February 16, 2024

"Video montaj" kursi haqida batafsil ma'lumotlar   

“Video montaj” qanday kurs?

Bu kurs o’quvchilarga turli jarayonlarni sifatli tasvirga olish va montaj qilishni o’rgatishga mo’ljallangan. O’quvchilar professional texnika vositalari yordamida daromadli sohalardan birini o’rganishadi.

Kurs haqida:

Kurs davomiyligi 4 oy, haftasiga 3 kun, 180 daqiqadan bo'lib o'tadi. Bir guruhga 10 nafar o'quvchi qabul qilinadi. Darslar 90% amaliy tarzda o'tiladi.

Kurs davomida dars beradigan o'qituvchi kim?

Kurs mentori — Baxtiyor Atadjanov. Vizual effekt va prodakshn sohasida 3 yillik tajribaga ega. VFX masteri va VR texnologiyalar mutaxassisi, Game developer. “Real History" loyihasi menejeri va "Strong Effect", "Araks" loyihalari ishtirokchisi.

Baxtiyor Atadjanov bilan intervyu:

Baxtiyor Atadjanovdan kichik master-klasslar:

Kurs kimlar uchun?

— Media sohasida ishlashni istaganlar;

— O'z sohasini o'zgartirib, ijodiy kasbni egallashni istaganlar;

— Klip, kino yoki reklama suratga olishga qiziquvchilar;

— Video montaj yoki operatorlikni o’rganib, daromad topishni istovchilar uchun.

Kursda barcha yoshdagilar o'qishi mumkinmi?

Kurs 14 yoshdan kattalarga tavsiya qilinadi.

Kurs davomida nimalar o’rgatiladi?

— Kamera va kadr bilan ishlash;

— Kadr turlari va ketma-ketligi;

— Kadrga rang berish;

— Kamera stabilizatori (Ronin) va professional chiroqlar bilan ishlash;

— Video va kliplar olish tartibi va yana boshqa barcha shu sohaga oid bilimlarga ega bo'lasiz.

Kurs davomida qanday dasturlarda ishlash o'rgatiladi?

— Adobe Premiere Pro

— Adobe After Effects

Kursni tugatgach o'zim mustaqil video ishlay olamanmi?

Albatta. Bitiruvchilar mustaqil video-tasvirlar olishlari va uni kreativ montaj qilishlari mumkin bo’ladi.

Men ishlab ham darslarga qatnay olamanmi?

Ha, albatta. Dars mashg'ulotlari ertalabki, kunduzgi va kechki ta'lim shaklida olib boriladi. O'quvchilar o'z erkin vaqtiga qarab kursga qatnasha olishadi.

Avval bu sohada umuman shug'ullanmaganman, meni qo'limdan keladimi?

Kurs rejasiga ko'ra o'quv mashg'ulotlari o'quvchilarni noldan boshlab o'qitishga mo'ljallangan. Sohaga ishtiyoqi baland o'quvchilar yaratilgan qulayliklardan foydalanib sohani bemalol egallashi mumkin.

Kursda o'qish uchun menga kompyuter yoki boshqa texnika kerak bo'ladimi?

Yo'q, kerak bo'lmaydi. "DATA" ta’lim stansiyasi o’quvchilarni kompyuterlar va boshqa kerakli texnikalar bilan ta'minlaydi.

Kursni tugatib, qayerlarda ishlay olaman?

Video montajni yaxshi biladigan mutaxassislarga talab kuchli. Sababi bu soha vakillari video studiya, SMM agentligi yoki kompaniyalar marketing bo’limi, televideniye, kino sohasi, production agentligida ishlashlari yoki frilanser sifatida video montaj xizmatlarini ko’rsatishi mumkin.

Kursda o'qishni qanday boshlashim mumkin?

RO'YXATDAN O'TISH

☎️ Tel: +99862-227-72-22
🚩 Moʻljal: Urganch, Darital, 2-qavat