ARXIDEYA
Pov_avtor:Seni sevmasligim uchun biron sabab bormi..?
Taehyung va Jungkook qichqiriq eshitilgan tomon yugurishdi. Daeyon bir chekkada qaltirab oģzini yumib titrardi. Taehyung Daeyonni yoniga keldi.
~Daeyon yaxshimisan?
~.....
~Dae..
~U ólibdi..
Jungkook bóģzidan pichoq tortilgan yigitning pulsini tekshirib. Jungkook yigitga yaxshilab qarab hayrat bilan
~Shoshma bu..
~Maks..Bellaning yigiti. Aka nimalar bolyabdi..
~Bu yerdan chiqish kerak
Taehyung Daeyonni ornidan turgazib tashqariga olib chiqdi. Jungkook palitsiyaga xabar berdi. Hamma yoqni shovqin ovozi egalladi. Jungkook palitsiyachilarning yoniga bordi.
~Nima gap biron nimani aniqladingizmi?
~Bu yer ancha xaroba lekin yuqori qismingizda kamera bor ekan hozir shuni tekshirmoqchimiz
~Men ham boraman.
Daeyon orqadan gapirdi. Jungkook va Taehyung va Jungkook bir biriga qarab palitsiya bilan birgalikda ichkariga kirishdi. Ćrta yoshliardan biri kompyuterni yoqib kamerani tekshira boshladi. Xira bolishiga qaramasdan nimalar sodir bolayotgani yaqqol malum edi.
Maks va Bella ichkariga kirishdi. Bir necha daqiqadan song qichqiriq ovozi eshitildi. Shu bilan kamera ishdan chiqdi.
~Nima boldi nega kameralar ishlamayabdi?
~Ular juda eski Janob
~Jin ursin nega qaramaysizlar
Jungkook asabiy yura boshladi. Shu payt telefon jiringladi.
~Eshitaman...nima? Tushunarli
Daeyon va Taehyung tushunarsiz Jungkookga qarab turishardi.
~Nima gap aka?
~Dae..Bella hech qayerda yoq..
~Nima??
~Onasi Bella bu yerga kelganiga 1 soat bolganligini biroq hali ham uyga bormaganini aytishdi.
~Jin ursin.! Bu yerda bir gap bor. Bella Maks bilan hammasini yakunlashga qaror qildim sóngi bor gaplashib olmoqchiman degandi. Lekin ular bu yerda nima qilishgan. Yana ertalab 4:30 da..
Taehyungga qóngiroq boldi.
~Tae tezroq uyga yetib keling
~Nima gap Emily?
Telefon ochib qoldi. Taehyung hech nimaga tushunmay unga qarab turgan Jungkook bilan Daeyonga qaramay tashqariga otilib chiqdi. Daeyon ortidan chiqib qarab qoldi.
Pov_Taehyung
Taehyung uyga kelda mehmonxonada kresloda Edvard qahva ichib uni kutib turgandi. Taehyungni korib miyiģida jilmayib qoydi.
~Sen bu yerda nima qilyabsan?
~Xush keldim men ham seni korganimdan xursandman)
~Gapni chozma Edvard Emily qani?
~U yuqorida biroz mazasi bolmadi. Bu masalani uning yonida gapirishni xoxlamadim.
~Nimani nazarda tutyabsan?
~Nimani nazarda tutayotganimni ozing ham bilasan..Emily ni senga berdim nega uni yolģiz qoldiryabsan?
~Ishlarim bor edi.
~Qoysangchi homilador ayolingni yolģiz qoldirib birinchi xotiningni yonida aylanib yuribsanmi? Taehyung menga qara 2 daqiqada seni shu kompaniyangni ham Daeyonni ham yoq qila olaman. Nega Emilyga qol kotarding?
~Nima..kim unga qol kotardi?
~Yaxshilikcha seni ogohlantirib qoydim bor budingdan ayrilishni istamassan?
~Oldingidek katta kuchga egaman drb oylaysanmi Edvard? Kulgimni qistatma..qora dori bilan shuģullanishingdan hamma xabar topdi. Hatto sen uzoq kutgan hamkoring ham shartnomani bekor qildi.
~Bu bilan nima demoqchisan?
~Nega ishlaring teskari ketgani yoki omborxonang portlaganiga hech qiziqdingmi?
~Yani...shoshma sen..
~Barakalla yetib keldi. Singling bilan rejalashtirgan qabix ishingni unutdi deb oyladingmi? Oldingi kuchsiz Taehyung yoq endi!
~Orqadan pichoq urish degin?
~Bu gapni ozingga ayt Edvard. Singling bilan ikkingiz hayotimni ostin ustun qildingiz. Rejang amalga oshdi yana nima xoxlaysan?
~Tizimda noxushlik bor u guruhga qaytdi.
~Kim?
Pov_Daeyon
Daeyon tinmay Bellaga qonģiroq qildi biroq telefon ochirilgan. Jungkook havotir bilan ichkariga kirdi.
~Daeyon..
~Nima gap?
~Bellaning ota-onasi kelishdi. Qizimni topib ber deb popisa qilishyabdi.
~Oldimga kiriting
~Yaxshi
Daeyon stulga otirib oylay boshladi. Bella qayerda bolishi mumkin? Maksni kim oldirdi? Uning olimi kimga keragi bor? Taehyung nega bunday asabiy edi? Qayerga ketdi? Jin ursin savollar kop lekin javob yoq...
Eshik ochilib qovoģini uyib Bellaning ota-onasi kirib keldi. Onasi sumkani kreslo chetiga otib Daeyonga óqrayib qaradi:
~Qizim qani?
~Men qayerdan bilaman?
~Qanday bilmaysan? Axir sizlar bilan ediku!
~Birinchidan men sizning qizingiz emasman menga toģri muomalada boling. Ikkinchidan qizingiz oshiģi Maks bilan birga edi. Sizningcha sahar 4:30 da xaroba joyda nima qilishyabdi. Bundan tashqari Maksni bógizlab ketishgan. Belladan hali darak yoq.
~Menga uni topib berasiz!
~Bu yóqolganlarni izlovchi kompaniya emas. Bizning ishimiz uy dizayni bilan shuģullanish shunday ekan palitsiyaga boring!
Jungkook chetda barini kuzatib turardi. Shu payt Bellaning otasi jahl bilan Daeyonga yaqinlashaman deganda Jungkook toxtatib qoldi.
~Janob Night bu chegaradan chiqish deyiladi. Haddingizdan oshmang!
Jungkook asabiy Bellaning otasiga qaradi. Daeyon akasiga boldi degandek qol silkitib gapida davom etdi.
~Politsiyachilar bu ish ustida ishlashyabdi. Xarobadagi kamerada Bella va Maksning surati tushirilgan. Qizingizni albatta topishadi. Endi esa xonadan chiqsangiz ishimiz kop)
Bellaning onasi asabiy qoshini chimirib sumkasini oldida janob Night bilan xonadan chiqib ketdi. Daeyon chuqur uh tortib ozini orqaga tashladi.
~Jasoratli chiqish boldi Daeyon
~Aka Bellani topish kerak..unga nima boldi ekan xavotirdaman.
~Palitsiya bilan aloqadaman biron gap bolsa yetqazishadi
Daeyon hop degandek bosh silkidi.
Pov_Taehyung
Edvard ketgandan song Taehyung yuqoriga kotarildi. Xonaga kirganda Emily uxlab yotardi. Taehyung uyģongandan song u bilan gaplashishini rushunib xonadan chiqmoqchi bolganda yiģi ovozi eshitildi.
~Emily..
Taehyung yotoqga sekin otirib Emilyni oziga qaytardi. Emily qizarib ketgan yuzlarini Taedan berkitdi.
~Nima boldi?
~Shunchaki zerikdim.
~Edvard nimadir dedimi? Yoki biron joying bezovta qilyabdimi?
Emily sekkn yotoqdan turib namlangan kozlari bilan:
~Tae nega meni sevmaysiz?
Taehyung bu savoldan biroz esankirab qoldi.
~Daeyonni hali ham sevishingizni bilaman..hatto hamyoningizda uning rasmi bor. Turmush qurganimizga 1 yildan oshdi. Lekin shu paytga meni ozingizga yaqinlashtirmadingiz..har kecha xonangizda kirib sizni kuzatib turaman. Hatto tushlaringizda uning ismini talaffuz qiladiz..bu qanchalik oģirligini biladizmi? Sizni birinchi marta bazmda korganimda sevib qolganman. Sizga erishish uchun kop ish qildim. Hozir yonimdasiz. Lekin ozimni sevdirishga majbur qila olmadim. Bu gaplarni sizni rahmingizni keltirish uchun aytayotganim yoq. Shunchaki sizni sevishimni aytmoqchiman. Biroz bolsa ham menda konglingiz yoqmi..?
Emily gapirishdan toxtab yiģlay boshladi. Shu darajada qattiq yiģlardiki uy larzaga kelgandek. Taehyung biroz sukut saqladi. Kózlari yigidan qizarib ketgan Emilyga achinish bilan qarab baģriga bosdi.
Pov_Daeyon
Daeyon xonasida Yeehi bilan oynab otirardi. Qizi shu darajada Taehyungga oxshardiki hatto bazan ozi ham hayron qolardi. Yeehi shóxlik qilib Daeyonning yuzidan ushlardi. Daeyon ham Yeehini óyinchoqlar bilan ovutardi. Nogahon eshik ochilib qoldi.
~Yaa mening munchogim uyģonibdiku qani kelchi..
Jungkook Yeehini qolida kotarib oynata boshladi. Daeyon xayol surib gap boshladi:
~Bella haqida biron yangilik bormi?
~Hozircha yoq..Dae siqilma men tanishlarimni ishga soldim uni topamiz.
~Maksni oilasichi?
~ E ha yodimdan kotarilibdi. Uning oila azolari vafotini ommaga oshkor qilmaslikni sorashdi.
~Nega? Farzandi vafot etdi bular shunchaki koz yumishdimi?
~Ular Maksni asrab olishgan ekan.
~Bundan xabarim yoq edi..
Daeyon suv ichish uchun pastga tushdi. Muzlatgichdan suv quyib icha boshladi. Derazaga tosh tegdi. Daeyon hayron bolib qolidagi stakanni qoydida deraza yoniga yaqin keldi. Taehyung mast holda Daeyonga jilmayib turardi. Qolidagi Arxideya gullarini tepaga kotarib qolini silkitdi.
Daeyon Jungkook sezib qolmasligi uchun ustiga yengil kiyim kiydida tashqariga chiqdi. Taehyung doim ichganida yanoqlari qizarardi. Hozir ham xuddi shunday. Daeyon atrofga qarab Taehyungni chekkaga tortqiladi.
~Bu yerda nima qilyabsiz?
~Seni korgani keldim..azizamm
Taehyung xursandligidan ovozini balandlatdi.
~Hoy jiming uyda akam bor agar korib qolsa ayamaydi.
~Nima xotinimni oldiga kelolmaymanmi?
~Men sizning xotiningiz emasman. Xotiningiz uyida
~Rashk qilyabsanmi?
Taehyung Daeyonga yaqinlashdi.
~Jinnimisiz tovba. Uyga boring habo sovuq.
~Hoy jimm!
Taehyung Daeyonni lablariga qolini bosdi. Qolidagi gulni unga tutqazdi:
~Arxideyamga bu gullar. Endi esa men bilan yur..
~Hoy qayoqqa
Daeyon qolidan tortqilab mashinaga olib ketayotgan Taehyungga qaradi. Qarshiliklarga qaramasdan Taehyungning kuchli qollarini ololmadi. Oxiri bor kuchi bilan qolini siltab tashladi.
~Bas qiling! Uyga boring Taehyung!!
~Tae..men sening Taeyingman...begonalardek atama meni azizam. Yur uyga ketaylik iltimos. Men yashay olmayabman.
Taehyungni kózidan yoshlar sizilib chiqa boshladi. Daeyonni qollarini ushlab sovuqdan isita boshladi. Biroq hali ham yiglashdan toxtamasdi.
~Dae..men charchadim..men afsusdaman kechir Arxideyam..
****
Atrof tuman..izgirin shamol hamma yoqni larzaga keltiryabdi. Qora lada mashinasi xaroba uyga yaqinlashdi. Baland boyli qora kastyum kiygan yigitlardan biri mashina eshigini ochdi. Mashina ichidan bashang kiyingan yigit tushdida yonidagi soxchilari bilan birgalikda ichkariga kirdi.
Qoronģu xonada buzuq chiroq óchib yonardi. Stulda oyoq qóli bogliq qiz xushsiz yotardi. Soxchilardan biri chelakdagi suvni qizga sepib yubordi.
Qiz ģira shira kozlarini ochdi. Atrofga qarab nima bolayotganiga hali ham tushunmay yuziga yaqin masofada turgan yigitga tikilib qaradi:
~Salom Bella..
~Senga nima kerak?
~Nima emas kim..Kim Daeyon..