October 1, 2025

Forbidden love...

Ep_1🪼

Qiz qoshlarini chimirib o'z ofisida ishga berilib ketgan edi. Hattoki eshik taqillaganiga ham etibor bermayotgan edi. Yana bir bor qattiqroq eshikni taqillatgandan so'ng seskanib boshini ko'tardi.
Jaxl bilan..

- Nega bunday qattiq taqillataypsiz -- deya boshini ko'targan edi. Qarshisida sevgilisi Taehyung
turganini ko'rdi.

O'rnidan sakrab turib yoniga shoshdi. Va endi quchoqlamoqchdi bo'lganida yigit ortga bir qadam tashladi.

- Reychil biz hozir sening ofisindamiz. Yani dadangni kompaniyasida -- deya nim tabbasum qildi.

- Ha, to'g'ri.. men seni ko'rgach hursand bo'ldim. Shuning uchun hayajonlanib yodimdan ko'tarilgan ko'rinadi -- deya hijolat bilan gapirdi.

- Kel o'tiramiz -- deb Reychilning qo'lidan mahkam ushlab o'rindiq tomon yo'l oldi.

Reychil esa uni qucholmaganidan xafa bo'lsada, ammo uning qo'lidan tutganiga va sevgilisi yonida ekanligidan mamnun edi.

Pov:
Reychil va Taehyung deyarli 10 yillik do'stlar va 4 yillik sevishganlardir. Ular o'z oilasidan munosabatta ekanliklarini yashirishgan edi. Ular yashirncha ikki oshiq qalb egasi edilar.

- Reychil bugun men, dadam va onam sizlarnikiga mexmonga boramiz. Birga kechlik qilamiz -- yigit qizning qo'lini qo'yib yubormay tabbasum bilan aytdi

- Ha, bilaman dadam aytdilar -- Reychil

- Men bugun oilamiz jamlangan payt... Biz ikkimiz haqimizda aytmoqchiman. Bunga qarshi emassam degan umiddaman, azizam -- gapining oxirida sochlarni quloqlari ortigi o'tqazdi.

Reychil bunga qarshilik qilmadi. Chunki u ham shu fikrda edi.

Ular biroz suhbatlashishdi. Va Taehyung Reychil bilan hayrlashdi. Reychil esa yana o'z ishiga qaytdi..

Reychil

Kechki payt...

Yoo xonadoni..

- Reychil... Kirsam maylimi?? -- Seyeon

- Ha.., kiraver. Ho'sh nima bo'ldi? -- Reychil oyna yonida pardoz qilayotgan edi.

- Reychil ertaga men bilan nonushta qilasizmi? -- Seyeon

- Nega?! Nima munosabati bilan? Qanday muammo chiqarding? -- Reychil singlisining bejizga uni nonushtaga taklif qilmayotganini bilar edi.

- Reychil.. men shunchaki sizni taklif qilyapman. Havotir olmang, hisobni o'zim to'layman -- Qiz qo'lini ko'ksiga qo'yib mag'rurlanib gapirdi.

- Yaxshi ! Ertaga soat... Sakkizlarga tayyor bo'lib tur -- Reychil singlisiga o'girildi va nim tabbasum bilan javob qaytardi.

Pastgi qavatdan onasining eshitga qizlar, tezlik bilan pastga tushishdi. Reychil bilan Seyeonning orasida unchalik katta yosh bo'lmasada, Seyeon doim opasini hurmat qiladi. Reychil ham doim singlisini nima ish qilsa ham uni qo'llab-quvvatlaydi

Seyeon

Oradan ancha vaqt o'tdi. Kim oilasi ham kelib bo'lishgan edi. Ular ancha suhbat qurishdi. Taehyungning dadasi biroz Reychilga tikilda va Janob Yoo ga sal yaqinroq kelib past ovozda

- Qizing Reychil ham ancha yoshi yetib qolibdi. Ho'sh vadangni unutmadingmi, do'stim?! -- Janob Kim

Reychil va Taehyung hayron bo'lib bir-birga qarab jilmayib qarab qo'yishar edi. Ammo Janob yuning javobi bu jilmayishlarini uzoqqa cho'zdirmadi.

- Ha, yodimda.. Qizim Reychilni Park oilasining yagona vorisi Park Jiminga uzataman..! -- Janob Yoo..

Taehyung ham, Reychil ham toshdek qotib qolishgan edi. Huddiki ustilaridan sovuq suv quyishganday jim bo'lib qolishdi. Seyeon bu ikkisining munosabati haqida bilar edi. Bu habar uni ham g'alati ko'yga solib qo'ydi. Va o'zini ushlab turolmay, suv ichmoqchi bo'ldiyu ammo suv tomog'idan o'tmay yo'tala boshladi. Janob Yoo ham Janob Kim ham ularning bu holatida hayron edilar.

- O'g'lim yaxshimisizlar, nima bo'ldi? -- Janob Kim

Taehyung tezlik bilan o'ziga kelib javob berdi

- Ha, dada men yaxshiman.. ha men yaxshiman..! -- Taehyung.

Suhbat yana kelgan joyida davom etdi. Ammo ikki oshiqlar tomog'idan hatto suv ham o'tmay, hayollar olamiga sho'ng'ib ketishgan edi..

Kim oilasi o'z uyiga qaytishdi.
Janob Yoo mexmonxonada gazeta o'qiyayotgan edi. Reychil biroz hayajonlanib mexmonxonaga kirdi. Dadasining to'g'risidan joy oldi. Va dadasiga tik qarab gap boshladi.

- Dadajon..! Men sizni barcha fikringizga rozi bo'lib keldim. Hattoki sizning kompaniyangizda dizayin bo'limida ishlashga ham. Ammo iltimos men endi hayotimni kim bilan birga bo'lishni o'zim tanlasam. Men sevgan inson boshqa. Men o'zimni ham, u yigitni ham baxtsiz qila olmayman.. -- Reychil gapirayotganida dadasini uni gapini bo'lib yoniga o'tirishini aytdi. Va Reychil dadasining yoniga o'tirdi.

- Qizim.. men senga hech qachon yomon narslarni ravo ko'rmayman. Men senga o'xshagan o'zidan va ishidan boshqa hech kimni sevmagan yigitga unashtirmoqchiman. Bu yomonmi?! -- Janob Yoo qizning sochini quloqlari ortigi o'tqazdi. Va yuzidan o'pib qo'ydi.

- Ammo dada... Men.. men.. Kim Taehyungga oshiqman -- Deyishi bilanoq yuziga dadasi tarsaka tushirdi. Reychil hech nimani tushunmadi. Nega dadasi bunday qilganini. Chunki Reychil shu yoshigacha hech qachon hech kim unga qo'l ko'tarmagan edi.

- Reychil.. mening gaplarimga quloq sol. Bunday tarbiyasizlik qilma. Ahir sen meni fahirlanadigan qirolichamsam. Meni sharmanda qilma. Aslo.. meni yuzimni yerga qaratma. Qani endi bora qol, uxla dam ol. Va ertaga hammasi yaxshi bo'ladi..-- Janob Yoo

Reychil alamzada, ko'zida yosh bilan xonasi tomon tezlik bilan yo'l oldi.

Janob Yoo SeungHo

Reychil xonasiga kirdi. Eshikni qufladi. Va boshi aylangandek bo'ldi. Sekinlik bilan stol yoniga bordi.., jaxl ustida stol ustidagi barchasini uloqtirdi. Xonasini vayronagarchiliga aylantirdi. Bu Yoo lar oilasiga odatiy xol edi. Reychil doim ham bunday ish qilmasada. Ammo kam ham qilmas edi. Biroz o'ziga kelgach. Tinchlanturuvchi dorisini ichdi. Yuz qo'lini yuvib. Yerga, va devorga uloqtirgan shisha qoldiqlarini tozlamoqchi bo'ldi, ammo qo'li qaltirayotgani sabab, barmoqlarini shikastlab oldi. Va yana yeg'lab uxlab qoldi..

Erta tong..

Seyeon opasining xonasiga keldi. Eshikni taqillatdi, Reychil esa taqillagan ovoz tufayli uyg'ondi. Eshikni ochdi.

- Qani tezroq tayyorlaning. Menga vada bergan edingiz. Vadangizni ustidan chiqmaguningizcha, bu yerdan bir qadam ham siljimayman.. -- Seyeon qattiyat bilan gapirgani uchun Reychil hech nimani rad etmay, bugun kiyishni xohlagan kiyimlarni oldi~da xamom tomon yo'l oldi.

Ammo Seyeon Reychil xamomga kirishi bilanoq yerga o'tirib oldi. Chunki Reychilning bu holatiga hech kim gapirishga jurat qila olishmasdi. Ammo Seyeon buni uddaladi.

Reychil kiyinib chiqdi. Ular kompaniyaga yaqin bir qahvaxonaga kirishdi. Reychil doimgidek achchiq qahva aytdi. Seyeon esa ameicano va shirinlik aytdi.. Ular biroz sukunat ichida nonushta qilishdi. Va Seyeon gap boshladi.

- Opa..! Men Jungkook bilan orani ochiq qildim. Biz ortiq u bilan sevishgan emasmiz! -- Seyeon gapini tugatmasidan Reychil qahvasini ichayotib tiqilib yo'tala boshladi.

Reychil hayron bo'lib

- Hoy qiz nimalar deyapsan?! Siz ikkingiz aqldan ozdingizmi?! -- Reychil o'z tashvishi qolib singlisining muammolari ichiga sho'g'oy boshladi..

- Opa bu sizga og'ir botar. Ammo men ham sizdek dadamdan tarsaki yeyishni xohlamayman. Hamda Jungkook ortiq meni sevmaydi, men ham.. -- Seyeon ko'zida yosh bilan gapirar edi..

- Nega bunday deyapsan... Men Taehyung bilan birga bo'lmasam, sen ham Jungkook bilan bo'lolmaysam degani emas, singlijonim.. -- singlisining qo'llarida tutib tabbasum bilan javob qaytardi.

- Ammo.. opa.. u menga.. -- Seyeon gapini yakunlamasdam avval Reychil gapini bo'lib

- U senga hiyonat qildimi?! -- Reychil asabiylik bilan so'radi..

Seyeon esa hech nima deyolmay toshdek qotib turaverdi

Seyeon

𝑻𝒉𝒆 𝒆𝒏𝒅...