June 26

𝖤𝖵𝖤𝖱𝖲𝖴𝖭

𝖠𝗎𝗍𝗁𝗈𝗋: 𝖢𝗁𝗈𝗇 𝖣𝖺𝖾𝗒𝗈𝗇

Eversun

22-qism

Mashina chegara tomon yaqinlashgani sayin Taening qoʻllari qaltirardi. Birdan yurishdan toʻxtaganida, ayollar qoʻrqib ketishdi. Taehyung shoshib mashinadan tushganida bir ayol orqasidan bordi.

-Opa buyogʻiga oʻzingiz haydab keting. Qoʻrqmanglar chegaraga yetib borsangiz Yaponiyaning ishonchli odamlarni sizni kutib olishadi. Mashina haydashni bilaman degandingiz shundaymi?

-Ha bilaman uka. Lekin siz ketmaysizmi? Bu yerlar xavfli, ayolingiz ham mashinada...

-Shu masalada iltimosim bor. Iltimos Koreyaga yetib borgunicha unga koʻz quloq bolib turing. Bir tola sochiga ozor yetmasin. Xudoga omonatsizlar. Endi tezlashing!!

Ayol bosh irgagancha mashinaga oʻtirdida orqasiga qaramay bor tezlikda haydadi.

Haydovchi oʻrindigʻiga eri emas balki begona ayol oʻtirganini talvasa bilan kuzatgan Daeyon, orqa oynadan Taening qoʻl silkib xayrlashayotganini koʻrib, baqirdida oynani urishni boshladi.

-Yoʻq yoʻq Taehyung!!! Toʻxtating mashinani erim qolib ketdiku. Tashlab keting meni shu yerga usiz ketmayman! TAEHYUNG!!!

-Singlim tinchlan ortga yoʻl yooq!!


Ayolining chinqirigi quloqlari ostida yangrab turganda, soʻngi bor xayrlashish uchun Taehyung qoʻlini yuqoriga koʻtardi. Narigi tomondan kelayotgan dushman tomonni payqagach, yoʻlga mashina balonlarini teshuvchi zanjirlarni uloqtirdi.

-Qani betofuqlar, kelinglar!! Lanat boʻlsin senlarga!! Yonib kul boʻl iloyim

Mashina yaqinlashganida balonlar birin ketin teshilib, yurishdan toʻxtadi. Ular chegaradan oʻtishga ulgurman mashina ichidagi odamlarni koʻrib jazavasi tutdida, Taehyungga yov qarash qilib qurolini oʻqtadi.

-Lanati xoin! Otib tashlanglar bu marazni!!

Taehyung soʻngi bor, chegaradan eson-omon oʻtib olgan Daeyon va boshqa begunoh odamlarni koʻrib yuzida gʻolibona jilmayish paydo boʻldi. Ikkilanmay oldinga qadam tashladida qoʻllarini yuqoriga koʻtardi...

Chegaraning bu tomonidan kelgan oʻq ovozini eshitganlar bir choʻchib tushishdi. Daeyon yigʻlagancha oldinga yugurdi. Lekin ayollar uni ushlab qolishdi.

-Biz gaplashgan erkak qayerda?

Dedi yaponiyalik biri. Ayol titrab javob berdi.

-Shu ayolning eri edi. Bizni chegaragacha kuzatib oʻzi qoldi...

Italiyadan olib kelingan Koreya fuqarolari tinch holatda oʻz ona yurtlariga muvaffaqiyatli qaytarildi. Koʻpgin davlatlar boshqa Koreyanning begunoh odamlariga kiyim-kechak, oziq-ovqat masalasida beminnat yordam berishni boshladi. Koreya ahlini koʻzini ochgan Taehyung esa shahid ketdi...

Bugun yigʻilishda Taening fidokorona xizmati haqida gapirilib mukofot berishlari kerak edi. Oʻrniga Daeyon, tashqi ishlar vaziriga shxsan iltimos qildi.

-Janob menga mukofotning keragi yoʻq, faqat erimning jasadini olib kelib berishsin. Yagona iltimosim shu. Begona yurtda sarson sargardon boʻlmasin, kim shunday oʻlimga loyiq, janob vazir.

-Yigʻlamang singlim. Oʻzimiz tashkil qilib sogʻ-salomat eringizni olib kelamiz. Yurtdoshlarimizni qutqarib, shahid ketdi bechora...


Yigʻlagandan koʻzlari shishib, koʻz yoshi ham qolmagan Daeyon, erining uyiga keldi. Onasidan ayrilgan 14 yoshli Leylani ham orqasidan yetaklab kelgandi. Ikki qizning ham dardi oʻxshash, birini eridan ayrilgan boʻlsa, ikkinchisi onasidan ayrilgandi.

Erining yostigʻini hidlagancha, yigʻlab yotgan Daeyonning yoniga yaqinlashgan Leyla, kichik xaltachasidan uzuk va kundalikni chiqardi.

-Bular eringizniki..bir kuni suhbatlashib qolganimizda menga bergandi. Oʻqishingiz kerak deb oʻylayman..

Daeyon koʻz yoshlarini artib, Leylaning qoʻlidan kundalikni oldi. Eri kundalik tutarmidi? Shu
paytgacha bilmas ekan...

Daeyon

(Taehyungning kundaligidagi yozuv xati)

"-Zulmatning eng qorongʻu qismida tushkunlik deb atalovchi ogʻir muammoga chalinganimda, yorqin nur kabi hayotimga bir qiz kirib keldi. Qaysarligi, jonkuyarligi va sevgisi bilan qalbimdagi devorlarni bir deganda parchalab tashladi. Daeyon, oʻzidan koʻra menga koʻproq qaygʻurardi. Koʻzlaridagi umidni koʻrib oʻzim ham tuzalish uchun harakat qilishni boshladim. Oyoqga turganimda eng koʻp xursand boʻlgan ham u edi..

Soʻngi paytlarda Daeyonning dilini ogʻritib oʻzimdan uzoqlashtirishni boshladim. Bunga sabab: Bir yildan beri farzandli boʻla olmayotganimiz uchun oʻzini ayblashida edi. Qandaydir umid bor degan maqsadda oʻzim shifoxonaga bordim. Toki doktor achchiq haiqatni yuzimga aytmagunicha.."

"-Janob Taehyung ayolingiz sogʻ-salomat muammo unda emas balki sizda..."

-Hechqachon farzand koʻra olmasligimni bilganimdan keyin anchagacha siqilib yurdim. Yagona yechim, Daeyon bilan ajrashish va uni yaxshi erkakga turmushga uzatish edi. Toʻgʻri bu ogʻir, uni jonimdan ortiq ham sevaman. Lekin men u uchun butun umr azob chekishiga qarab tura olmayman. Qaytib kelishini bila turib, singlisi bahona shu ishni uyushtirdim. Bir-birimizni sevishimiznj bila turib, xiyonat degan ogʻir tuygʻuni boshiga solarmidim. Axir oʻzim ham shu tuygʻuni his qilganman. Naqadar pastkash insonman shunday emasmi..? Sevaman deb turib, sevganimni yum-yum yigʻlatdim. Eng ogʻir oʻlimga loyiqman aslida. Faqat oldin Daeyonga tinch yashashi uchun imkon yaratib berishim kerak. Mendan keyin qiynalmay, erining yelkasiga bosh qoʻyishini istayman. Oʻsha yigitni bir oy davomida sinovimdan oʻtqazib keyin Daeyonning oldiga yubordim..."

Taehyungning iztirob bilan yozgan kundaligini birin ketin oʻqiyotgan Daeyon koʻz yoshlarini toʻxtata olmadi. Negadir kundalik chetlari egri-bugri boʻlib qolgandi. Nahotki Taehyung koʻz yosh toʻkgan boʻlsa..?

Telefoni jiringlagani uchun istamay javob berdi.

-Daeyon xonim, eringiz Kim Taehyungning jasadini maxsus samalyotga oʻrnatdik. Tayyorgarlikni koʻring ertagacha yeti boradi..."

Taehyungning kundaligi

Ertasi kuni Daeyon erining uyida kelishini intiqlik bilan kutardi. Bu orada ota-onasi ham qizini ogʻir ahvolida qoʻllab-quvvatlash uchun qishloqdan kelishgandi. Taehyubgning yaqin doʻsti Jungkook eng qizigi anu yigit ham shu yerda edi. Mashinada murdani olib kelishlari bilan Daeyon ichkariga yetakladi. Oila azolari ortidan ergashganda, qiz shartta eshikni yarim berkitdi.

-Erimni avval oʻzim koʻraman. Ahvolini tekshirishim kerak. Kerak boʻlsa tanasini ham yuvaman. Ruxsat bersamgina kirishingiz mumkin!

Ularning gapini tinglab ham oʻtirmay eshikni yopdi. Hammom peshtaxtasida oq surfda yuzi berkitilgan Taehyungning yelkasidan ushlab tizzasida oʻtirdi. Daeyonning barmoqlari qaltirab erining yuzidan matoni olib tashladi. Yuzlari oqarib ketgan, lablari qurib sovub qolgan, bagʻrida oʻzini baxtli his qiladigan sevgan yoridan asar ham qolmagandi.

-Hayotim mazmuni..jonim jahonim, nega bunday qildingiz. Yolgʻiz oʻzimni tashlab ketishga, vijdoningiz dosh berdimi. Boshqa erkakning bagʻrida uyalmay sigʻadi deb er ham topibsiz..Uyim, quvonchim kimligini yaxshi bilasiz. Mayli farzand koʻrmasak, asrab olish qiyin emasdi Taehyung...

Daeyonning qalbi shu darajada parchalangandiki, buni ovoz chiqarmay koʻz yosh toʻkishidan sezish mumkin edi.Qoʻliga idishni olib iliq suv bilan toʻldirishdan oldin Taening tanasidagi matoni batamom yechib tashladi.

Qarshisidagi manzaradan qoʻlidagi suv toʻldirilgan idish yer bilan bitta boʻldi. Taehyungning tanasida kesilgan, kuydirilgan, hattoki sigaret izlari koʻrinib turardi. Qiz qoʻli bilan ogʻzini yopib titrayotgan barmoqlari bilan toza chandiqlarni silab yigʻlab yubordi.

-Ular sizga nima qilishdi?? Shunchalik ham vaxshiy boʻlish mumkinmi, insonmi bular yoki maxluq!! Tanasidan joni chiqgan kuchsiz insonni ham shuncha qiynashadimi!!!


Oila azolari Daeyonni ikki soatdan beri hammomdan chiqmayotganini koʻrib xavotirlanishdi. Oxiri onasi eshik yoniga yaqinlashib chertib qoydi.

- qizim, mayit hidlanadi. Uzoq qolib ketma. Eringni ruhi notinch boʻlmasin bolam...

Birdan eshiklar ochilib Daeyon chiqib keldi. Oʻylab oʻtirmay onasining bagʻriga otildi.

-Ona chidolmayabman ona...Taeyimni azoblashibdi. Vafotidan keyin ham tanasini qiynashibdi. Sogʻ joyi qolmabdi. Yuvib poklayman degunimcha ming oʻlib tirildim. Afsusdaman, erta qaror chiqarib qargʻagandim. Tilim qursin, zubonsiz qolay ilohim. Yonib ketyabman ona...

-Ona, Taehyungni pokladim ichkariga hechkim kirmasin. Savlat toʻkib turadigan erimning, ayanchli holatini birov koʻrmasin. Kimdir soʻrab kelsa ham kuyovim oʻz yurti uchun shaxid ketdi deb ayting. Bugun uni sovuq tuproqga qoʻyishadi, yorim muzlab qoladiku...

-Qizim oʻzingni qoʻlga ol iltimos. Yuragimni ezdingku..


Daeyonning universitetdagi yaqin dugonasi Yeorin, dugonasi ogʻir ahvolga tushib qolganini eshitib uchib keldi. Yoʻl yurib, dugonasini mozor yonida koʻrdi. Hali tuprogʻi sovumagan erining qabrini silab turgan Daeyon, dugonasini koʻrib koʻzlaridagi yoshni ushlab tura olmadi.

Ikki dugona dardlashib bir-birlarini ovutishga harakat qilishdi. Yeorin uni uyga olib kelib zoʻrgʻa uyqu dorini beribgina uxlashga majbur qildi. Hovliga chiqsa yigit erkaklarga choy tashib turgan joyida Yeorinni koʻrib shoshib keldi.

-Daeyon yaxshimi?

-Yomon emas. Uyqu dori berib zoʻrgʻa uxlatdim. Hali beri oʻziga kelolmasa kerak. Heosun, endi harakat qilsangiz boʻladi. Uni bunday holatda tashlab qoʻyib boʻlmaydi. Chindanam Daeyonda koʻnglingiz bormi?

-Boʻlmaganda kelarmidim. Hali shoshilmaylik. Axir erini yoʻqotdi. Bunday gaplarni gapirmaylik. Bir yil kutdim yana kutsam zarar qilmaydi..Aytgancha Yeorin, uygʻonsa yoniga nimadir olib kiring. Kechadan beri bir luqma narsa yegani yoʻq. Oʻzini oldirib qoʻymasin, kuchsizlanib...

Yeorin