May 23

DATA xalqaro maktabi haqida ma'lumotlar

Bizning missiyamiz va maqsadimiz:

DATA xalqaro maktabi har bir bolaning o'ziga bo'lgan ishonchini rivojlantirish orqali
o'ziga xosligi va intilishlarini qo'llab-quvvatlashga harakat qiladi. DATA xalqaro maktabi o'quvchilariga zamonaviy va global jamiyatning talablariga javob beradigan,ularga ijtimoiy hayotda muvaffaqiyat qozonish yo'llarini ko'rsatib beradigan chuqur va xilma-xil bilimlarni ta'minlashni maqsad qilib qo'ygan. Maktab, shuningdek, o'quvchilarning shaxsiy qiziqishlari va ehtiyojlariga moslashgan individual yondashuvni ta'minlashga intiladi.

Bizning maqsadimiz yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan va jamiyatimizga ijobiy ta’sir qiladigan avlodni yetishtirishdir. O‘quvchilarimiz kelajakda yetakchilar, tadbirkorlar va o‘z sohasining professionallari sifatida tanilishi kerak. Bizning yondashuvimiz sog’lom, raqobatbardosh bilim va ko‘nikmalarga ega, o‘zining intellektual va ijtimoiy rivojlanishida faol, hayotga tayyor yoshlarni tarbiyalashdir.

  • Maktabning ta’lim shakli: Kunduzgi ta’lim
  • O’quvchi yosh toifasi: 7-17 yosh
  • O’qish davomiyligi: 1-sentyabrdan 30-iyunga qadar (10 oy)
  • O’qish kuni: Haftada 5 kun, Dushanbadan - Jumagacha
  • O’qish vaqti: Soat 9:00 - 17:00 gacha
  • Dars davomiyligi: 45 daqiqa
  • Bir sinfxonada o’quvchi sig’imi: 20-24 nafargacha
  • Maktab umumiy o’quvchi sig’imi: 440 nafar
  • Ixtisoslashuvi: Xorijiy tillar, informatsion texnologiya
  • Ta’lim tili: Rus, O’zbek, Ingliz tili

2025-yil qabul imkoniyatlari

  • Qabul darajasi: 1-9 sinfgacha
  • Xorijiy ustozlar: 1 nafar
  • Ovqatlanish: 3 mahal (Ertalabki nonushta: 8:00 - 9:00 gacha; Tushlik: 12:00 - 13:00 gacha; Poldnik: 16:00 - 17:00 gacha)
  • Guruh ta’lim tili: Rus, O’zbek tillari
  • Darsliklar: Davlat standartidagi kitoblar va qo’shimcha metodik darsliklar

Bizning vazifamiz:

  1. Xalqaro standartlarga javob beradigan ta'lim dasturlarini taklif qilish orqali o'quvchilarimizning bilim saviyasini oshirish.
  2. Ko'plab xorijiy tillarni o'rganish imkoniyatini yaratib o'quvchilarning global kommunikatsiya ko'nikmalarini rivojlantirish.
  3. IT sohasida eng yangi texnologiyalar va dasturlash tillarini o'rgatish, shu bilan birga kreativ fikrlashni va muammoni hal qilish ko'nikmalarini targ'ib qilish.
  4. Xalqaro toifadagi pedagoglar orqali ta'lim sifatini ta'minlash va global ta'limiy standartlarga moslashuvchanlikni rivojlantirish.
  5. Faol va yaxlit shaxsni tarbiyalash, har bir o'quvchining shaxsiy qiziqishlarini inobatga olgan holda individual yondashuvni qo'llash.
  6. To'garaklar, sport, san'at va ilmiy tadqiqotlar orqali o'quvchilarning ijodiy va jismoniy rivojlanishini qo'llab-quvvatlash.
  7. Bolalar huquqlarini ta'minlash, ularning qadr-qimmatini e'zozlash, bolalarga do’stona munosabatda bo’lish muhitini shakllantirish maktabning asosiy vazifalaridandir.

Maktabimiz o‘quvchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • Xalqaro oliygohlarda o‘qish: Ingliz va boshqa xorijiy tillarni chuqur bilish hamda IT sohasidagi salohiyat o‘quvchilarga dunyoning eng yaxshi universitetlariga kirish imkoniyatini oshiradi.
  • Zamonaviy kasblarda ishlash: DATA bitiruvchilari quyidagi sohalarda ishlash salohiyatiga ega bo‘ladi:
  1. IT va dasturlash
  2. Sun’iy intellekt va data analytics
  3. Tarjimonlik va xalqaro biznes
  4. Raqamli marketing va texnologiyalar
  • Ijtimoiy moslashuvchanlik: O‘quvchilar turli madaniyatlar va qarashlar bilan tanishadi, bu esa ularga har qanday jamiyatda erkin ishlash, fikr almashish va moslashuvchan bo‘lish ko‘nikmasini beradi.
  • Xalqaro madaniy hamjamiyat a’zoligi:Chet tillar va global madaniyatni chuqur o‘rganish orqali o‘quvchilar xorijiy san’at, tarix va adabiyotga kengroq nazar bilan qaraydi va global dunyoqarashga ega yetuk shaxslar sifatida shakllanadi.

Qo‘shimcha qulayliklarimiz

Xavfsizlik va salomatlik:

  • 24/7 xavfsizlik xizmati va ichki tibbiy xodimlar nazorati
  • Bolalar salomatligini kuzatuvchi zamonaviy monitoring tizimi
  • Harorat nazorati: qishda iliq, yozda salqin muhit

Ta’limiy qo‘llab-quvvatlash:

  • Shanba kunlari ortda qolayotgan o‘quvchilar uchun bepul qo‘shimcha mashg‘ulotlar
  • Psixolog bilan doimiy suhbat va maslahatlar
  • O‘quvchilar portfoliolarini rivojlantirish uchun intervyu va suratga olish loyihalari

Texnologik ustunlik:

  • Kompyuterlar soni odatiy maktablarga nisbatan 2 barobar ko‘p
  • Xorazmda eng ko‘p iMac kompyuterlari aynan DATA maktabida
  • Bepul internet va darsdan tashqari foydalanish uchun coworking zonalar

O‘qituvchilar va ta'lim sifati

  • Eng bilimli va tajribali o‘qituvchilar
    DATA xalqaro maktabida faqat yuqori malakali, o‘z fanining mutaxassisi bo‘lgan pedagoglar dars beradi. Ularning barchasi zamonaviy ta’lim metodikalaridan foydalangan holda darslarni olib boradi.
  • Har bir sinf uchun tyutor tizimi
    Har bir sinfda o‘quv jarayonini nazorat qiladigan va o‘quvchilarning rivojlanishini kuzatib boradigan tyutor mavjud. Tyutorlar bolalarning darslarni qanday o‘zlashtirayotganini tahlil qiladi va ularga qo‘shimcha yordam ko‘rsatadi.
  • Chet eldan kelgan ingliz tili o‘qituvchilari
    Ingliz tilini yuqori darajada o‘rgatish uchun maktabimizda chet eldan jalb qilingan tajribali mutaxassislar dars beradi. Ular til muhitini shakllantirib, bolalarning tabiiy ravishda ingliz tilida so‘zlashishiga yordam beradi.
  • Individual yondashuv va interaktiv ta’lim
    Har bir o‘quvchiga alohida yondashuv yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, darslar zamonaviy texnologiyalar, o‘yin elementlari va interaktiv mashg‘ulotlar bilan boyitilgan.

2025 – 2026 o‘quv yili uchun qo’shimcha o’quv kurslar rejasi:

📘 1-sinf: Mental arifmetika, Gimnastika, Yoga, Shaxmat

📘 2-sinf: Mental arifmetika, Gimnastika, Raqs, Art-studiya

📘 3-sinf: Robototexnika, Raqs, Gimnastika, 3D modellashtirish

📘 4-sinf: Mobil o‘yin yaratish, Handbol, Badiiy yo‘nalishlar (Pirog, rulon, dekor), Sport

💡 5-sinf: English/Math/IT, Moliyaviy savodxonlik, Shaxmat, Web-dizayn (UX/UI asoslari)

💡 6-sinf: English/Math/IT, Robototexnika / Sun’iy intellekt asoslari, Moliyaviy savodxonlik

💡 7-sinf:English/Math/IT, Notiqlik san’ati, Web-dizayn / UX/UI, Tadbirkorlik asoslari

💡 8-sinf: English/Math/IT, Sun’iy intellekt, Sport, Tadbirkorlik asoslari

💡 9-sinf: English/Math/IT, Moliyaviy savodxonlik, O‘qituvchilik san’ati, Web-dizayn / UX/UI

Bepul o‘quv qurollari

“DATA” xalqaro maktabi o’z o’quvchilarini darsda foydalaniladigan har qanday turdagi o’quv materiallari va o’quv qurollari bilan ta’minlaydi. Bu ota-onalarda ortiqcha sarf-xarajat va vaqtni tejaydi.

Maktab avtobusida sayohatlar

Maktab sayohatlari bolalar ta’limining muhim qismidir va biz bolalarning ta’lim olishini va ijtimoiy rivojlanishini yaxshilashga intilamiz.

30 million so‘mlik sug‘urta polisi

“DATA” xalqaro maktabi o’z o’quvchilarini sug’urta asosida tasodifiy va kutilmagan baxtsiz hodisalardan himoyalanishini xohlaydi. Buning uchun “Uzbekinvest” sug’urta kompaniyasi va ota-ona o’rtasida farzand hayoti uchun tuziladigan sug’urta shartnoma to’lovlarini maktab o’z hisobidan qoplab beradi.


Bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkaziladi.

DATA xalqaro maktabida har chorakda bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkaziladi. Ushbu jarayon orqali ota-onalar farzandining sog‘lig‘i, rivojlanish holati va ehtimoliy xavflar haqida o‘z vaqtida xabardor bo‘lish imkoniga ega bo‘ladilar.

Xalqaro oliygohlarga grant asosida o‘qishga kirish

“DATA” xalqaro maktabida ta'lim olgan o'quvchilar yuqori saviyadagi ta'lim va turli imkoniyatlar tufayli nufuzli universitetlarga grant asosida o'qishga kirish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Ota-onalar fikri bilan tanishing

7-“B” sinf o‘quvchisi Rayimberganova Nodirabegimning onasi Shoira Bobojova

7 ta davlat ishtirok etgan xalqaro olimpiadada qatnashgan o‘quvchilarimizning ota-onalari

Katta muvaffaqiyat tomon qadam kichiklikdan boshlanadi!

☎️ Tel: 77-135-05-55 📍 Manzil: Xiva shox ko‘chasi 📌 Mo‘ljal: Versal to‘yxonasiga yetmasdan, yo‘lning o‘ng tomonida