June 13, 2025

MANIFEST

~Asabiylashib ketardim chunki toʻy boshlanganligiga naqd 1-soat boʻlgan edi. Lekin halli ham Mingyudan darak yoʻq . Halli ham eshikdan kirib kelishini kutarkanman umid bilan nimagadir koʻnglimda qanaqadir noxush tuygʻuni his qilishni boshladim.
• Asabiylik butun vujuduni qamrab olgan yigit eshikka ko‘z tikdi. Yana bir bor umid bilan kutilayotgan insoni kelishiga umid qildi. Ammo eshik ovozi o‘rniga uning telefoni yangi xabar kelganligini malum qilib ovoz chiqardi. Telefon ekranida ukasi ismini ko‘rib chuqur nafas olgancha ko‘zlarini yumdi. Otasiga ko‘z qirini tashlab kelgan xabarni ovoz chiqarin o‘qidi.

• Salom Jungkook , bilaman hozir hammangiz meni kutyabsiz lekin bugun men borolmayman. Men bu majburiy nikohga ko‘nishga, oilamiz moliyaviy yuksalishi uchun sevgimdan kechib istamagan qizga uylanishga majbur emasman.Men Soxe bilan birga qochdim va baxtli boʻlmoqchiman. Meni izlamang va karta raqamimni zinhor muzlatishni o‘ylab ham ko‘rmang.Nima bo‘lganda ham men haliham men sizning oilangiz a’zosiman. Xayr aka oʻzingni asra !

Ohirgi so‘zlarni o‘qirqan xonani yigitni asabiy kulgi ovozi qamrab oldi va shok xolatida yuz ifodasi anglab bo‘lmas xolga kelgan otasiga yuzlandi.

~Bu takasaltangga ishonganingizni natijasi.Hozir u yerda Mikaelsonlarning qizi nigoh minbarida turib oʻz erini kutmoqda lekin kuyov yoʻq ! Kuyov allaqachon oʻzining sevgilisi bilan juftakni rostlagan
Jungkook zaharhanda aytgan gaplaridan janob Jeoning yuzlari tundlashdi .
-Jin ursin endi nima qilamiz ?
Janob Jeon asabiy boshini sigimlab o'tirib qoldi.
-Ahir yaqinda. Yaqinda yaramas Mingyuning ortini yopgandim. Yaqinda tungi klubda qilgan janjali sabab yetarlicha muhbirlar nigohiga tushgandik.Hozir xato qilish mumkinmas
- Arzandangizni erkalatishdan oldin o'ylash kerak edi buni . Ming marta aytgandim sizga koʻp erkalatmang deb !
~Bas qil , endi kech tortishishdan foyda yoʻq . Muamoga yechim topish kerak
~Afsuski bu muamoning yechimi allaqachon bizdan bir necha mill uzoqda
-Bir yo'li bor , Jungkook . Sen borsan . Ha ha sen u qizga uylanasan ukang qilgan xatoni sen toʻgʻirlaydan
Otasini to'satdan aytgan so'zlaridan Jungkookning yuzi tundlashdi.
-Nima dada so'zlaringizni qulog'ingiz eshityaptimi. Mingyu qilgan axmoqlik badalini men umrim bilan toʻlamayman aslo !
~Jungkook tavakal qila olmaymiz , men do‘stim oldida kim degan inson bo‘laman. Yana Mikaelsonlar bilan yaqin aloqalar bizni biznes va birja ishlarimizga qancha foyda olib kelishini bilasanmi. Sen xozir Y/n uylanmaysan va ertaga gazetalarning maqolalarini bosh sahifalaridan biz joy olamiz. Aksiyalarimiz sezilarli darajada tushadi. Nomimizga putur yetadi , kasotgauchrashimiz ham mumkin. Nafaqat Korea balki Americada ham nufuzga erishishimizga oz qolganda bitta xato sababli shuncha yillik qilgan mehnatimizni yoʻq qila olmaymiz, oilamiz sha‘ni seni qo‘lingda o‘g‘lim. Xoxlamasangda bunga majbursan yoki tiz cho’kishimni kutyabsanmi ? Oʻzing oʻyla agar bugun oʻzingni oʻylan nikohga rozi boʻlmasang biz ertaga hech vaqosiz qolishimiz mumkin. Men u qizni sevib ardoqla demayabman yetarlicha foyda olganimizdan soʻng oʻzimiz nimadir oʻylab topamiz .

Jungkook bir zum bir nuqtaga tikilgancha so‘zsiz qoldi. Barcha qilgan mehnatlari. Tinimsiz harakatlar va uyqusiz tunlar. Bu natijaga erishish oson bo‘lmagan.
~Roziman dada

Halli ham eshikdan uning kirib kelishini kutar ekanman halli ham Mingyu kirib kelmasdi nihoyat eshik ochilgach shoshilib oʻrnimdan turdim lekin qarshimda Mingyu emas uning akasi Jungkook turgandi .
~Mingyu qani ? Nega halli ham kelmayabdi
~Qisqasini aytadigan boʻlsam y/n Mingyu qochib ketibdi , hozir esa sen Mingyuga emas menga turmushga chiqasan !
~Nima ? Qanaqasiga qochadi bu nima be’manilik
~Bu haqiqat y/n ishonmasang mana bu sevgilingni xabari .
Jungkook yaqinroq kelib y/n ga Mingyu yozgan xabarni koʻrsatdi. Xabarni oʻqib boʻlgan qiz koʻzlariga quyilib kelayotgan koʻz yoshlarini sekin artdi.
~Hech qanday toʻy boʻlmaydi
Y/n kelin koʻylagi etagini koʻtarib endi eshik tomon bormoqchiligida Jungkookning kuchli qoʻllari uni oʻz domiga tortdi.
~Qoʻyib yubor
~Menga qara y/n hozir qaltis vaziyatdamiz , toʻyi buzilgan qiz nomini olishni istamasang menga rozilik berasan .
~Men senga oʻz javobimni aytdim Jeon .
~Y/n bu yerda oilamiz sha’ni haqida ham gap ketyabdi . Xudbinlik qilgan holda ikki oilaning ham obroʻsiga putur yetkizma
Jungkook zoʻrga oʻzini tutgan holda y/n ga yaqinroq kelib gapirdi.

Pov Y/n
~Hozir nima qilishimni ham bilmayman . Yuragimdagi kuchli olovni qanday soʻndirishni bilmasdim . Mingyuning qilgan xiyonati meni gangitib qoʻydi. Qarshimdagi uning akasiga ruxsat beraymi yoki barchasiga qoʻl siltab ketaymi ? Mingyu sendan oʻch olaman ! Kun kelib barbir Jeonlar qoʻrgʻoniga kelganingda akangni oldida meni koʻrasan.

Y/n asabiy kulgancha Jungkookka qaradi.
~Roziman Jeon
Jungkook ozroq yengil tortgancha Y/n ning qoʻllaridan tutib xonadan chiqib ketdi . Hamma kelin va kuyovni kutar ekan marosimlar zalida eshik ochilishi bilan kelin kuyovni koʻrgan barcha hayrat bilan anqayib qoldi. Chunki Mingyu oʻrnida Jungkook edi . Jungkook Y/n ning qoʻllaridan tutib nikoh minbari oldiga olib keldi. Ruhoniy Jungkookdan sekin soʻradi .
~Jeon Jungkook Siz Mikaelson y/nni qonuniy turmush o‘rtog‘ingiz sifatida qabul qilishga.
Uni sevishga, dalda berishga, hurmat qilishga, kasalligida ham, qashshoqligida ham yonida bo‘lishga,
boshqalardan voz kechib,
umr bo‘yi unga sodiq qolishga va’da berasizmi ?
Jungkook unga qarab turgan chetdagi otasiga soʻngra y/nga qaradi.
~Ha roziman
~Demak siz y/n Mikaelson xonim Siz Jeon Jungkookni qonuniy turmush o‘rtog‘ingiz sifatida qabul qilishga ,
Uni sevishga, dalda berishga, hurmat qilishga, kasalligida ham,
qashshoqligida ham yonida bo‘lishga, boshqalardan voz kechib,
umr bo‘yi unga sodiq qolishga va’da berasizmi ?
Y/n qarshisidagi yigitga biroz termulib oʻylanib qoldi , soʻngra u ham nihoyat javob berdi.
~HA!
~Tangri tomonidan menga berilgan vakolat bilan sizlarni er va xotin deb e’lon qilaman. Marhamat endi kelinni oʻpishingiz mumkin .
Jungkook va Y/n qoʻqisdan aytilgan gapdan hayratlanib qolishdi. Soʻngra Jungkook Y/n oʻziga yaqinlashtirib Y/n ning yanogʻidan bilintirmay oʻpib qoʻydi.
Marosimda barcha qarsak chalishdi , shu bilan birga pichir pichirlar ham koʻpaygandi .