DATA xalqaro maktabi haqida ma'lumotlar
Bizning maqsadimiz:
Bizning maqsadimiz yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan va jamiyatimizga ijobiy ta’sir qiladigan avlodni yetishtirishdir. O‘quvchilarimiz kelajakda yetakchilar, tadbirkorlar va o‘z sohasining professionallari sifatida tanilishi kerak. Bizning yondashuvimiz sog’lom, raqobatbardosh bilim va ko‘nikmalarga ega, o‘zining intellektual va ijtimoiy rivojlanishida faol, hayotga tayyor yoshlarni tarbiyalashdir.
Maktabning ta’lim shakli: Kunduzgi ta’lim
O’quvchi yosh toifasi: 7-17 yosh
O’qish davomiyligi: 1-sentyabrdan 30-iyunga qadar (10 oy)
O’qish kuni: Haftada 5 kun, Dushanbadan - Jumagacha
O’qish vaqti: Soat 9:00 - 17:00 gacha
Bir sinfxonada o’quvchi sig’imi: 20-24 nafargacha
Maktab umumiy o’quvchi sig’imi: 440 nafar
Ixtisoslashuvi: Xorijiy tillar, informatsion texnologiya
Ta’lim tili: Rus, O’zbek, Ingliz tili
2024-2025 o’quv yili sarhisobi
DATA xalqaro maktabi o‘zining birinchi o‘quv yilidayoq bilim, texnologiya va til sohalarida o‘quvchilarni mintaqaviy va xalqaro darajada namoyon eta oldi. Kelasi yilda bu yutuqlarni yanada ko‘paytirish va "Chempionlar maktabi" brendini mustahkamlash maqsad qilib belgilangan.
SEAMO (matematika) –bronza medal, respublika darajasi
IBRO (matematika) – shahar arajasi
HIPPO (ingliz tili) – shahar darajasi
Pi Olimpiadasi (matematika) – 1-o‘rin, shahar darajasi
Oliygo‘h kubogi – 5-o‘rin respublika darajasi
Kelajak Muhandislari – 3-o‘rin respublika darajasi
EnglishCore sertifikatlari(ingliz tili, A2, B1)
FreeCodeCamp dasturlash sertifikatlari
INNO WEEK – 3-o‘rin, robototexnika, respublika darajasi
Spelling Bee (ingliz tili) olimpiadasi – shahar darajasi
DATA o’z dasturiy taminotini yaratdi! Durbin
Maktabimiz ota-onalar farzandlari o'quv jarayonini doimiy kuzatib borish va sun’iy intellekt orqali o’quvchilarni kuchli va zaif tomonlarini topish shuningdek, bilim o’zlashtirish darajasini oshirish maqsadida yaratildi.
DATA xalqaro maktabi O'zbekiston xususiy maktablari ichida birinchilardan bo'lib, chet eldagi eng zamonaviy va natijali bo'lgan platformalarini ta'lim jarayonida qo'llashni boshladi. Bulardan misol sifatida EDUTEN va Apple Training Center loyihalarini keltira olamiz.
EDUTEN — Finlandiyaning 1-raqamli matematika ta’lim platformasi
Eduten — bu Finlandiyada joylashgan, sun’iy intellekt (AI) va o‘yinlashtirish (gamification) asosida ishlab chiqilgan raqamli matematika o‘rganish platformasidir. DATA xalqaro maktabi matematika fanini Finlyandiyaning ilg‘or raqamli platformasi — EDUTEN asosida o‘qitishni rasmiy darslik komponenti sifatida joriy qilgan.
Apple Training Center
Ushbu loyiha Apple kompaniyasi tomonidan yaratilgan ta’lim dasturi bo‘lib, o‘quvchilarda kreativ fikrlash, texnologik savodxonlik va amaliy dasturlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.
DATA xalqaro maktabi ushbu loyihani boshlagan ilk maktablardan biri bo‘lishi orqali o‘z o‘quvchilariga global darajadagi ta’lim imkoniyatlarini taqdim etadi.
2025 – 2026 o‘quv yili uchun qo’shimcha o’quv kurslar rejasi:
📘 1-sinf: Mental arifmetika, Gimnastika, Yoga, Shaxmat
📘 2-sinf: Mental arifmetika, Gimnastika, Raqs, Art-studiya
📘 3-sinf: Robototexnika, Raqs, Gimnastika, 3D modellashtirish
📘 4-sinf: Mobil o‘yin yaratish, Handbol, Badiiy yo‘nalishlar (Pirog, rulon, dekor), Sport
💡 5-sinf: English/Math/IT, Moliyaviy savodxonlik, Shaxmat, Web-dizayn (UX/UI asoslari)
💡 6-sinf: English/Math/IT, Robototexnika / Sun’iy intellekt asoslari, Moliyaviy savodxonlik
💡 7-sinf:English/Math/IT, Notiqlik san’ati, Web-dizayn / UX/UI, Tadbirkorlik asoslari
💡 8-sinf: English/Math/IT, Sun’iy intellekt, Sport, Tadbirkorlik asoslari
💡 9-sinf: English/Math/IT, Moliyaviy savodxonlik, O‘qituvchilik san’ati, Web-dizayn / UX/UI
Ota-onalar fikri bilan tanishing
O‘quvchimizning onasi – Nafisa Tajiboyeva
Katta muvaffaqiyat tomon qadam kichiklikdan boshlanadi!
☎️ Tel: 77-135-05-55 📍 Manzil: Xiva shox ko‘chasi 📌 Mo‘ljal: Versal to‘yxonasiga yetmasdan, yo‘lning o‘ng tomonida