February 17, 2024

"Brandface: ssenariy, syomka,ritorika" kursi haqida batafsil ma'lumotlar  

Kurs haqida:

Davomiyligi 2 oy, haftasiga 3 kun, 180 daqiqadan bo'lib o'tadi. Bir guruhga 10 nafar o'quvchi bo'lib,

Kurs mohiyati:
Bu brend yuzi va boshlovchi boʻlish uchun kerakli boʻlgan koʻnikmalarni shakllantirishga yordam beradigan kurs.

Kurs o'qituvchisi Iqbol Masharipova

Media sohasida 6 yillik, taʼlim sohasida 2 yillik tajribaga ega mutaxassis. Oliy maʼlumotli jurnalist, O’zbekiston Milliy universiteti “Jurnalistika” fakultetini tamomlagan. Faoliyati davomida “My5” telekanalida teleboshlovchi va muhbir boʻlib ishlagan, shuningdek “Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi” va “Yoshlar ishlari agentligi” xududiy boshqarmalarida “Media sohasi boʻyicha oʻrinbosar” lavozimida, “Jurnalistlar maktabi” da ustoz sifatida faoliyat yuritgan va 200 nafarga yaqin oʻquvchilarga jurnalistika sohasi boʻyicha taʼlim bergan.

Professional koʻnikmalar: Jurnalistika, telerejissura, ssenaristika

“Brandfase” kursi dars rejasi.

1. Tanishuv. Kurs mohiyati, qiymati va o‘qish tartibi.

Ambassador, brandfase va influyenser farqi, har bir yo‘nalish tushunchasi va qisqacha yo‘l haritasi. Marketing jamoada har birining o‘rni.

3. Ritorika bilan tanishish. Mavzu tanlash.

Nutq tuzish qoidalari. Oratorlik. Logos, pafos, etos

4. Maqsadli auditoriyangizni va ularning o‘ziga hosligini tushunish.

Ushbu dars o‘quvchilarga maqsadli auditoriyani qanday tushunishni va video mazmunini ularning o‘ziga hosligi va qiziqishlariga moslashtirishni o‘rgatadi.

5. Kamera oldida o‘zini tutish: mimika, jestikulyatsiya, tana tili va ovoz ohangi, hissiyotlarni tasvirlash

Ushbu dars ritorikani kuchaytirish va kamera oldida suratga olishda tomoshabinni jalb qilish uchun tana tili va ovoz ohangidan qanday foydalanishga qaratilgan.

6. Matn tuzish

Bu darsda kontent uslubiga qarab matn tuzish o‘rgatiladi. “5W” savollari. So‘zlashuv, publitsistik, ilmiy, rasmiy, badiiy uslublar.

7. Ijodiy videolar uchun ssenariy yozish va kontentni rejalashtirish

Ushbu darsda auditoriya eʼtiborini tortadigan va ularni qiziqtiradigan ijodiy videolar uchun ssenariy yozish va kontentni rejalashtirishga eʼtibor qaratiladi.

8. Nutqni rivojlantirish.

Saxna nutqi. Nutq mashqlari amaliy dars. Ovoz yozish o‘ziga hosliklari.

9. Nutqni rivojlantirish. Nafas olish texnikalari. Chet tili so‘zlari talaffuzi: “Ц” harfi. Ingliz tili talaffuzining asosiy qoidalari.

Amaliy mashqlar

10. Storytelling

Ushbu dars vizual tarzda qiziqarli video kontent orqali hikoyani qanday aytib berish va auditoriya bilan aloqa o‘rnatishga qaratiladi.

11. To‘g‘ri akustika va yorug‘lik bilan suratga olish joyini tanlash. Video kontentning kayfiyati va muhitini yaxshilash uchun musiqadan foydalanish.

Ushbu dars talabalarga ritorikani kuchaytiradigan, to‘g‘ri akustika va yorug‘likka ega bo‘lgan suratga olish joyini qanday tanlashni o‘rgatadi, video kontentning kayfiyati va atmosferasini yaxshilash va tomoshabin bilan hissiy aloqani yaratish uchun musiqadan qanday foydalanishga qaratiladi.

12. Imtixon

O‘tilgan mavzulardan amaliy imtixon

13-dars: Turli platformalar formatiga mos videokontent qilish

Ushbu darsda Instagram, YouTube, Tik tok, va Telegram uchun kontentning maqsadi va ijtimoiy tarmoqlarning formatidan kelib chiqib video/foto kontent tayerlash o‘rgatiladi.

14-dars: Muayyan effekt yaratish uchun turli xil kamera burchaklari va uslublaridan foydalanish. Stend ap turlari

Ushbu dars o‘quvchilarga turli xil kamera burchaklari va uslublaridan qanday qilib o‘ziga xos effektlarni yaratish va ritorikani kuchaytirishni o‘rgatadi.

15-dars: Videokontentda hazildan foydalanish. Komediya effektining tezligi va vaqti

Ushbu dars yana-da qiziqarli va esda qolarli video yaratish uchun video kontentida hazildan foydalanish hamda komediya videolaridagi temp va vaqtning ahamiyati va uni qanday o‘zlashtirishni o‘rgatadi.

16-dars: Kreativlikni rivojlantirish yo‘llari

Kreativlikni rivojlantirish uchun 10ta usul tanishtiriladi va "Drudl" hamda “Bu kim” usullari amaliyotda bajariladi.

17-dars: Video kontentiga brendingni kiritish

Ushbu dars talabalarga brending elementlarini video kontentiga qanday qilib nozik, ammo samarali tarzda kiritishni o‘rgatadi.

18-dars: Hayajon va qo‘rquvni boshqarish

Kamera oldidagi qo‘rquvni yengish texnikalari o‘rgatiladi.

19- Ishontirish texnikalari

Videokontent ishonchli chiqishi va auditoriya tomonidan to'g'ri qabul qilininshi uchun ishlatiladigan texnikalar o'rgatiladi.

20-dars: Portfolio va shaxsiy sahifa

Ish topish uchun shaxsiy sahifa ko‘rinishi va portfolio yig‘ish tartibi o‘rgatiladi.

21-dars: Tasvirga olish va montaj asosiy qoidalari. Intervyu qoidalari

Tasvirga olishda yo‘l qo‘yiladiga xatolar va montaj imkoniyatlari tushuntiriladi. Intervyu olish tartibi ko'rib chiqiladi.

22-dars: Harakatga chaqirish (CTA) va tomoshabinlarni jalb qilishning ahamiyati

Ushbu dars o‘quvchilarga videokontentda harakatga chaqirish va tomoshabinlarni jalb qilishning muhimligini va ularni qanday qilib samarali amalga oshirishni o‘rgatadi.

23-dars: Instagram uchun ijodkorlik va faollikka qaratilgan video kontent yaratish

Ko'rishlar va kliklar sonini oshirish usullari o‘rgatiladi

24-dars: Imtixon

Barcha o'tilgan mavzular bo'yicha amaliy imtixon.

Eng Ko'p beriladigan savollar:

"Brandface: ssenariy, syomka, ritorika" qanday kurs?

Bu brend yuzi va boshlovchi boʻlish uchun kerakli boʻlgan koʻnikmalarni shakllantirishga yordam beradigan kurs.

"Brandface: ssenariy, syomka, ritorika" kursi kimlar uchun?

Bu kurs media va marketing sohalarida oʻz oʻrnini topmoqchi boʻlgan, omma oldida nutq soʻzlashni oʻrganishni istagan, videokontent yaratishga qiziquvchi barcha uchun.

Kursda ta'lim olish uchun boshlang'ich qanday bilimlar talab qilinadi?

Boshlang'ich bilim talab qilinmaydi, sohaga qiziquvchi barcha uchun tavsiya qilinadi.

Kurs uchun yosh chegarasi mavjudmi?

Kurs 15 yoshdan katta bo'lgan sohaga qiziquvchi yoshlar uchun tavsiya qilinadi.

Kursda nimalar o'rgatiladi?

Kamera oldida oʻzini tutish, nutqni rivojlantirish, qiziqarli videokontent yaratish, ovozni charxlash, ssenariy yozish, kreativlikni rivojlantirish va boshqa brend yuzi boʻlish uchun kerakli koʻnikmalar oʻrgatiladi.

"Brandface: ssenariy, syomka, ritorika" kursi so'ngida qanday bilimlarga ega bo'lish mumkin?

Bitiruvchilar kamera oldida oʻzini tutish, toʻgʻri savol berish, chiroyli nutq so’zlash, video uchun matn yozish, to’g’ri talaffuz, hayajonni boshqarish va boshqa bilimlarni egallashadi.

Brend yuziga qanchalik talab bor?

Marketing bugungi kunda eng rivojlanayotgan sohalardan biri. Hozirda yirik davlat tashkilotlaridan tortib kichik do’konlargacha o’z sahifalarini yuritishni yo’lga qo’yishmoqda. Va bu jamoalarda faoliyat yurita oladigan brend yuzi xizmatiga extiyoj ortib bormoqda.

Kursda o'qish uchun menga kompyuter kerak bo'ladimi?

Yo'q, kerak bo'lmaydi. "DATA" ta'lim stansiyasining o'zi kompyuterlar bilan o'quvchilarni ta'minlaydi.

Men ishlab ham darslarga qatnay olamanmi?

Ha, albatta. Dars mashg'ulotlari ertalabki, kunduzgi va kechki ta'lim shaklida olib boriladi. O'quvchilar o'z erkin vaqtiga qarab kursga qatnasha olishadi.

Avval bu sohada umuman shug'ullanmaganman, meni qo'limdan keladimi?

Kurs rejasiga ko'ra o'quv mashg'ulotlari o'quvchilarni noldan boshlab o'qitishga mo'ljallangan. Sohaga ishtiyoqi baland o'quvchilar yaratilgan qulayliklardan foydalanib sohani bemalol egallashi mumkin.

Agar SMM va Marketing yo’nalishlarida ishlash bo’yicha tajribam bo'lsa, darslar men uchun zerikarli bo'lmaydimi?

Kurs boshlanishidan oldin o'quvchilarning bilim darajasi aniqlanadi va amaliy darslar, doimiy yangi ma’lumot, topshiriqlar sizga zerikishga vaqt qoldirmaydi.

Sohada ish boshlash uchun minimum qanday texnika talab etiladi?

Minimum talablar – sizga internetga ulanish va matn yozish imkonini beruvchi kompyuter, noutbuk yoki smartfon kerak bo’ladi.

Kursni tugatgach menda porfolio bo'ladimi?

Kurs davomida topshirilgan uyga vazifa va imtixonlar sizga portfolio sifatida xizmat qilishi mumkin.

Ta'lim jarayoni qay shaklda o'tadi?

Darslar oflayn shaklda o'quv markaz hududida olib boriladi va 70% amaliy tarzda bo'lib o'tadi.

Kursni tugatgach qanday ko'nikmalarga ega bo'laman?

Bitiruvchilar ovozini charhlay olishadi, ssenariy yozish, nutq madaniyati, kamera oldida hayajonsiz va ishonch bilan gapirish ko’nikmalarini rivojlantirishadi.

Bitiruvchilar qayerda ishlay oladi?

Bitiruvchilar frilanser sifatida bir vaqtning o’zida bir nechta brend targ’iboti bilan shug’ullanishlari yoki muayyan bir tashkilot, kompaniya yoki firmada soha bo’yicha ishlashin mumkin bo’ladi.

SMM qaysi sohalarda qo'llaniladi?

Bugungi kunda SMM har bir sohaga kirib borgan.

Sohani mustaqil tarzda o'rgana olamanmi?

Aynan bu yo’nalish bo’yicha internetda darsliklar yo’q. Kurs ichiga kiradigan ayrim ko'nikmalarni rivojlantirish bo’yicha ta’lim beruvchi videodarsliklar bor. Ammo ular orasida eng kerakli bilimlarni ajratish murakkabroq. Qolaversa, o’qishni tizimli tashkil etolmaysiz, chalg’itadigan ma’lumotlar ko’p bo’ladi. Professional feedback olish uchun ham sizga ustoz kerak.

Kursda o'qishni qanday boshlashim mumkin?

RO'YXATDAN O'TISH

☎️ Tel: +99862-227-72-22
🚩 Moʻljal: Urganch, Darital, 2-qavat