The day it all started....
Writer_Reychil🎀
Episode 1^᪲᪲ Vaqt o‘tadi. O‘tmish yanglish bo‘lishi mumkin, lekin his-tuyg‘ular yolg‘on bo‘lmaydi. Ular yana uchrashadi — boshqa odamlar bilan, boshqa orzular bilan. Ammo yurak bir odamni tanlaganida, boshqa hayot mumkinmi?..
Qiz bemorlari bilan ovora edi. Shifoxona bemorlari bilan to'la edi. Qiz qo'l soatiga qardi. Soat kechki yetti ko'rsatayotgan edi.
- Uf, menimcha bugun men uyga borolmayman. Otamga habar berishim kerak -- qiz qo'liga telifonni olib o'ziga kerakli raqamni qidira boshladi. Topgach qo'ng'iroq qildi, ammo javob berishmadi.
- Nega olmayaptilar? Nima uxlab qoldilarmi?
Uzoqda bir yigit shoshib yugurib keldi.
- Ha nima bo'ldi?? -- Mary havotir bilan yigitga qaradi
- Dadangiz... D..da..dadangiz..-- yigit yugurgani uchun hansirayotgan edi
- Nima dadam, oldin o'zinga kel va gapir -- Mary yigitga gapirayotga payt unga qo'ng'iroq bo'ldi.
- Siz Jeon SeungHo'ning qizi Jeon Marymisiz
- Dadangiz... O'ldi.. iltimos shifoxonaga kelsangiz. Jasad haqida gaplashimiz kerak...
Mary doktorning so'zlarini eshitib karaxt holga keldi. Qo'lida telefon sirg'alib yerga tushdi. O'zi ham yerga yeqildi. Yon atrofidagilar uni o'ziga keltirishni boshladi. Ammo uning quloqlari ostida faqatgina "DADANGIZ O'LDI" degan gap aylanardi. Nafas olishi qiyinlashdi. Tomog'iga nimadir tiqilgandek bo'ldi.
Mary birozdan so'ng ushlab turgan ko'z yoshlarni erkin qo'yib..
- YO'Q!! BO'LISHI MUMKIN EMAS!! MENING... DADAM QANDAY O'LISHI MUMKIN?! AHIR BIZ ERTALAB GAPLASHDIK! U MENI SHUNCHAKI TASHLAB KETOLMAYDI AHIR! YO'Q U O'LMAGAN! JIHOON DADAM O'LMAGAN TO'G'RIMI?? SEN MENI YONIMGA KELIB, "DADANG TASHQARIDA SENI KUTYAPTI" DEMOQCHI EDING SHUNDAYMI?? GAPIR JIHOON!! JIM TURMAAAAA!!
- Doktor Jeon, iltimos meni qiynamang. Doktor Jeon.. O'zingizga keling -- Jihoon uni tinchlantirishga urundi
-Jihoon meni dadamni oldiga olib bor. Iltimos.. -- Mary yoshli ko'zlari bilan gapirar
- Yaxshi, olib boraman. Ammo oldin o'zingizga keling -- deya bir tola sochini quloq ortiga oldi va uni bag'riga bosdi. Orqasini silab uni yupatdi
Mary dadasi yotga xonaga kirar ekan. Dadasing muzlab yotgan tanasini ko'rib, ko'zi yanada yoshlandi. Qiz sekin astalik dadasini yoniga borib o'tirdi. Dadasing yuzini silay boshladi
- Dada... Men sizga vada beraman. Bu holga tushishga sabab bo'lgani topib, o'ldiraman -- Mary dadasing qulog'iga shivirladi..
Qiz biroz dadasi bilan suhbat qurdi, va o'rnidan turib Jihoon'ga yuzlandi
- Mashina kaliti ber!! -- qatiy ohangda gapirdi.
- Hoy Mary bu ahvolda mashina haydasangiz, qotildan oldin dadangizni yoniga borasiz -- Jihoon kulimsirab gapirdi
-Agar kalitni bermasang, menda oldin dadamni yonida bo'lasa!! -- Mary
Qiz kalitni oldiyu eshik tomon yo'l oldi
- Hh, o'zi shifokor. Odamlarga yordam berish o'rniga ularni o'ldirmoqchimi?? Bu kimga o'xshagan qaysar qiz, menga ayting amaki -- Jihoon o'ziga o'zi gapirardi.
- Xonim tinchlaning..!! -- yigit qizni tinchlantirishga urunarkan, ammo qiz unga quloq solmasdi
- Meni dadamni qotili topishingiz shart!! Sizlar ahir dediktivsizlar!! Qidiring, izlaning va otamning qotilini topinglar!! -- Mary politsiya mahkamasida harhasha qilayotgan edi
- Hoy bu yerda nimalar bo'lyapt!?
Orqadan kelgan ovoz tufayli qiz jim bo'ldi va ortga o'girildi. Qarshisida esa yelkalari keng, qahvarang yorqin ko'zlari, va chiroyli yuzli yigitni ko'rdi. Unga biroz tikilgach, yana o'ziga kelib gap boshladi
- Mening dadam o'ldi..!! Ammo manu bular mening dadamni qotili topishmayapti!! -- Mary ko'zidagi yosh bilan gapirar ekan
Yigit politsiya mahkamasidagi xodimlarga qaradi, va xodimlar unga
- Detiktiv Bang... Bizning aybimiz yo'q. Uning otasi Jeon SeungHo ekan.. -- yigit zo'rg'a oxiridi gaplarini ayta oldi
- Demak siz Jeon SeungHo'ning qizisiz, shundaymi? -- Detiktiv Bang
- Ha men Jeon SeungHo'ning qiziman. Nega begunoh odam shunchaki o'lib ketadi, ammo qotil esa ozodlikda yuradi?! Negaa! -- qiz dediktivga qarab baqirdi
- Jeon xonim, keling bu yerga o'tiring. Men sizga yordam.. -- Dediktiv Bang
- Hamma ishiga qaytsin -- Detiktiv Bang
Qiz yigit tikilib o'tirar edi..
- Ho'sh.. Men Detiktiv Bang Chan
- Men Jeon SeungHo'ning qizi Jeon Mary
- Yaxshi, endi dadangiz kim o'ldirdi, yoki qotil to'g'risida nima bilasiz menga barchasini ayting -- Detiktiv Chan
- Menga bugun qo'ng'iroq qilib dadam o'lganini aytishdi. Va men morgga bordim. U yerda dadam jonsiz holda yotgan edi, tanasida esa pichoq va o'q izi bor edi. O'q esa SIG SAUER P226 to'ppinchasidan otilgan... -- Mary hali gapini tugatmasidan oldin Chan uning gapini bo'ldi
- Siz qayerdan bildingiz o'qdan o'lganini va qanday to'ppinchadan o'q uzilganini. Balkim uni o'zingiz o'ldirgandirsiz -- Chan
Mary nafrat va mayus ko'zlari bilan qaradi va qatiy ohangda
- Men harbiy yo'nalishda o'qiganman, va men Harbiy shifokorman. Bu yerda esa 4 oydan beri ishlayman. Va men otamni o'ldirganimda hozir qanday to'poncha bilan o'ldirilgani haqida aytmagan bo'lar edim!! -- Mary
- Yaxshi unda menga aytingchi otangizni nega o'ldirishgan deb o'ylaysiz. Qimordan qandaydir qarzi bormi yoki... -- Chan
- Yo'q u qimor o'ynamaydi. U Koreaga kelganiga atigi 1 yil bo'ldi. U oldinlari Italiyada yashagan. Do'sti sabab bu yerga keldi -- Mary
- Yaxshi... Bu meni tashrif qog'ozim yana nimadir aniqlasangiz menga qo'ng'iroq qiling -- Chan qiz bilan hayrlashdi va o'z xonasi tomon yo'l oldi
Qiz bir qahva xonada kitob o'qib o'tirardi. Bir vaqt qahva xonaga bir yigit kirdi. Qizga uning ovozi tanish tuyuldi va ortiga o'girildi.
- Sizni bu yerda uchrataman deb o'ylamagan edim
- Men ham. Kitob o'qishni yaxshi ko'rasizmi? -- Yigit stol ustidagi kitobga ishora qilib
- Ha, vaqt bo'lganda o'qiyman -- qiz tabbasum bilan javob ber
Yigit qizning tabbasumiga oshiq bo'ldi. Ichida qandaydir tuyg'uni his qildi.
Yigit buyurtmasini oldi va qizning yoniga kelib uni yonida o'tirish uchun ijozat so'radi.
- Qanday kitob o'qiyapsiz -- yigit qiziqib so'radi
- "Ishq va ishqsizlik".. Aslida meni kitob o'qishga unchalik vaqt yo'q, ammo bu kitob uchun albbat vaqt topaman.. -- Mary kitob haqida gapiryotganida ko'z porlay boshladi. Yigit esa bu ko'zlarga muptalo bo'ldi. O'z ko'zlarini undan uzolmay qoldi. Shu payt telefoniga xabar keldi, uni o'qigach
- Meni manzur tutasiz, men ketishim kerak. Yana qachondir siz bilan kitoblar haqida suhbat qurishga vada beraman. Hozirchalik ko'rushguncha -- Chan qahva xonani tark etdi
Mary shifoxonaga keldi. O'z bemorlarini ko'rikdan o'tqazdi. Bir necha vaqt o'tgach bir og'ir bemor kelgani xabar qilindi. Mary tashqariga chiqdi va tez yordam eshigini ochdi va u yerda ust boshi qon bo'lgan Chan'ni ko'rdi. Ammo Chan emas uning sheriga yaralangan edi. Hamshiralar bemorni ichkariga olib kirib ketishdi. Chan Maryning yoniga kelib
- Doktor Jeon sizdan iltimos do'stimni davolang -- Chan
Mary " Ha " degandek bosh irg'adi va bemor tomon yo'l oldi.
Bemorni ko'rikdan o'tqazdi.
- U o'qdan yaralangan. O'q juda ham chuqur joyda, zudlik bilan jarrohlik amaliyotni boshlash kerak -- deya uni jarrohlik xonasiga olib ketdi
2 soatdan so'ng operatsiya tugadi.
Bemor palataga yotqizildi. Mary bemor uyg'onganidan so'ng yoniga kirdi.
- Ho'sh.., demak siz detiktivni do'sti bo'lsangiz siz ham politsiya xodimisiz. Ism va familiyangiz?
-Seul Metropolitan Politsiya Agentligi'ning katta Letinanti Choi Yeonjun'man.
- Yaxshi katta Letinant, men sizni so'roq qilishga haqqim yo'q. Ayniqsa sizlarni. Shuning uchun sizda boshqa hech nima so'ramayman, ammo sizni holatingiz haqida gapirishim uchun ijozat berin -- Mary
- Siz BERETTA 92FS to'ppinchasida o'q yegansiz, va u sizning jigar organingizni yoniga teygan. Yaxshiyamki hech qaysi organlaringizga ziyon yetmagan. Ammo siz 2 3 hafta shu yerda davolanshingiz kerak. -- Mary
- Demak 3 hafta shu yerda qoladi -- Chan
- Ammo men politsiya xodimiman -- Yeonjun
- Kapitan Bang sizga 3 haftaga dam olshingiz uchun ruxsat berdi. Shuning uchun xavotir olmang -- Mary gapini tugatgach xonani tark etdi
- Kapitan, u meni qanday to'ponchadan o'q yeganimni qayerdan bildi. Ahir oddiygina shifokor bo'lsa -- Yeonjun hayratlanib so'radi
- U ham askar ekan, bu yerga 4 oy avval kelibdi. Bir necha kun oldimga kelib qotillik haqida aytib berdi. Men ham sen kabi hayratlangan edim -- Chan
- Ammo chiroyli qiz ekan, uni sevib qolgangan o'xshayman -- Yeonjun nim tabbasum bilan gapirdi
- Senga hech qachon aql kirmaydi -- Chan gapini tugatgach xonani tark etdi.
Oradan 3 hafta ko'z ochib yumguncha o'tdi. Woomin 3 hafta ichida Maryga oshiq bo'lishga ulgurgan edi.
- Ho'sh katta Letinant Choi yaxshi bo'lib qoldingizmi. Bugun sizga javob beramiz. Ana endi bemalol jinoyatchilarni tutsangiz ham bo'laverdi. Ammo yarangizga ehtiyot bo'ling -- Mary
- Yaxshi siz aytganingizdek qilaman. Doktor Jeon sizdan bir narsa haqida so'rasam bo'ladimi -- Yeonjun
- Chan aytishicha siz ham askar ekansiz, sizning unvoningiz qanday bilsam bo'ladimi -- Yeonjun
- Mening unvonim Mayor. Buni bu yerdagilarni ko'pi bilmaydi, shuning uchun buni sir tutsangiz hursand bo'lardim -- Mary
- Mayormisiz, Chandan ham katta unvonda ekansiz. Qoyil, men sizni Serjant deb o'ylagan edim. Ammo xato o'ylabman -- Yeonjun
- Kim mendan ham katta unvonda ekan?? -- Chan xonaga kirib keldi.
- Doktor Jeon Mayor ekan bilarmiding -- Yeonjun
- Chindanmi..?! -- Chan hayron bo'ldi
- Buni hammaga ham aytish to'g'ri emas... -- Mary
- Letinant Choi o'rningizdan turing unga ehtirom ko'rsatshimiz kerak -- Chan
- Ha to'g'ri aytasan -- Yeonjun o'rnidan turdi
- Yo'q kerak emas, biz hozir hududda emasmiz -- Mary ularni to'xtatdi
- Shart emas. Men hozir shifokorman, Mayor emas. -- Mary
- Yaxshi.. unda biz ketaylik -- Chan
- Salomatlik tilayman Mayor Jeon -- deya ikkisi ham qo'llarini chekkalariga ko'tarishdi. Mary ham ularga javoban shunday qildi. Va ular xonani tark etishdi.
Oradan ancha vaqt o'tdi. Ular ancha yaqin bo'lib qolishdi. Orandan yarim yil o'tgach Yeonjun Maryga sevgi izhor qildi va ular sevishganlarga aylanishdi.
- Kapitan Bang shu yerdamisiz -- qiz mahkamaga kirar ekan Chan'ni qidira boshladi
- Mary eshik tagida nima qilyapsan?? Ichkariga kir -- Chan qizni ichkariga olib kirdi
- Shunchaki Yeonjun bu yerda emasligini tekshiryapman -- Mary qo'lidagi paketni stol ustiga qo'ydi va o'rindiqqa o'tirdi.
- Yana janjalashdingizmi. Nega bunday yosh bolalarcha urshaverasiz. Biringiz Mayor, biringiz katta Letinant bo'lsangiz. -- Chan paketni ichidagi narslarni oldi va ichida banan sut ham borligini ko'rdi
- Nima yarashish uchun qulupnoyli sut olib keldingmi -- Chan Mary'ni mazah qilib gapirdi
- Bu menga, unga emas -- Mary qo'lidagi sutni olib sumkasiga soldi
- Ahir seni bundan alergiyang bo'lsa, nega ichmoqchisan -- Chan yana uni mazah qildi.
- Kapitan Bang, siz aytgan jinoyatchini boshqa mahkama tutibdi.. -- Yeonjun xonaga kirar ekan Mary'ni ko'rib gapirishdan to'xtadi.
- Endi men ketay, bemorlarim kutyapti -- Mary mahkamani tark etdi
- Qani o'tir, Mary bizga shirinlik olib kelibdi, hatto senga bananli sut ham olibdi -- Chan
- Chan, u men haqimda hech nima demadimi -- Yeonjun
- Yo'q, nimadir deyishi kerak edimi, o'zi nega janjallashdingiz -- Chan
- Rashkim tufayli.. Uning ko'zlari chiroyli, va u yorqin ko'zlarni qizg'onayotgandekman. Uning ko'zi shu daraja yorqin~ki.. Faqat meni yonimda shunday porlasin deyman.. U ko'zlarga umr bot tikilib o'tirishga ham tayyorman.
Tabbasumi esa unadan ham battarroq ado qilmoqda meni.. Uning tabbasumi uchun borimni berishga tayyorman, ammo o'zgalar oldida tabbasum qilishini xohlamayman. Uning tabbasumi ham menga tegishli. Ovozi esa men qayta va qayta eshitishni xohlagan yagona jarangdor va yoqimli ovozdir. Bu ovozni boshqa kishi eshitsa ham negadir rashkim kelyapti... -- Deya Yeonjun shikoyat qila boshladi...
Chan bu gaplarni eshitib qandaydir g'ashlikni his qidli. Tomog'iga nimadir tiqilgandek bo'ldi. Nafas olishi qiyinlasha boshladi.
- Yeonjun, undan kechirim so'ra. U seni sevadi. Hatto hamma narsadan rashk qilishingni ham, borib bilan gaplash -- Chan bazo'r gapirdi.
- Yaxshi, unda bugun u bilan uchrashaman, hozir ishlarim bor edi. Men ketim -- Yeonjun
Chan'ning qalbidagi g'ashlik hali ham uni tark etmadi. Bir necha oy avvalgi g'ashlik yana qaytgandek bo'ldi. Yeonjun Maryga sevgi izhor qilgan kun, Maryni yo'qotganini sezgan edi. Ammo unga bu darajada og'riq berishini hech o'ylamagan edi. Na sevgilisini, na do'stini yo'qotishni xohlamagan edi.
Mary bemorlariga qarayotganida Jihoon kelib qulog'iga shivirladi. Mary buni eshitgach yuragindan nimadir uzilganday bo'ldi. Yerga yeqildi, qulog'iga faqat chiyillagan ovoz eshtildi. Birozdan so'ng Yeonjunga sohil bo'yida uchrashish haqida xabar yozdi. Yeonjun bunga rozi ekanligini ayti.
Tungi soat 21.00. Sohil bo'yida qiz dengiz tomonga tikilib turar edi. Yuzini mayin shamol silardi.
Yigit qo'lidagi gullarni hidlab sevgilisi tomon yo'l oldi.
- Moychechak malikam, qara senga...
Mary yigit tomon o'girildi, Yeonjun qizni yeg'laganini ko'rib havotirlanib so'radi.
- Hoy nega yeg'layapsan, nima bo'ldi? Kim seni ranjitdi?
- Nega meni aldading, Nega meni o'zinga ishontirding. Seni bu darajada razil inson ekanligini bilmagan ekanman. Shu darajda meni axmoq qilishingni sababi nima. Shu kungacha menga azob berib kelayotga sen ekanligini bilmagan ekanman. Nega, nega aynan sen otamning qotilisan..?? -- Mary ortiq ko'z yoshlarni ushlab turolmadi. Ularni erkin qo'ydi
Yeonjun bu gaplarni eshitgach qo'lidagi guldasta yerga tushdi.
- Mary.. bularni sen qayerdan bilding -- Yeonjun
- Buni qayerdan bilganim senga muhimmi. Uning o'rniga o'zingni oqlasang bo'lardi Katta Letinant Choi..! -- Mary ortiga o'girilib ko'z yoshlarni artdi va u yerni tark eta boshladi
- Chan aytimi..? Agar u aytgan bo'lsa otang manyak qotil ekanligini ham aytmadimi -- Yeonjun jaxl ustida nima deganini bilmadi
Qiz shu zaxotiyoq joyida to'xtadi va ortiga o'girildi
- Hali bu o'yinda Chan ham bormidi?? Ahh, ishongim kelmayapti, meni ikki do'st ahmoq qilganiga -- Mary g'azablangan holda kuldi va yana yo'lda davom etdi.
Yeonjun sohil bo'yida yolg'iz o'zi qoldi. Yerga sekin o'tirdi, nima qilishni bilmay qoldi. Qo'lidan hech nima kemasligini bilar edi. Yeonjun manyak qotilni o'ldirgani bilar edi, ammo sevgilisini bunday ahvolda ko'rib o'zni aybdor his qildi.
Mary to'g'ri Chan tomon yo'l oldi. Mary mahkamaga kirdi.
- Mayor Jeon... -- yigit qizni bunday ahvolda ko'rib qo'rqib ketti
Yigit unga yaqinlasha boshaldi, ammo qiz ortga bir qadam tashagani uchun joyida to'xtadi.
- Kapitan Bang Chan meni savolimga javob bering!! Jeon SeungHo, yani mening otam manyak ekanligini bilarmiding?!
Chan qanday javob berishini bilmay qoldi. Agar hozir unga to'g'risini aytsa u qanday jinnilik qilishini bilmas edi, ammo unga yolg'on ham so'zlagisi kelmadi
- Yana bir marotaba so'rayman. Jeon SeungHo manyak qotil ekanligini bilarmiding?!
- Demak shunday. Yaxshi, yaxshi... Unda nega menga bu haqida boshidayoq aytmagansan!? Nega.. sen bu haqida boshidan bilgansan ahir Chan!! Men qanchalar qiynalganimni bilar eding, ammo menga aytmading shundaymi??
- Mary, chunki men seni sevar edim. Seni hafa qilishni xohlamadim. Buni bilsang qay holga tushishingni ham bilmas edim. Ho'sh sen ham menga shuni ravo ko'rarmiding. Hatto do'sting bo'lsam ham!! --Chan ortiq ichida hech nimani saqlashni xohlamay barchasini aytdi.
Mary esa biroz unga tikildi va mahkamani tark etdi.
Oradan bir necha hafta o'tdi.
Woomin ham Mary ham hech qanday habar berishmadi.
Ammo bugun Yeonjun mahkamaga keldi va do'stni bag'riga bosdi va..
- Chan men uylanyapman... Ammo Maryga qanday aytishni bilmayapman. Unga qanday aytaman. 2 oydan so'ng to'yim. Onamning dugonasing qiziga uylanyapman...
- Hoy tentakmisan... Aqldan ozdingmii deyman. Mary~chi?! Uni yarim yo'lda tashlab ketasanmi??
- U senga omonat. Bilaman unda ko'ngling bor. Uni ehtiyot qil...
- Menga qo'ng'iroq bo'lyapti, shu yerda tur. Men hozir qaytaman, keyin esa seni o'z qo'llarim bilan o'ldiraman shu gaplaring uchun -- Chan
Biroz o'tgach Mary mahkamaga keldi va Yeonjunni ko'rib nima qilishni bilmay qoldi v ortiga o'girilib ketmoqchi bo'ldi, ammo Yeonjun uni to'xtatib qoldi.
- Mary kiraver, Chan hozir keladi...
- Azizaam.. Men taklif nomalarni tarqatib bo'ldim. Lekin negadir bir donasi ortib qoldi... Bu kimga -- Jia Yeonjunning yoniga kelib turdi
- Menimcha ortiqcha olgandirman.. -- Yeonjun Maryga qarab gapirdi. Chunki bu taklifnoma Maryga atalgan edi..
Mary unchalik nima bo'layotganini tushunmadi. Shu orada Chan keldi
- Mary..!! Qayerda eding shuncha vatq. Seni izlamagan joyim qolmadi ahir -- Deya Maryni bag'riga bosdi.
Mary ham uni bag'riga bosdi
- Mary.. Anavi qiz Yeonjunning bo'lajak rafiqasi. Meni kechir buni senga aytayotganim uchun. Ammo ulardan eshitganingdan so'ng hushingdan ketsang seni ushlab ololmasligim va ularni yonida seni kuchsiz ko'rsatishni xohlamadim. Shuning uchun ko'z yoshlaringni mening bag'rimga bekit -- deya uni yanada qattiq bag'riga bosdi
Chindan ham uning rafiqasimi?? Nima shunchalik mendan voz kechish osonmidi..? Ammo nega bunday qildi. Nima mendan hafa bo'lgani uchun ham shunday qildimi?? Balki unga og‘ir bo‘lmas, lekin menga bu qaror yuragimni tilka-pora qildi.
Men unga barcha ishonchimni berdim, yuragimni, orzularimni...
Lekin u o‘sha ishonchni yo‘q qildi, yuragimni sindirdi, orzularimni kulga aylantirdi.
U meni ko‘rishini, eslashini, sog‘inishini istamayman.
Men endi uning dunyosda bo‘lishni xohlamayman.
Chunki men bu dunyoda faqat og‘riq bilan yashadim.
Men uni sevdim...
Va endi, meni yo‘qotganidan emas, meni yo‘q qilganidam afsuslanishi kerak...
- Chan, men yaxshiman -- deya uning bag'ridan chiqdi
- Men Kapitan Banb Chan va Yeonjun ning do'sti.. -- CHan qiz tomon qo'l uzatdi
- Men esa Jeong Jia, Yeonjunning bo'lajak rafiqasi... -- qiz ham unga javoban qo'l uzatdi
- Siz Yeonjun va Channning do'sti bo'lsangiz kerak -- Jia Maryga tomon yuzlandi
- Men Jeon Mary, Haesung shifoxonasing shifokori va Kapitan Bang Channing qallig'i -- deb Jiaga qo'l uzatdi
- Tanishganimdan hursandman. Uumm, mana bu taklif noma sizga, albatta keling sizni kutamiz -- Jia qo'lidagi taklif nomani unga uzatdi.
Yeonjun Mary bunday deyishini kutmaga edi. U bu so'zlarini eshtishi bilanoq ko'zlari yoshlana boshladi.
- Oh chindanmi, Mary sen meni qallig'immisan?? Nega budan meni xabarim yo'q -- deya Channing Maryga savollar bera boshladi
- Ahir sen bilan janjallashib qolgan edik, shunga buni aytish uchun seni yoninga kelgan edim.. -- Mary unga tabbasum bilan javob berdi
- Mayli qani tashqariga chiqaylikchi, bu haqida bafurja gaplashib olaylik. Qani yuraqol.. -- Chan qizni tashqariga olib ketdi.
- Hoy, Choi Yeonjun ahvoling joydami?? -- Jia havotirlanib so'radi
- Yo'q.. joyda emas. Men umuman yaxshi emasman, hozir aqldan ozigandekman. U chindan shu gaplarni aytimi?? Mary hozir nima deganini bilmadi, to'g'rimi Jia?! -- Yeonjun o'zini shu gaplar bilan ovuta boshladi
Chan qizni tashqariga olib chiqdi, va qo'lini qo'yib yuborib..
- Hoy sen qiz aqldindan ozdingmi.. Sen hozir o'ylamasdan gapirding, nega aynan men, yo'q sen hozir Yeonjun azoblansin deb shunday deding. Hop lekin senchi, sen azoblanmaysanmi?? Sen bu gaplarni shunchaki aytding to'g'rimii?? Sen menga turmushga chiqmaysan~aa ?? -- Chan buni xohlasada Yeonjun va Maryning sevgi dostoniga yakun yasashni xohlamas edi. Uning qalbi g'am cheksada Maryning qalbini parchalanishini xohlamas edi.
- Chan.., ichkarida menga taklif noma berishdi, o'z sevganimning to'yiga boraman. Ammo oq libosda emas.., qora libosda. Men u to'y xonaga oq libosda sen bilan kiraman. Sen meni sevasan, men... -- Mary gapini tugatmay to'xtab qoldi...
- Sen esa Yeonjunni.. Hoy qiz aqlingni yeg'ib ol!! Bu nikoh deydigan narsa bilan hazllashib bo'lmaydi.. -- Chan Maryning so'zidan qaytarmoqchi bo'ldi
- Yo'q Chan, men boshidan seni sevganman. Seni ilk uchratganimdayoq seni keng yelkalaring, qahvarang yorqin ko'zlaringga oshiq bo'lganman. Ammo keynchalik Yeonjun bilan ko'p vaqt o'tkazganim uchun uni sevaman deb o'ylagan ekanman. Ammo doim yuragimni tub tubida sen bo'lgansan. Yeonjunni yuragim bir chetiga ham ko'mishni xohlamayman...!! -- Mary ko'z yoshlarni ushlab turgani uchun ko'zlari qizarib achisha boshladi.
- Mary kerak emas, bunday qilma. Yolvoraman... -- Chan qizning yelkalaridan ushlab unga yolvordi.
- Yo'q Chan men buni chindan ham qilaman...
- Ahir seni boshidan aldagan menmanku, u emas. Nega meni kechirdingku uni kechirolmayapsan, ayt menga!!!
- Chunki.., chunki men seni chindan ham sevaman... -- Mary
Ular biroz sukut saqladilar. Ammo Chan yana gap boshaladi
- Demak bu fikringda qatiy turasan.. Yaxshi, unda men roziman. Ammo va'da ber boshqa ko'z yosh to'kmaslikka va hafa bo'lmaslikka -- Chan
- Yaxshxi, agar sen bilan bo'lsang men baxtli bo'laman.. -- Mary kulimsirab gapirdi
- Ahmoq qiz, bu yerga kel.. -- deya uni bag'riga bosdi
Mary uni bag'rida o'zini xavfsiz his qildi va ko'z yoshlarni erkin qo'ydi.
Yeonjun xonada bir o'zi hayol surib o'tirar edi.
— Demak, u ham… u ham ketayapti… Nega endi yuragim og‘riyapti? Axir men birinchi bo‘ldim-ku… men birinchi bo‘lib undan voz kechdim~ku.. Lekin u gapirganida... yuragim ichimda chil-chil bo‘ldi. U boshqasiga qarashini tasavvur qilish… yo‘q, yo‘q bu... bu chidab bo‘lmaydi. Lekin endi bilaman… men hanuz uni sevaman. Va bu safar uni butunlay yo‘qotdim...
Shu payt eshik ochilib Chan keldi
- Yeonjun... Mary hozir sohil bo'yida yolg'iz o'tiribdi.., balkim gaplashib olarsizlar. Sen ham, u ham qiynalyapsiz, iltimos ikkingiz ham bu ishni qilmang. Men uni sevaman, ammo u meni sevmasa men uni baxtli qila olmayman. Nega buni ikkingiz ham tushunmaysizlar...
Chan Yeonjun'ning yoniga kelib zo'rg'a bu gaplarni aytdi. Chunki eng ko'p uning qalbi og'riyotgan edida. Kim ham o'z sevgisidan kecha oladi.. Uni baxtli ko'rish uchun, uni o'zgasini qo'liga topshirish... Chan uni o'zi baxtli qilishni xohlaydi, ammo bu imkonsiz ekanligini hammadan yaxshi biladi..
Yeonjun indamay o'z hayollari bilan o'tiraverdi..
- Yeonjun uning ortidan bor, uni yarim yo'lda tashlab qo'yma. U seniki.. U senga tegishli.. Tushun ahir buni... -- Chan ko'z yoshlarni ushlab turgani uchun tomog'i achisha boshladi
- Chan.., Mary meniki bo'lmagan. U boshidan senga tegishli edi, ammo biz birga ko'proq vaqt o'tqazganimiz uchun bir birimizni sevamiz deb o'ylaganmiz. Mening taqdirimga yozilgan bu Jia. Seniki esa Mary ... -- Yeonjun ko'z yoshlarni artib tabbasum bilan gapirdi
- Yaxshi.. demak mening taqdirim bu Mary. Uni faqat men baxtli qila olaman. Ammo men baxtli qilishim uchun ham sen u bilan gaplashib ol. Men shundoq ham uni baxtli qilaman. Uning ko'zlaridan faqat quvonch yoshi oqadi. U meniki bo'lishi uchun ham hoziroq bor, va u bilan gaplashib ol. U sizlar janjallashgan sohil bo'yiga ketti.. Qani boraqol... -- Chan'ning oxirgi gapini tugallarkan ko'zidan bir tomchi yosh yumalab tushdi.
Yeonjun esa sohil bo'yiga yo'l oldi...
Chan xonada bir o'zi qolar ekan, ana endi ko'z yoshlarni erkin qo'ya oldi. U Yeonjun va Mary birga bo'lmasligini xohladi. Ammo u ularni baxtsiz bo'lishliklarini xohlamas edi. Ularning sevgi dostoniga yakun yasashni xohlamagani uchun ham, u Maryga sevgi izhor qilmagan edi. To'g'ri Chan Yeonjundan avval izhor qilsa bo'lar edi. Ammo Yeonjun shifoxonada Mary'ni sevib qolganini aytganida, u o'zini ortiqcha his qilgan edi... U o'z sevgisini qalbining tub tubiga ko'mgan edi. Ammo bugun u qabrni ochishga majbur bo'ldi...
Qiz sohil bo'yida yolg'iz quyosh botishini kuzatar. Shamol esa mayin esar edi. Ko'zidagi yosh tomchilari astalik bilan oqardi. Bazida tabbasum qilib ham qo'yardi..
Bizordan so'ng esa Yeonjun astalik bilan yoniga kelib o'tirdi. Mary ko'z yoshlarni artib, unga tabbasum bilan qaradi va biroz sukut saqlab gap boshladi
- Endi ortga qaytishning foydasi yo‘q. Biz o‘z yo‘limizni topishimiz kerak.. Men seni yaxshi ko'raman.. Ammo Chan bilan baxtliroq bo'laman. Bilaman bu gaplarim senga og'ir botadi.., Senda kechirim so'ramayman, chunki o'sha kuni meni ham ko'nglim og'iridi. Bilaman, otam qotil.. Shunchaki sen meni aldaganing va onamni qotili mening qo'limda o'lmagani alam qildi. Chunki onam o'lgan kun men onamga va o'zimga vada bergan edim.. "ONAJON MEN SIZNING QOTILINGIZ.., YANI OTAMNI O'Z QO'LLARIM BILAN O'LDIRAMAN" deb.. Ammo men vadamni ustidan chiqa olmadim.. Eng alamlisi ham shundada... Tassavur qil 6 yoshli qizchaning ko'z o'ngida o'z otasi onasing qotiliga aylangan. Sen nima qilar eding. O'sha payt men jajji qizcha edim, qo'limdan hech bir ish kelmas, politsiya xodimlari menga ishonmas edi.. Ana o'shanda men katta bo'lib otamni narigi dunyoga o'zim jo'nataman degan edim... -- Mary bu voqaeni tutilib aytib berdi. Ko'z yoshlarni zo'rg'a ushlab turdi.
- Mary.. men afsusdaman. Men seni aldamoqchi emasdim. Buni mendan Chan iltimos qildi... Bilasanmi aslida biz bir birimizni sevmaymiz, shunchaki biz birga ko'proq vaqt o'tqazganimiz uchun bir birimizga bog'lanib qolganmiz... Va bu bog'lanish uzuldi.., Mary men ishonaman Chan seni baxtli qiladi.. Menga vada ber Men Chan bilan baxtli bo'laman deb.. Endi esa hayr mening shirin tushum, biz endi uyg'onshimiz kerak.., hammasi uchun rahmat, endi esa bu yerda yo‘llarimiz ikkiga ajraladi... -- deya Yeonjun Maryni sohilda yolg'iz qoldirib ketdi...
Mary esa ko'z yoshlari tezroq oqa boshladi... Ko'z yoshlarini to'xtata olmadi..
- Mary ketma, men sensiz nima qilaman ahir.. -- Yigit yosh bolalarcha harakat qilar edi.
- Chan, men atigi 1 yilga ketyapman. Meni kutib turolmaysanmi?? Meni kutish qiyinmi ?? -- Mary yigitning sochlariga qo'lini uztib tarab boshladi.
- Umrimni oxirigacha kutishga roziman. Ammo seni o'lgudek sog'inaman. Sen bilan biror bir falokat yuz bersachi deb qo'rqaman... -- Chan
- Qo'rqama, men o'zimga zarar yetkazmayman. Men har 2 oyda seni ko'rishga kelaman -- Mary
- 1 oyda kel.. 2 oy juda katta vaqt. Seni 1 kun ko'rmasa sog'inib qoladigan insonga bunday shavqatsizlik qilmaginda ahir...!! -- Chan yosh bolalarcha harakat qilar edi. Bundan esa Mary faqat tabbasum qilar edi.
- Chan.. yoki men 1 yilga ketishimga rozi bo'l, yoki to'yimiz 2 3 yildan so'ng bo'lishiga. Tanlov o'zingda... -- Mary
- Yaxshi, yaxshi 1 yilga ket, ammo men bilan doim aloqada bo'lib turasan! -- Chan
Chan uni pechonisini o'pib uni bag'riga bosdi.
- Mary... Yeonjun'ning to'yiga kelasanmi?! -- Chan o'ylanib savol berdi.
- Bilmasam.. agar ulgursam kelarman.. Ammo uni meni nomimdan tabriklab qo'y.. -- Mary
- Yaxshi... Ammo Yeonjun bilan gaplashib ol. U seni, sen esa uni baxtli ekanligini ko'r. Chunki.., men sizlarni bu ahvolga tushishingizga sababchiman.. Shuning uchun ham ikkingiz ham oxirgi bor gaplashib oling! -- Chan
- Yaxshi.. Ammo sen bu ishlarni hech biriga aybdor emassan... -- Mary
- Chan.., kiymim yaxshimi. Negadir bo'g'ilib ketyapman -- Yeonjun galustugini sal bo'shatib gapirdi
- Sen hayajonlanyapsan.. havotir olma hammasi yaxshi bo'ladi. Hammasi meni nazoratim ostida -- Chan
- Unda aniq nimadir bo'ladi.. -- Yeonjun do'stini ustidan kuldi.
Shu payt xona eshigi ochildi va oppoq ko'ylakda bir qiz kirdi..
Ikkisi ham ko'zlari hayratdan porladi.
- Mary... sen juda ham ochilib ketibsan.. -- Chan
- Raxmat.. lekin bu ko'ylak unchalik menga yoqmadi.. -- Mary
- Ammo senga juda ham yarashibdi... -- Yeonjun o'zi eshitarli darajada gapirdi
- Men tashqariga chiqib kelay, tezda qaytaman -- Chan xonani tark etdi
- Yeonjun.. baxtli bo'l. Jia'ni xafa qilma.. Ahir u ham baxtli bo'lishi kerak. Albatta sen ham... Yeonjun barchasi uchun raxmat. Sen bilan birga bo'lganimda juda ham baxtli edim. Ammo bizga shunchaki chin sevgi yetishmadi xolos. Ammo o'ylashimcha biz endi o'z taqdirmizni topdik... Bilaman hozir gaplarim og'ir botayotgandir. Ammo meni kechir, agar hozir aytmasam keynchalik Jia bizni uchrashishga ruxsat bermasachi -- deya tabbasum qilib qo'ydi
Yeonjun ham yoshli ko'zlari bilan tabbasum qilib qo'ydi.
Chan xonaga kirdi.
-Qani endi chiqaylik bizni kutishyapti.. -- Chan
- Unda men ham seni oxirgi bor bag'rimga bosay.. Ruxsat berasanmi Kapitan Bang Chan.. -- Yeonjun Chandan ruxsat so'rar ekan, Chan unga o'qragancha qarab turardi.
-- Yo'q desam quchmaysanmi..? -- Chan
- Albatta yo'q. Uni do'sti sifatida quchay..! Ahir o'zimni xotinim bor. Uni shunchaki do'stona quchoqlayman. Agar qo'liga uzuk taqsang do'stonayam quchoqlolmayman -- Yeonjun
Mery tabbasum bilan ularni kuzatib turar edi.
- Yaxshi yaxshi, tezroq bo'l -- Chan
Yeonjun Maryni bag'riga bosdi. Keyin esa Chan ham ularni bag'riga bosdi.
- Biz doim shunday ahil bo'lib qolaylik... -- Chan