October 12, 2025

Forbidden love...

Ep_3🪼

Erta tong...

Seyeon vaxli turdi. Dush qabul qildi, biroz pardoz qildi va chiroyli oq liboslaridan birini kiydi. Va uydan chiqayotganida opasi Reychilga qahvaxona manzilini jo'natib u yerga borishini eslatdi..

Bu vaqt Reychil va Taehyung birga tushlik qilishayotgan edi.

Taehyung Reychilning telefoniga kelgan habarga qiziqib kimdan kelganini so'radi

- Ha, Seyeon bir qahvaxonaning manzilini jo'natibdi.. U yerga borishim kerak -- Reychil habarga javob berib yana Taehyung bilan suhbatini davom etirdi.

- Reychil.. Ho'sh sen Jiminga erga tegmaysanmi? Yokida.. -- Taehyung gapini yakunlashni xohlamay shunchaki Reychilga tikilib turar edi

- Bilmadim... Yuragim ham aqlim ham seni deydi.. Ammo dadam Jiminni -- Reychil biroz tabbasum bilan javob berdi

- Demak.. Jimin bilan birga bo'lmaysana -- Taehyung yana ikkilandi

- Taehyung.., balkim ikkimiz yolg'iz qolganda bu haqida kamroq gaplasharmiz.. Chunki men birozdan so'ng Seyeonning yoniga borishim kerak..!! -- Reychil jiddiy ohangda gapirdi..

- Yaxshi... Iloji boricha gapirmayman -- Taehyung hafsalasi pir bo'lib gapirdi

Taehyung and Reychil

Seyeon qahvaxonada telefonini o'ynab o'tirar edi. Birozdan so'ng begona yigit uning yoniga kelib

- O'ylashimcha siz Yoo Seyeon bo'lsangiz kerak -- dedi..

- Ha men.. siz esa..? -- Seyeon yigitga hissiyotsiz javob berdi.

- Ha men Lee Chaemin.. Siz bilan uchrashim kerak bo'lgan yigit -- Chaemin tabbasum bilan javob berdi

- Tanishganimdan hursandman Chaemin.. keling o'tiring -- Seyeon ham tabbasum qildi

- Seyeon.. siz qayerdadir o'qisizmi -- Chaemin

- Ha tibbiyot yo'nalishida.. sizchi? -- Seyeon

- Men hozirchalik dadamning kompaniyasida oddiy bir xodim bo'lib ishlayman.. O'ylashimcha sizning opangiz ham bor? -- Chaemin

- Ha to'g'ri.. hozir kelib qolsalar kerak -- Seyeon derazadan ko'chaga qarab qo'ydi

Ikki yosh miriqib suhbat qurishayotgan edi. Ular bir biri bilan huddi ancha yillardan buyon tanishdek suhbat qurishayotgan edilar. Birozdan so'ng Reychil ham yetib keldi. Qahvaxonaga kelganida ikkisini ko'rib hayron bo'ldi. Va ular tomon yurdi.

- Hayrli kun yoshlar... -- Reychil

- Siz Yoo Reychilsiz.. Men esa Lee Chaemin. Singlingizni do'sti -- Chaemin Reychil tomon qo'lini uzatdi

- Tanishganimdan hursandman -- Deb qo'lini uzatyotganida Taehyung ortidan kelib Reychildan avval yigitni ushlab ko'rishdi

- Men esa Reychilning... -- Taehyung gapini yakunlamasdan, Reychil uning gapini bo'ldi

- Bu mening yoshlikdagi do'stim.. Ammo Seyeonning sizdek do'sti bor ekanligini bilmas ekanman -- Deya nim tabbasum qilib qo'ydi

- Aslini olganda biz ota onalarimiz uchun uchrashuvga chiqqan edik. Ammo taqdir ila do'st bo'lib qoldik -- Chaemin yorqin ko'zlari bilan Seyeonga tabbasum qilib qo'ydi.

Taehyung sekin telefonni olib Jungkookga habar yozdi. Manzilni ham yuborishni unutmadi.
Ular miriqib gaplashib o'tirishgan edi, faqat Taehyungdan tashqari.
Shu payt qahvaxona eshigi ochildi. Va baland ovozda Yoo Seyeon degan tovush keldi. Barcha eshik tomonga qaradi. U yerda g'azablangan Jungkook turar edi.
Seyeon bu qanday g'azab ekanligi bildi va o'rnidan turib Jungkookning yoniga bordi. Va qo'lidan ushlab tashqari tomon olib chiqib ketdi.
Reychil ham ularning ortidan ketmoqchi edi, ammo Taehyung uni qo'lidan ushlab to'xtatib qoldi.

- Seyeon balkim tushuntirib berarsan. Nega u bilan birgasiz? -- Jungkook g'azab bilan so'rar edi

- O'zing aytganin kabi.. hayotimni yangidan boshlayapsan. Sendan yaxshisini topishga harakat qilyapman. Meni yana kuldira oladigan, meni yarim yo'lda tashlab ketmaydiganidan! Endi nega kelib meni so'roq qilyapsan?! O'zing aytmadingmi sendan yaxshisiga loyiqligimni, hayotimni yangidan boshlashim kerakligini. Sensiz ham baxtli bo'la olishimni.. -- Seyeon gapiryotganida ko'zidan durdek ko'zyoshlar bir ketin tomchilar edi.

Jungkook esa jim edi.. Seyeon haq edi. Jungkook Seyeonga shunday degan edi. Ammo u ham nima qilsin. Seyeonni bor vujudi bilan sevar edi. Usiz hech kim edi. Ammo uni qo'yib yuborishi kerak ham edi.

Reychil ortiq chidab turolmadi. Singlisining ko'z yoshiga va Jungkookning bunday ahvoliga. Reychil ularning yoniga bordi. Seyeonni qattiq bag'riga bosdi va Taehyungni chaqirib uni ustaxinasiga olib borishini so'radi va ular ketishdi. Jungkook va Reychil esa dengizbo'yiga ketishlaridan avval Chaeminga keyinroq barchasini tushuntirib hayrlashdi

Lee Chaemin

Jungkook va Reychil ikkisi sukunat ichida dengizbo'yida o'tirishar edi. Ikkisi ham jim edi. Jungkook shunchaki o'z o'ylari og'ushida suzar edi. Reychil esa o'zinikida. Reychil ortiq sukut saqlamadi

- Jungkook... Men kasalman.. og'ir kasal. O'zim ham yaqinda bildim. Dadangdan buni sir tutishini so'radim. Oilamni va Taehyungni bundan habar topishlarini xohlamadim. Agar bu haquda bilishsa, menga rahimligi kelib men bilan odatdabidek gaplashmaydilar.

Jungkook biror so'z topolmay yoshli ko'zlari bilan Reychildan ko'z uzmas edi

- Nega buni senga aytayotganimni ham bilmayman... Balkim eng yaqin do'stim bo'lganin uchundir. Davolansam ham davolanmasam ham o'lishim aniq. Davolansam jarrohlik paytida o'lishim mumkin. Bunga hech kim kafolat bermaydi. Ammo davolanmasam, 5 oydan so'ng barchangizni tashlab ketaman.. Shuning uchun Seyeonni tark etma. U bilan birga bo'l.. Men ketsam, u senga muhtoj bo'lib qoladi. Lee Chaemin yaxshi yigit ekan.. Ammo Seyeonning aqli ham yuragidan ham sensan. Huddi sen kabi.. Ha yana aytgancha dadam meni erga beryapti.. Park Jiminga.. bu esa kasalimdan ham og'irroq muammmodir... Aqlim Jimin desa yuragim Taehyung..

Jungkook ko'z yoshlarini artdi va Reychilga yuzlandi

- Yuragin aytgan ishni qil.. -- Jungkook bazo'r gapirdi

- Ammo... Taehyung ancha qiynaladi. Chunki uning ko'z o'ngida nobud bo'laman.. Aqlimga quloq solsam ham shunday.. Ammo u menda ancha sovub nafratlana boshlagan bo'ladi... Jungkook.. kel bularni sir saqlaymiz. Men senga hech qanday kasalligim haqida aytmadim sen esa eshitmading.. -- Reychil qizarib ketgan ko'zlari bilan qaradi

Jungkook esa uni qattiq bag'riga bosdi va

- Reychil men Seyeonni va seni yo'qotishni xohlamayman.. Sen ketsang mening gulim so'lidi, gulim so'lisa mening qo'limdan hech bir ish kelmaydi.. Reychil bizni tashlab ketma.. Hech birimizga bunday adolatsizlik qilma.. -- Jungkook yosh to'la ko'zlari bilan qattiqroq quchdi.

Ular biroz yana dengizbo'yida o'tirishdi. Jungkook va Reychil barchasini sir tutishga kelishishdi..

Reychil and Jungkook

4 haftadan so'ng...

Jungkook va Seyeonning mubosabatlari yana sekin astalik bilan yaxshilanib qolgan edi.. Ammo Taehyung va Reychilniki esa buning aksi edi. Ular juda ham ko'p tortishar edi. Buning sababi esa Reychil yuragiga emas, balki aqliga quloq solganida edi. Taehyung ham sekin astalik bilan Reychildan ko'ngli sovub boriyotganini sezdi. Va u ham qizlar bilan uchrashuvlarga chiqar edi. Ular orasidan atigi bir donasi unga yoqqan edi. Ammo hech kim Reychil kabi bo'lol emas edi. Reychil esa na Jimin bilan, na Taehyung bilan uchrashar edi. U shunchaki taqdiriga tan bergan edi. Reychil bir e'tiborini ishiga qaratgan edi. Deyarli kuni o'z ofisi va usta xonasida o'tar edi. Hatto o'ziga ham e'tibor bermay qo'ygan edi..

Reychil o'zini xolsiz his qildi. Ammo bunga qaramay yana ishga otlandi. U uyidan chiqib ketayotganida Jiminga duch keldi.

- Hayrli tong Reychil.. Ishga ketyapsanmi. Xohlasang men seni tashlab qo'yaman -- Jimin

- Yo'q shart emas.. men o'zim -- deyishi bilan hushidan ketdi. Ammo Jimin uni ushlab olishga ulgurdi. Va zudlik bilan uni shifoxona tomon yo'l oldi.

Ular shifoxonaga yetib kelishdi. Reychilga osma ukol qilishdi. Dr. Jeon uni ko'rikdan o'tqazdi va Reychil ancha vaqtdan beri o'ziga e'tibor bermayotganini. Uyqu va tushlik qilishni unutganini aytdi. Va xonada Jimin va Reychilni yolg'iz qoldirdi. Reychil xonada uxlab yotar edi, Jimin esa xonadagi divanda uni uyg'onshini kutib uxlab qoldi.

Kech tushdi. Ammo Reychil hali hamon uxlar edi. Jimin esa toza havoda aylinib keldi. Yana Reychilning yonidan joy olib unga tikilib o'tirar edi. Biroz vaqt o'tgach Reychil sekin ko'zlarini ochdi. Yon atrofga qarasa Jimin unga tikilib turganini ko'rdi. O'rnidan turmoqchi bo'ldi, ammo Jimin bunga yo'l qo'ymadi.

- Reychil.. Sen qanday qizsan?! Nega vaqtida dam olmading? Ahir ahvoling yomonlashadi~ku.. Ertadan boshlab barchasini o'z nazoratimga olaman. Hech qanday etrozlar qabul qilinmaydi. Hozir esa dam ol, keyin esa shifokorni chaqiraman. Biror narsa yeysanmi... Issiq tovuq sho'rvaga nima deysan? -- Jimin Reychildan chindan ham havotir olgan edi. Shuning uchun unga o'zi g'amxo'rlik qilishni xohladi -- Men hozir tovuq sho'rva olib kelaman. Sen esa ungacham dam ol.

Reychil yaxshi deb bosh silkib qo'ydi. Jimin ketdi. Va Reychil biroz yotib Dr.Jeon'ning xonasiga bordi. Reychil eshikni taqillatdi va ruxsat berilgach kirdi.

- Oh bizning bemorimizga qandaylar. O'zinga kelibsanda qizim.. Reychil balkim o'zimizga e'tiborliroq bo'larmiz?! Bo'lmasam bu haqida oilang bilan muhokama qilishga majbur bo'laman..! -- Dr. Jeon Reychil bilan jiddiy ohangda gaplashar edi. Chunki Reychilning kasalligi, har qanday vaziyat va vaqtda xavf solishi mumkin edi.

- Doktor.. men albatta o'zimga g'amxo'rlik qilaman. Ammo oilamga aslo bu haqida ayta ko'rmang! Ho'sh mening analiz javoblarim qanday, menda qon tahlil olganingiz aniq.. -- Reychil

- Reychil hozirchalik hayoting uchun xavfli hech qanday alomatlar yo'q. Ammo shunday qilaversang yarim yilda ham oz vaqting qoladi. Bilib qo'y! -- Dr. Jeon.

- Yaxshi, ehtiyot bo'laman. Endi men ketay, do'stim kutyapti.. -- Reychil

- Yaxshi, yana kelgin. Deyarli har hafta. Seni doim ko'rikdan o'tqazishimiz kerak.. -- Dr. Jeon

Reychil karidor bo'ylab xonasiga kelayotganida, qarshisida sarosimaga tushgan Jiminni ko'rdi. Jimin Reychilning yoniga kelib qattiq bag'riga bosdi.

- Senga nimadir bo'ldi deb qo'riqdim. Iltimos boshqa bunday ogohlantirmay hech qayerga ketma.. iltimos.. -- Jimin yanada qattiqroq quchdi

Ular biroz turgach, Jimin uni qo'lidan ushlab xona tomon yo'l oldi.
Reychilni yotoqqa o'tqazdi. Va stol ustidagi idishni olib Reychilning yoniga o'tirdi. Va Reychil tomon qoshiqda ovqat uzatdi. Reychil avvaligi hayron bo'ldi. Ammo Jiminning g'amxo'rlik qilayotgani unga yoqayotgan edi. Va hech qanday etrozlarsiz ovqat yeya boshladi.

- Jimin, sen ham tongdan beri meni yonimdan ketmading. Seni ham qorning och, sen ham yegin. Menga bular ko'plik qiladi. -- Reychil Jiminni ham och ekanligini bilib -- Qani qoshiqni berchi. Sen ham yeyishing kerak. Og'zingni och -- deya Jiminga ham yedirdi

Jimin and Reychil

Ertangi kun..

- Jungkook.. bugun men bilan vaqt o'tqazasana?! -- Seyeon pardoz qilib telefonda gaplashar edi.

- Sevgilim Seyeon.. meni kechir ammo bugun meni bir muhum ishim bor. Do'stimni oldiga borishim zarur. Kechga yaqin ko'rishamiz, senga vada beraman.. -- Jungkook mayin ovozda sevgilisiga javob berardi.

- Yaxshi.. unda men kechgacham Chaemin bilan birga bo'laman. U ham meni sog'ingandir. Bir necha kundan beri gaplashmagan edik. Sen sababli bugun ko'rishamiz -- Seyeon yigitining jig'iga teymoqchi bo'ldi

- Hoy qiz... Men hozir ruldaman..! Meni aqldan ozdira ko'rma.. Sen hozir aqlli qiz bo'lib uyingda o'tir. Men esa Taehyung bilan ko'rishaman, gaplashaman va sening yoningga boraman. Agar mensiz Chaemin bilan ko'rishsang, do'stsiz qolishing aniq sevgilim. Hozir esa hayr..! -- Jungkook qo'ng'iroqni yakunladi.

Jungkook Taehyungning yoniga keldi.

- Jungkook.. senga bir yangiligim bor. Men uylanyapman.. -- Taehyung

Jungkook bu habarni eshitib, og'zidagi suvni to'g'ri Taehyungning yuziga tupurib yubordi.

- Meni kechir do'stim.. Ammo Reychil nima bo'ladi..? Ahir sizlar.. -- Jungkook hali hamon ishonolmayotgan edi.

- U bilan ancha avval munosabatlarimiz buzulgan edi. Endi u ham meni sevmas kerak.. Ahir o'ziga yangi ovunchoq topib oldi -- Taehyung bir qultum suv ichib gapini yakunladi

- Demak.., Reychil va Taehyung baxtli hikoyasi baxtsiz yakun topdi.. Ho'sh Reychilning habari bormi? -- Jungkook

- Yo'q, sen birinchi habar topting -- Taehyung

- Bundan juda ham hursand. Yani birinchi eshitganimdan, ammo Reychil bundan ranjisa kerak.. -- Jungkook

- Ha.., tahminan bir soatlardan so'ng Seyeon va sen uni ovutgani borasilar. Yokida boshqa biridir.. -- Taehyung chuqur nafas olib chiqardi...

- Demak hozir Reychil keladi va butun boshli qahvaxona sizlarning orangizdagi munosabat tufayli yonib kul bo'ladi.. Men esa bu yong'inda kul bo'lmaslik uchun.. bu yerni tark etaman. Senga esa omad do'stim... -- Jungkook.. Taehyungni yolg'iz qoldirib ketdi.

Birozdan so'ng Reychil ham yetib keldi..
Ular shunchaki sukut saqlashdi, keyin esa Taehyung gap boshladi.

- Reychil.. o'zing ham bilasan bizning munosabatlarimiz buzulgan. Ancha vaqtdan beri bir birimizni tushunolmayapmiz. Va shu sababli ancha uzoqlashdik. Shu vaqt ichida men bir nechta qizlar bilan uchrashdim, va ularning orasidan Jia degan qizga ko'ngil qo'ydim. To'g'ri bu senga og'ir botar. Ammo ortiq sendan buni yashira olmayman. Men uni sevib qoldim, unga uylanmoqchiman. Jungkook aytagnidek bizning baxtli hikoyamiz shu yerda baxtsiz tugashi kerak... Meni to'g'ri tushun.. Va meni tezroq unut iltimos.. Barchasi uchun raxmat Reychil. 7 yil davomida, men baxt va sevgi nimaligini tushunib yettim. Buning sababchisi esa sensan.. Endi esa hayr... Men ko'p gapirolmayman.. Meni Jia kutyapti.. -- Taehyung tabbasum qildi.. ammo ko'zlari yoshli edi. Taehyung ketayotganida Reychil Taehyungga qarab..

- Agar o'z baxtingni chindan topgan bo'lsang men hursandman. U seni baxtli qiladi. Shuncha men bilan azob torganlaring o'rniga baxt bilan to'ldiradi... Taehyung.., u qiz bilan baxtli bo'l... -- Reychil ham yoshli ko'zlari bilan tabbasum qilib Taehyung bilan hayrlashdi. Va Taehyung ketgach ko'z yoshlariga erkinlik berib yeg'lab yubordi.

Reychil

𝑻𝒉𝒆 𝒆𝒏𝒅...