Today

Wildflower...

Episode^᪲᪲ 1

Author pov: 𝑉𝐴𝑄𝑇 𝑂'𝑇𝐴𝐷𝐼. 𝑂'𝑇𝑀𝐼𝑆𝐻 𝑌𝐴𝑁𝐺𝐿𝐼𝑆𝐻 𝐵𝑂'𝐿𝐼𝑆𝐻𝐼 𝑀𝑈𝑀𝐾𝐼𝑁, 𝐿𝐸𝐾𝐼𝑁 𝐻𝐼𝑆-𝑇𝑈𝑌𝐺'𝑈𝐿𝐴𝑅 𝑌𝑂𝐿𝐺'𝑂𝑁 𝐵𝑂'𝐿𝑀𝐴𝑌𝐷𝐼. 𝑈𝐿𝐴𝑅 𝑌𝐴𝑁𝐴 𝑈𝐶𝐻𝑅𝐴𝑆𝐻𝐴𝐷𝐼 -- 𝐵𝑂𝑆𝐻𝑄𝐴 𝑂𝐷𝐴𝑀𝐿𝐴𝑅, 𝐵𝑂𝑆𝐻𝑄𝐴 𝑂𝑅𝑍𝑈𝐿𝐴𝑅 𝐵𝐼𝐿𝐴𝑁. 𝐴𝑀𝑀𝑂 𝑌𝑈𝑅𝐴𝐾 𝐵𝐼𝑅 𝐼𝑁𝑆𝑂𝑁𝑁𝐼 𝑇𝐴𝑁𝐿𝐴𝐺𝐴𝑁𝐷𝐴, 𝐵𝑂𝑆𝐻𝑄𝐴 𝐵𝐼𝑅𝑂𝑉 𝐵𝑂'𝐿𝐼𝑆𝐻𝐼 𝑀𝑈𝑀𝐾𝐼𝑁𝑀𝐼..?

Qiz qoshlarini chimirib qog'ozga tikilarkan, hozir eshikdan kim kirsa unga bor zahri sochagandek tuyular edi. Qog'ozni stol ustiga qo'ydi va qo'liga o'chirg'ichni olib o'ziga yoqmagan joylarini o'chirdi va yana qalamni olib o'chirgan joylarini qaytadan chizdi. Yana qaytib qo'liga qog'ozni olib biroz unga tikildi, ammo bu safar ham unga bu chizga surati yoqmadi va hafsalasi pir bo'lib uni g'ijimlagancha eshik yonidagi chiqindi idishga otdi, ammo xona eshigi ochilgani sabab u idishga tushmadi, bundan qizning yana ko'proq jaxli chiqdi va qoshlarini chimirgancha endigina gapirmoqchi edi, eshik tagida uning sevgilisi Taehyung turganini ko'rib ko'zlari porlab yuziga tezda tabbasum yugurdi. Va uning yoniga borish uchun o'rnidan turdi, yigit ham qizga yaqinlasha boshaldi...

- O'ylashimcha mening sevgilim xafa, va uning suratlari yaxshi chiqmayapti. Va xonani ham to'zatib yuboribdi... Nega bunchalik asabiysiz xonim.. -- yigit sevgilisini bag'riga bosgancha gap boshladi..

- Bilmadim, negadir kundan kunga qobilyatim yo'qolib boryapti.. -- Nisreen bundan juda ham xafa edi.. Ammo sevgilisi yonida bo'lgani uchun hursand bo'ldi.

- Nisreen sen juda ham qobilyatli qizsan.. Va senda odamlarga qarab ulardagi jozibani ko'rib ularga mos yoki ulardagi jozibani yarata olasan... Bu faqat seni qo'lingdan keladi.. -- deya yigit qizni joyiga o'tqazdi, unga yangi qog'oz va qalamni uzatdi. O'zi esa uni ro'parasiga joylashdi.

Qiz esa noligancha qo'lidan hech nima kelmasligini aytdi..

- Qani mening jozibamdan foydalanib biror nima yarat.. Men senga ishonamam yovvoyi gulim... -- Taehyung unga dalda berib, uni rasm chizishga undadi va qiz ham unga qarshilik qilmadi.

Qiz juda ham rasm chizishga berilib ketti... Va 2 soatlardan so'ng qiz suratni yakunladi..

- Taehyung men tugatdim -- deya yigit tomon o'girilgan edi, yigit uxlab qolganini ko'rdi va jilmayib qo'ydi.

Yigit tomonga bordi, va uning peshonasida bo'sa olib uning ustida yumshoq mayin yopinchiq yopib qo'ydi. Va uning yonidan tark etayotganida yigit uning qo'lidan ushlab o'ziga tortdi, qiz bunda qo'rqib biroz ovozini chiqarib baqirib yubordi. Yigit esa jilmaygancha uni bag'rida ushlab o'tiraverdi.

- Hoy aqldan ozgan... Nima qilganing bu?! -- qiz yigitni qilgan ishidan biroz g'azabda edi.

- Nima qilibman, sevgilimni quchoqlab uxlamoqchiman...-- yigit uning gaplariga beparvo javob berdi..

- Mayli, ammo bu yer mening offisim va otamning kompaniyasi.. Yodingda bo'lsa agar bizning ota - onalarimiz hali biz ikkimiz haqida habarligi yo'q.. -- qiz biroz jiddiy ohangda unga eslatdi..

Yigit esa ho'rsingancha qizni o'zidan itardi, va qo'llarini ko'ksiga qo'yib birlashtirib xafa bo'ldi..

- Taehyung... Bunday arazlashni bas qil.. Biz o'smir sevishganlar emasmiz! Bu haqida sen bilan juda ham ko'p muhokama qilganmiz. Vaqti kelsa bu haqida hammaga aytamiz, ammo hozir vaqti emas! -- deya yigitni ovutar ekan, ammo yigit bunga aslo rozi bo'lmas edi..

- Nisreen.. qachongacham biz omma oladida begonalardek tutishimiz kerak.. Men rashk o'tida yonib kul bo'lgunimchami.. Yoo xolam seni uchrashuvlarga chiqaverishdan hech to'xtamaydilar.. Yoo amakim seni hamkorlarining o'g'illari bilan tanishtirishdan, sen esa meni qizg'onishga majbur qilishdan charchamaysilar. Men ham seni ular kabi qolingdan ushlagim keladi omma oldida... Ammo bu mumkin emas.. Nisreen yaxshi men aqlli bola bo'lib senga muammo keltirmayman. Ammo sen ham ularning gapiga kirishni bas qil.. Iltimos sendan.. -- Taehyung bolalarcha gapirarkan, Nisreen unga qanday javob berishni bilmay qoldi.. Birozdan so'ng gap boshladi.

Nisreen and Taehyung

Seyeon endigina 20 yoshda, va hozirda u talaba.. Bugun darslari kam bo'lgani sababli dugonalari bilan o'qishi yonidagi kichik bir qahvaxonada dugonalari bilan tushlik qilishga kelishishda. Ular miriqib suhbat qurishayotgan bir paytda bo'ylari baland kelishgan yigit qahvaxonaga kirib keldi. Va to'g'ri Seyeon tomon keldi, va stulidan ushlab uni eshik tomon torta boshladi.

- Hoy aqldan ozgan nimalar qilyapsan.. hoy bas qil dedim senga..!! -- qiz qancha har hasha qilmasin yigit to'xtamadi. Qiz yigit to'xtamaganidan so'ng yeqilsada tezlik bilan stulda turdi.. Qiz o'ylagandek stuldan yeqilib tushdi. Va yigit stulni sudrashdan to'xtadi..

- Seyeon..! Yaxshimisan..? -- yigit qizdan havotirlanib so'radi.. va qizni turg'azmoqchi bo'ldi, ammo qiz bunga ruxsat bermadi.

- Teginma menga.. Jungkook sen qanday gapni tushunmaydigan yigitsan.. Sen bilan munosabatlarimizni tugatganmiz.. Nega tushunmaysan.. va senga bir marotaba emas balkim ming marotaba aytdim. Men hech qachon hiyonatni kechirmayman! Tushun ahir meni.. Bo'ldi tamom, gapirma, ket o'zi shundoq asablarim joyda emas! -- qiz ichidagi barchasini to'kib sochib bo'lgach o'rnidan turdi.

Yigit esa o'zini zo'rg'a kulgudan to'xtatishga harakat qilayotgan edi.

- Nega kulyabsan.. nima kulguli gap aytdimmi?

- Seyeon bilasan bazida sen meni qanday kasbda ishlashimni esdan chiqarasan.. Va u shunchaki bemorim edi.. eng qizig'i meni uni emas balki o'g'lini ko'rikdan o'tqazayotgan edim.. -- Jungkook qizga tushunmovchilikni kulmasdan tushuntirishga urundi ammo qizning reaksiyasi bunga yo'l qo'ymadi..

Qiz nima deyishni bilmayman ko'chaga chiqib ketdi. Jungkook ham qizning sumkasini olib uning oritidan ketdi. Yigit qizga yetib olib qo'lidan tutib oldi..

- Qo'limdan tutishga ruxsat bermadim...! -- qiz jaxl bilan gapirdi..

- Menga esa ruxsat kerak emas bilsang agar... Va nega meniki bo'lgan narsaga ruxsat bilan teginishim kerak?! -- Yigit qizga qo'llarini ishora qilib ko'rsatdi..

Qiz esa hech qanday javob qaytarmay jilmaygancha davom etdi..

- Jungkook bilasanmi bizning uyga opam Nisreenni so'rab.. Ammo Nisreen bunga parvo qilmayapti.. Taehyung esa havotirda.. Agar bu haqida ular gaplashib olishmasa nima bo'ladi? Ular ajralishadimi yoki sevgilarini tan olishadami?..

- O'ylashimcha ularga biroz vaqt kerak... Ahir ular yosh bola emaslar.. Barcha muammoni zudlik bilan qila olishadi menga ishon..-- Jungkook qizning ko'nglini ko'tarish uchun hayoligan, ammo ma'noli gaplarni ayta oldi...

Seyeon and Jungkook

Nisreen Taehyung bilan hayrlashgach biroz har eskizlar chizdi va otasiga buni ko'rsatish uchun uning xonasiga tashrif buyurdi.. Va odatagidek hech qanday ogohlantirishlarsiz kirib keldi.. Ammo bu qilgan ishidan birinchi bor uyaldi, chunki bevaqt kirgan edi. Otasining xonasida yana ikki kishi bor edi.

- Oh, meni manzur tutasizlar.. men bu eskizlarni sizga bermoqchi edim.. -- qiz qo'lidagilarni ko'rsatdi.

- Yaxshi olib kel... Qani bir ko'raychi.. Nisreen bugun barcha mahoratingni ishlatdingmi yoki buni biror kimdir chizdimi? -- Janob Yoo qizi bugun ajoyib suratlar olib kelganidan hayratda edi. Chunki Nisreen ancha vaqtdan beri bunday nafis taqinchoq eskizlarini yaratmagan edi.

- To'g'risini aytsam bu sir dada.. Oh Janob Yoo.. -- Nisreen nim tabbasum qildi. -- Dada endi men ketay, bugun bir do'stimnikiga qolmoqchi edim..

- Shoshmay tur.. men seni bu ikki Janoblar bilan tanishtirmoqchi edim. Tanish Janob Park Yongu va uning o'g'li Park Jimin..

- Tanishganimdan juda ham hursandman.. Ammo meni manzur tutasizlar men ketishim kerak. Va aslida men bunday beodoblardan emasman. Ammo chindan ham men shoshilyapman -- deb malikalardek biroz tiz cho'kib xonani zudlik bilan tark etdi.

Nisreen kompaniyadan chiqdi, kompaniya yaqinidagi metro stansiyasi tomon yo'l oldi. Va u poyezd kutayotganda uzoqdan uni kimdir chaqirdi.. Nisreen bu ovozni hech qachon eshitmagan edi.. ammo ortiga o'girilsa tanish chehra edi...

𝑻𝒉𝒆 𝒆𝒏𝒅...