May 24, 2025

ARXIDEYA

ARXIDEYA 5-qism

5- epizod

Pov_avtor: Sevgan insoningiz kózlaringizga qarab turib yolģon gapirsa qanday boladi?

Pov_Taehyung
Taehyung boshini ushlab yotoqdan turdi. Soatga qarab hali vaqtli ekanini tushundi. Daeyondan ótqazib yuborilgan 20 tacha qóngiroqlarni kordi. Yon tomonida tungi kóylakda uxlayotgan Emilyni korgan Taehyungning telefoni qolidan tushib ketdi.
Shovqin ovozidan Emily uyģonib ketdi. Bir Taehyungga bir yerga yotgan telefonga qarab turardi.
~Sen..biz yoq shoshma bolishi mumkin emas.
Taehyung orqaga tisarildi. Stolda turgan guldon yerga tushib chil chil boldi.
~Taehyung ozingizni bosing
~Jin ursin men nimalar qilib qoydim. Bu nima? Men..u meni kechirmaydi.
~Tae
~Meni bunday atama! Bu anglashilmovchilik edi barini unut
~Nima?? Kecha nimalar bolgani yodingizdami?
~Bas qil! Men bunday bolishini xoxlamagandim.
~Men sizni sevaman.
~Taehyung faqat Daeyonni sevadi!
Taehyung shunday deya kiyimlarini olib xonani tark etdi. Xuddi havo yetishmayotgandek. Buģ tomogini bógib olayotgandek Taehyung tomoģini tinmay qirardi. Mashinaga otirib gazni bosdi. Telefoniga kelgan songi xabarni ochdi.
( Arxideyam) dan
"Taehyung azizim qayerdasiz? Bazm hali ham davom etyabdimi? Yeehi tinmay yiģlayabdi. Isitmasi bor shekilli. Kónglim ģash tezroq uyga qayting sizni sevaman "
Taehyung mashinani yól chetida toxtatib tinmay rulni urardi. Uning alam bilan yiģlayotgan kóz yoshlari butun shaharni titratgandek yomģir quya boshladi. Bir sozni qayta qayta takrorlardi.
~Meni kechir Daeyon kechir...

Pov_Daeyon
Daeyon bu kecha Taehyungni kutib uxlamadi. Bir tomondan Yeehining injiqligi tutgandi. Kechquruni bilan tinmay yiģlab chiqdi. Tashqaridan mashina ovozi eshitildi. Daeyon sapchib ornidan turdida eshik tomon yugurdi. Qarshisida yomģirda ivib ketgan Taehyung turardi.
Daeyon quvonchdan ozini uning baģriga otdi.
~Nihoyat keldingiz. Qayoqda edingiz shuncha payt? Ichkariga kiring ust boshingiz ivib ketibdi.
Taehyung kastyumini yechib bir chetda sukut saqlab otirardi. Daeyon hech narsaga tushunmay bir stakan suv olib keldi.
~Tae nima gap?
~.....
Daeyon qóllarini Taehyungni yuzlari orasidan otqazib oziga qaratdi.
~Nima boldi? Mendan nimadir yashiryabsizmi? Agar shunday bolsa gapiring. Muammoni birgalikda hal qilamiz.
~Men dush qabul qilishim kerak
~Yaxshi fikr ancha yengil tortasiz.
Taehyung bir ahvolda xonasiga kirib ketdi. Daeyon Taehyungning nam kiyimlarini quritish uchun ichkariga olib ketdi.

Emily yotoqdan bamaylixotir uyģonib oynaga qaradi. Kechagi tun u uchun unutilmas kun edi. Sochlarini yon tomonga olib bóynidagi izlarni silab jilmaydi. Kecha Taehyung uxlab yotganidan foydalanib telefon raqamini olgandi. Xabar yubordida telefonni bir chetga uloqtirib yoyiq sochlari bilan raqsga tushib aylana boshladi.
Taehyung bir amallab dushdan chiqdi. Hatto hól sochlarini ham quritishga erinayotgandi. Daeyon Yeehini ovqatlantirib Taening oldiga kirib keldi.
~Hoy hoy nima shunday holda uxlamoqchimisiz? Sochlatingiz namku.
~Men..
~Oboo Tae yana yosh bolacha qiliq qilyabsizmi? Yaxshi keling ozim quritib qoyaman.
Daeyon jilmayib Taeni oyna oldida otirgizib sochlarini qurita boshladi. Taehyung Daeyonga qarashga jurat topolmayman yerni chizardi.
~Mana boldi. Qarang bu qiyin ish emasku yosh boladeksiza deb Taening sochlarini hidlab peshonasidan opib qoydi. Taehyung Daening qolidagi fenni alam bilan devorga otib yubordi.
~Menga mehribonlik qilishni bas qil.
~Ni..ma
~Men..bunga arzimayman.
~Sizga nima bolyabdi.
Daeyon xavotir bilan Taehyungni yuzlaridan ushladi. Taehyung undan uzoqlashib
~Daeyon men uxlamoqchiman iltimos
~Haya kechiring yodimdan kotarilibdi. Yaxshi siz dam oling men ishlarimni qilishim kerak.
Daeyon chiqib ketgandan song Taehyung eshikga qarab yiģlab yubormaslik uchu yopib oldi. Telefoniga kelgan xabarni oqidi:
(Emily)
"Kechagi tun uchun raxmat azizim. Tanamdagi izlar sizdan xotira. Meni tanlaganingizdan xursandman. Sizni sevaman"
~Ming lanat!
Taehyung telefonni zarb bilan otib yubordi. Oģriqdan yorilay deyotgan boshini ushlab yotoqga ótirdi. Emily bilan kórishib bu yerda anglashilmovchilik yuz berganini aytishi kerakligini tushunib 2 chi telefonidan xabar yubirdi.
"Kórishishimiz kerak. Sohil boyi manzilni tashlayman"
Taehyung xabarni jonatib ornidan turdida kiyib pastga tushdi.
~Yana qayerga ozi hozir keldingizku. Sochlaringiz hali qurimagan shamollab qolasiz tavba
~Tez qaytaman azizam ishim chiqib qoldi.
~Hoy shoshmang..Daeyon nimadir deb ulgurmasidan Taehyung ketib qoldi.
Mashinada har daqiqada qólidagi soatga qarabTaehyung asabiy rulni ushlab turardi. Emily nozlanib shartta mashinaga otirdi.
~Bunchalik tez soģinasiz deb oylamagandim.

~Kechagi bolgan ishlarni unut bu uchun uzr sorayman. Ikkimiz ham mast edik.
~Sevgi oģushida..
~Bas qil!
Taehyung baqirib yubordi. Bórtib chiqqan tomirlari quyosh nurlarida yanada aniq korinardi.
~Shunchaki unutmi? Menga uylanasiz!
~Nimaa? Sen aqldan ozganmisan?
~Yoq desangiz bu gaplardan akam xabar topadi.
~Meni qorqitmoqchimisan?
~Balki
~Bilganingni qil. Mashinadan tush.
Emily mashinadan tushish baroborari derazadan
~Sizga erishish uchun hamma narsa qilaman
Taehyung ensa qotirib yôlni changitib ketib qoldi. Emily telefonni olib kimgadir qóngiroq qila boshladi.
~Aka kórishishimiz kerak...
Taehyung yólda óylanib ketayotgan payt qóngiroq boldi.
~Tae
~Nima gap Daeyon
~Ozimni yomon his qilyabman.
~Nega nima boldi azizam
~Bilmadim konglim ayniyabdi.
~Hozr yetib boraman
Taehyung mashina tezligini oshirdi. Shoshilib uyga kirganda Daeyon yerda xushsiz yotardi. Yeehi tinmay qichqirardi. Taehyung qórquvdan Daeyonni yoniga yugurib bordi.
~Daeyon azizam kozingni och nima boldi. Jin ursin!
Daeyonni dast kotarib mashinaga joylashtirdi. Yeehini ortga olib kasalxona tomon haydadi. Mashinadan tushib Daeyonni kotardida ichkariga kirib ketdi.
~Doktor doktor..
~Nima boldi?
~Uyga kelganimda xushini yóqotgandi.
~Yaxshi siz shu yerda qoling. Bemorni ichkariga olib kiring.
Taehyung hafsala bilan eshikga qarab turdi. Mashinadan Yeehini olib sut solingan idishchani olib unga ichira boshladi. Nihoyat shifokor chiqdi.
~Nima boldi tinchlikmi?
~Rafiqamgizda hammasi joyida. Tuģruqdan dong boladigan holat. Davleniyasi tushib ketgan. Hozir oziga keldi.
~Uni korsam boladimi?
~Albatta
Taehyung palata eshigini ochib Yeehi bilan ichkariga kirdi. Daeyon ornidan turmoqchi bolganda:
~Yoq yoq qimirlama.
~Xavotirga qoyganim uchun kechiring
~Hammasi joyida azizam. Hozir ozingni qanday his qilyabsan?
~Ancha yaxshi. Xavotirga orin yoq uyga ketamiz. Yeehini ham ovqatlantira olnadim.
~Idishudagi sutini berdim.
Daeyon bir Taehyungga bir qólini shimib otirgan qiziga qarab kulib yubordi.
~Nega kulyabsan?
~Ota bolish sizga yarashar ekan
~Yaramas qiz. Uyga borganda korasan..
~Uyatsiz!

Pov_Emily

Edvard asabiy u-yoqdan bu yoqqa yurardi.
~Sen nimalar deyayotganini aqling qabul qilyabdimi?
~Ha men uni sevaman
~Uni xotini va farzandi bor!
~Bu men uchun ahamiyatsiz
~U yaxshi hamkasb seni deb orani buzmoqchimasman
~Menchi men shunday qolib ketaveramanmi?
~Senga nima qipti?
~Nima qilsangiz qiling Taehyung meniki bolishi shart!
~Yoq
~Shundaymi? Men u bilan birga boldim desam ham indamaysizmi?
~Nimaa? Nima deding?
~Bu haqiqat agar aytganimni qilmasangiz oz jonimga qasd qilaman!
~Bunday qila olmaysan
~Meni bilmaysiz shekilli?
~Ha juda yaxshi bilaman. Oz gapini birinchi orinda qoyadigan tantiq bir qizsan!
~Xuddi shunday
Edvard Emilyga óqrayib qarab telefonini qoliga oldi.
~Taehyung kompaniyaga kel zarur ishim bor.
~Kechir dostim hozir xotinimning biroz mazasi yoq sal keyinroq boraman
~Senga dosting emas boshliging gapiryabdi Edvard góshakni qoydi.
~Kongling joyiga tushdimi?
~Albatta men yashirin xonada bolaman.
Pov_Taehyung
Taehyung Daeyonni avaylab yotogiga joylashtirdi. Bir zum qóllarini qoyib yubormadi.
~Men qorqib kettim
~Kechiring
~Iltimos boshqa bunday qilma
~Hop
Daeyon Taehyungni quchoqlab oldi. Ular biroz shunday turishdi.
~Men Yeehiga kiyimlar olish uchun dókonga bormoqchiman
~Lekin Daeyon..
~Yaxshiman Tae. Uyda siqilib ketdim. Iltimoss
~Yaxshi faqat bir ozing bora kórma
~Hopp
Daeyon jilmayib erkalanib qoydi. Taehyung yuzidan chimchilab oldi.
~Meni ishga chaqirib qolishdi. Borishim kerak
~Albatta sizni tushunaman. Faqat kóp qolib ketmang
~Yaxshi
Taehyung Daeyonni peshonasidan opib kastyumini olib chiqib ketdi. Taehyung kompaniya tomon yaqinlasharkan chuqur uhh tortdida ichkariga kirdi. Edvard xonasida uni kutib turardi.

~Meni nega chaqirding Edvard. Zarur ishing bormidi? 1 haftaga tatil olgandimku?
Taehyung yuziga kelib tushgan zarbadan muvozanatni yoqotdi.
~Iflos meni singlimga qolingni tekkizdingmi?
~Hammasini chuntirib beraman
~Nimani tushuntirmoqchisan. Agar dóstim bolmaganingda seni oldirib yuborgan bolardim. Nega bunday qilding axir oilalisan?
~Men..
~Endi unga uylanasan!
~Nima deyabsan aqling joyidami?
~Meni singlim seni birgina xatoying bilan umrini xazon qilmaydi. Yoki xotining unga xiyonat qilganingni bilishini istaysanmi?
Taehying vajohat bilan Edvardga yopishdi.
~Hoy senn men buni atayin qilmadim ozim istamagan holda roy berdi. Menga Daeyon bilan tahdid qila olmaysan. Ularni bu yerlardan olib ketaman singlingga uylanishimga umid qilma!
Orqa xonada hamma gapni eshitib turgan Emily yiģlab orqa eshikdan chiqib ketdi. Mashinaga otirib qayerlargadir ketardi.
~Shunday degin? Seningcha Sunho ning dóstlari seni topa olmaydimi?
~Nima?
~Uni óldirib qoyganingni ikkimiz ham bilamiz. Balki bu baxtsiz hodisa bolishi mumkindir biroq sen odam oldirding yana óz guruhingdagi yigit edi! Kompaniyaning asosiy qoidasi yodingdami? Agar nogahon 2 guruhdoshdam bittasi boshqasini oldirib qoysa uning yaqinlari yani dóstlari vafot etgan odam uchun qasos oladi. Yani seni va oilangni qirib tashlaydi. Buni ozing ham bilasan!
~Endi meni shu ish bilan qórqitmoqchimisan?
~Xotining va qizing ólayotgan payt Emily bilan unga xiyonat qilganingni videosini qoyib berishimni xoxlaysanmi yoki. Daeyon alam bilan óladi.
~Lanati iblis
Taehyung Edvardni tinmay dópposlardi. Oxiri urishdan tóxtab yerga ótirib qoldi.
~Boshqa yoling yoq. Ayoling va qizingni yashashini istasang Daeyon bilan ajrashib Emilyga uylanasan.
~Yoq men bunday qila olmayman. Uni yolģiz qoldirolmayman.
~U yolģiz emas Jungkook bor.

Pov_Emily
Emily yiģlashdan toxtamasdi. Shu darajada kop yiglagandiki qólida kiyim kechak sumkasi bilan ketayotgan qizni kormay qoldi. Mashina katta tezlikda kelgani uchun qiz mashinadan ancha uzoqga qulab tushdi. Qólidagi bolalar uchun olingan kiyim kechaklar har yerga sochilib ketdi. Emily jazavaga tushib mashinadan tushdi. Qizning yoniga yaqin kelib:
~Daeyon..
Emily yiģlashdan beri kelib mashinaga otirdida bu yerni tark etdi. Biroq Daeyon hali nafas olayotgandi.