𝖤𝖵𝖤𝖱𝖲𝖴𝖭
Taehyungning ikki doʻsti komaga tushishga ulgurganini eshitib palataga shoshilishdi. Faqat qurilmaning pi-pi ovozi va Taening kuchsiz nafas olishigina eshitilardi. Ichkariga kirgan shifokor varaqani tokchaga qoʻydida:
-Bemorni juda kech olib kelgansizlar. Tanasi sovuqda ham qolib ketgan. Hujjati bormi shifoxonada qolishi uchun? Faqat bir gap..qachon uygʻonishini hechkim bilmaydi. Buni koma deb qoʻyibdilar. Ayrimlar bir oyda, ayrimlari butun umrga ham uygʻonmagan payti boʻlgan...
Rus yigit ortiga burilib bosh chayqadida koʻksini kerdi.
Ikkinchi doʻsti yelkasidan turtib pichirlash uchun oʻziga yaqinroq tortdi:
-Sen Rossiyalik emasmiding. Qanday qilib Polshaga kelib qolgansan?
-Sevgilim, yani xotinim asli Polshalik. Buni sevgi deydilar. Shu yerlarda qolib ketdik. Qoʻrqmasangiz ham boʻladi. Xavotirda boʻlishimiz kerak boʻlgan yagona narsa uning komadan chiqmasligidir...
(Maksim) yani rus yigitning uyiga Taehyung olib kelindi. Yonidagi yana nir koreys erkagi ham ularning uyida qolishiga toʻgʻri keldi. Maksimning xotini erini sekin oshxonaga tortib gap boshladi.
-Maksim bular kim? Uzoq ketganingiz yetmagandek orqangizdan 2 ta erkakni ham yetaklab kelibsiz!
-Bunday dema Natasham. Ular yomon odam emasku. Hayotimning eng daxshatli kunlarida kirib kelishdi. Bechoraga qara komaga tushib qoldi oxiri. Lekin xotiniga fidokor ekan. Oʻlimdan qoʻrqmay yoniga boraman deb shu ahvolga tushdi.
-Sizdan farqli oʻlaroq dostingiz tuzukroq ekanda demak
-Eringni aldab urushga olib ketishdi. Sen boʻlsa uyalmay xafa ham boʻlasanmi!! Qaytib ketaman unda. Bu safar qoramni ham koʻrmaysan qara lekin...
Er-xotin uzoq ayriliqdan keyin koʻrishib suhbatlashishayotgan bir paytda, yotoqda oʻz jufti haloli Daeyonning yigʻlagan ovozini tushida koʻrayotgan Taehyungning yonogʻidan bir tomchi yosh oqdi...
(Bu qismlarda Taehyungning 3 yil davomida nimalarni boshdan kechirganu haqida yoritilgan. Komaga tushib qolganidan keyin 2 yil davomida toʻshakda mixlanib qoladi.)
Maksim va Changbin uyga charchab kelishganda doimiy quruq guruchning pishgan hidi uyni toʻldirganini sezib shukur qilishdi. Changbin kechki ovqatdan oldin tahorat qilish uchun hammomga kirib ketdi. Natasha fursatdan foydalanib guruchni stolga qoʻydida, eriga shipshidi.
-Maksim, ular qachongacha bu yerda qolishadi. Oʻzi zoʻrgʻa kun koʻrsak, sharoitimiz battar ogʻirlashib qolyabdi.
-Mana Changbin akani ham oʻzim bilan birga qora ishga olib ketyabmanku. 2 ta erkakning ishini qilyabdi ishonasanmi, shungayam mendan koʻproq pul oladi.
-Maylikuya..toʻshakda mixlanib qolgan doʻstingizchi. 2 yil boʻladi Maksim, umidni uzish kerakdir. Tinchgina uyiga qaytarib yuborsakchi.
-Hujjati boʻlmasa, ismidan tashqari u haqida hechqanday malumot bilmaymiz. Changbin aka ham uygʻonishini kutyabdi, ogʻirligi tushmasin deb tinim bilmayabdi. Oʻziga kelar, nafas olyabdiku...
Kechqurun hamma uxlayotganida, yotoqda jimgina yotgan Taehyungning nafas olishi tezlashishni boshladi.
-Tae nega yolgʻiz oʻzimni bu yerlarga tashlab ketdingiz. Sizsiz qiynalib qoldim..
Daeyonning gʻamgin yigʻlayotgan ovozi uni gapirishga undasada, bir ogʻiz soʻz ayta olmasdi. Tanasi qizib, yuzidan sovuq ter chiqib ketdi.
-Gapiring Taehyung nega jimsiz. GAPIRING!!
Birdan Taening koʻzlari ochilib ketdi. Hechnimaga tushunmay xona tomiga tikilgancha, qayerda ekanligini tahlil qilishga harakat qilardi. Bu komadan chiqgan odam uchun tabiiy holat..
Tong otishi bilan Taehyung koʻzi ochiq holda turganini koʻrib qoʻrqib ketishdi. Boshida vafot etgan deb ham oʻylashdi, toki ularga qaramagunicha. Komadan chiqganiga koʻp boʻlmagani uchun bir necha kun parishon holatda yurdi. Bu orada doʻstining xotini Natasha xolidan xabar olib qarab turdi.
Mana bugun ham eri va Changbin ishdan kech kelishi kerak edi. Olov yonib turgan ochiq pechdan koʻzini uzmay kresloga oʻtirgan Taehyungga tikildida Natasha xonasiga kirib ketdi. Bir mahal qarshisida shitirlash ovozini eshitgan yuzini burib tungi koʻylak kiygan doʻstining xotiniga koʻzi tushdi
U gapirishga ulgurmasidan ayol egnidagi tungi kiyimini yechishga shoshildi. Taehyung tezda yuzini boshqa tomonga burib shoshilib javob berdi.
-Nima boʻldi? Meni istamaysanmi..? 2 yil davomida yotoqda mixlanib yotganingda senga qaradim. Uygʻonganingda menga qanday qaraganingni oʻz koʻzlarim bilan koʻrdim..
Natasha ochiq oydin yolgʻon gapirayotganini sezgan Tae xoʻrsinib haligacha devor tomonga qarab turardi.
-Komadan chiqganimdan beri parishonman. Notoʻgʻri xayollarga borishinga majbur qiladigan qandaydir harakat qilgan boʻlsam kechirasan. Lekin men sen haqingda emas xotinim haqida oʻyladim. Maksim bilan orangizdagi munosabatlar yaxshiku. Nega bunday qilyabsan Natasha..?
Koʻzlaridagi yoshning tashqariga chiqishiga imkon bergan Natasha, tungi kiyimining belbogʻini qayta bogʻlab uyalib qoʻli bilan yuzini yopib oldi.
-Maksimni jonimdan ortiq sevaman. Lekin hanuzgacha farzandli boʻla olmadim. Oʻzimni aybdor his qilyabman. Kechir meni...
Taehyung sekin u tomonga yuz oʻgirib tokchadagi dast roʻmolchani uzatib sekin bosh irgʻab javob berdi.
-Tanish holat. Men ham farzand koʻra olmayman yani bepusht ekanman. Buni bilganimdan keyin sevganimga boshqa yor tanladim..
-Qanday koʻzing qiydi?? Nahot joning ogʻrimagan boʻlsa
-Ogʻrish ham gapmi yondi. Kimdir boʻgʻzimdan siqib havoni uzib qoʻygandek edi. Xotinim menga havodek gap..Bu ishga qanday rozi boʻlganimni ham bilmayman. U ham sendek farzandli boʻla olmayotganimiz uchun ertayu-kech oʻzini ayblardi. Balki hozir turmush qurdandir...
-Unda..nega yoniga borishga bunchalik shoshilyabsan..?
-Baxtli ekanligini oʻz koʻzlarim bilan koʻrmagunimcha koʻnglim joyiga tushmaydi...
Bir necha kundan keyin nihoyat Taehyung va Changbin aka elchixonaga borishga qaror qilishdi. Bundan oldin Maks va uning oilasiga cheksiz minnaddorliklarini ham aytib oʻtishdi.
-Biz sizga qanday ishonamiz. Na hujjatingiz na boshqa narsa bor! Aslida shuncha payt hujjatsiz yurganingiz uchun jarimaga tortilishingiz kerak edi!
-Qarang janob, biz yolgʻon gapirmayabmiz. Ishonmasangiz eng yaqin doʻstim Jungkook bilan ulang. Koreya fuqarosi ekanligimni aytadi. Advokat ham boʻlganman.
Erkak qoshlarini chimirib majburan rozi boʻlgach yordamchisiga ishora qildi. Taehyungning Jungkook haqidagi bergan malumotlaridan keyin qidirib oxiri aloqaga chiqishdi. Goʻshakning narigi tomonidan doʻstining ovozini eshitgan Tae yengil nafas chiqardi.
-Bu Polsha elchixonasi. Siz Jeon Jungkookmisiz? Elchixonamizga ikki erkak kelgan. Biri sizning doʻstingiz Kim Taehyung ekan shu gap rostmi?
-Nimalar deb aljirayabsiz? Taehyung vafot etganiga 3 yildan oshdiku. Bu qanday maynavozchilik. Hazil qilmanglar!
Erkak Taega shubha bilan qarab sekin bosh irgʻadida goʻshakni qoʻydi. Tae Changbin akaga ish pishdi degandek koʻz qisib qoʻydi. Lekin ularni padvalga qamab kaltaklanish kutayotganini tasavvur ham qilishmagandi...
-Hali oʻyin oʻynadigan boʻldilaringmi a!! Lanati yalangoyoqlar, kuningni koʻrsataman senlarni!
Tayoqni tinmay Taening qorin qismiga urayotgan elchixona egasi, hech toʻxtay demasdi. U va Changbin esa qoʻl oyogʻi stulga bogʻlangan holatda kiyimlari yirtilgan holatda kuchsiz boshlarini egib turishardi. Nihoyat Changbin aka ogʻzidagi qonni tupurib gap boshladi.
-Hoy uni urishni bas qil axmoq. Oʻzi yaqinda komadan chiqdi. Kuching yetsa mana meni ur!!
-Hali senga ham navbat keladi tasqara ovoz chiqarma!
Elchixona egasi bularni oddiy gadoy deb oʻylab yana tayogʻi bilan urnoqchi boʻlganida, ishchisi shoshilib keldida telefonni unga tutqazdi.
-Men Taehyungman degan erkakga telefonni bering. U ekanligiga ishonch hosil qilishim kerak.
-Hozirgina doʻstim vafot etgan dedingizku! Ustimdan kulyabsizlarmi
Erkak asabiy vishshilab nihoyat telefonni Taening qulogʻiga tutdi. Ogʻzidagi qonni tupurib irshigan yigit soʻkib berdi.
-Miyyasiz axmoq, ovozimni eshitmasdan turib nega oʻldiga chiqarasan tovuq miyya! Mayib qilib qoʻyishdiku bu yerda! Janob kamerasini yoqing yuzimni ham koʻrsin bolmasa ishonmaydi bu!
Elchixona egasi hafsalasi pir boʻlsada telefon ekranini yoqib stulda oyoq qoʻli bogʻlangan Tae va Changbinni koʻrsatdi. Koʻzlariga ishona olmayotgan Jungkook qoʻli bilan ogʻzini yopib ekranga yaqinroq keldi.
-DOʻSTIM??? Axir sen vafot etgandingku. Boʻlishi mumkin emas..Shuncha payt nima qilding
-Oʻynab yurdim bekorchilikdan. Oldimda boʻlganingda aniq bu gaplaring uchun sogʻ qoʻymasdim seni! Unga Koreya fuqarosi ekanligimni ayt tushuntir. Bu ketishda aniq mayib qilib oʻldiradi!
Yeorinning buyrugʻi bilan Taehyung va Changbin aka palatalarga yotqizildi. Hamshiralar yaralangan joylarini tozalab tinchlantiruvchi ukol qilganida ikkisi ham uxlab qolgandi. Jungkook shoshilib shifoxonaga kirganida, hamshira bilan gaplashib turgan Yeorin gapni tugatib, uni ichkariga kirishini toʻxtatdi.
-Tinchlantiruvchi berdik. Ikkisi ham toliqgan dam olyabdi. Siz menga qanday qilib dugonamning vafot etgan deb yurgan eri bu yerga, 3 yildan keyin qaytib kelganini tushuntirib berasiz!
-Oʻzim ham endi bildimku Uyushtirgan deb oʻylayabsizmi. Uygʻongach bilib olamizda. Daeyonga xabar berdingizmi?
-Qoʻngʻiroqlarimga javob bermayabdi..
-Sen bilan bir chaqalik ishim yoʻq Daeyon. Ikkimizni ham vaqtimizni bekorga olganing qolyabdi.
-Leyla qani lanati! Unga nima qilding!!
-Ha mana ertaroq gapni shundan boshlamaysanmi. Leyla kerakli qoʻllarda, seni intizorlik bilan kutmoqda. Vaqtdan unumli foydalan deb bekorga aytmayabman, bir daqiqaga kech qolsang arzanda singlingdan ayrildim deb aytsang ham boʻlaveradi.
-Olib bor qayerda boʻlsa ham!!
Heosun erinibgina oʻrnidan turdida Daeyonni ortidan ergashtirib mashinaga oʻtirishiga ishora qildi. Ehtiyotkorlik bilan mashinaga oʻtirgan qiz telefonidan dugonasiga xabar yuborib qoʻydi. Heosun sezmadimikin deya koʻz qiri bilan unga qarab ham qoʻydi. Mashina ishga tushishi bilan Daeyon ogʻir yutundi. Lekin bilmasdiki Leyla bagajda xushsiz holatda yotishini...
Birdan uyqusidan sergak tortib uygʻongan Taehyung atrofga koʻz tashladi. Elchixonadagi kaltaklanishdan hanuzgacha tanasi zirqirab ogʻrisada, tik turib oʻtirdi. Yuzi devordek oqarib ketgan yaqin doʻsti Jungkook unga tikilib turganini payqab ogʻir xoʻrsindi.
-Menga bunday qarashni bas qil. Elchixonaga qilgan ishingni natijasini koʻryabsanmi har yerim momataloq boʻlib ketdi. Uyalmasdan oʻldiga chiqardinga??
-Chunki..biz chindanam seni qabrga koʻmgandik. Hali ham koʻzlarimga ishonmayabman Tae. Nega ertaroq aloqaga chiqmading.
Yigit unga yalt etib qaradida boshiga bir urdi.
-Komada edim axmoq. Imkonim boʻlganida xabar bermasmidim. Keyin shoshma..seni qabrga koʻmdik dedingmi?
Boshini ishqalayotgan Jungkook bosh irgagancha yoniga oʻtirib gap boshladi.
-Hada! Italiyadan sen deb erkakning jasadini olib kelishgandi. Sendan ayrilib qoldikmi deya ado boʻlayozdikku!
-DNK qilish qiyinmidi! Biram axmoqsizlare. Koreyaga kelaman degancha nimalarni boshdan kechirmadima.
Tae boshini qoʻllari orasiga olib eski voqealarni birin-ketin eslashni boshladi. Birdan Jungkookning yelkasidan ushlab silkitdi.
-Yaxshimi deysanmi?? Erkakning jasadi olib kelinganda sen deb oʻylab ado boʻldi. Bir yilcha oʻziga kelolmadi. Keyin ota-onasi majburlab Heosunga turmushga berib yubordi
-Oʻsha sen sinovdan oʻtqazgan bolada yana kim ham boʻlardi. Hozir uchchalasi birga yashab yurishibdi. Anu onasi otib tashlangan qiz Leyla borku shuni ham asrab olishdi..
Taehyung sekin qoʻlini Jungkookning yelkasidan olib jimib qoldi. Demak sevgani oʻylaganidek turmushga chiqibdi. Nega hayron qolyabdi? Oʻzi topmadimi shu nomzodni...Ichkariga shoshib kirgan Yeoringa sekin boshini koʻtarib qaradi.
-Daeyon xavf ostida ekan. Menga xabar yubordi!
Heosun mashinani eski xaroba uy yonida saqladi. Atrof tuman inson aylanishgayam qoʻrqadigan qandaydir qishloqga yetib kelishgandi. Daeyon sekin mashina oynasidan boshini chiqarib atrofni kuzatdi.
Heosun boshqa gapirib oʻtirmay mashinadan tushib, qizning ortidan kelishini bilgan holda kutmay xaroba uy tomon yurdi. Daeyon ham mashinadan tushib atrofni koʻzdan kechirdida Heosunni kuzatib bordi. Yeorindan xabar bormikin deya telefoniga ham qarab qoʻydi. Eshik ochilishi bilan yigit Daeyonni ichkariga itarib yubordida chiqa olmasligi eshikni qulflab qoʻydi.
-Hoy och eshikni nima qilyabsan yaramas!!! Leyla qani nomard!!
Daeyon bor ovozida baqirib oyogʻi bilan eshikni tepishni boshladi. Birdan qulogʻi ostidagi sovuq nafasdan titrab joyida muzlab qoldi.
Aytilgan ishni bajargach yengil tortib mashinaga oʻtirgan Heosun uyga qaytadigan yoʻldan haydadi. Yetib kelgach orqa bagajdan xushsiz peshonasidan qon qotib qolgan Leylani koʻtarib yelkasiga tashladida, quvnoq hushtak chalgancha ichkariga olib kirdi.
-Leyla uygʻon uygʻon! Oʻzimni xurliqoyim..Turaqol bu yerlardan ketamiz. Italiyaga siz bilan sayohat qilmoqchiman deganmiding? Mana bugun shu orzuyingni amalga oshirar ekanman
Leyla kuchli bosh ogʻrigidan koʻzlarini ochib qarshisida telbanamo jilmayib turgan Heosunni koʻrib tezda orqaga chekindi. Erkakning kuchi koʻp boʻladi deb bejizga aytishmas ekan, oyogʻidan tortqilab oʻziga yaqinlashtirdida qulogiga sovuq pichirladi.
-Men bilan boʻlganingda jilmayib tur uqdingmi? Axir bir-birimizni sevamiz jonim. Kel Italiyaga ketishdan oldin meni xursand qil..
Heosun sovuq jilmaygancha hali yaralari bitmagan Leylani yotoqga otib yubordida shimini yechishni boshladi. Qiz baqirib qochmoqchi boʻlganida, Heosun sochidan tortqilab orqaga tortdi.
-Sabrimni sinama! Qara, shunday qiliqlaringni deb sochlaring tinmay toʻkilyabdi. Tasqara qizning keragi yoʻq menga!
Qiz yalinib yigʻlasada, Heosunning ogʻir tanasi uni egallab nafas olishini toʻsib qoʻygandi. Bir payt boshiga zarb bilan guldon tekganidan, yigit ikki qoʻli bilan boshining orqa qismini ushlab chalqancha yotib oldi. Nima boʻlayotganiga tushunmay qolgan qiz qarshisidagi odamni koʻrib hayratdan qotib qoldi.
-Shshh qoʻrqma Leyla. Bu men Taehyungman..
Daeyon ortiga oʻgirilishi bilan manoli jilmayib turgan Taylorni koʻrib koʻzlari moshdek ochilib ketdi. Birdan orqaga chekinishi bilan qoʻllarini yuqoriga koʻtargancha uni tibchlantirishga harakat qildi.
-Uzoq yillardan keyin koʻrishganimizda aynan shunday taajublanishingni kutgandim. Ahvollaring qanday?
-Aqlli erkakdek muammo chiqarmay oʻtirdim. Qilgan ishidan afsuslanibdi deb imkon berib ozod qilishdi. Lekin sizlarsiz juda zerikarli boʻldi bilasanmi?? Shunga hayotingga Heosunni olib kirdim. Ha ha bu ishni men qildim. Biz u bilan qamoqxonada tanishib qolgandik. Erta ozod boʻlishini eshitib fursatdan foydalanish kerakligini tushunib, axmoq ering Taening yoniga yubordim. Oʻzicha 1 oy davomida sinadi. Anu yonidagi doʻsti Jungkookgayam besh ketmadim. Ogʻzidan bol ketib maqtabdi eringga. Nega bu ikki kaltafaxm u haqidagi malumotnomani koʻrib chiqishmadi!
Taylorning jirkanchli kulgisi boʻsh xonada aks-sado berish bahonasida Daeyonning ichidan titroq yuborishga majbur qildi.
-Soxta malumotnomada bechora Heosunni singlisining oʻlimida ayblab qamatib yuborilgan deb yozilgandi. Lekin aslida ham bu ishni qilgan, yani kichkina singlisini oʻlgunicha zoʻrlagan. Bunday erkaklarni ruhiy nosogʻlom deydi, boshqachasiga obsessiya!! Azaldan tanish bilishlarim boʻlgani uchun, uni yaxshi ishga joylab oxkoʻngil odamdek tasvirlashga majbur boʻldim. 3 yilim ketdi ishonasanmi??
-Nega..nega bunday qilding! Meni yomonligim tegumidimi!!
-Albatta yoʻq. Sen aybsiz farishta..yogʻe boshqachasiga doim hechnimadan xabarsiz ojiza ayol boʻlgansan. Boshidan singlingni sevib yurgan erkakga turmushga chiqding, sevding, oyoqga turishiga yordam berding. Lekin evaziga nima olding..XIYONAT!!
-Xuddi shunday! Yetmaganiga bepusht ering oʻzicha yetti yot begonaga seni topshirib ĺzi esa kimsasizdek oʻlib ketdi. Lekin koʻnglim tinchimadi bilasanmi? Vaxshiylarcha qiynab oʻldirilgan boʻlsada ichimdagi nafrat soʻnmadi. Meni Yunheedan ayirdingiz...
-Uni sen oʻldirding!! Oʻz qoʻllaring bilan qila turib bizni ayblama yuzsiz!
-Aybdorsiz!! Biz baxtli edik! Hammasi yaxshi edi. Faqat shu ering borligi..Yunhee bilan bir yotoqda koʻrganimda nimani his qilganimni bilasanmi??? Nega endi men ham Taehyung qilgan ishni takrorlamas ekanman. Sendan foydalanib, eringni ruhini notinch qilamiz nima deysan..?
-Nima..shoshma!! Yaqinlashma menga!
Daeyon gapirishga ulgurmasidan kuchli qoʻllar sochlaridan tortqilab yerga yotqizganini his qildi....
Taehyung unga qoʻrquv bilan qarab turgan Leyla tomon ehtiyotkorona yaqinlashib, qoʻllarini yuqoriga koʻtardi.
-Qara, men senga tegmayman hoʻpmi? Meni eslaysan Taehyung akangman. Bilaman hammangiz oʻldiga chiqargansizlar, keyin tushuntirib beraman. Hozir tashqarida Yeorin opang va Jungkook kutib turibdi. Ortinga qaramasdan yugur uqdingmi?
Leyla vahimada boʻlsada tushungancha bosh irgʻab xonadan yugurib chiqib ketdi. Tae hanuzgacha ogʻriqdan boshini changallab yotgan Heosunni yoqasidan tortqilab boshiga musht tushirdi.
-Pastkash..kelib kelib Daeyonni senga ishondimmi! Unga koʻz-quloq boʻlaman deb qasam ichganding nomard. Boshiga nima kunlarni solding sen! Qayerda u gapir!!! GAPIR!!!
Yigit ogʻzidagi qonni tupurib telbanamo jilmaydida qulogʻiga pichirladi.
-Yunhee..mabodo shunday qiz bor edi eslaysanmi? Oxirgi marta u bilan nima yuz bergandi va bunga aybdor kim edi qani aytchi! SEN!! Bugun xotining bilan ham xuddi shunday ish boʻladi!
Taehyung yuzi oqarib orqaga chekindida ishonqiramay yigitning yuziga qarab qoldi.
-Toʻgʻri topding. U hozir Taylorning yonida. Yunhee ikkingiz uning ortidan pichoq urib bir yotoqda boʻlganingizdek bugun Daeyon ham...
Yuziga zarb bilan kelib tushgan mushtdan Heosun gapirolmay ogʻzidan qon sachrab chiqdi...
Daeyon bor kuchi bilan Taylorni tepib eshik tomon yugurdi. Lekin yigit bamaylixotir jilmaygancha oʻrnidan turdi.
-Ikkinchi kalit faqat menda bor. Kel tinchgina kelishamiz. Yaxshi ayol boʻlsang qiynamayman
-Mendan uzoq tur Xudoning qaxriga uchragur!
Daeyon shunday deya uning yuziga tupurib yubordi. Sabri tugagan Taylor yuziga tarsaki tushurib egnidagi koʻylagining yengini yirtib tashladi. Dovdirab qolgan qiz egnini qoʻllari bilan berkitib orqaga chekindi.
-Bu yerga kel. Yoʻqsa Shu kimsasiz joyda oʻlib ketishinga oʻzim kafolat beraman! Eringni yoniga borasan
-Yaxshisi oʻldir. Faqat tegma!!
-Oddiy oʻlim kamlik qiladi. Sizlar ham mendek qiynalinglar!
Daeyonning ustiga bostirib kelib yerga yiqitdida, tegajoglik qilishni boshladi. Qiz baland ovozda baqirib yordam soʻraganida, yuziga kelib tushgan zarbadan jimib qoldi. Lekin zarb bilan ochilgan eshikdan sergak tortgan Taylor, vafot etgan deb yurgan qarindoshi Taeni koʻrib bir daqiqa muzlab qoldi.
Vajohat bilan quturib unning yoqasidan ushlab yerga yotqizdida yuziga ketma-ket musht tushirishni boshladi.
-Xotinimdan nima xoxlaganding iflos! Kuching ojizaga yetdimi mendan qolgan nafratingni qasosini undan olmoqchi boʻldingmi! Kech qolganimda nima boʻlardi. Gapir GAPIR MARAZ!!!
Yonayotgan qalbini tinchlantirish uchun Taylorning yuziga musht tushirishdan toʻxtamayotgan bir paytda, Daeyon erini koʻrib sekin yelkasidan ushlab koʻzlaridagi yoshni toʻxtata olmadi. Birgina soʻz bilan Tae urishdan toʻxtadida yuzini sevgani tomon burdi.
-Tae..Taeyim..siz boʻlishi mumkin emas.
Ovozi titrab chiqishiga ham etibor bermayotgan qiz, yuzlaridan silab u haqiqiy ekanligiga oʻzini ishontirishga harakat qilardi.
Jungkook yerda zoʻrgʻa nafas olib yotgan Taylorni tortqilab tashqariga olib chiqgan bir paytda, Daeyon va Taehyung yolgʻiz qolishdi. Taqdir ikki juftning hayotida shu darajada ketma-ket zarbalar berardiki, bazan koʻksini qalqon qilib sabr qilishganini ozi hayratlanarli edi. Erining bagʻrida ovoz chiqarib yigʻlayotgan qiz, mushti bilan tinmay koʻksiga urardi.
-Jiming bir ogʻiz ham gapirmang. Sizga toʻyib olay, yana ketib qoladigandeksiz. Shuncha payt qayerda edingiz..!
Sudd jarayonida ishtirok etayotgan Yeorin va Jungkook qoʻllari kishanlangan Heosun va Taylorga qarashni ham istamay sudyaga tik boqib turishdi.
-Ayblanuvchilarga yetarlicha olib kelingan malumotlar asosida, Kim Taylorga qayta butun umrlik qamoq jazosi berishi tayinlandi. Jung Heosun ismli shaxs, oldin ham oʻz singlisining oʻlimiga aybdor deb topilib ikki yillik qamoq jazosini oʻtagan ekan. Bu ham yetmaganiga chiqganidan keyin soxta hujjatlar bilan palitsiyachi boʻlib ishga kirgan. Balogʻatga yetmagan qizlarga tegajogʻlik qilinishda ayblanib 6 yil muddat bilan ozodlikdan mahrum qilinadi!
Taylor va Heosun olib ketilishidan oldin Yeorin shaxdam qadamlar bilan Heosun tomonga yurib yuziga tupurdi.
-6 yil juda kam..Koreyada ham oʻlim jazosi qayta ishga tushganida, birinchi seni ustingdan shikoyat qilgan boʻlardim.
Yeorin yoqasidan tortqilab oʻziga yaqinlashtirda alam bilan pichirladi:
-Tashqi koʻrinish aldamchi boʻlar ekan. Seni insofli odam deb bilgandim. Daeyonni oʻylab oʻz hissiyotlarimni koʻmib tashlagandim. Menga emas Daeyonga loyiq degandim. Hayf senga!!
Qiz oxirgi gaplarini aytib ortiga ham qaramasdan sud zalidan chiqib ketdi...
Ota-onasi yonida oʻtirganiga ham etibor bermay hanuzgacha Taehyungning bagʻridan chiqmayotgan Daeyon erining biroz uyalib tomoq qirishini ham eshitmaganga oldi.
-Hoy qiz..ota-onang shu yerda. Balki...
-Kerak boʻlsa kuni boʻyi bagʻringizda qolaman. Ular ham indamaydi. Endi sizga yetishdim Tae meni oʻzingizdan itarmang...
Daeyon oʻrnidan turdida bosh irgʻab onasiga choy damlashga yordam uchun chiqib ketdi. Xonada Daening ota va yolgiz qolishdi. Qizlarini yaxshi boʻlsin deb majburlab turmushga berishganini oʻylab, kuyovlarining yuziga ham qaray olishmasdi.
-Yerga qarashni bas qilinglar iltimos. Oʻzimni noqulay his qilyabman. Qizingizni baxtini oʻylab qilgansiz buni bilaman. Oʻzim ham xato odamni tanlabman. Daeyonim aziyat chekgani qoldi. Endi hammasi oʻzgaradi. Jungkookni sudga yubordim. Keyinchalik yana bu ishni koʻrib chiqaman.
-Kuyov shuncha payt qayerda edingiz. Oradan 3 yil oʻtibdiya..
-Aybdorlar qilmishiga yarasha jazosini oldi. Leylani shifoxonamizga dam olishi uchun yubordim. Qiz travma olgan Daeyon, psixolog bilan ham gaplashib qoʻydim. Lekin sen tashvishlanma. Nihoyat ering bilan birgasan. Dam ol oʻrningga oʻzim qarab turaman.
-Raxmat dugonajon. Boringga shukur..
Ikki qiz gaplashib turishganida, Yeorinning telefoniga qoʻngʻiroq boʻlib qoldi. Dugonasining yuzi oqarib ketganini korgan qiz xavotir bilan yelkasidan ushladi.
-Ukam..ukam qamoqdan chiqibdi. Ketishim kerak keyinroq gaplashamiz. Jungkookga aytib qoʻy mashinasini vaqtinchaga olib turyabman.
Qiz shoshilib mashinaga oʻtirdida ketib qoldi. Daeyonning belidan quchgan qoʻllardan qoʻrqib yuzini bursa Taehyung jilmayib turardi.
-Qoʻrqitib yubordimmi kechir. Dugonang qayerga shoshilib ketib qoldi.
-Ukasi qamoqdan chiqgan emish. Shu qiz ham hech tinchimadida. Yolgiz ona, yaqin doʻstingiz Jungkook bilan boshini bitta qilsakchi nima deysiz.
-Toʻgri aytasane. Yangi kelin kuyov boʻlganimizda sevgan qizi bilan unashtiruvi buzilgandi. Bola paqir rosa qiynaldi. Hanuzgacha uylanmaganiga hayronman. Sen bergan taklifni ikkimiz bafurcha oʻylab koʻramiz..
Taehyungning koʻzlaridagi uchqunni koʻrgan Daeyon kulimsirab qoydi.
-Yaramas oʻzgarmadingizda hech!