"Elektronika" kursi haqida batafsil ma'lumotlar
► Kurs haqida:
Davomiyligi 3 oy, haftasiga 3 kun, 180 daqiqadan bo'lib o'tadi. Bir guruhga 10 nafar o'quvchi bo'lib, har biri dars davomida kompyuterlar bilan ta'minlanadi. Darslar 90% amaliy bo'lib o'tadi.
1-bosqich Elementar elektronika.
2-bosqich Amaliy elektronika sensorlar bilan ishlash.
3-bosqich multisim dasturida ishlash.
► Kurs davomida o'rgatiladigan texnologiyalar: Elektronika qurilmalari, IOT qurilmalari, Radioaloqa qurilmalari, masofadan boshqaruv qurilmalari bilan ishlash.
► Kurs so'ngida: Elektrnikaga oid amaliy va nazariy bilimlarni 0 dan boshlab o‘rganasiz.
Tanishing, "Elektronika" kursi o'qituvchisi Fozil Qadirberganov
Ko'nikmalar: Elektronika qurilmalar, IOT qurilmalari, Radioaloqa qurilmalari, masofadan boshqaruv qurilmalari bilan ishlash.
- FAO xalqaro tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan Hack4Digitalvillage tanlovi final bosqichi g’olibi;
- Innomix innovation haftaligi doirasida o’tkazilgan tehnoways tanlovi g’olibi;
- Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o’tkazilgan xalqaro InnoWeek innovation haftaligining faol ishtirokchisi;
1. Elektr tokining asosiy tushunchalari
2. Istemolchilarni ketma ket va paralell ulash
3. Rezistorlar, potensiometr, termistor, reostat, fotorezistor
4. Kondensatorlar. MicroFarad, PikoFarad, NanoFarad
7. Elektromagnit va transfarmatorlar ishlash prinspi
9. LED Light emmiting diod yorug'lik tarqatuvchi diodlar
11. Stabilitron va uning ishlash prinspi
14. Bipolar tranzistorlarni tekshirish
16. Fotodiodlar. Fotodatchiklar bilan ishlash
19. Statik tok sababli vujudga keladigan xavfli vaziyatlar
20. Bir tranzistor asosidagi kuchaytirgich sxemasi
21. IQ modul va masofadan boshqarish
26. Varistor va uning vazifasi
27. Bipolar tranzistorning kalit vazifasi
29. Vaqt relesi va ishlash prinspi
32. Rele va tranzistor.Rele modullar
35. Tranzistorlarni Kaskadniy Ulash sxemalari
36. Trigger 1 bit ma'lumotni saqlash
37. Piezo elementi va zarba modullar
39. Ikkita tranzistor bilan Flip Flop
40. NE 555 Controlleri Integral Microsxemalar
Bu kurs elektronika bilan qanday ishlashni o'rgatadi.
Kurs 3 oyga mo'ljallangan. Har bir oyda 12 dars mashg'uloti bo'lib o'tib, jami kurs 36 darsdan iborat.
"Elektronika" kursi kimlar uchun?
Bu kurs hamma uchun. Elektronikaga qiziqadigan va elektronika bilan ishlaydigan hamma insonlarga to’g’ri keladi.
"Elektronika" kursida ta'lim olish uchun boshlang'ich qanday bilimlar talab qilinadi?
Boshlang'ich bilim talab qilinmaydi, sohaga qiziquvchi barcha yoshlarga uchun tavsiya qilinadi.
"Elektronika" kursi so'ngida qanday bilimlarga ega bo'lish mumkin?
Sohaning boshlang'ich amaliy va nazariy bilimlarini to'liq o'rganasiz.
Kursda o'qish uchun menga shaxsiy kompyuter kerak bo'ladimi?
Yo'q, kerak bo'lmaydi. "DATA" ta'lim stansiyasi dars mobaynida kompyuterlar bilan ta'minlaydi.
Agar men ishlaydigan bo'lsam ham darslarga qatnay olamanmi?
Ha, albatta. Dars mashg'ulotlari ertalabgi, kunduzgi va kechki ta'lim shaklida olib boriladi. O'quvchilar o'z erkin vaqtiga qarab kursga qatnasha oladi.
Avval bu sohada umuman shug'ullanmaganman, meni qo'limdan keladimi?
Kurs rejasiga ko'ra o'quv mashg'ulotlari o'quvchilarni noldan boshlab o'qitishga mo'ljallangan. Sohaga ishtiyoqi baland o'quvchilar yaratilgan qulayliklardan foydalanib sohani bemalol egallashi mumkin.
☎️ Tel: +99862-227-72-22
🚩 Moʻljal: Urganch, Darital, 2-qavat