Forbidden love...
O'sha kundan buyon 1 yil o'tdi.. Barchasi o'zgardi.., Jimin va Reychil unashtirildi.. Jungkook va Seyeonning hikoyalari baxtli yakun topdi. Taehyungdan esa o'sha kundan beri xabar yo'q.. Taqdir yoki tasodif bo'lib ham hech kim uchrashib qolmadi..
Jimin va Reychil unashtirilgan bo'lsada, ular ota-onalari uchungina rozi bo'lishdi.. Shunchaki shartnoma asosida turmush qurishmoqchi.. Avval Reychil Jimin uni sevadi deb o'ylar edi, ammo Jimin barcha qizlar bilan shunday edi.. Jungkook va Seyeonga esa keyinroq qaytamiz..
Reychil 1 haftadan buyon qattiq ishlar edi.. Sog'lig'i haqida o'ylashni hayoliga ham keltirmas edi.. Deyarli dam olmas, nonushta qilmas edi. Yangi eskizlar chizishda davom etaverar edi. Qo'llari deyarli qonab ko'kargan edi. Qo'lidan qalam tushmadi, ofisi to'zib yotar edi. Qog'ozni deb barmoqlarida yaralar bor edi. Buning ustiga hastaligi ham uning ancha kuchini olib qo'ygan edi.. Reychil biroz o'ziga dam berdi. Endigina boshini ortga tashlab ko'zini yumgan edi, eshikdan 1 yildan beri eshitgisi kelgan, hech qanday daragi yo'q bo'lgan yoqimli ovozni eshitib sapchib o'rnidan turib eshin tomonga qaradi. Ammo bu ovoz shunchaki uning qulog'iga eshitildi.. U chindan ham charchagan edi. 5 daqiqada telefon va sumkasini olib to'g'ri shifoxonaga bordi.
Shifoxonaga yetib kelgach, u yerda Jungkookga duch keldi.
- Hayrli kun Reychil... -- Jungkook xavotir bilan salomlashdi. U chindan ham Reychildan xavotir oliyotgan edi.
- Salom... Jungkook! Dadang xonasidami?! Bugun ko'rigdan o'tirshim kerak edi.. -- Reychil biroz kulimsirab gapirdi.
- Ha, xonasida edi.. -- Jungkook xavotir bilan qarab yana gap boshladi -- Reychil.. sen tuzalasan, to'g'rimi? Men Seyeonnim tashlab ketmaysana? U shundoq ham qiynalyapti.. Iltimos, meni eng yaqin do'stimdan, Seyeonni esa opasida ayirma!! -- ko'zi biroz yoshlanib qizardi.. Ammo ko'zyosh to'kmadi. 0
Reychil hech nima demadi. Shunchaki biroz tabbasum qilib shifokor xonasiga yo'l oldi.
Reychil eshim tutg'ichi ushladi, va chuqur nafas olib xonaga kirdi.
- Hayrli kun janob.. Men keldim.. -- Reychil shifokor to'g'risiga o'tirdi. Qo'llari qaltiray boshladi.
Chunki o'zi ham sezayotgan edi. Uning vaqti ko'p emas edi.. Davolanay desa, deyarli kech edi. Oradan 1 yil o'tgan bo'lsada, hali hamon shifokor Jeon va Jungkook o'zganing Reychilning hastaligidan habari yo'q edi.
- Reychil... balki oilanga xabar berarmiz?! Davolanishdam bosh torting, Jiminga aytamiz desak ham, oila a'zolaringga aytamiz desak ham qarshisan. Iltimos o'zingni bunday qiynama! -- Dr Jeon Reychil ko'ndirshga harakat qilar edi. Ammo qiz qaysarligi tufayli hech ham ko'nmas edi..
- Dr. Jeon.. o'zingiz ayting qanday qilib davosi yo'q hastalik bilan kurashayotganimni ularga aytaman.. Ahir ular meni yaqinlarim.. Yana men ular menga rahim bilan qarashlarni xohlamayman.. Jiminni, oila a'zolarimni qiynlashini, ko'z yoshlarini ko'rishni xohlamayman. Shu xolimda ularga dalda berishni xohlamayman.. -- Reychil ko'z yoshlarini tiya olmadi.. -- Vaqtim oz bilaman.. Menda keyin ularga qiyin.. Ayniqsa Seyeonga.. va.. -- gapini yakunlay olmadi.. bir insonni tilga olishga jurati yetmadi. Ammo uni ich ichidan sog'ingan edi.
- Dr. Jeon.. bilasiz Seyeon shundoq ham qiynalyapti.. Jungkook bilan ajralishdi. Unga ham sovchilar kelishyapti. Dadam aytishi bo'yicha bir yigit unga yoqib qolibdi.. Jungkookni chindan ham sevar edi. Ammo dadamning qaysarligi, anig'rog'i onamniki. -- Reychil biroz sukut saqladi va yana gapini davom etdi -- Mayli endi men ketay.. sizga aytishim zarur bo'lmagan gaplarni aytib yubordiim.. -- Reychil ko'z yoshlarini artdi va xonani tark etdi
Reychil to'g'ri uyga qaytdi. Uy ichiga kirdi va to'g'ri o'z xonasi tomon yo'l oldi. Xonaga kirsa Jimin ish stolida o'tirganini ko'rdi va tabbasum qildi.
Jimin ham Reychilni ko'rib jilmaydi
- Meni sevgilimni nega kayfiyati yo'q? -- Jimin uni sekin bag'riga bosdi
- Chardim... -- Reychil xomush ahvolda gapirdi.
- Qani kel bu yerga o'tiramiz. Ho'sh ana endi gapir... -- Jimin
- Jimin... Bugun shifoxonaga borgan edim... -- Reychil gapini tugallanmasdan avval Jimin gapini bo'ldi
- Nima?! Nega? Mazang yo'qmi? -- Jimin unga savollar berishdan to'xtamas edi
- Yo'q undan emas.. Jungkook bilan uchrashim kerak edi. Unga bir narsa berishim kerak edi. Hullas u yerga bordim.. Jungkook bilan uchrashdim.. Jungkook juda ham g'amgin.. Seyeon bilan ayrilishganinga deyarli yarim bo'lsada hali hamon uni jonidan ortiq sevadi.. Bugun bor kuchimni to'plab Jungkookga Seyeon yana uchrashuvga chiqyapti.. Uni tez orada to'yi bo'ladi.. balkim uni bu fikrida qaytarasan demoqchi edim.. -- Reychil ko'zidagi yoshlarini artdi va yana davom etdi -- Ammo Jungkookning ahvoli yanada yomonlashidan qo'riqdim.. Nima qilay.. ahir u meni yaqin do'stim.. Seyeonda ham shunday.. Ammo u fikridan qaytmayapti..
Jimin bu payt Reychilning sochlarini qo'llari bilan tarayotgan edi.
- Reychil... ahir ular endi yosh bola emas~ku.. Undan ko'ra o'zingni o'yla.. qara juda ham holsizlanib, huddi kasal qizlarga o'xshab qolibsan... -- Jimin Reychilning yuzini ustiga tushib turgan sochini qulog'ining ortiga o'tqazib, yuzidan o'pib qo'ydi.
- Chindan ham o'ladigan kasal bo'lsamchi? Nima qilasan? -- Reychil shu darajasa jiddiylik bilan gapirdiki Jimin hazillashmayotganiga amin bo'lib, havotir ko'zlari bilan qaradi.
- Hoy.. bu gapni qayerdan oldin.. ahmaqona gaplarni qo'y.. yaxshi narsalar haqida o'ylasangchi.. -- Jimin bu jiddiy qabul qilmadi..
- Jimin savolimga javob ber..! -- yana qattiyatlik bilan so'radi.
- Reychil bas qil.. o'zing ham bilasan bu imkonsiz.. Qanday qilib shunchalik tez kasal bo'lib qolasan..? -- Jimin yana gapni boshqa yerga burdi.. va Reychilni quchog'idan chiqardi.
Reychil endi gapirmoqchi edi, telefoniga xabar keldi. Xabarni ochsa Jungkookdan ekan..
Reychil unga javob yozdi.. Va Jimin kimdan ekanligiga qiziqib kim ekanligini so'radi.
- Kim bilan xabarlashyapsan? -- Jimin
- Do'stim bilan... -- Reychil Jungkookdan xabar kelishini kutib javob berdi
- Balkim biroz eringa ham vaqt ajratarsan.. Reychil ancha vaqtdan beri tayinli gaplashmaymiz..! Juda ham ishga bog'lanib qolding! Men bilan umuman ishing yo'q.. Bu ketishda...-- Jimin jim bo'lib qoldi
Reychil buni sezgan, qo'lidagi telefonini yoniga qo'yib Jiminga yuzlandi
Jimin jim turdi, va keyin yana gapini davom etdi
- Bu ketishda sendan ko'nglim sovub qolmasa bo'ldi.. Chunki Reychil sen menga etibor bermayapsan, men bilan odatdadek gaplashmayapsan. Men bilan ishing yo'qdek. Bazida hayollarim yomon gumonlarga boradi. Ammo bunday emasligini bilsamdan... -- Jimin oxirgi gapini sekinlik bilan aytdi..
Reychil hech nima demadi.. ammo qalbi og'irdi.. Unga etibor bermayotganini sababi bu uning hastaligi tufayli edi.
- Reychil sendan ko'nglim sovub qolmasligi uchun harakat qil.. bo'lmasam buning yakuni Jungkook ba Seyeon kabi tugashi mumkin -- Jimin o'rnidan turib xonani tark etmoqchi edi, ammo Reychilning so'zlari uni to'xtatib qoldi
- Unda kel.. shunday tugatimiz.. Buni ortiq cho'zib o'tirmaylik. Barbir mendan ko'ngling sovub boriyapti.. Nima qilamiz buni keyinga surib.. -- Reychil gapirishga holi yo'q bo'lsada, ichidagi gaplarni arang aytdi..
- Sen qiz aqldan ozdingmi? Nimalar deyapsan? -- Jimin hayronomush qarab turardi
- Sen istagan gaplarni aytdim.. -- Reychil hatto Jiminning yuziga ham qaramadi..
- Sen qiz aqldan ozibsan.. birozdan so'ng qaytaman.. Sen ham o'zinga kelib ol.. -- Jimin xonani tark etdi..
Reychil yolg'iz qolishi bilan ortiq ko'z yoshlarini ushlab turmadi. Reychil ham qiynalib ketgan edi. Hastaligi Jiminga aytishga qo'rqar edi. Ammo aytmasa ham uni qiynayotgan edi.
Reychil yeg'lab divanda uxlab qolgandi. Jimin xonaga kirdi. Yotoqqa qarasa Reychil yo'q. Sekin xonani ko'zidan kechiryotganda Reychil divanda uxlayotganini ko'rdi. Reychilning ustini yopinchiqda yopib, o'zi kiymini alishtirib yotoqqa yotdi.
Oradan 1 soat o'tdi, ammo Jimin uxlolmadi. Chunki u avvallri Reychilni quchog'ida olib yotardi.
Jimin o'rnida turdi va to'g'ri Reychilning yoniga bordi. Uni biroz devor tarafga surib o'zi uni quchog'iga olib yoniga yotdi. Va birozdan so'ng uxlab qoldi...
Reychil ko'zlarini ochsa Jiminning quchog'ida yotganini ko'rdi. Reychil sekinlik bilan uning quchog'idan chiqdi. Pastga qavatga tushib nonushta tayyorladi. Biroz so'ng Jimin ham kiyinib tushdi. Ikkisi qarama-qarshi o'tirib nonushta qilishdi. Jimin nonushtasi tamomlagach xonani tark etdi va ustki kiymini kiyib yana qaytib xonaga kirdi va Reychilga qarab
- Ha.. aytgancha yana ayrilishimiz haqida gap ochsang kechagiga o'xshab shunchaki ketib qolmayman... Shuning uchun bu haqida o'g'iz ham ocha ko'rma, hatto hayolinga ham keltira ko'rma.. -- deya Reychilning peshanasidan o'pib ishiga ketdi..
Reychil ham tezda nonushtasini qilib Jungkook bilan kelishgan joyga yo'l oldi.
Reychil kichik bir qahva xonaga kirdi. Kirishi bilan bu qaysi qahvaxona ekanligini esladi. Bu Taehyung bilan doim ko'rishadigan qahvaxona edi. Qahvaxonada bir yigitdan tashqari hech kim yo'q edi.. U yigit tomon yurdi..
- Jungkook..? -- deb qarshisiga o'tgan edi.. Ammo bu Jungkook emasdi..
- Hayrli kun Reychil... ancha vaqtdan beri ko'rishmagan edi... O'zgarib ketibsan... Kel o'tir biroz suhbatlashamiz... -- deya qarishisidagi joyga o'tirishini aytdi.
Qiz hali hamon o'zida emas edi. Na yigitni quchib yeg'lashni, na bu yerdan ketishni. Sekinlik bilan o'rindiqqa o'tirdi. Yigit qarshisdan unga kulib tursada, ammo ko'zi kulmas edi. Reychil esa shunchaki jim, ammo ko'zlarida yosh edi.. Ortiq bunday sukut saqlashni xohlamay gap boshaldi..
- Taehyung... Sen umuman o'zgarmapsan. Ammo avvaligidek ko'zlaring porlamayapti.. Ko'zlaring g'amgin..
- Chunki mening ko'zlarim faqat bir insonni deb porlagan edi. Endi uni o'z jufti bor.. Ho'sh shunda ham uni ko'rganda porlashi to'g'rimi.. boshqasiga tegishli ekanligini bilsada porlashi kerakmi?
- To'g'ri aytasan... Ammo sen o'sha senga qadrli insonni yarim yo'lda tashlab ketmaganinda u ham birovniki bo'lmas edi.. -- Reychil titroq ovozda zo'rg'a shu gaplarni ayta oldi.
- Bilasanmi, u o'ziniki qilish uchun qancha yo'llarni bosib o'tdi. Hatto qo'limdan ham usholmadi.. Omma oldida er-xotindek ko'rinsakda yolg'iz qolga do'st edi. Ammo u endigina menga erishganda, hayotimda yana sen paydo bo'lyapsan.. Ho'sh nega..? Nima sabab? Meni shunchaki ko'rishni xohlaganin uchunmasdir har holda.. -- Reychil bunday og'ir gaplarni aytishni xohlamas edi. O'zining ham qalbi ozor chekiyotgan edi. Ammo Taehyungni ham o'zidan yiroqda tutishi kerak edi.
Men o‘ylagandim, seni endi hech qachon ko‘rmayman deb… lekin qaragin, taqdir yana bizni uchrashtirdi. Shuncha vaqt o‘tdi, lekin seni ko‘rganimda yuragim yana o‘sha paytdagidek urdi. Bilasanmi, men har kuni seni ko‘rishni xohlardim… seni juda ham sog'inga kunlarim ham kam emas. Ko‘p narsa o‘zgargandek tuyuladi… lekin ko‘zlaringni ko‘rsam, hammasi yana boshidan boshlanadi. Men seni unutdim deb o‘ylagandim, lekin endi tushundim — ba’zi odamlarni unutish mumkin emas. Balkim endi hech narsa avvalgidek bo'lmas, ammo seni yana qayta uchratganimdan hursandman...