May 31, 2025

QORA SAHIFA

Daeyon_Anna_Mikaelson

Pov_Daeyon

Menda yana vasvasa huruji boshlandi. Taehung bergan kuchli dozadan keyin ozimni boshqarishga qiynalib qoldim. Tanam bu dozani qabul qilishni istardi. Biroz bor irodamni yigdim va shaxsiy shifokorimning yoniga borishga qaror qildim. Taehyungga nisbatan nafratim shu darajada kuchliki, yillar davomida davolanib kelayotgan muolajamni bir kechada barbod qildi. Vaqti kelganida albatta qasosimni olaman..
Kechki paytda nihoyat uyga yetib keldim. Shifoxonada qonimni tozalatdim va shifokorimdan kerakli maslahatlarni oldim. Yana boshidan boshlandi..Oldingidek qiynalishlar uyqusizlik..Barchasiga u aybdor!
Endi ehtiyotkor bolaman degan umidda uyga kirdim. Taehyung oshxona stolida shaxsiy kompyuterimni titkilab oychan ifodada otirardi.

~Birovning shaxsiy buyumiga tegmaslik kerakligini orgatishmaganmi? Shu darajada bezbetlashib ketdingmi?

U menga ifodasiz nigohda qarab turdi. Ogir qadamlar bilan men tomon yaqinlashdi. Otgan safargi harakatidan keyin hushyor bolib qoldim. Shuning uchun biroz orqaga qadam tashladim va jimgina unga qaradim. Bir payt uning kuchli qollari boynimga oraldi va tanamni devor tomon sudrab bordi.

~Seni nima qilsam ekan? Barmoqlaringni sindirib olaymi yoki tiriklayin qiynab oldirishimni istaysanmi?

Tomogimdan ogriqliroq siqdi. Bu ingrab yuborishimga sabab boldi. Qancha urinsam ham uning baquvvat qollaridan qutulish ilojsiz edi. Uning sovuq va vishshilagan ovozi xona boylab aks sado berdi.

~Yana bir marta sorayman. Nega men haqimda malumot yigib yuribsan? Kimdir seni yolladimi? GAPIR LANATII!!

Men qiynalib boshimni chayqadim. Havo yetishmaganidan yuzim qizarib ketgandi. U qoyib yubordi. Lekin keyin sochlarimdan kuch bilan tortdi va yuziga yaqinlashtirdi.

~Ishlarimga aralasha korma! Istasam hozirning ozida seni burdala tashlashim mumkin!

~Unda nimani kutyabsan? Tahdid qilmasdan shunchaki oldirib yubor lanati maxluq!!

Taehyung vaxshiyona jilmaydi.

~Shu paytgacha oynab kelgan oyinchoqlarimga tegmasdan qoymaganman. Demak sen bilan ham shunday boladi.

Taehyung

Hechnimaga tushunmay unga qarab qoldim. Bu iblisdan hamma narsani kutsa boladi. Yelkasiga kotari dushga olib kirganida tipirchilashni boshladim.

~Ozingga tilab olding

~Nima qilmoqchisan? Yoq..TOXTA!!

Gapirishga ulgurmasimdan boshim kuch bilan suv ichiga kirdi. Chiqishga urinib suvni har yerga sachratdim.

~Yetadimi? Yoki yana istaysanmi?

U meni eshitmadi. Nafassiz qolgunimcha boshimni suvda ushlab turdi. Eng katta qirquvlarimdan biri..

FLASHBACK

8 yoshli qiz yotoqdan uyqusirab uygondi. Shovqin chiqarmaslik uchun oyoq uchida yurdi va keng oshxonaga kirdi. Savatda toldirib qoyilgan nondan bir bolak oldi. Atrofga qarab hech kim kormasligiga ishonch hozil qildida tezda ogziga soldi. Suv ichish uchun stakan olganida yerga tushib chil-chil boldi. Qizcha tezda atrofga qorquv bilan qaradi.
Chap xonaning eshigi ochilib ichkaridan semiz ayol jahl bilan tashqariga chiqdi. Yuziga kelib tushgan tarsakidan qiz yerga yiqildi.

~Kunduzi yeganiga yarasha kechqurun ham ogzi tinmaydi bu yetimchani. Senga necha marta aytganman. Yashirincha ogrilardek ovqatlanma deb!

~Men ogirlamadim xonim..Bugun hechnima yemagandim..

~Bir kun ovqatlanmasang hechnima qilmaydi. Ozi ota-onang bolmasa shuncha mahsulotni mehribonlik uyiga katta xolang olib kelyabdimi seningcha!
Ayol qizchani sudrab bolalar uchun moslashtirilgan kichik laganchaga suv soldi va boshini tiqdi. Tinimsiz yiglashiga qaramasdan ayol shavqatsizlarcha harakat qilardi.

~Bu senga dars bolsin!

COMEBACK

Uning yelkasidan ushladim va qorquvdan yiglab yubordim.

~Hoy bas qil. Men suvdan qorqaman!

Gaplarim tasir qilganga oxshaydi. Sochiqni menga uloqtirib dushdan chuqib ketdi. Men hali ham qorquvdan biroz titrardim.

Daeyon

Pov_Jacob

Jacob ogzidagi chala qonni artib tashladi va bir necha stakan viskiy ichdi. Uning ayovsiz ichayotganini kuzatayotgan Kevin xavotir bilan dostining yelkasidan ushladi.

~Jacob kop ichyabsan. Yetarli

~Qoyib ber Kevin. Zora qalbimdagi olovning kuchi pasaysa..

~Bu bilan ish bitmaydi. Qachongacha ozingni qiynamoqchisan?

Jacob hechnima demadi. Tugab qolgan viskiy stakanini itari yubordi.

~U bilan gaplashib kordingmi?

~Allaqachon ornimga boshqasini topib bolgan ekan.

Kevin hayratdan qotib qoldi. Jacobning yuzidagi ifodani tushunishga harakat qildi. Chunki Daeyon bunday qilmasligini bilardi. Axir ular eng baxtli juftlik edi..deyarli..

~Ishonching komilmi?

~Koreyaga kelganimning birinchi kunidanoq raqamiga qongiroq qildim. Shuncha yildan keyin yana ovozini eshitaman deb umid qilgandim. Biroq adashibman. Har gal pand yedim..

(Daeyon va Jacob eski rasm)