π΄π_πππππ
My fairyβ¨
-Doktir Hwang, Doktor Hwang-- Hamshira MinHyunning yoniga yugurib keldi
-Sekinroq, nima bo'ldi--MinHyun
-Tez jarrohlik xonasiga boring, siz Doktir Yooni....---Hamshira
-Ugh..., soat kechki oltini ko'rsatyapti. Reychil nima qilyaptikana?--Sunghoon qo'l soatiga qarab gapirdi--Bona qayerda ekan unga qo'ng'iroq qilib ko'rish kerak--Qo'liga telefonini olib Bonaga qo'ng'iroq qildi
-Alo Bona, qayerdasan--Sunghoon
-Menmi, men shifoxonadaman--Bona
-Sen shifoxonani yomon ko'rasan, ammo doim u yerda bo'lasan, Nega?--Sunghoon
-Chunki bu yerda, Reychil va MinHyun bor, Ammo hozir bemorlar qatoridaman. Shuning uchun shu yerdaman--Bona
-Rostanmi..? Qayerdan quyosh chiqdi..? Reychil tarafdanmi yoki MinHyunmi--Sunghoon
-Albatta seni sevgiling tarafdan--Bona
-O'zim ham bilgan edim. Bona meni sevgilim o'zi qayerda, bilmaysanmi--Sunghoon
-Yo'q, menimcha u hozir bemorlari bilan ovora--Bona
-Mayli, hayr. Yaxshi dam ol, 10 daqiqalarda yoningda bolaman--Sunghoon
-Ah, meni emas sevgilingni yonida--Bona
-Ha ha, sevgilimni yonida--Sunghoon
-Tezroq kel, chunki Reychilning qabuliga juda ham kelishgan yigitlar yozilibdi. Qizlardan ko'ra yigitlar ko'p ekan. Birontasi ilib ketmasin--Bona Sunghoonning asabiga teyish maqsadida gapirdi.
-Nima, yigitlar? Chindanmi...--Sunghoon ichida qandaydir rashk tuyg'usini his qildi
-Ha, ha yigitlar. Tezroq kel!--Bona
-Yaxshi 5 daqiqada boraman--Sunghoon qo'ng'iroqni yakunlab tezda xonasidan chiqib ketdi.
-Oh, menimcha men kimdirning rashkini keltirib qo'ydim-- Bona labining chetida kulib gapirdi.
Sunghoon shifoxonaga keldi va yo'lidan birinchi chiqqan hamshiradan Reychilni qayerdaligini so'radi
- Doktor Yoo tahminan besh, olti soatdan jarrohlik xonasidalar--Hamshira
- Operatsiya qilyaptimi, og'ir bemor keltirildimi?--Sunghoon
-Sizga aytishmadimi..--Hamshira
-Nimani aytishlari kerak--Sunghoon qoshlarini tepaga ko'tarib gapirdi.
-Peshin vaqtlarda Doktor Yoo hushlaridan ketib, to'g'ri jarrohlik xonasiga olib kerib ketishdi--Hamshira
-Nimaaa!?--Sunghoon o'zi bilmagan holda baland gapirib yubordi
-Agar yaqin insonlari bo'lsangiz, kutish zalida kutshingiz mumkin--Hamshira gapini tugatib yo'lida davom etdi.
-Oh, Sunghoon, keldingmi?--Bona
-Bona, Reychilni operatsiya qilishyotganidan habaring bormidi-- Sunghoon ko'zyoshlarini ushlab turgani sababli ko'zalari qizardi, va ovozi bog'iq xolga keldi.
-Nima!? Qanday operatsiya?--Bona Sunghoonning gaplariga tushunmay so'radi.
--Peshin vaqtlarda hushidan ketib, jarrohlik xonasiga olib kirib ketishibdi --Sunghoon
-Nima!! Ahir....--Mana endi Bonani ham ko'zlari yoshlandi va to'g'ri jarrohlik xonasi tomon yo'l oldi.
βββββββββββββββ
-Reychil hammasini yaxshi bajarding--MinHyun
-Sen ham, ancha qo'ling kelishib qolibdi, oldinlari qo'ling qaltirar edi-- Reychil do'stini ustidan kular.
Bona va Sunghoon jarrohlik xonasining yoniga yaqinlashganidan, uzoqdan MinHyun va Reychilni ko'rishdi.
-Reychil..., Reychil --Sunghoon ikkinchi marotaba chaqirganida ovozni balandlatdi.
--Sunghoon..? Bu yerda nima qilyapti--Reychil
Sunghoon katta qadamlar bilan tez yurib Reychilni qattiq quchib oldi. Va boshini Reychilning yelkasiga qo'yib ko'zyoshlarini erkin qo'ydi.
-Hoy.., Sunghoon. Nima bo'ldi? Bona balkim sen tushuntirib berarsan--Reychil ham javoban uni quchdi.
-Seni MinHyun operatsiya qilishyapti deyishdi, ertalab hushingdan ketganini aytishdi.--Bona ko'zlaridagi yoshlarni artib gapirar. MinHyun va Reychil bir birlariga qarab qo'yishdi.
-To'g'ri men operatsiya qildim, ammo Reychilni emas. Va u hushidan ketmadi.., shunshaki havo tufayli boshi aylangan. Shu halos--MinHyun ularga bo'lgan voqeani gapirar ekan, Sunghoon esa Reychilni yanada qattirroq bag'riga bosar.
-Ammo nega bizga bunday deyishdi--Bona
-Menimcha sizlarga aytgan inson noto'g'ri narsani eshitgan, va sizlarga ham aytgan-- Reychil
-Kxx.., endigina seni o'ldiraman deb kelayotgan edim--Bona
-Negaa..? Men nima qildim?--Reychil
-Meni operatsiya qilmasdan, meni davolamasdan qochib ketyapsan deb o'yladim, Ahmoq qiz--Bona--Hoy, Sunghoon qoch! Men ham uni quchoqlamoqchiman. Reychil faqat seniki emas, u meniki ham, birinchi bo'lib meniki edi. Va sen qayerdandir kelib uni mendan tortib olyapsan--Bona yosh bolalarcha gapirdi.
-Yo'q, to'xta yana biroz, azgina shunday turay. Ko'nglimni hotirjam qilshim uchun uning iforini va uni iliqligini his qilshim kerak--Sunghoon ana endi boshini ko'tardi.
--Sunghoon yaxshimisan, nega bu yerga kelding. Ahir ishda bo'lishing kerak emasmidi?--Reychil
-Seni sog'indim, seni ko'rishni xohladim--Sunghoon
-Aldamaa! Sen meni ko'rish uchun kelding-kuu. Ahir boya menga qo'ng'iroq qilib yonimga kelishingni aytingku--Bona
-Bolalar, balkim ovqatlanarmiz, men olti yetti soatdan beri hech nima yemadim--MinHyun
-Men ham hech nima yemadim, qornim juda ham och--Reychil
-Ho'sh nima yegin kelyapti, nima buyurtma qilamiz--Sunghoon
-Men tteokbokki, gimbap va bibimpap yegim kelyapti--Bona
-Yaqindagina narsa yeyayotgan edingku, shuncha narsa qayerga ketdi--Sunghoon
-Men kasalman, shuning uchun ham men buyurtma qilaman, va meni oshqozonim hech qachon to'lmaydi--Bona
-Yaxshi hisobni ham sen to'laysan-- deb Sunghoon Reychilni qo'lidan ushlab yo'lak bo'ylab ketishdi
-Nega men! Mmm... MinHyun sen to'laysana..?--Bona ko'zlarni pirpiratib qaradi
-Bolalar shoshmang--MinHyun ham ularning orqasidan ketdi.
-Hoy, nega men bir o'zim to'lashim kerak!? Tez hammangiz to'xtangchi, o'lgingiz keldimii--Bona
-MinHyun... MinHyun... Nima u xonasida yo'qmi..?--Bona MinHyunni xonasiga kirdi va uni yo'qligini ko'rib xonasidan chiqdi.
-Bona, nima qilyapsan. MinHyun keliptimi--Reychil
-U qayerga ketgan, yoki hali ishga kelmadimi--Bona
-U uchrashuvga ketgan...--Reychil
-Doktir kechagi operatsiya qilgan bemoringiz o'ziga keldi--Hamshira
-Rostanmi, hozir boraman. Bona keyin gaplashamiz--Reychil
-U kim bilan uchrashuvga chiqdi.., ish bo'yichami yoki...--Bona o'ziga o'zi gapirib yo'lak bo'ylab yurdi
ββββββββββββββ
-Demak endigina o'qishni tamomladingiz--MinHyun
-Ha shunday, Onam majburlagani uchun siz bilan uchrashdim--JiWon
-Hoy qiz senga onang hech qanday yomonlik tilamaydi--MinHyun
-Bilaman.., ammo bu uchrashuv kerak emasdi. Shundoq ham onam nim desa shu bo'ladi--JiWon
-Mayli unda uchrashuvni tugataylik, men ham ishimga boray. Hayr kichkina Kim JiWon--MinHyun o'rnidan turib qahvaxonadan chiqib ketdi.
-U juda ham kelishgan, ammo.. bir muamma ham borda. Nega o'zi bu daraja sovuqqon, agar bunday bo'lmaganida.., hozir yaqin va ancha vaqt suhbat qurar edik--JiWon
ββββββββββββββ
-Ugh, nimaga u hali ham kelmadi. Agar qiz bola bilan uchrashsa xabarlarimga yoki qo'ng'iroqlarimga javob berardi. Usiz ancha zerkib qoldim..,--Bona telefoniga qarab hafalasi pir bo'lib termulib o'tirar edi.
-Kim bilan gaplashyapsan--Sunghoon
-Qachon kelding--Bona ana endi hayollarini yeg'ib Sunghoon tomon yuzlandi
-Hozirgina, nega bunchalar xafasan. Huddi sevgilisi tashlab ketgandek yoki hiyonat qilgandek--Sunghoon
-Sevgilim bo'lganda shunday bo'lardi, ammo meni sevgilim yo'qku--Bona
-To'g'ri, Hmm demak MinHyun uchrashuvdaligini bilgansan--Sunghoon
-Nima, sen ham bilarmiding--Bona
-Ha, kecha qandaydir uchrashuvga chiqshini aytgandi--Sunghoon
-Hmm.., Usiz ancha zerkib qoldim, kimni asabiga teyishni ham bilmay o'tiribman, ammo menga aytmagani uchun kelsa adabini beraman. Yaramas bola--Bona qatiyat bilan gapirar, Sunghoon labining chetida kulib qo'ydi.
-Meni sevgilim qayerda bilmaysanmi..?--Sunghoon
-Adashmasam, u kecha opertasiyasi bo'lgan yigitni yonida--Bona
-Yigit..? Qanday yigit, kichkina bolakayni aytyapsanmi --Sunghoon
-U hech kichkinaga o'xshamaydiku, kamida 20 yoshlardan oshgani aniq--Bona
-Ugh, bu qiz meni ado qilishda davom etadi..--Sunghoon boshini egib ming'irladi
-Sunghoon sevgi qanday narsa, u juda han xavflimi, Masalan sen Reychilni sevasan, senga Reychil azob beradimi, undan bazida nafratlanasan-mi..?--Bona
--Mmm.. to'g'ri sevgi azob beradi, ammo agar sen uni chindan sevsang bu azobga chidaysan. Ammo uni shunchaki sevsang yarim yo'lga ham yetolmaysan. Men bazida Reychildan xafa bo'laman, undan nafratlanam... Ammo men undan ketolmayman. Usiz menga hayot yo'qdek. Agar u yo'q bo'lsa men ham yo'qman. U menga havodek zarur. Hattoki uni qanchadir vaqt ko'rmasam, meni sog'ncha azobi qiynaydi. Sevganin senga ham jarohat yetkazadi, ham malhaming bo'ladi. Agar u bunday bo'lmasa demak hech qanday sof sevgi bo'lmaydi--Sunghoon