February 27, 2024

“Python’ga asoslangan web dasturlash”

Python’ga asoslangan web dasturlash

Kurs haqida: davomiyligi 6 oy, haftasiga 3 kun, 180 daqiqadan bo'lib o'tadi. Bir guruhga 10 nafar o'quvchi bo'lib, har biri dars davomida kompyuter bilan ta'minlanadi. Darslar 90% amaliy bo'lib otadi.

1-oy: Python kirish;

2-oy: Python asosiy funksiyalar;

3-oy: Python ma'lumotlat bazalari bilan ishlash;

4-oy: Bot yaratish;

5-oy: HTML, CSS;

6-oy: Django;

Kurs so’ngida:

Kurs davomida o'quvchilar Python dasturlash tilida kompyuter dasturlari, web saytlar, o'yinlar va turli xildagi telegram botlar yaratishni o'rganishadi. Bundan tashqari o'quvchilar sayt dizayni bilan ishlash, saytlarga animatsiya qo'shish, dinamik saytlar yaratish va yana boshqa sohaga oid bilimlarga ega bo'lishadi.

😎 Tanishing "Python" kursi o'qituvchisi Shohruhbek Rajabov

💻 Sohada 3,5 yillik tajribaga ega. TATU UF 4-kurs talabasi. Backend dasturchisi sifatida ishlab kelmoqda. Faoliyati davomida bir qancha CRM tizimlar, online do'konlar, telegram botlar, yangilik saytlari ishlab chiqqan.

🖥 Texnologik malakasi - Python, Django, Django REST, FastAPI, Aiogram, Git/Github, Docker, NGINX, HTML, CSS, Postgre SQL, SQL Lite, Linux OS.

"Python'ga asoslangan dasturlash" qanday kurs?

Bu Python dasturlash tilini o’rganish orqali web-dasturlar, telegram botlar, onlayn do’konlar yaratishni o’rgatishga mo’jallangan kurs.

"Python'ga asoslangan dasturlash" kursi kimlar uchun?

Bu kurs dasturlash sohasiga qiziquvchi, o’rganishni noldan boshlaydigan yoki boshlang’ich bilimlarga ega bo’lgan barcha qiziquvchilarga mo’ljallangan kurs.

Nega aynan Python tanlangan?

Pythonning o’qilishi va ko’p qirraliligi uni yangi boshlovchilar uchun ham, tajribali dasturchilar uchun ham kodlash uchun ideal tilga aylantiradi. Qolaversa, uni o’rganish nisbatan oson.

Kursni tugatgach o'zim mustaqil dastur yarata olamanmi?

Ha,albatta. Bitiruvchilar python dasturlash tili yordamida yoziladigan dasturlarni yarata olishadi.

Sohada ish boshlash uchun minimum qanday kompyuter talab etiladi?

Minimum talablar - protsessor Intel Core i2, 2 gb operativ xotira va 128Gb SSD disk

Kursni tugatgach menda porfolio bo'ladimi?

Ha albatta. Kursning 2-modulidan keyin har bir darsda o'zingiz xohlagancha dasturlar yaratib amaliyot qilishingiz mumkin. Har bir yaratilgan amaliy ishingiz siz uchun portfolio sifatida ishlaydi.

Ta'lim jarayoni qay shaklda o'tadi?

Darslar offline shaklda stansiya hududida olib boriladi va 90% amaliy tarzda bo'lib o'tadi.

Bitiruvchilar qayerda ishlay oladi?

Bitiruvchlar frilanser sifatida faoliyat yuritishlari mumkin. Oliy ma’lumotli bitiruvchilar soha bo’yicha davlat tashkilotlarida, o’rta-maxsus ma’lumotga ega bo’lgan bitiruvchilar xususiy firmalarida ishlay olishadi.

Kursda o'qishni qanday boshlashim mumkin?

RO'YXATDAN O'TISH

☎️ Tel: +99862-227-72-22
🚩 Moʻljal: Urganch, Darital, 2-qavat