April 25

"Buxgalteriya noldan balansgacha" kursi haqida batafsil ma'lumot.

Kurs haqida:

Davomiyligi 3 oy, haftasiga 3 kun, 180 daqiqadan bo'lib o'tadi. Bir guruhga 10 nafar o'quvchi bo'lib, har biri, dars davomida kompyuter va o'quv qo'llanma bilan ta'minlanadi.

Kurs davomiyligi 3 oy:

➖ 1-oy: Buxgalteriya hisobining nazariy asoslari

➖ 2-oy: Buxgalteriya hisobining nazariy asoslari

➖ 3-oy: 1 C dasturi

Kurs davomida o'rgatiladigan texnologiyalar:

Schotlar rejasi bilan ishlash, mehnat haqini hisoblash, my.soliq.uz, didox.uz va boshqa platformalarda hamda 1C dasturida ishlash o'rgatiladi

Kurs so'ngida:

Buxgalteriya hisobining nazariy asoslari; Mehnat haqini hisoblash; Asosiy va aylanma vositalar hisobi; Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va tannarxi kalkulyatsiyasi; Schotlar rejasi (pravodkalar) bilan ishlash; Moliyaviy natijalar hisobi; Soliqlar va ularning turkumlanishi; Soliq hisobotlarini jo'natish my.soliq.uz, didox.uz va boshqa platformalarida ishlash, 1C dasturida korxona bazasini yaratish va hisobotlarni yuritish kabi bilim va malakalarga ega bo'lasiz.

TANISHING: FAXRIDDIN RAXIMOV

Sohada 4 yillik tajribaga ega oliy ma'lumotli mutaxassis. Ishlab chiqarish korxonasida bosh hisobchi lavozimida ishlagan. Hozirda 10 dan ortiq kichik tadbirkorlik subyektlari buxgalteriya hisobini yuritib kelmoqda.

TEXNOLOGIK MALAKASI: Buxgalteriya hisobini yuritish va 1C dasturidakorxona bazasini yaratish va hisobotlarni yuritish

Kurs dars rejasi bilan tanishing:

Dars rejasi:

Dars reja:1 - oy ( 12 ta dars)
1 - dars Kirish darsi TanishuvBuxgalter kim va uni vazifalari nimaJ. shaxs daromadlariSoliq organi tarkibi
2 - dars Davlat ro'yxatidan tadbirkor sifatida o'tish
-J. shaxs bo'lgan holda davlat ro'yxatidan tadbirkor sifatida o'tish
Y. shaxs tashkil etgan holda davlat ro'yxatidan tadbirkor sifatida o'tish
3 - 6 dars Buxgalteriya fundamenti Aktiv va Passivlar Buxgalteriya schetlari
21 - BHMSIkkiyoqlama yozuv va balansdagi o'zgarish turlari Buxgalteriya balansini shakllantirish
7 - 9 dars Pul mablag'lari Kassa operatsiyalari bilan ishlash Bank operatsiyalari bilan ishlash Valyuta mablag'lari xizmat safari hisobi
9 - 12 dars Mehnat haqi hisobi
-Mehnat haqini hisoblab chiqarish
-Mehnat haqi bilan bog'liq soliqlar
-Mehnat haqi bilan bog'liq provodkalar
-Mehnatga layoqatsizlik ta'tilini hisoblash
-Mehnat ta'tili hisoblashJShODS va IS hisobotining 4 - ilovasini shakllantirish

2 - oy( 12 ta dars)
13 - 16 dars Moddiy qiymatliklar, inventar va xo'jalik jihozlari hisobi TMZ larni sotib olish TMZ larni chiqib ketishi QQS hisobiQQS bilan TMZ sotib olish va sotish
17 - 19 dars Asosiy vositalar hisobi
-Asosiy vositalarning kelib tushishi
- Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash
-Asosiy vositalarni qayta baholash
-Asosiy vositalarni chiqib ketishi operativ ijara hisobi uzoq muddatli ijara (Lizing) hisobi;
20 - dars Nomoddiy aktivlar hisobi
-Nomoddiy aktiv turlari Nomoddiy aktivlarni kelib tushishi nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblash nomoddiy aktivlarni chiqib ketishi
21 - dars Moliyaviy investitsiyalar hisobi moliyaviy investitsiyalarning turlari moliyaviy investitsiyani amalga oshirish divident va foizlarni hisoblash
22 - dars Ishlab chiqarish va tannarx kalkulyatsiyasi
- Tannarx kalkulyatsiyasining usullari
- Tannarx hisoblash tartibi yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari
- Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari
23 - dars daromadlar va xarajatlar hisobi Tannarx xarajatlari davr xarajatlari moliyaviy xarajatlar favqulotda zararlar
-Foyda soliqi bo'yicha xarajatlar asosiy faoliyatdan olingan daromadlar asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar moliyaviy daromadlar favqulotda foyda;
24 - dars. Fondlar va moliyaviy natijalar hisobi korxona xususiy kapitalini shakllantirish;
-Moliyaviy ko'rsatkichlar moliyaviy natija to'g'risidagi hisobotni shakllantirish (forma 2)
3 - oy ( 12 ta dars)
25 - dars soliqlar va ularning turkumlanishi;
Soliq turlari. Soliqlarni hisoblab chiqarilishi;
26 - 32 dars Soliq hisobotlarini shakllantirish va jo'natish yillik boshlang'ich hisobotlar ;
-Oylik hisobotlar choraklik hisobotlar yillik yakuniy hisobotlar;
32 - 36 dars Elektron hujjatlar bilan ishlash Schet faktura yaratish shartnoma yozish Ishonchnoma yaratish;
4- oy ( 12 ta dars)
- 37 - 48 dars
- 1C dasturida korxona balansini shakllantirish
- 1C dasturida korxonani yaratish Hisob parametrlarni tanlash
- Hisob siyosatini yaratish Boshlang'ich qoldiqlarni kiritish Soliq stavkalarini tanlash
- 1C dasturida korxona buxgalteriyasini yuritish hodimlarni oid hujjatlar bilan ishlash - -- - Mehnat haqi hisoblash oylik to'lash TMZ larni kirim qilish
- Ishlab chiqarish amalga oshirish tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish
- Debitorlik va Kreditorlik qarzlari bilan hisob kitob qilish
- Bank operatsiyalari bilan ishlash oylarni yopish -
- 1C dasturida hisobotlarni shakllantirish
- Oylik hisobotlarni shakllantirish;
- Choraklik hisobotlarni shakllantirish;
- Yillik yakuniy hisobotlarni shakllantirish.

"Zamonaviy buxgalteriya hisobi: noldan balansgacha+1C” qanday kurs?

Buxgalteriya hisobini yuritish va 1C da ishlash, soliq hisobotlarini tayyorlash va ish haqini hisoblashni o'rganasiz. Buxgalter - kompaniyadagi moliyaviy hisobotlarni yuritish va tahlili uchun javobgardir. Bunday mutaxassis davlat korxonalarida va xususiy sektorlarda  ishlashi, ham frilans sifatida faoliyat yuritishi mumkin. U turli darajadagi mijozlarga xizmat ko'rsatishi mumkin: xususiy tadbirkorlardan tortib yirik tashkilotlargacha. Agar siz biznes egasi bo'lsangiz ham bu kurs aynan siz uchun. Kursni tugatgach korxonangiz moliyaviy xolatini o'zinhiz nazorat qila olishingiz va soliq va vakolatli organlar bilan qonun doirasida biz bergan bilimlar asosida to'g'ri munosabatga kirisha olasiz.

"Zamonaviy buxgalteriya hisobi: noldan balansgacha+1C” kurs qancha vaqt davom etadi?

Davomiyligi 3 oy, haftasiga 3kun, 180daqiqadan bo'lib o'tadi. Bir guruhga 10 nafar o'quvchi bo'lib, har biri dars davomida kompyuter bilan ta'minlanadi. 

Kurslarimiz biznes egalari, buxgalteriyani noldan o’rganmoqchi bo’lgan yoki o’z bilimlarini yanada oshirishni istagan barcha o’quvchilarga mo’ljallangan. 

"Zamonaviy buxgalteriya hisobi: noldan balansgacha+1C” kursida ta'lim olish uchun boshlang'ich qanday bilimlar talab qilinadi? 

Boshlang'ich bilim talab qilinmaydi, sohaga qiziquvchi barcha uchun tavsiya qilinadi. 

"Zamonaviy buxgalteriya hisobi: noldan balansgacha+1C” kursi uchun yosh chegarasi mavjudmi?

Kurs 14 yoshdan katta bo'lgan sohaga qiziquvchi yoshlar uchun tavsiya qilinadi.

"Zamonaviy buxgalteriya hisobi: noldan balansgacha+1C” kursida nimalar o'rgatiladi? 

Kursda Buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, pul va mehnat haqi mablag’lari hisobi, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, moliyaviy investitsiyalar, davr xarajatlari va boshqa xarajatlar hisobi, hisobotlar topshirish tartibi o’rgatiladi. Bundan tashqari MHXS asosida sertifikatsiyalash amaliyoti asosida milliy IFRS va DipIFR – xalqaro sertifikatlarini olish uchun kerakli bo’lgab ko’nikma va bilimlar beriladi. Qolaversa 1C dasturida ish yuritish, 1C dasturini my.soliq.uz bilan integratsiyalash ham kursimiznig bir bosqichini egallaydi.

Kursda o'qishni qanday boshlashim mumkin?

RO'YXATDAN O'TISH

☎️ Tel: +99862-227-72-22
🚩 Moʻljal: Urganch, Darital, 2-qavat