"Foundation" kursi haqida batafsil ma'lumotlar
► Kurs haqida:
Davomiyligi 2 oy, haftasiga 3 kun, 180 daqiqadan bo'lib o'tadi. Bir guruhga 10 nafar
o'quvchi bo'lib, har biri dars davomida kompyuter bilan ta'minlanadi. Darslar 90% amaliy bo'lib o'tadi.
► Kurs davomida o'rgatiladigan texnologiyalar:
Hardware va Software asoslari, Windows OS, Linux va Mac OS tizimlari,
► Kurs so'ngida:
Kurs davomida o'quvchilar kompyuterning Hardware va Software asoslarini, Windows OS, Linux va Mac OS tizmlarida ishlash, Internetda qidiruv tizimidan to'g'ri foydalanish,
Axborot xavfsizligi tushunchasiga ega bo'lishadi. Bundan tashqari o'quvchilar
dasturlashning boshlang'ich ko'nikmalari, algoritmlari va mantiqiy fikrlash hamda sohaga oid boshqa bilimlarga ega bo'lishadi.
Tanishing "FOUNDATION" KURSI MENTORI Abror Ibraximov
Oliy ma’lumotli. UX/UI dizayn sohasi va uni o'qitish bo’yicha 2 yillik tajribaga ega. Faoliyati davomida dasturlash tillarini ham o’rgangan va o'quv markazda dizayn bo’yicha dars bergan.
Texnologik malakasi Figma, Adobe XD, HTML, CSS, JavaScript, React, Vue.js
Kurs dars rejasi bilan tanishing:
1.KIRISH IT Sohasi haqida va unda kompyuter hamda Foundation kursini o'rni
Kompyuterning ichki va tashqi tuzulishi ichki qurulmalar tasnifi
2.WINDOWS 10 bilan ishlash, sozlamalar bo'limi,fayllar bilan ishlash. tezkor
klavishlar va Stamina dasturida klavyatura bilan ishlash
3.BOOT MENU, fayllar bilan ishlash, system recovery,xotira yacheykasi,
ma'lumotlarni qayta tiklash, Ayrim CMD buyruqlari bilan tanishish,
4.Internet, Local va Global tarmoqlar Browserlar va ularning imkoniyatlari, qidiruv
tizimlari ulardan to'g'ri va xafsiz foydalanish informatsiya oqimi hamda taqsimoti.
Email pochta tizimlari,Registratsiya tizimlari
5.Operasion tizim turlari ularning farqlari ishlatilish sohalari. Linux va MacOS tizimi,
Turli sohalar uchun OS tanlash.
6.Axborot xafsizligi tushunchasi, kiberxafsizlik, Kompyuter viruslari va ularning
turlari, antiviruslar, Hackerlar va ularning kiberxujumlari hamda ulardan
ximoyalanish, IT sohasida axborot xafsizligining o'rni, Shaxsiy ximoya Antiviruslar va
ulardan fodalanish
7.Barcha o'tilganlar asosida amaliy va nazariy imtihon topshirish.
8. Dasturlash sohasi, yo'nalishlari xaqida tushuncha,dasturlash tillari, IT sohasi
mutaxasislariga jahon va mahalliy bozordagi talablar.
9.Matemtikaning dasturlashda kerak bo'ladigan qisimlari va ular asosida masalalar
yechish.
10.Matemtik mantiqiy masalalar yechish.
11."IT o'lchov birliklari, Algaritmda sxema bloglar bilan ishlash.
13. " Roadmap Amaliy dars masalalar yechish"
14."O'zgaruvchilar, ma'lumot turlari. O'zgaruvchilarni nomlash qoidalari
16.Taqqoslash operatorlari If va else bilan tanishish.
17.Mantiqiy operatorlar, Postfix increment,Prefix increment.
18.Print,izohlar qoldirish, ekranga chiqadigan turli natijani kodlar asosida hosil qilish
(C ,C++ , Java, JavaScript, Python).
19.Amaliy dars masalalar yechish
20.Funksiyalar, Parametrlar va ularning vazifalari.
21.Amaliy dars masalalar yechish
22."For, Switch, caselar" haqida tushuncha
24.Amaliy dars masalalar yechish
Bu kompyuterda to’g’ri ishlashni, operatsion tizimlarda fayllar va maxsus dasturlar bilan ishlash, dasturlash sohasiga kirish uchun zarur bazaviy bilimlarini hamda umumiy dasturlash teoriyasining boshlang’ich bilimlarini berish maqsadida yo’lga qo’yilgan.
Kurs qancha vaqt davom etadi?
Kurs 1 oyga mo'ljallangan. Har haftada 3ta dars mashg'uloti bo'lib, dars 3 soat davom etadi. Jami kurs 12 darsdan iborat.
"Foundation" kursi kimlar uchun?
Bu kurs kompyuterda ishlashni o’rganmoqchi bo’lganlar, IT sohasiga endi kirib kelmoqchi bo’lganlar uchun.
"Foundation" kursida ta'lim olish uchun boshlang'ich qanday bilimlar talab qilinadi?
Boshlang'ich bilim talab qilinmaydi, sohaga qiziquvchi barcha uchun tavsiya qilinadi.
"Foundation" kursi uchun yosh chegarasi mavjudmi?
Kurs 14 yoshdan katta bo'lgan sohaga qiziquvchilar uchun tavsiya qilinadi.
"Foundation" kursida nimalar o'rgatiladi?
Bu kursda o’quvchilar kompyuter, uning dasturlaridan to’g’ri foydalanish, operatsion tizimlar haqida ma’lumotlar, axborot xavfsizligini ta’minlash, turli operatsion tizimlarida ishlash, dasturlash asoslarini va sodda algoritm masalalarni yechishni o’rganishadi.
"Foundation" kursi davomida qaysi dasturlar o'rgatiladi?
Windows OS, Linux OS, Internet brauzerlar, antiviruslar, maxsus qo’shimcha dasturlar.
Nega aynan ushbu dasturlar tanlangan?
Ushbu dasturlar kompyuter imkoniyatlaridan to’laqonli va xavfsiz foydalanish uchun zarur.
Kursda o'qish uchun menda kompyuter yoki boshqa texnika kerak bo'ladimi?
Yo'q, kerak bo'lmaydi. "DATA" a'lim stansiyasining o'zi kompyuterlar bilan o'quvchilarni ta'minlaydi. Shaxsiy kompyuter bo'lsa, uyda mustaqil uy vazifalarini bajarib yana ham bilimlaringizni oshirasiz.
Kurs davomida dars beradigan o'qituvchi kim?
"Foundation" kursi mentori Dilshodbek Abdullaev. Toshkent axborot texnologiyalari Universiteti 3 kurs talabasi. Veb dasturlash yoʼnalishida 2 yillik tajribaga ega. HTML, Css, Bootstrap, JavaScript, jQuery, Node.js, Express.js,Typescript, Git, Handlebars dasturlash tillarida ishlay oladi. Onlayn frilans birjalarida faoliyat olib boradi HTML, CSS, Bootstrap, JavaScript, Word, Excel, Power Point, Elektron hujjatlar bazasini yaratish, QR kodlash, dasturlash.
Men ishlab ham darslarga qatnay olamanmi?
Ha, albatta. Dars mashg'ulotlari ertalabki, kunduzgi va kechki ta'lim shaklida olib boriladi. O'quvchilar o'z erkin vaqtiga qarab kursga qatnasha olishadi. Avval bu sohada umuman shug'ullanmaganman, meni qo'limdan keladimi? Kurs rejasiga ko'ra o'quv mashg'ulotlari o'quvchilarni noldan boshlab o'qitishga mo'ljallangan. Sohaga ishtiyoqi baland o'quvchilar yaratilgan qulayliklardan foydalanib sohani bemalol egallashi mumkin.
Sohada ish boshlash uchun minimum qanday kompyuter talab etiladi?
Minimum talablar - protsessor Intel Core i3, 4 gb operativ xotira va 128Gb SSD disk.
Ta'lim jarayoni qay shaklda o'tadi? Darslar oflayn shaklda o'quv markaz hududida olib boriladi va 90% amaliy tarzda bo'lib o'tadi.
Kursni tugatgach qanday ko'nikmalarga ega bo'laman? Bitiruvchilar Windows OS ishlash, kompyuterga dasturlar o’rnatish va o’chirish
tartibi, turli operatsion tizimlarida ishlash, internetdan foydalanish, akkauntlar
ochish, hujjatlar yaratish va boshqa kompyuterdan foydalanish uchun kerak
bo’ladigan asosiy ko’nikmalarga hamda umumiy dasturlash teoriyasi orqali
dasturlash tillarini o’rganish uchun zaruriy ko’nikmalarga ega bo’lishadi.
Kompyuterni mustaqil tarzda o'rgana olamanmi? Ha, o’rgana olasiz. Faqat “Foundation” kursi kompyuterni bazaviy imkoniyatlaridan foydalanishni o’rgatishga mo’ljallangan. Internetdan bilim olish uchun kompyuter va internetdan foydalana olishingiz kerak. Agar internet va kompyuterdan foydalana olmasangiz va dasturlashni o’rganmoqchi bo’lsangiz, natijaga tezroq, tizimli va aniq reja asosida erishish uchun kursda ta’lim olish ma’qul.
Kursda o'qishni qanday boshlashim mumkin?
☎️ Tel: +99862-227-72-22
🚩 Moʻljal: Urganch, Darital, 2-qavat