmaymiz mazur tutasiz.

****
Jungkook allanechuk kozlarini ochdi. Atrof juda yoruģ. Yon tomonida oq xalatda shifokor bir nimalarni yozardi. Bemorni uygonganini korgan erkak shifokor xushyor tortdi.
~Ozingizga keldingizmi?
~Menga nima boldi?
~Avftohalokatga uchradingiz.
Jungkook zirqirab oģriyotga boshini ushladi. Voqealarni bir bir eslab qóllariga ulangan matohlarni tortib ornidan tura boshladi.
~Janob nima qilyabsiz?
~Jin ursin men ketishim kerak
~Bu ahvolda sizga ruhsat bera olmaymiz
Jungkook turga joyida yana ótirib qoldi. Eshikdan uzun koylak va oziga yarashib turgan oq halat bilan sochlari mallarang bir qiz kirib keldi.
~Ouv Chxve xonim xush kelibsiz qadamlaringizga hasanot.
~Bas qil Door.
~Bu yerda nima qilyabsan? Qachon kelding
~Bekorchilikdan bir kirib otay degandim. Taģin biron bemorni oldirib qoyma deb.
~Tavba tavba nafasingni shamol uchirsin Soni. Amerikadan keldim deb takabburlanib ketibsanmi?
~Shundaymikin qarangaa. Qoysangchi Door nega aybingni yashirasan. Ótkan yil bir amakini mazasi qochganda hayajonlanganindan qon bosim olchaydiganni oyoģiga qoyganding.
~Meni sharmanda qilish uchun bu yerdamisan Soni xonim. Mutaxxasis boldim drb yerga uraveradimi?
Qiz shumshayib olgan dóstining yuzini korib kulib yubordi.
~Suhbatingizni bolganim uchun uzr. Balki menga javob berarsizlar. Sizning bu romantikaga boy suhbatingizni deb har qanday bemor kutib jon beradi.
Soni kulishdan toxtab qarshisida turgan basavlat yigitga boshdan oyoq qaradi.

Hayotingiz zerikarli kechayotgani uchun biz aybdor emasmiz janob.
~Nima?
~Sevgan qizingiz tashlab kettimi deyman jizzakisiz
~Xudo saqlasin. Menda bunday balo yoq. Agar u sizga oxshagan bir zahar bolganda hamhayotim ehee...
~Kechirasizu menga oxshagan qizlar sizga oxshagan yigitlarga qiyo ham boqmaydi.
~Ozingizga juda katta baho berib yubormadingizmi madmuazel? Bolajak turmush ortoģingizga rahmim keldi togrisi..
~Nima..
Soni gapirishga endi ogiz juflagan payt ogir sumkasini kotarib cgarchagan sochlari 2 tomondan óralgan qiz kirib keldi.
~Opaa bu ósha amaki haligi avftohalokatdagi..
~Amaki?
Jungkookni reaksiyasini korgan Soni ozini kulishdan zorģa toxtatdi.
~Qizaloq kozingga shunchalik qari korinyabmanmi?
~Yoq..shunchaki ismingizni bilmaymanku. Jungkookmi?
~Qayerdan bilding.
~Oyogingizda varoqda yozib qoyilgan.
Jungkook bu gapdan keyin endi etibor bilan oyoģiga qaradi.
~Bu nimasi. Men sizga ólikmidim oyogimga ismimni yopishtirib qoyibsiz.
~Bir muddat yuragingiz ishdan chiqdi shunga..
~Tavba tavba shunga shu matohni yopishtirish kerakmidi? Qiziq odam ekansizlaru..
Jungkook oziga ozi gapirib palatadan turdi. Yerda turgan bolalar uchun oyoq kiyimga qaradi.
~Buyam mengami? Hazilmi bu
~Ha yoq kechirasiz bu sizdan oldingi bemorimizniki
Shikofor yigit (Door) darrov oyoq kiuimlarni yerdan oldi. Jungkook óqrayib yigitga qaradi.
Soni oxiri chidolmay kulib yubordi. Jungkook bir Soniga bir Doorga qarab hafsala bilan uhh torti xonadan chiqmoqchi bolganda qizil narsa yerga tomchilay boshladi.

Soni

Soni qólidagi sumkani qoyib Jungkookni ushlab qoldi.
~Shu uchun ham shifokorning
gapidan chiqmaslik kerak..janob
~Jungkook
Jungkook 1 daqiqa ichida allaqachon Sonini rengen qilgandi. Soni kozlarini olib qochib yotoqga olib keldi. Shkafda joylashgan dori qutisini olib paxtani qidira boshladi. Bir soz ham demay Soni burnidagi qonni artib oldi. Ishini bitirgandan song palatadan chiqayotgan payt eshik oldiga yaqin kelib:
~Singlimni qutqarib qolganingiz uchun raxmat Janob Jungkook..