February 16, 2024

"Arxitektura va dizayn" kursi haqida batafsil ma'lumot    

Kurs haqida:

Davomiyligi 4 oy, haftasiga 3 kun, 180 daqiqadan bo'lib o'tadi. Bir guruhga 10 nafar o'quvchi bo'lib, har biri dars davomida kompyuter va zamonaviy VR ko'zoynaklar bilan ta'minlanadi. Darslar 90% amaliy bo'lib o'tadi.

Texnologiyalar:

AutoCAD, 3Ds MAX va Lumion dasturlari orqali loyihalashtirish, 3D modellashtirish va vizual video yaratish o'rgatiladi.

Kurs so'ngida:

Uy, ofis va boshqa binolarni chizmasini loyihalashtirish va uni 3D grafika ko'rinishda tasvirlash, 3D modellar yaratish, binolarning ichki va tashqi dizayni, mebel dizaynlarini professional darajada ishlay olish, vizual videolarni tayyorlash va boshqa shu sohaga oid bilimlarga ega bo'lasiz.

Tanishing, "Arxitektura va dizayn" kursi o'qituvchisi Sherzod Duschanov

• Arxitektura va dizayn sohasida 18 yillik tajribaga ega mutaxassis, ma'lumoti oliy. Faoliyati davomida bir qancha xususiy kompaniyalarda va davlat tashkilotlarida ishlagan. Yirik loyihalar ishtirokchisi va davlat tomonidan tashkil etilgan xalqaro tanlovlar g'olibi hamda sovrindori bo'lgan.

Texnologik malakasi - ArchiCAD, AutoCAD, 3Ds MAX va Lumion.

Quyidagi videolavhada Sherzod Duschanov faoliyati haqida yaqindan tanishib olishingiz mumkin.

"Arxitektura va dizayn" kursi bo'yicha eng ko'p beriladigan savollar:

"Arxitektura va dizayn" qanday kurs?

Bu kurs bo'lajak arxitektorlar, interyer-dizaynerlar, injener-quruvchilarni tayyorlab beruvchi hamda kompyuter yordamida har qanday bino yaratishni o'rgatishga ixtisoslashgan kurs.

Kurs qancha vaqt davom etadi?

Kurs 4 oyga mo'ljallangan. Har bir oyda 12 dars mashg'uloti bo'lib o'tib, jami kurs 48 darsdan iborat.

"Arxitektura va dizayn" kursi kimlar uchun?

Bu kurs arxitektura, interyer-dizayn, 3D modeling sohalariga qiziquvchi, qurilishlarni loyihalash sohasida ishlashni xohlagan, “Arxitektura” fakulteti talabalari, soha bo’yicha OTMga o’qishga kirishni xohlagan o'g'il-qizlar va o'z kasbiy malakasini oshirishni istagan arxitektorlar uchun.

"Arxitektura va dizayn" kursida ta'lim olish uchun boshlang'ich qanday bilimlar talab qilinadi?

Boshlang'ich bilim talab qilinmaydi, sohaga qiziquvchi barcha yoshlar uchun tavsiya qilinadi.

"Arxitektura va dizayn" kursi uchun yosh chegarasi mavjudmi?

Kurs 14 yoshdan katta bo'lgan sohaga qiziquvchi yoshlar uchun tavsiya qilinadi.

"Arxitektura va dizayn" kursida nimalar o'rgatiladi?

Bu kursda binolarni loyihalash, modellash, tashqi fasad va ichki interyerlarni yasash, landshaft dizayni, animatsiya, vizualizatsiya va vizual video yaratish o'rgatiladi.

"Arxitektura va dizayn" kursi so'ngida qanday bilimlarga ega bo'lish mumkin?

Uy, ofis va boshqa binolarni chizmasini loyihalashtirish va uni 3D grafika ko'rinishda tasvirlash, 3D modellar yaratish, binolarning ichki va tashqi dizayni, landshaft dizayn va mebel dizaynlarini ishlay olish, vizual videolarni tayyorlash va boshqa shu sohaga oid bilimlarga ega bo'lasiz.

"Arxitektura va dizayn" kursi davomida qaysi dasturlar o'rgatiladi?

“AutoCAD”, “3Ds MAX” va “Lumion” dasturlari o’rgatiladi.

Nega aynan “AutoCAD”, “3Ds MAX” va “Lumion” dasturi tanlangan?

Ushbu dasturlar arxitektura sohasida o’rganish osonligi va qulayligi sabab tan olingan

Kursni tugatgach o'zim mustaqil bino yarata olamanmi?

Ha albatta. Bitiruvchilar binolar chizmasini tayyorlashlari, ularni 3D grafika ko’rinishiga keltirishlari, ichki, tashqi va landshaft dizaynlarni hamda vizual video yasashlari mumkin bo’ladi.

Arxitektorlarga qanchalik talab bor?

Binolarni loyihalash eskirmaydigan soha. Inson bor ekan binolarga talab bo’ladi. Demak, arxitektorlik doimiy aktual kasb bo’lib qoladi.

Kursda o'qish uchun menga kompyuter yoki boshqa texnika kerak bo'ladimi?

Yo'q, kerak bo'lmaydi. "DATA" ta'lim stansiyasining o'zi kompyuter va zamonaviy VR ko'zoynaklar bilan o'quvchilarni ta'minlaydi.

Shaxsiy kompyuter bo'lsa, uyda mustaqil uy vazifalarini bajarib yana ham bilimlaringizni oshirasiz.

Kurs davomida dars beradigan o'qituvchi kim?

Kurs mentori sohada 18 yillik tajribaga ega, professional mutaxassis— Sherzod Duschanov, ma'lumoti oliy. Faoliyati davomida bir qancha xususiy kompaniyalarda va davlat tashkilotlarida ishlagan. Shu bilan birgalikda yirik loyihalar ishtirokchisi va davlat tomonidan tashkil etilgan xalqaro tanlovlar g'olibi hamda sovrindori bo'lgan.

Men ishlab ham darslarga qatnay olamanmi?

Ha, albatta. Dars mashg'ulotlari ertalabki, kunduzgi va kechki ta'lim shaklida olib boriladi. O'quvchilar o'z erkin vaqtiga qarab kursga qatnasha olishadi.

Avval bu sohada umuman shug'ullanmaganman, meni qo'limdan keladimi?

Kurs rejasiga ko'ra o'quv mashg'ulotlari o'quvchilarni noldan boshlab o'qitishga mo'ljallangan. Sohaga ishtiyoqi baland o'quvchilar yaratilgan qulayliklardan foydalanib sohani bemalol egallashi mumkin. Kurs boshlanishidan oldin o'quvchilarning bilim darajasi aniqlanadi va amaliy darslar sizga zerikishga vaqt qoldirmaydi.

Sohada ish boshlash uchun minimum qanday kompyuter talab etiladi?

Minimum talablar - protsessor Intel Core i5, 8 gb operativ xotira va 256Gb SSD disk, video karta 2 Gb

Tavsiya qilinadi: Prosessor i5 operativ xotira 16 gb / 256 SSD disk, video karta 4 gb

Kursni tugatgach menda porfolio bo'ladimi?

Ha, albatta. Kursning 2-modulidan keyin har bir darsda o'zingiz xohlagancha bino va interyerlar, dizaynlar yaratib amaliyot qilishingiz mumkin. Har bir yaratilgan amaliy ishingiz siz uchun portfolio sifatida ishlaydi.

Ta'lim jarayoni qay shaklda o'tadi?

Darslar oflayn shaklda stansiya hududida olib boriladi va 90% amaliy tarzda bo'lib o'tadi.

Kursni tugatgach qanday ko'nikmalarga ega bo'laman?

Bitiruvchilar soha bo'yicha “AutoCAD”, “3Ds MAX” va “Lumion” dasturlarida ishlay olishadi.

Bitiruvchilar qayerda ishlay oladi?

Oliy ma’lumotli bitiruvchilar soha bo’yicha davlat tashkilotlarida, o’rta-maxsus ma’lumotga ega bo’lgan bitiruvchilar xususiy arxitektura va qurilish firmalarida, qolaversa frilanser sifatida ishlay olishadi.

3D modellashtirish bilan arxitektura va dizaynni nima farqi bor?

3D modellashtirish bu barcha turdagi obyektlarni (mashina, samolyot, bino va boshqa) 3D modellashtirish tayyorlash degani, “Arxitektura va dizayn” kursida esa shu 3D modellashtirish arxitektura qismi o'rgatiladi.

Arxitektura va dizaynni mustaqil tarzda o'rgana olamanmi?

Internetda siz dastutlarda ishlashni o’rganishingiz mumkin. Lekin buning o’zi arxitekturani bilish uchun yetarli emas. “DATA” stansiyasida arxitektura kasbi, uslublari, ayrim meyyoriy qoidalari, proportsiyalari va boshqa bilimlar beriladi. Bu sizning vaqtingizni tejaydi.

Kursda o'qishni qanday boshlashim mumkin?

RO'YXATDAN O'TISH

☎️ Tel: +99862-227-72-22
🚩 Moʻljal: Urganch, Darital, 2-qavatff