December 15, 2023

"Kiberxavfsizlik kursi haqida batafsil ma'lumot"

► Kurs haqida:
Davomiyligi 6 oy, haftasiga 3 kun, 2 soatdan bo'lib o'tadi. An’anaviy va onlayn ta’limni birlashib Gibrid ta’lim tarzida olib boriladi. Kursning nazariy qismini Mohirdev tomonidan yozib olingan video-darsliklar orqali, amaliy qismini DATA ta'lim stansiyasining tajribali mentorlari bilan o'zlashtirasiz.

Gibrid ta’limni DATA ta’lim stansiyasida barcha zamonaviy texnikalardan va qulay sharoitlardan foydalangan holda o’qish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

► Kurs davomida o'zlashtiriladigan ko'nikmalar:

  • Python da dasturlash
  • Python modullari va kutubxonalari bilan ishlash;
  • Kodni tuzatish, test qilish, qayta ishlash;
  • Muammoni tahlil qilish va hal qilish;
  • Himoya tizimlarini chetlab o'tish va zaifliklardan foydalanish.

► Kurs davomida o'rgatiladigan texnologiyalar:

HTTP, DNS, TCP/IP - Tarmoq protokollari bilan o'zaro aloqa qilish va tarmoq bilan o'zaro ta'sir qilish operatsiyalarini bajarish imkoniyatlarini beradi.

Requests, BeautifulSoup - HTTP bilan ishlash va veb-sahifalarni tahlil qilish uchun kutubxonalar.

JSON - JSON formatidagi ma'lumotlarni kodlash va dekodlash uchun modul.

SMTP - Elektron pochta bilan ishlash (SMTP) - SMTP protokoli yordamida elektron pochta xabarlarini yuborish va qabul qilish imkoniyatlarini beradi.

Scapy - Tarmoq paketlari bilan ishlash uchun kutubxona, tarmoq paketlarini yaratish, yuborish va tahlil qilish imkonini beradi.

Tanishing kurs o'qituvchisi Ulug'bek Muminov

Kiberxavfsizlik bo'yicha 4 yillik tajribaga ega mutaxassis. Rossiyaning Alfa-Bank, Tinkoff banklarida frontend va backend dasturchi sifatida va hozirda hammaga ma'lum va mashxur Yandex kompaniyasida Pentester sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Kurs dars rejasi bilan tanishing: https://teletype.in/@data_talim_stansiyasi/m3ZfTNfPNgd

Ushbu kurs haqida eng ko'p berilayotgan savollarga javoblar:

Kurs qanday tartibda o'tiladi?

- An’anaviy va onlayn ta’limni birlashib Gibrid ta’lim tarzida olib boriladi. Kursning nazariy qismini Mohirdev tomonidan yozib olingan video-darsliklar orqali, amaliy qismini DATA ta'lim stansiyasining tajribali mentorlari bilan o'zlashtirasiz;

- Gibrid ta’limni DATA ta’lim stansiyasida barcha zamonaviy texnikalardan va qulay sharoitlardan foydalangan holda o’qish imkoniyatiga ega bo'lasiz;

- Har bir guruhga amaliy ishlar hamda savollar bilan ishlash uchun shu sohada tajribali alohida mentor biriktiriladi;

- Kurs materiallari Mohirdev jamoasi tomonidan soha bo’yicha tajribali mutaxasislar ishtirokida video dars shaklida yozib olingan;

- Gibrid ta’limni DATA ta’lim stansiysida barcha zamonaviy texnikalardan va qulay sharoitlardan foydalangan holda o’qish imkoniyati;

- Har bir guruhga amaliy ishlar hamda savollar bilan ishlash uchun shu sohada tajribali alohida mentor biriktiriladi;

- Maxsus sinovlar orqali o’zlashtirishingizni nazorat qilish imkoniyti bor;

- Har modulni ohirida mohirdevni katta ustozi bilan jonli zoom uchrashuvlari bo’ladi;

- Maxsus yopiq guruh tashkil qilinadi va shu yerda Mohirdev va DATA ta'lim stansiyasidan biriktirilgan mentorlar savollarga javob beradi.

Kurs noldan o'rgatiladimi?

Kurs sohaga yangi bo'lganlar uchun moslab yozilgan. Kerakli dasturlarni o'rnatish va ulardan foydalanish to'liq ko'rsatilgan. Kursdagi darslar bo'yicha savollar bo’lsa, yopiq Telegram guruhda savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Kiberxavfsizlik: Pentester kim, u qanday ishlaydi va majburiyatlari nima?

Pentester penetratsion testlarni o'tkazish, zaifliklarni aniqlash va tahlil qilish, xavfsizlik muammolarini hal qilish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish va tizimni himoya qilish uchun javobgar shaxs. Mijoz tizimi haqida ma'lumot to'plash - infratuzilma, xizmatlar, foydalaniladigan texnologiyalarni o'rganish. Tizimdagi zaifliklarni aniqlash - skanerlash, konfiguratsiyalarni tahlil qilish, xatolarni qidirish. Natijalarni hujjatlashtirish - pentester tizimda aniqlangan kamchiliklar haqida batafsil hisobot tayyorlaydi va ularni bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar beradi. Zaifliklarni tuzatgandan keyin qayta sinovdan o'tkazish - muammolar hal qilinganligini tekshirish. Pentesterning asosiy maqsadi mijozning xavflarni bartaraf etishi va xavfsizlikni oshirishi uchun tizimni himoya qilishning zaif tomonlarini amalda ko'rsatishdan iborat.

Kursni tugatgach qanday ko'nikmalarga ega bo'laman?

Kurs davomida siz zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda 20 ta loyihani yakunlaysiz.

Kursda o'qish uchun menda kompyuter yoki boshqa texnika kerak bo'ladimi?
Yo'q, kerak bo'lmaydi. "DATA" ta'lim stansiyasining o'zi kompyuterlar bilan o'quvchilarni ta'minlaydi. Shaxsiy kompyuter bo'lsa, uyda mustaqil uy vazifalarini bajarib yana ham bilimlaringizni oshirasiz.

Kursda o'qishni qanday boshlashim mumkin?

Ro'yxatdan o'tish

☎️ Tel: +99862-227-72-22
🚩 Moʻljal: Urganch, Darital, 2-qavat