October 5, 2025

Forbidden love...

Ep_2🪼

- Opa.. u menga hiyonat qilmadi... Ammo.. kecha u menga munosabatlarimiz tugatishimizni iltimos qildi. Otasi uni chet elga yuborishini aytibdi... Shuning uchun munosabatlarimiz tugadi.. -- Seyeon ko'zida yosh bilan gapirar edi.
Reychil esa singlisining qo'llarida mahkam tutib. Unga dalda berishni boshladi..

- Seyeon ahvolimizni qara... Ikki opa-singil bir kunda sevgisidan ayrildi. Mayli Jungkook unut. Senga o'zim eng yaxshisidan topaman -- nim tabbasum qildi.

- Ammo opa sizchi?! Siz nima qilasiz. Yana o'z uyingizga qochib ketasizmi?! Hech kimni ogohlantirmay? -- Seyeon

Reychil doim qandaydir muammoga duch kelsa Shvertsadagi uyiga ketib qolar edi. U yerda ancha o'ziga kelgach yana Seulga qaytib kelar edi. Ammo o'zidan boshqa hech uni qayerga ketishini bilishmad edi. Hattoki Taehyung ham..

- Bilmadim.. avval Taehyung bilan gaplashaman. Keyin esa dadam aytgan yigit bilan. Keyin esa balki umrbodga o'sha uyimga ketarman. Hullas hozir hech nima haqida o'ylashni xohlamayman.. sen ham hech nimani o'ylama... -- Reychil gapini tugatgach qahvasidan bir ho'plam ichdi, va derazadan ko'chani tomosha qildi..

Yoo kampaniyasi..

- Janob Yoo.. mexmonlaringiz keldi.. -- kotib Yang

Yoo SeungHodan kiraverisin degan javobni olgach mexmonlarni chaqirdi.

- SeungHo.. do'sting borligi yodingdan ko'ringan ko'rinadi?! Hech meni yo'qlamading ham.. -- Janob Park

- Yaqinda qarindosh bo'lay deb turibmizku, shunda ham arazingni qo'ymaysanda -- do'stini bag'riga bosib gapirdi

- Mana bizni qarindosh bo'lishimizga sababchilardan biri meni o'g'lim Park Jimin. Jimin bo'lajak dadang bilan salomlashmaysanmi -- Janob Park

- Hayrli kun janob -- Jimin hijolat bilan salomlashdi..

Shu vaqt eshik ochilib Reychil kirib keldi.

- Dadajon.. siz aytgan barcha eskizlarni chizib bo'ldim.. ularni ko'rib chiqasizmi?! -- Reychil ichkariga kirdi, va u yerda dadasi yolg'iz emasligini tushundi -- Oh, meni manzur tutasiz. Men keyinroq kelaman.

Deya xonani tark etayotganida, dadasi uni to'xtatib qoldi.

- Qizim.. kel. Bu seni bo'lajak dadang va qallig'ing.. -- Janob Yoo mag'rurona Reychilga ularni tanishtirdi

- Tanishganimdan hursandman. Men Reychil Yoo, Janob Yoo SeungHoning qizi va shu kompaniyaning bosh dizayneri bo'lib ish yurutaman. -- Reychil gapini tugallach boshini biroz egdi

- Eshitishim bo'yicha mening kelinim bu kompaniyada juda ham taniqli xodim ekan! Men bundan faxrlanaman.. Endi siz ikki yoshdan bir narsani iltimos qilsam. Bizni yolg'iz qoldira olasizmi?! -- Janob Park

Jimin va Reychil boshlarini irg'ab xonani tark etishdi

- Demak siz hammaning og'zindan tushmaydigan mashxur dizaynersiz? Meni bo'lajak xotinim bunchalik mashxur bo'ladi deb o'ylmagan edim, qoyil -- Jimin nim tabbasum bilan oradagi sukunatni buzdi

- Men kimning og'zidan tushmayapman?! Men unchalik ham mashxur emasman! Va sizni xotiningiz ham! -- Reychil yana gapini davom etirmoqchi edi, ammo unga tanish ovoz yangraganda jim bo'lib, ovoz kelgan tomon o'girildi.
Qarshisida sevgilisi Taehyung turganini ko'rdi. Avvallri uni ko'rishi bilan ko'zlari chaqnaydigan qiz, bu safar negadir havotir ko'zi bilan qaradi

- Taehyung?!.. bu yerda nima qilyapsan? -- Reychil havotir bilan so'radi.

- Bu savolga senga berishim kerak! Bu yigit bilan nima qilyapsan? Va bu yigit kim?! -- Taehyung Jiminga sovuqqonlik bilan tikilar edi.

- Ha bu yigit.. meni... Universitdagi kurisdoshim... -- qiz zo'rg'a o'ylanib javob berdi.

- Chindanmi..?! -- Taehyung Reychilga ishongisi keldi, ammo negadir shubha qildi.

- Ha, Taehyung kel birga xonamizga gaplashamiz. Bu yerda turmaylik -- Deya yigitni xonasiga olib ketayotgan edi.

Ammo Taehyung Reychilni to'xtatib, Janob Yoo SeungHoning yoniga kelgani haqida aytdi va Reychilning peshonasidan o'pib keyinroq ko'rishishligini aytib u yerni tark etdi.

- Menimcha, menga barchasini tushuntirib berishing kerak -- Jimin qattiyatlik bilan gapirdi.

Reychil Taehyung xonaga kirishi bilanoq, yengil torganday bo'ldi. Va Jimin tomon o'girilib..

- Ha albatta. Ammo hozir emas. Chunki birinchi navbatta Taehyungga tushuntishim kerak.. -- Reychil zo'rg'a gapirdi. Va gapini tugatgach ofisi tomon yo'l oldi.

Taehyung

- Amaki, kirsam maylimi -- Taehyung eshikni taqillatdi va biroz ochib ruxsat so'radi. Janob Yoo ruxsat bergach xonaga kirdi.

- Kel, o'g'lim. Seni nima boshlab keldi bu yerga ? -- Janob Yoo

- Dadam sizdan qanday hujjatni olib kelshimni aytgan edi -- Taehyung

- Ha.. u hujjat hali tayyor emas edi. Biroz kutib tura olasanmi? -- Janob Yoo

- Ha albatta.. men Reychilning xonasida bo'laman. Undan ham bir narsani olishim kerak edi ... -- gaplarining oxiriga urg'u berib yakunladi.

- Ha mayli, men esa sen aytgan hujjatlarni tayyorlayman.. -- Janob Yoo

Taehyung nim tabbasum qildida xonani tark etdi. Ammo yuzidagi tabbasum uzoqqa cho'zilmadi, xonada chiqishi bilan jiddiy qiyofaga aylandi.

- SeungHo, bu yigitcha kim? -- Janob Park

- Bu Kim SanHaning o'g'li Kim Taehyung. Reychilning bolalikdagi do'sti -- deya kompyuterda ishlay boshladi.

- Ha... Demak Kimlar oilasining vorisi ekanda... -- Janob Park o'ziga o'zi gapirdi..

Taehyung to'g'ri Reychilning ofisi tomon yo'l oldi. Ofisiga hech qanday ogohlantirsiz kirdi. Bunday harakatidan Reychil qo'rqib ketdi.

- Taehyung!! Sekinroq ahir, men bu yerda ishlayapman! Meni qo'rqitib yubording -- Reychil yosh bolalarcha nola qilib gapirardi. Ammo bu Taehyungni qiziqtirmas edi.

- Chindanmi?! Reychil qo'rqma, sening ofisinga bunday kira oladigan, senga juda ham yaqin tura oladigan, seni qo'llaringni tuta oladigan.., sen bilan uzoq vaqt birga bo'ladigan yagona inson men bo'laman. Shuning uchun ham qo'rqma.. -- deya sovuqqonlik bilan tabbasum qildi va eshikni jaxl bilan yopdi..
Bundan yana Reychil qo'rqib ketdi

- Taehyung..? Senda hammasi joydami?! Nega bunday deyapsan? -- Reychil Taehyungning yonidan joyb olib qo'llaridan tutdi.

- Reychil.., balkim menga do'sting haqida aytib berarsan -- Taehyung Reychilga qaramay gapirdi

- Taehyung... U meni do'stim emas...

- Ho'sh..?

- U yigit... Dadam kecha aytgan yigit.. -- Reychil nafasi dimog'iga tiqilganday bo'ldi.

- Demak.. shunday..! Reychil nega sen u yigit bilan birga turgan eding? Nega u yigit senga yaqin turgan edi?! Nega u senga oshiq kabi jilmayib turgan edi?! -- Taehyung o'zini bazo'r ushlab turgan edi. Chunki Reychilni barchadan qizg'onar edi. Bazida o'zidan ham.. Reychilning yonida begona yigitni ko'rsa hamma yerni ostun-ustun qilar edi

- U yigit shunchaki meni tinglayotgan edi. Men unga uni xotini bo'lolmasligim haqida aytayotgan edim. Shunchaki senga oldinroq aytmaganimning sababi, kompaniyani yo'q qilishingni xohlamadim -- Reychil yana bazo'r gapirdi.

- Yaxshi.. unda men kettim. Dadangdan bazi hujjatlarni olishim kerak edi -- Taehyung Reychilga sovuqqonlik qilishni boshlagan edi

- Taehyung.. unday qilma. Shundoq ham kecha.. -- Reychil kecha dadasi bilan o'rtasidagi tortushuv haqida aytmoqchi edi. Ammo Taehyung buni eshitgan kompaniyaning o'rniga dunyoni yo'q qilishi hayoliga keldi va gapini tugallanmasdan avval to'xtab qoldi.

- Nima kecha.?! Kecha nimadir bo'ldimi?! Reychil..? -- Taehyung ana endi biroz tashvishlanib so'radi

- Yo'q... Shunchaki kecha dadam aytgan gaplar menga yetarli demoqchi edim.. -- Reychil xato gapirib qo'ymasligi uchun o'ylanib javob berdi

- Reychil... Men hozir chindan ham ketishim kerak. Vaqt topishim bilanoq seni yoninga kelaman. -- Deya uni peshonasidan o'pib, bag'riga qattiq bosdi. Va xonani tark etdi.

Reychil esa xonada yolg'iz qoldi. Va xona eshigini quflab, ovozini chiqarmay yeg'ladi.

Reychil

- Amaki..? Men ketishim kerak edi.. Hujjatlar tayyormi? -- Taehyung

- Taehyung.. hali tayyor emas edi.. Reychil kechroq olib boradi. Sen ketishing mumkin xohlasang -- Janob Yoo

- Unda Reychildan berib yuboring.. -- deya tazm qilib xonani tark etdi.

Bir necha soatlardan so'ng..

- Reychil.. shu hujjatlarni SanHa amakinga olib borib ber... -- Janob Yoo

- Yaxshi.. ammo meni mashinam buzulgan edi.. -- Reychil

- Men olib borib qo'yaman

Reychil ortiga o'girildi, qarshisida Jiminni qo'rib tezlik bilan qovog'ini soldi. Rad etmoqchi edi. Ammo dadasi rozilik berdi. Va majburam u bilan birga yo'lga chiqdi.

Ularning o'rtlarida sukunat cho'kkan edi. Reychil ichida Taehyung uyda bo'lmasin deb iltijo qilar edi. Jimin esa ertalab bo'lgan voqea haqida savol berish uchun qanday gap boshlashni o'ylar edi. Shunday qilib ular Kim lar xonadoniga yetib kelishdi.

Reychil mashinadan tushib, eshik qo'ng'irog'ini chaldi. Eshikni esa Taehyung ochdi.
Reychil kutganidek bo'lmadi.

- Taehyung mana siz so'ragan hujjatlar endi men kettim --
Reychil faqatgina hujjatlarni berishi bilan ketmoqchi edi. Ammo Taehyung uni to'xtatib qoldi.

- Sen qanday kelding? Mashinang ustada ediku... Taksida kelding desak, unday mashina yo'q... -- Taehyung

- Taehyung... Menga vada ber, javob berishim bilan hech nima demaysan -- Reychil

- Yaxshi vada beraman...! Qani ayt endi. -- Taehyung qo'llarini bir biriga bog'lab bag'riga qo'ydi.

- Dadam aytgani uchun... Jimin bilan birga keldim... Iltimos hech nima dema.. biz shunchaki jim keldik. Hatto men unga qaramadim ham, mashinani orqa o'rindig'ida o'tirdim ham. Havotir olma .. -- Reychil Taehyungni tinchlantirishga urundi

- Reychil men senga faqat hech nima demasliga vada berdim.. uni urmaslikka emas.. to'g'rimi?! -- Taehyung juda ham g'azablangan edi..

- Taehyung.. meni qo'rqitma.. iltimos hech nima qilma.. O'zimga ham yoqmayapti.. Agar hozir urushsang.. va dadam bundan xabar topsa. Jiminga ham senga ham meni bermaydilar. Shunchaki chet elga hech kim bilmaydigan joyga yuboradilar.. -- Reychil Taehyung bir kunsiz ham turolmasligi bilar edi. Taehyung Reychilni hech qayerga ketishini xohlamas edi. Uning eng zaif tomoni ham shu edi..

- Yaxshi faqat sen uchun... Ammo biroz shu yerda kut, seni o'zim olib borib qo'yaman! -- Taehyung

- Shartmas emas..-- Reychil

- Bu savol yoki boshqa narsa emas! Men nima desam shu.. seni boshqasini mashinasi yuboradigan darajada aqldan ozmadim hali..!! -- Taehyung

- Yaxshi.. unda unga xabar beray -- Reychil

- Shart emas, xizmatchilarga aytaman. O'zlari xabar berishadi. Sen esa shu yerda qimirlamasdan tur!! Bu buyruq!! -- Taehyung qattiyatlik bilan gapirdi

Reychil singlisiga qo'ng'iroq qilib, bugun uyda emas usta xonasida qolishini aytdi. Bu vaqtda Taehyung ham uydan chiqqan edi. Reychilning qo'lini mahkam ushlab mashina tomon yo'l oldi.

Ular birozdan so'ng Reychilning deyarli ikkinchi uyi bo'lib qolgan yerga kelishdi.
Ikkisi jim, hech narsa so'zlamas edi. Shunchaki sukunat ichiga sho'ng'ishgan edi. Ammo Reychil sukunatni buzdi..

- Taehyung biror nima yeysanmi.. meni qornim ochdi.. senga ham tayyorlayman... -- Reychil oshxonada nimadir tayyorlay boshlagan edi

Taehyung esa Yo'q deya javob berdi.

Bir necha daqiqadan so'ng Reychil qo'lini kuydirb oldi. Taehyung Reychilning ovozini eshitib zudlik bilan uning yoniga shoshdi.

- Hoy nima qilding?! Reychil nega ehtiyot bo'lmading?!! Qani kel malham qo'yamiz! -- Taehyung

Reychil biroz Taehyungdan arazlagani sabab bunga rozi bo'lmadi. Ammo Taehyung unga etibor bermay, uni bir qo'lida yelkasi qo'ydi, ikkinchi qo'li bilan esa malhamni olib o'rindiq tomon yura boshladi. Reychil esa uni tushirishini aytib harhasha qildi. Taehyung uni oridiqqa qo'ydi. Indamay malham surdi. Va plastir boylab qo'ydi. Va uning ko'zlaringa qarab..

- Reychil... Iltimos o'zinga shikast yetkaza ko'rma.. sen menga juda ham muhum va kerakli insonsan. Senga zarar teysa men o'zimni yo'qotib qo'yaman.. Hech narsa qo'limdan kelmaydi.. Hatto biror joying biroz tirnalsa ham.. Men sensiz hech kimman.. Shuning uchun avvalo o'zingni asra.. Hech qachon meni tashlab ketma..! -- Deya ikki qo'lini o'pib uni bag'riga bosdi. Yuzni Reychilning yelkasiga qo'yib, qizning sochilarini hidladi. Biroz vaqt o'tgach Taehyung Reychilning yelkasida uxlab qoldi. Reychil ketmoqchi bo'ldi, ammo Taehyung uning qo'llarini qattiq ushlab olgan edi. Va divanda ikkisi ham uxlab qoldi

Reychil and Taehyung

𝑻𝒉𝒆 𝒆𝒏𝒅...