Kids
May 19, 2023

"Mobil o'yin yaratish" kursi haqida batafsil ma'lumotlar 

► Kurs haqida:

Davomiyligi 3 oy, haftasiga 3 kun, 180 daqiqadan bo'lib o'tadi. Bir guruhga 10 nafar o'quvchi bo'lib, har biri, dars davomida kompyuter va o'quv qo'llanma bilan ta'minlanadi.

► Kurs davomida o'rgatiladigan texnologiyalar:

Build box , Cinema 4D, Unreal Engine.

Kheivak — Mobil o'yin

U o‘zbek mobil o‘yini. O‘yin nomi “Kheivak” deb nomlanib, sayyoh ushbu mobil ilovani play marketdan yoki App Store‘dan yuklab olib o‘ynashi mumkin. Unda qadimgi Xorazm yigiti yoki xorazm qizi gavdalanadi. U Ichan qalʼa majmuasi bo‘ylab yugurib, tomchi suvlarni to‘plab borishi kerak bo‘ladi. Qancha ko‘p tomchi suvlarni to‘plasa shunchalik ko‘p ballga ega bo‘lib boradi. O‘yin jarayonida sayyoh Xiva ichan qalʼa majmuasidagi tarixiy obidalardan bo‘lgan Ota darvoza, Tosh darvoza, Kalta minor, Islom xo‘ja, Muhammad Aminxon madrasasining maketlarini ko‘rib tarix bo‘ylab sayohat qilayotgandek o‘zini his qiladi.

“Mobil o‘yin yaratish” kursi o'qituvchisi Baxtiyor Atadjanov

💻 Vizual effekt sohasida 3 yillik prafessionaltajribaga ega mutaxassis, VR texnologiyalar masteri, VR developer. “Real History”, ”Virtual dorixona” va “VR medical” loyihalarida loyiha menejeri, “Strong Effect”  jamoasi aʼzosi. Hozirda bir nechta kompyuter va VR loyihalar yaratish ustida ish olib bormoqdalar.

🖥 Texnologik malakasi — Build Box, Cinema4D, Unreal Engine, Twinmotion, Quixel Mixer, Adobe Premiere Pro, Adobe After Effects.

Eng ko‘p beriladigan savollar:

Nechi yoshdan o‘rgansa bo‘ladi?

Mobil o‘yin yaratishni 11 yoshdan yuqori bolalar qiyinchiliksiz o‘rgana oladi.

Boshlashim uchun men superkuchga ega bo‘lishim shartmi?

Boshlash uchun superkuchga yega bo‘lishingiz shartmas. Boshlash uchun hohish bo‘lsa yetarli.

Kursni yakunlab men nima olaman?

Kursni yakunlagandan keyin sizda mobil o‘yin yaratish imkoniyati bo‘ladi. Shu bilan birga 3D animatsiya olamiga birinchi qadamni qo‘yasiz

Qancha vaqtda o‘yin yarata olaman?

Bu o‘yinning imkoniyatlariga bog‘liq. Dasturning tayyor shablonlaridan foydalanib oddiyroq o‘yinni 1 kunda yaratish mumkin.

Kursda o'qishni qanday boshlashim mumkin?

Ro'yxatdan o'tish

☎️ Tel: +99862-227-72-22
🚩 Moʻljal: Urganch, Darital, 2-qavat