July 18

𝖮𝖴𝖳𝖫𝖠𝖶

*Eslatma: fanficdagi qahramonlar turli xil millat vakillari boʻlgani uchun ham baʼzi qoʻpol soʻzlar ularning tilida tarjimasiz yoziladi*

6-qism

Xitoy hududi. Janubiy sharqiy Tayvan

Aeroportdan chiqib qora furgonga oʻtirishganda nihoyat Annabell oʻzi qiynab kelayotgan savolni berdi.
~ Xitoyga hali toʻliq kirib kelmadikku. Menga Tayvanga kelishimiz haqida aytmagandingiz.
Nigohlarini koʻtargan xitoylik qotmadan kelgan erkak yengil tomogʻini qirib qoʻyib, yana planshetiga tikilgancha javob berdi.
~ Xavotirga oʻrin yoʻq, xonim. Bu yerda boshligʻimizning asosiy offisi bor. Sizni oʻsha yerga olib boramiz.
~ Men biror bir mehmonxonada qolaman deb oʻylagandim.
~ Yoʻq. Sizning xavfsizligingiz shaxsan mening xoʻjayinimga topshirilgan.
Qiz eʼtiroz bildirmasidan yigitning soʻzlari uni toʻxtatib qoldi.
~ Afsuski inkor qilolmaysiz.
Annabell bu gapdan soʻng koʻksini gʻashlik egalladi. Qizning havotirli koʻzlari bulutli osmonga tikilarkan, kulrang tusdagi ushbu orol-shahar unga vahimali koʻrinardi.

Aeroportdan uzoqlashayotgan furgon shahar tashqarisiga chiqib ketish yoʻliga burildi. Annaning halovati esa tobora yoʻqolib borar, qarshisidagi bu osiyolik yigit ham oʻta shubhali koʻrinardi. Aslida nega aynan Xitoy? Nega misrliklar bilan emas? Bu savollar qizning miyyasida gʻujgʻon oʻynardi. Hayollari bilan katta oʻlkaga kirib kelishganini ham sezmay qoldi. Bu yer juda ham chiroyli edi. Ikki chetdan katta oʻrmon bilan oʻralgan dengiz boʻyiga yetmagan katta maskan. Oʻrtada esa zamonaviy klassik uslubda qurilgan 2 qavatli uy turardi. Uzoq yoʻl yurilgani uchun ham allaqachon kech tushgan bu joy koʻrinishidan chakalakzordek edi. Ammo juda chiroyli. Annabell bir muddat bu manzaraga mahliyo boʻlgancha havotiriyu savollarini unutib qoʻydi.
Ichkariga kirishgach xitoylik yigit uni oʻzi bilan katta zalga boshlab kirdi. Ichkarida turli xil sanʼat durdonalari, va... va devorning yarmini egallagan yunon uslubida chizilgan yalangʻoch ayolning surati ham bor edi. Annabell bularni koʻrib, bu xitoylik yigitning boshligʻi sanʼatga mukkasidan ketgan qari chol boʻlsa kerak deb oʻyladi. Qarshisidagi suratdan koʻzlarini olib qochishga uringan qiz devordan teskari boʻlib oʻgirilib oldi.
~ Xonim siz bir muddat shu yerda qolasiz.
~ Shu mehmonxonadami? Divanda tunab qolamanmi shunda?
Qizning zardali savolidan xitoylikning yuzi asabiy titradi ammo u buni tabassum bilan yashirdi.
~ Yoʻq albatta, shunchaki boshligʻim sizni uyida mehmon qilishdan avval tanishib olmoqchi.
U gapini tugatib kichik jilmaydi va ortiga oʻgirilib xonadan chiqdi.
~ Měiguó jìnǚ (amerikalik foxisha)
Eshikdan chiqib ketayotgan yigit shu soʻzlarni nafrat bilan oʻziga pichirlab oʻtdi.
Anna eshik yopilgach yolgʻiz oʻzi qoldi. Chiroq nuri siyraklashib, xonani alvon jigarrang holatga keltirdi. Goʻyoki bu uy eski asrlardan qolgan Britaniyaning aristokratlar qasriga oʻxshardi. Anna oʻz hayollari bilan oʻtirgancha ochilgan eshik ovozini ham esitmay qoldi.
~ Miss Smith?
Yoʻgʻon ovozdan oʻrnidan turib ketgan qiz zudlik bilan ortiga oʻgirildi. Qarshisida qora kostyum -shim kiygan, koʻzlari osiyoliklardan farq qiladigan darajada yirik va chiroyli biroq sovuq chehrali erkak turardi. Yosh koʻrinsada, qaysidir xislati uning yoshini 40lar atrofida ekanligini koʻrsatib turardi. Uzun tim qora sochlarini ortga silliqlab tarab olgan erkak Annabellning butun tanasi yuz hatto koʻz hatakatlarini sinchiklab oʻrganib chiqdi.
~ David Chan.
Erkak jilmaydi. Annabell uning ismi inglizcha ekanligini eshitib biriz hayron boʻldi. Buni sezgan erkak sekin jilmaydi.
~ Onam ingliz edi.
~ Ma'zur tuting. Tanishganimdan xursandman.
David javoban bosh silkib, divanni aylanib oʻtgancha kresloga oʻtirdi.
~ Marhamat...
Annabell uninf qarshisiga oʻtirarkan, yana oʻsha suratni koʻrishga majbur boʻlib qoldi. Qiz harchand diqqatini Davidga qaratishga urinmasin, suratni deb chalgʻib ketayotgandi. Buni David sezdi...
~ Yoshingiz 22dami?
~ Ha
~ Unday boʻlsa bunday suratlardan uyalishingiz emas, zavq olishingiz kerak. Axir ikkimiz ham ulgʻaygan insonlarmiz. Undan tashqari siz ham san'atni juda yaxshi tushunasiz. Yoʻnalishingizga bu bir muncha aloqador.

Erkak gapini tugatarkan Annabellning yonoqlari biroz qizarib peshonasidan mayda ter tomchilari paydo boʻlishini kuzatdi.
~ Ochigʻini aytsam, bu yerda nima qilayotganimni tushunmayapman. Ayniqsa siz bilan.
David jilmaydi.
~ Sizga yoqmadimmi, mezbon?
~ Gap bunda emas. Men sudlanishi kerak boʻlgan jiniyatchiman. Aslida jinoyat agʻdarilgan jabrlanuvchi.
~ Buni bilaman. Shu sabab ham doʻstim sizning xavfsizligingizni menga topshirdi. Bu yerda oddiy rezident emasman. Boʻlajak konsul deb ham murojaat qilishingiz mumkin. Darvoqe, albatta bu yerda qolishingiz evaziga bir kichik tadbirda ishtirok etib berishingiz kerak. Ushbu tadbir aynan shu yerda boʻladi.
~ Meni tanib qolishsachi?
~ Havotir olmang hech kim tanimaydi. Demak biz aniqlashtirib oldik. Endi esa marhamat qilib...
David gapini tugatgach ichkariga oʻsha xitoylik yigit qoʻlidagi patnisda qadimiy choynak va ikkita xitoyliklarning milliy qadahi bilan kirib keldi.
~ Xitoyning xushboʻy choyidan bahramand boʻlaylik. Uzoq yoʻl asablaringizni charchatgani yaqqol bilinib turibdi.
Annabell ikkilanib xitoylik yigit uzatgan choyni qoʻliga oldi va simirdi. Chindan ajoyib ta'm... Qarshisidagi erkak ham unga mamnun jilmayib choydan hoʻpladi. Annabellni yana oʻylovlar qamrar ekan bu yer va bu odam u qadar yomon boʻlishi mumkin emas degan toʻxtamga keldi. Balki hammasini murakkablashtirmaslik kerakdir...

Erkak gapini tugatarkan Annabellning yonoqlari biroz qizarib peshonasidan mayda ter tomchilari paydo boʻlishini kuzatdi.
~ Ochigʻini aytsam, bu yerda nima qilayotganimni tushunmayapman. Ayniqsa siz bilan.
David jilmaydi.
~ Sizga yoqmadimmi, mezbon?
~ Gap bunda emas. Men sudlanishi kerak boʻlgan jiniyatchiman. Aslida jinoyat agʻdarilgan jabrlanuvchi.
~ Buni bilaman. Shu sabab ham doʻstim sizning xavfsizligingizni menga topshirdi. Bu yerda oddiy rezident emasman. Boʻlajak konsul deb ham murojaat qilishingiz mumkin. Darvoqe, albatta bu yerda qolishingiz evaziga bir kichik tadbirda ishtirok etib berishingiz kerak. Ushbu tadbir aynan shu yerda boʻladi.
~ Meni tanib qolishsachi?
~ Havotir olmang hech kim tanimaydi. Demak biz aniqlashtirib oldik. Endi esa marhamat qilib...
David gapini tugatgach ichkariga oʻsha xitoylik yigit qoʻlidagi patnisda qadimiy choynak va ikkita xitoyliklarning milliy qadahi bilan kirib keldi.
~ Xitoyning xushboʻy choyidan bahramand boʻlaylik. Uzoq yoʻl asablaringizni charchatgani yaqqol bilinib turibdi.
Annabell ikkilanib xitoylik yigit uzatgan choyni qoʻliga oldi va simirdi. Chindan ajoyib ta'm... Qarshisidagi erkak ham unga mamnun jilmayib choydan hoʻpladi. Annabellni yana oʻylovlar qamrar ekan bu yer va bu odam u qadar yomon boʻlishi mumkin emas degan toʻxtamga keldi. Balki hammasini murakkablashtirmaslik kerakdir...

Yarim tun...
Oʻz xonasida ba'zi bir hujjatlarga ko'milib oʻtirgan David telefon qoʻngʻirogʻidan e'tiborini ekranga qaratdi.
~ Eshitaman...
Liniya orti jim... Ogʻir olingan nafasdan soʻng erkakning yuziga iblisona tabassum yugurdi.
~ Jeon Jungkook? Adashmadim deb oʻylayman.
~ Annabell sen bilanmi?
David biroz oʻylanib keyin kreslosiga qulayroq joylashdi.
~ Yoʻq... u men bilan emas.
~ Quloq sol. Kel yaxshisi hammasini birga hal qilaylik. Meni juda yaxshi bilasan.
~ Bilganim uchun ham javobim yoʻq. Ishonchimni suistemol qilganlarga yaqinlashmayman.
~ Meni eshit u baribir senga yordam berolmaydi. Agar bu ish oʻxshasa men undan allaqachon foydalanib olgan boʻlardim.
~ Jeon Jungkookga... Sen jinoyatchi bilan emas konsul bilan gaplashyapsan balki oʻz soʻzlaringga e'tiborli boʻlishing kerakdir? Qizaloqqa keladigan boʻlsak, uning uxlab yotgan yotoqxonasidan to mening xonam orasigacha masofa 3 metr xolos. Men juda ham didli odamman. Deylik u mening didimga mos. Maqsadimga ikkinchisi qoʻshilishini istamasang nima qilish kerakligi juda yaxshi bilasan. Oyogʻim ostida oʻralashma la'nati chuvrindi.
Gapini tugatib ekranga ham qaramay qizil tugmani bosgan David qoʻlidagi sigareta uchini xaritaga belgilab qoʻyilgan qizil nuqta ustiga bosib oʻchirdi.


~ Sen aqldan ozgan galvarssan! Bizni yeyishga tayyor boʻlgan ajdarhoni makoniga ketyapsanmi?! Jungkook?!
Lara xonada narsalarini katta sumkaga yigʻib qurollarini oʻqlayotgan yigitning ortidan tinmay u javradi.
~ Shunday qilish kerak.
Lara kulib yubordi.
~ Nima qilish kerak? Iblisga tushlik boʻlish kerakmi? Jungkook aqlingni ishlat sen uni tunagansan u sening teringni shilib oladi, ahmoq!!!

Oxiri sabri tugagan yigit qurolni sumkaga tashlab chuqur xoʻrsindi va qizga oʻgirildi.
~ U yerga Annabell uchun ketyapman.
~ Borganing bilan nima foyda? Uni qutqarolmaysan.
~ Lekin yonida boʻlaman. Eng muhimi shu.
~ Xoʻsh nima qilasan, kechasi 3 choʻchqacha haqida ertak oʻqib berib, bagʻringda uxlatasanmi?
~ Mazax qilishni bas qil. Sen ketmasang ham mayli hech nima demayman.
Jungkook sumkaning zamogini yopib qoʻliga koʻtargancha eshik tomon yo'naldi. Biroq Lara tezlikda uning yoʻlini toʻsdi.
~ Jungkook ketmaysan. Boshqa yoʻlini topamiz!
Jungkookning yuzi burishib ketdi.
~ Xuddi erini urushga yuborayotgan xotinlardek harakat qilyapsan.
Keyingi galda boshiga tushgan tarsakidan uning yuzi battar burishdi.
~ Boʻldi endi. Havotir olma oʻlmayman.
Jungkook qizning qarshiliklariga qaramay uydan chiqib ketdi.