𝖤𝖵𝖤𝖱𝖲𝖴𝖭
Daeyonning tushunishi uchun bir necha daqiqa ketdi. Hali ham nima boʻlayotganini tushunmayotgan bir paytida Minxo shoshilib oʻrnidan turdi.
-Opa ishoning aldamayabman. Mana koʻkarish izlarini koʻryabsizku. Kecha siz bilan gaplashganimda yaxshi edim. Uyimga olib kelayotganida birdan bostirib kirib Leyla meniki deb tahdid qildi. Haliyam urib oʻldirib qoʻymadi. Zoʻrgʻa oʻzimga kelib oʻrnimdan turdim. Lagerga ketmaganimning sababi ham shu. Eringiz ruhiy nosogʻlom...Balki hali ketishga ulgurishmagandir. Leylani
qaytarib olish kerak!
Daeyon oʻylab oʻtirmay tashqariga yugurdi. Nega koʻzdan qochirdi, koʻz oʻngida shu ishlar boʻlayotgan ekan. Hozir Heosun koʻziga shu darajada jirkanchlikdek tuyulyabdiki...Uyga kirishi bilan u endigina kalitni choʻntagiga solib uyga kirayotgan paytida tutib oldi. Choʻntagidagi oʻsha pichoqni chiqarib ortidan poylab uyga kirdi.
-Daeyon?? Qoʻlingdagi nima..Jinni boʻldingmi. Minxoning uyida boʻl degandimku. Bormoqchi edim ortingdan hozirgina keldim.
-Iblis..aldama!! Leyla qani! Men bilan yashab, tuzlugʻimga tupurib shu ishni qilding! Yosh boladan nima kutganding!! Qachondan beri davom etyabdi gapir! Palitsiyachisan yashirincha qanda qilding!!
Bir necha yildan beri rejalashtirib yurgan ishini bir pasda chippakga chiqarganini bilib, Daeyonga oʻqrayib qaradi. Kresloga bamaylixotir jussasini tashlab, unga mensimay qaradi.
-Qoʻlingdagi kichkina matox bilan qoʻrqadi deb oʻylasang adashasan. Kelganing ayni muddao boldi. Seni uzoq vaqtdan beri pinhona kuzatib yurgan bir odam bor. Olib boraymi?
-Leylani olib kel yonimga!! Lagerdami haliyam ayt nima qilding ruhiy nosogʻlom!!
-Leyla LEYLA DEYAVERMA!! Boʻlishi kerak boʻlgan joyda u.
Shifoxonaning kabinetida bosh ogʻrigi bilan oʻylanib turgan Yeorin suv ichish uchun oʻrnidan turdi. Dugonasining uyidagi kelishmovchiliklari tufayli, shifoxonani yakka oʻzi boshqarib turardi. Muammolar tugay demaydi.. Yuragi siqilib shu toʻrt devor orasidan qutulish uchun ham kabimetdan chiqdi. Yosh hamshiralar oʻz ishini bilib-bilib qilishar, ayrimlari Yeorinni payqab qolsa hurmat bilan salom ham berib qoʻyardi.
Shifoxona eshigidan oddiy ishchi kiyimida oqsoqlanib kirayotgan erkaklar orasida doʻstining yelkasidan ushlab yordam berayotgan soqolli erkak hamshiralarga kuchsiz baqirdi.
-Yordam beringlar bu yoqqa qarab yuboringlar iltimos!!
Hamshiralar bir ahvolda kelgan erkaklar oldida shoshganda Yeorin ham xavotir bilan qoʻlidagi varaqani stolga qoʻyib bordi.
-Mana mana bu yerga yotqizinglar. Tanasi olovdek yonyabdi. Issigʻi baland. Qayerdan kelyabsizlar oʻzi??
Soqolli erkak holsiz yotgan doʻstlarining gapirishga kuchi yoʻqligini bilib oʻrnidan turdi.
-Biz urushdan kelyabmiz. Chegaradan zoʻrgʻa oʻtib keldik. Men Koreyalikman. Doʻstlarimga yordam bering ularning ahvoli ogʻir.
-Ularga birinchi yordam koʻrsatiladi. Hech boʻlmasa roʻyxatda turish uchun siz ismingizni aytding.
(Taehyung tilidan yozilmoqda..)
Koʻzlarimni ochishim bilan zax yerda yotgan ekanman. Atrofimda turli xil oyoq tovushlari eshitilib turar ayrimlar, berilgan non ushoqnu yeyish bilan ovvora edi. Oʻrnimdan turay desam butun tanam zirqirab ogʻrirdi. Yelkamga tekgan sovuq qoʻldan seskanib ortimga burilsam, egni boshi kir, lekin istarasi issiq yigit qoʻlidagi nonni yarmini menga uzatdi.
-Yangimisan? Qayerdan kelding doʻstim
Yigit rus tilida gapirar, lekin ohangidagi iliqlik, atrofning sovuq muhitidan farq qilgani uchun sekin oʻrnimdan turdim.
-Men..Koreyadanman. Oʻzingchi? Nega erkaklarni bu yerda saqlashyabdi oʻzi.
-Bu yer lager..Bizni urushga tayyorlashadi. Balki 1 hafta davom etar anigʻini bilmayman.
-Chiqib ketishning iloji yoʻqmi. Hujjatlaringizni olsangiz boʻladiku.
Narigi tomonda idishdagi arzimas ovqatga nonini botirib yeyayotgan erkak kulimsirab Taehyungga telbadek qarab turdi.
-Qanaqa hujjat yigitcha. Allaqachon boy berib boʻldikku. Kimligimizni ham isbotlay olmaymiz. Urushda oʻlib ketgan taqdirimizda ham..itdek tashlab ketishadi.
Taehyung chirib ketgan stolda bamaylixotir ovqatlanib gapirib turgan erkakning yoniga shoshib bordi.
-Siz Koreyalikmisiz?? Qachondan beri bu yerlardasiz. Nahotki chiqib ketishning hech qanday imkoni boʻlmasa??
-Buyogʻi peshonadan. Men yolgʻiz emasdim. Yonimda tanishib qolgan yana bir yigit bor edi. Xuddi sendek joʻshqin va vatanparvar bu yerlardan chiqib ketamiz dedi. Ishondim..lekin koʻz oʻngimda otib tashlashdi..Bizni odam oʻrnida koʻrishmaydi.
Taehyung tezda bosh chayqab oʻrnidan turdida atrofni alanglab chiqish uchun joy qidirdi. Haligi erkak uni zimdan kuzatib chuqur xoʻrsindi.
-Tirik qolgan ekanman, demak bu yashashim uchun bir imkoniyat. Xotinim bor..
Ichkariga bostirib kirgan italiyalik bosh askarning baqirishidan keyin gapirishdan toʻxtadim.
-Bu yerda nima boʻlyabdi gazandalar. Nega shovqin qilyabsizlar! Kaltak yeyishni sogʻinib qoldingizlarmi deyman!!
Atrofdagilar qoʻrqa-pisa barmoqlarini bigiz qilib menga ishora qilishganida sergak tortdim. Bosh askar men tomon qadam tashlab oyogʻimga zarb bilan tepdi. Ogʻir etigining temiri sanchilgani uchun qon oqishni boshlagandi.
-Yangi kelganlardanmisan deyman. Shovqin qilma, jasading shu yerlardan chiqishini istamasang agar!
-Bu nohaqlik! Bizni majburan xibsda ushlab turolmaysizlar. Menku mayli, qolganlarni ham majburlab olib keldingizmi??
-Kimsan pzi huquqshunosmi?? Oʻzingdan aqllini yasab olma bolakay. Senga oʻxshaganlarni juda koʻp korganman. Maslahatim tilingni tiy. Yoʻqsa..urushga bormasdan qurbon boʻlishingga kafolat beraman!
Qulogʻim ostida tinimsiz soʻkinishi va qonayotgan tizzamdan qayta tepganini hisobga olmaganda boshqa narsani sezmadim. Menga muloyim munosabatda boʻlgan yigitcha ham, hanuzgacha chirigan stuldan turmagan erkak ham qarab turardi...
-Fikringdan qaytishing uchun hozir ham kech emas. Baribir seni chiqarib yuborishmaydi. Umidingni uz!
-Oʻlishingizni kutib tashaveringlar! Lekin men ketishim kerak. Sizlarni bilmadimu, meni kutadigan insonim bor...
Taehyung shunday degancha infeksiya tushishni boshlayotgan oyogʻidan siqimlab rolga kirishib ogʻriqdan baqirishni boshladi...
Binoda erkakning faryodini eshitgan ofitser ichkariga bostirib kirdi. Kechagina kelgan boʻlsada qiliqlari bilan jigʻiga tegayotgan Taehyungni yerda egilib yotganini koʻrib, vajohat bilan u tomonga bostirib bordi.
-Lanati dardisar jonimga tegding. Muammo chiqarishni bas qil. Yoʻqsa shu yerda otib tashlayman seni!!
-Oyogʻim..yiringlashni boshladi. Kuchsizman yordam bering iltimos..
-Ataylab uyushtirdinga shundaymi? Balo chiqding sen nodon...
Ofitser gapini davom ettirishga ulgurmasidan, binoga poshnali etigi bilan savlat toʻkib bosh qoʻmondon kirib keldi.
-Bu yerda nimalar boʻlyabdi?? Ofitser oddiy yalangoyoqlarni ham boshqara olmayabsanmi!!
-Qoʻmondon haligi..hammasiga u aybdor. Kelgan kunidan beri muammo chiqaradi. Urushga yaroqsiz bu..
-Shunaqa degin..mayli unda sharqiy tomonga yuboramiz. Bizga yaroqsiz askarlar kerak emas..
Taehyung rejasi tez amalga oshganidan yalt etib Qoʻmondonga qaradi. Hanuzgacha eski stulda tomoshani kuzatib turgan erkak ham birdan sergak tortdi. Taehyung istarasi issiq degan yigit ham hayratdan qoʻli bilan ogʻzini yopdi.
-Bu yerda bir gap bor.. Qoʻmondon oʻz-oʻzidan Taehyungni sharqiy qismga yuboraman demadi. Undan yaxshilik kutishning oʻzi axmoqlik.
-Pistirma demoqchimisiz? Tomosha koʻrsatgani uchunmi
Erkak ketishga tayyor turgan Taeni zimdan kuzatib oʻylanib qoldi. Kech tushishi bilan Taehyung bilan oʻchakishib yurgan ofitser ichkariga kirib yuzlandi.
-Sen! Men bilan yur. Yana kimdningdir sogʻligʻida muammo bormi. Ketmoqchimi??
Atrof jim. Oʻlik sukunat choʻmgan. Xuddi Taehyung bilan xavfli narsa yuz berishini bilishgandek biror kimdan sado chiqmadi. U bilan suhbatlashgan erkak va yosh yigitning boʻlsa sabri yetmasdi. Biz ham boramiz deyishsa bu oʻlim hukmi boʻlsachi?
Taehyung binodan chiqgach yomgʻirdan kiyimlarining namligiga etibor bermay ketishga oshiqardi. Bosh qoʻmondon tomon yaqinlashgach qoʻlini yelkasiga qoʻydi.
-Yurtingga yaxshu yetib bor shovvoz.
U shunday deya jilmaygancha Taehyungni kuzatib qoʻyishdi. Lekin Qomondon bosh irgʻaganda ofitser toʻpponchasini chiqarib naqd Taehyungning orqa qismiga oʻq uzdi...
Ikkisi ham baralla kulgancha uning ingrab yerga yiqilishini tomosha qilishdi...
Bino devorining orqasida yashiringan ikki erkak chiroqlar oʻchishini sabrsizlik bilan kutishar, kech qolishsa Taehyungni yoʻqotib qoʻyishadi degan fikr xayolida tinmay aylanardi. Atrofdagi chiroqlar birdan oʻchganida yosh rus yigit aravachani sudrab oldinga yugurdi. Oʻrta yoshli erkak ham atrofni alanglab haligi bolaning ortidan shoshildi.
-Tirikmi?? Tomir urishini tekshirchi. Bilgandim bu iblislardan shunday ish chiqishini. Advokat yigit erta shoshildida...
-Yo Xudoo naqd koʻkrak qafasiga oʻqni uzishibdi. Shoshilishimiz kerak!! Nafas yetishmovchiligi yuzaga keladi!!
Rus yigit xavotir bilan shoshilib gapirgach, biri aravachani ikkinchisi chiroq yonib ularni fosh qilmasligi uchun oldinroq borardi. Havoning salqinligi va yomgʻirning toʻxtamay yogʻishi Taening koʻksidagi qon dogʻlarini ham tuvib tashlardi.
-Qayerga ketyabmiz oʻzi. Tutib olishmaydimi ishqilib.
-Chegaradan oldinda Italiya qochqinlar markazi bor. Bu joyda BMT bor. Yani hujjatsiz fuqarolarni roʻyxatga oladi. Yetib borsak boʻlgani. Shoshil!!
-Polshada oilam bor!! Agar nasib qilsa sogʻ-salomat yetib boramiz shundaymi!!
-Janob bizga yordam bering. Chindanam lagerdan kelyabmiz. Mana isbot oʻzingiz koʻrdingiz, aravachada piyoda shu havoda uni olib keldik. Hayotini vaqtinchalik saqlab qoling. Oilasi Polshada yashaydi. Agar ruxsat bersangiz uni oʻsha yerda davolardik!!
Ikki hamshira ichkari chodirda Taehyung uchun tinim bilishmasdi. Baxtiga oʻq qovurgʻa qismiga tekgan yurakga emas. Bu uzogʻi 2-3 kun yashashiga imkon berardi. Agar Polshaga yetib borishsa osonlashadi degan umidda...
Hamshira ayol qoʻlidagi qonga belangan qolqoplarini yechib yugurdi.
-Janob bemorni vaqtinchalikga hayotini saqlab qoldik. Lekin bu uni toʻliq davolanganiga ishora emas. Zudlik bilan Polshaga yuborish kerak. U yerda imkoniyatlar biznikidan yaxshiroq.
Oxiri Taehyungni tez yordam mashinasiga joylashtirishgach chegara tomon yoʻl olishdi. Mashina ichida hamshira qiz, Taehyung tanishgan ikki erkak va haydovchi bor edi. Rus yigiti sekin shipchitib gap boshladi.
-Nega Xosh vakilini Taehyung Polshalik deb aldadingiz. Axir mening oilamku u yerda.
-Jimmm axmoq. Ishonarli chiqishi uchun bundan ortiq nima qilishim mumkin. Seni Polshalik desam ishonishmasdi, hujjating yoʻqku. Eng muhumi chegara tomon yaqinlashyabmiz.
Rus yigit sekin bosh irgʻagancha tushungach indamay, Taening tomir urishi va ahvolini tekshirib turgan hamshira qizni kuzatdi. Lekin birdan uning ogʻir-ogʻir nafas olishi va tomir urishi sekinlashganini sezgan hamshira qiz haydovchiga shoshilinch oʻshqirdi.
-Chegaraga yaqinlashdikmi?? Bemor komaga tushyabdi!! Tezroq haydang.
Koma soʻzini eshitgan Taening ikki doʻsti taranglashib sergak tortishdi. Taening oxirgi lablaridan chiqgan soʻz: