"Kiberxavfsizlik" kursi haqida batafsil ma'lumot
Davomiyligi 6 oy, haftasiga 3 kun, 2 soatdan bo'lib o'tadi.
► Kurs davomida o'zlashtiriladigan ko'nikmalar:
Python da dasturlash
Python modullari va kutubxonalari bilan ishlash;
Kodni tuzatish, test qilish, qayta ishlash;
Muammoni tahlil qilish va hal qilish;
Himoya tizimlarini chetlab o'tish va zaifliklardan foydalanish.
► Kurs davomida o'rgatiladigan texnologiyalar:
HTTP, DNS, TCP/IP - Tarmoq protokollari bilan o'zaro aloqa qilish va tarmoq bilan o'zaro ta'sir qilish operatsiyalarini bajarish imkoniyatlarini beradi.
Requests, BeautifulSoup - HTTP bilan ishlash va veb-sahifalarni tahlil qilish uchun kutubxonalar.
JSON - JSON formatidagi ma'lumotlarni kodlash va dekodlash uchun modul.
SMTP - Elektron pochta bilan ishlash (SMTP) - SMTP protokoli yordamida elektron pochta xabarlarini yuborish va qabul qilish imkoniyatlarini beradi.
Scapy - Tarmoq paketlari bilan ishlash uchun kutubxona, tarmoq paketlarini yaratish, yuborish va tahlil qilish imkonini beradi.
“Kiberxavfsizlik” kursi o‘qituvchisi Shonazar Xudoyberganov
Sohada 3 yillik tajribaga ega. Faoliyati davomida 10 ga yaqin do’kon, taxi, bank va shunga o’xshash yana ko’plab dasturlar ishlab chiqqan.
Texnologik malakasi: Java ,Kotlin, Python , HTTP , DNS , TCP/IP, SMTP, JSON, Scapy
Kurs dars rejasi bilan tanishing: https://teletype.in/@data_talim_stansiyasi/m3ZfTNfPNgd
Kurs sohaga yangi bo'lganlar uchun moslab yozilgan. Kerakli dasturlarni o'rnatish va ulardan foydalanish to'liq ko'rsatilgan. Kursdagi darslar bo'yicha savollar bo’lsa, yopiq Telegram guruhda savollaringizga javob olishingiz mumkin.
Kiberxavfsizlik: Pentester kim, u qanday ishlaydi va majburiyatlari nima?
Pentester penetratsion testlarni o'tkazish, zaifliklarni aniqlash va tahlil qilish, xavfsizlik muammolarini hal qilish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish va tizimni himoya qilish uchun javobgar shaxs. Mijoz tizimi haqida ma'lumot to'plash - infratuzilma, xizmatlar, foydalaniladigan texnologiyalarni o'rganish. Tizimdagi zaifliklarni aniqlash - skanerlash, konfiguratsiyalarni tahlil qilish, xatolarni qidirish. Natijalarni hujjatlashtirish - pentester tizimda aniqlangan kamchiliklar haqida batafsil hisobot tayyorlaydi va ularni bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar beradi. Zaifliklarni tuzatgandan keyin qayta sinovdan o'tkazish - muammolar hal qilinganligini tekshirish. Pentesterning asosiy maqsadi mijozning xavflarni bartaraf etishi va xavfsizlikni oshirishi uchun tizimni himoya qilishning zaif tomonlarini amalda ko'rsatishdan iborat.
Kursni tugatgach qanday ko'nikmalarga ega bo'laman?
Kurs davomida siz zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda 20 ta loyihani yakunlaysiz.
Kursda o'qish uchun menda kompyuter yoki boshqa texnika kerak bo'ladimi?
Yo'q, kerak bo'lmaydi. "DATA" ta'lim stansiyasining o'zi kompyuterlar bilan o'quvchilarni ta'minlaydi. Shaxsiy kompyuter bo'lsa, uyda mustaqil uy vazifalarini bajarib yana ham bilimlaringizni oshirasiz.
Kursda o'qishni qanday boshlashim mumkin?
RO'YXATDAN O'TISH
☎️ Tel: +99862-227-72-22
🚩 Moʻljal: Urganch, Darital, 2-qavat