February 13, 2024

"Foundation" kursi haqida batafsil ma'lumotlar

► Kurs haqida:

Davomiyligi 2 oy, haftasiga 3 kun, 180 daqiqadan bo'lib o'tadi. Bir guruhga 10 nafar o'quvchi bo'lib, har biri dars davomida kompyuter ta'minlanadi. Darslar 90% amaliy bo'lib o'tadi.

► Kurs davomida o'rgatiladigan texnologiyalar:

Hardware va Software asoslari, Windows OS, Linux va Mac OS tizimlari,

► Kurs so'ngida:

Kurs davomida o'quvchilar kompyuterning Hardware va Software asoslarini, Windows OS, Linux va Mac OS tizmlarida ishlash, Internetda qidiruv tizimidan to'g'ri foydalanish, Axborot xavfsizligi tushunchasiga ega bo'lishadi. Bundan tashqari o'quvchilar dasturlashning boshlang'ich ko'nikmalari, algoritmlari va mantiqiy fikrlash hamda sohaga oid boshqa bilimlarga ega bo'lishadi.

Tanishing: SHONAZAR XUDAYBERGANOV

Android dasturlash sohasida 1 yillik tajribaga ega . Java, Kotlin, SQLLITE, FIREBASE, RETROFIT2 hamda Android Studio-da ishlay oladi. Music Player, Compas,Tic-Tac-Toe va shunga oʼxshash 10 yaqin dasturlar yaratgan, onlayn frilanserlik saytlarida faoliyat yuritadi.

Texnologik malakasi: HTML, CSS, Bootstrap, JavaScript, Word, Excel, Power Point, Elektron hujjatlar bazasini yaratish, QR kodlash, dasturlash.

Kurs dars rejasi bilan tanishing:

1.KIRISH. IT Sohasi haqida va unda kompyuter hamda "Foundation" kursini o'rni kompyuterning ichki va tashqi tuzulishi ichki qurulmalar tasnifi

2.WINDOWS 10 bilan ishlash, sozlamalar bo'limi,fayllar bilan ishlash. tezkor klavishlar va Stamina dasturida klavyatura bilan ishlash

3.BOOT MENU, fayllar bilan ishlash, system recovery,xotira yacheykasi, ma'lumotlarni qayta tiklash, Ayrim CMD buyruqlari bilan tanishish,

4.Internet, Local va Global tarmoqlar Browserlar va ularning imkoniyatlari, qidiruv tizimlari ulardan to'g'ri va xavfsiz foydalanish informatsiya oqimi hamda taqsimoti. Email pochta tizimlari,Registratsiya tizimlari

5.Operasion tizim turlari ularning farqlari ishlatilish sohalari. Linux va MacOS tizimi, Turli sohalar uchun OS tanlash.

6.Axborot xafsizligi tushunchasi, kiberxafsizlik, Kompyuter viruslari va ularning turlari, antiviruslar, Hackerlar va ularning kiberxujumlari hamda ulardan ximoyalanish, IT sohasida axborot xafsizligining o'rni, Shaxsiy ximoya Antiviruslar va ulardan fodalanish

7.Barcha o'tilganlar asosida amaliy va nazariy imtihon topshirish.

8. Dasturlash sohasi, yo'nalishlari xaqida tushuncha,dasturlash tillari, IT sohasi mutaxasislariga jahon va mahalliy bozordagi talablar.

9.Matemtikaning dasturlashda kerak bo'ladigan qisimlari va ular asosida masalalar yechish.

10.Matemtik mantiqiy masalalar yechish.

11. IT o'lchov birliklari, Algaritmda sxema bloglar bilan ishlash.

12.Masalalar yechish

13. " Roadmap Amaliy dars masalalar yechish

14."O'zgaruvchilar, ma'lumot turlari. O'zgaruvchilarni nomlash qoidalari

15.Masala yechish

16.Taqqoslash operatorlari If va else bilan tanishish.

17.Mantiqiy operatorlar, Postfix increment,Prefix increment.

18.Print,izohlar qoldirish, ekranga chiqadigan turli natijani kodlar asosida hosil qilish(C,C++ , Java, JavaScript, Python).

19.Amaliy dars masalalar yechish

20.Funksiyalar, Parametrlar va ularning vazifalari.

21.Amaliy dars masalalar yechish

22."For, Switch, caselar" haqida tushuncha

23.Masalalar yechish"

24.Amaliy dars masalalar yechish

25.Umumiy imtihon

"Foundation" qanday kurs?

Bu kompyuterda to’g’ri ishlashni, operatsion tizimlarda fayllar va maxsus dasturlar bilan ishlash, dasturlash sohasiga kirish uchun zarur bazaviy bilimlarini hamda umumiy dasturlash teoryasining boshlang’ich bilimlarini berish maqsadida yo’lga qo’yilgan.

Kurs qancha vaqt davom etadi?

Kurs 2 oyga mo'ljallangan. Har haftada 3ta dars mashg'uloti bo'lib o'tib, jami kurs 24 darsdan iborat.

"Foundation" kursi kimlar uchun?

Bu kurs kompyuterda ishlashni o’rganmoqchi bo’lganlar, IT sohasiga endi kirib kelmoqchi bo’lganlar uchun.

"Foundation" kursida ta'lim olish uchun boshlang'ich qanday bilimlar talab qilinadi?

Boshlang'ich bilim talab qilinmaydi, sohaga qiziquvchi barcha yoshlar uchun tavsiya qilinadi.

"Foundation" kursi uchun yosh chegarasi mavjudmi? 

Kurs 14 yoshdan katta bo'lgan sohaga qiziquvchilar uchun tavsiya qilinadi.

"Foundation" kursida nimalar o’rgatiladi?

Bu kursda o’quvchilar kompyuter, uning dasturlaridan to’g’ri foydalanish, operatsion tizimlar haqida ma’lumotlar, axborot havfsizligini ta’minlash, turli operatsion tizimlarida ishlash, dasturlash asoslarini va sodda Algoritm masalalarni yechishni o’rganishadi.

"Foundation" kursi so'ngida qanday bilimlarga ega bo'lish mumkin?

Kurs davomida o'quvchilar kompyuterning Hardware va Software asoslarini, Windows OS va Linux OS, Internetda qidiruv tizimidan to'g'ri foydalanish, Axborot xavfsizligi tushunchasiga ega bo'lishadi. Bundan tashqari o'quvchilar dasturlashning boshlang'ich ko'nikmalari, algoritmlari va mantiqiy fikrlash hamda sohaga oid boshqa bilimlarga ega bo'lishadi.

Kursda o'qish uchun menda kompyuter yoki boshqa texnika kerak bo'ladimi?

Yo'q, kerak bo'lmaydi. "DATA" ta’lim stansiya o’zi kompyuterlar bilan o'quvchilarni ta'minlaydi.

Shaxsiy kompyuter bo'lsa, uyda mustaqil uy vazifalarini bajarib yana ham bilimlaringizni oshirasiz.

Kurs davomida dars beradigan o'qituvchi kim?

Kurs mentori Sardorbek Kuziyev. Sohada 8 yillik tajribaga ega. Xalq ta'limi bo'limida ta'lim sifati monitoringi va attestatsiya bo'limida bo'lim boshlig'i bo'lib faoliyat yuritgan.

Texnologik malakasi: HTML, CSS, Bootstrap, JavaScript, Word, Excel, Power Point, Elektron hujjatlar bazasini yaratish, QR kodlash, dasturlash.

Men ishlab ham darslarga qatnay olamanmi?

Ha, albatta. Dars mashg'ulotlari ertalabki, kunduzgi va kechki ta'lim shaklida olib boriladi. O'quvchilar o'z erkin vaqtiga qarab kursga qatnasha olishadi.

Avval bu sohada umuman shug'ullanmaganman, meni qo'limdan keladimi?

Kurs rejasiga ko'ra o'quv mashg'ulotlari o'quvchilarni noldan boshlab o'qitishga mo'ljallangan. Sohaga ishtiyoqi baland o'quvchilar yaratilgan qulayliklardan foydalanib sohani bemalol egallashi mumkin.

Sohada ish boshlash uchun minimum qanday kompyuter talab etiladi?

Minimum talablar - protsessor Intel Core i3, 4 gb operativ xotira va  128Gb SSD disk.

Ta'lim jarayoni qay shaklda o'tadi?

Darslar oflayn shaklda stansiya hududida olib boriladi va 90% amaliy tarzda bo'lib o'tadi.

Kursni tugatgach qanday ko'nikmalarga ega bo'laman?

Bitiruvchilar Windows OS ishlash, kompyuterga dasturlar o’rnatish va o’chirish tartibi, turli operatsion tizimlarida ishlash, internetdan foydalanish, akkauntlar ochish, xujjatlar yaratish va boshqa kompyuterdan foydalanish uchun kerak bo’ladigan asosiy ko’nikmalarga hamda umumiy dasturlash teoryasi orqali dasturlash tillarini o’rganish uchun zaruriy ko’nikmalarga ega bo’lishadi.

Kursda o'qishni qanday boshlashim mumkin?

RO'YXATDAN O'TISH

☎️ Tel: +99862-227-72-22
🚩 Moʻljal: Urganch, Darital, 2-qavat