"Foundation" kursi haqida ma'lumot
► Kurs haqida: Davomiyligi 4 oy, haftasiga 3 kun, 120 daqiqadan bo'lib o'tadi. Bir guruhga 10-12 nafar o'quvchi bo'lib, har biri, dars davomida zamonaviy kompyuter, bilan ta'minlanadi.
► Davomiyligi va natijalar: Kursimiz 4 oy davom etadi va kursni tugatganidan keyin o‘quvchi kundalik mavzularda gapirish, yozish va o‘qish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Kurs yakunida o‘quvchining so‘z boyligi minimum 1500 so‘zdan iborat bo‘ladi.
Tanishing — Teacher Gulhayo, “Foundation” kursi o’qituvchisi.
💫 IELTS imtihonidan 6.5 ballni qo'lga kiritgan
💫 SAT va General English bo'yicha dars berishda 5 yillik tajribaga ega
💫 Prezident maktabida tajriba oshirgan
Bu kurs ingliz tilini o'rganishni jiddiy boshlamoqchi bo'lgan va o'zining ilk qadamlarini qo'ymoqchi bo'lganlar uchun.
Kurs 4 oyga mo'ljallangan. Har bir oyda 12 dars mashg'uloti bo'lib o'tib, jami kurs 48 darsdan iborat.
Ushbu kurs 14 yoshdan katta ingliz tili o'rganishni xohlovchilar uchun mo'ljallangan.
"Foundation" kursida ta'lim olish uchun boshlang'ich qanday bilimlar talab qilinadi?
Boshlang'ich bilim talab qilinmaydi, sohaga qiziquvchi barcha yoshlar uchun tavsiya qilinadi.
"Foundation" kursi davomida qaysi kitoblar bo'yicha darslar olib boriladi?
Bu kurs uchun ROUND UP 1 va maxsus DATA Languages tomonidan ishlab chiqarilgan kitoblar bo'yicha darslar o'lib bo'riladi.
"Foundation" kursida nimalar o'rgatiladi?
Darslar davomida grammatika asoslari va umumiy qonun-qoidalari tushuntirib boriladi. Undan tashqari maxsus lug‘at bo‘yicha har bir o‘quvchilar yangi so‘zlarni yod oladilar. Speaking (so‘zlash), reading (o‘qib, matnni mazmunini tushunish), writing (oddiy mavzudagi matnlarni yaratish) va listening (eshitib, tushinib olish) ko‘nikmalari bo‘yicha ham o'quvchilarga ta'lim beriladi.
"Foundation" kursi so'ngida qanday bilimlarga ega bo'lish mumkin?
Kursni tugatganidan keyin o‘quvchi kundalik mavzularda gapirish, yozish va o‘qish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Kurs yakunida o‘quvchining so‘z boyligi minimum 1500 so‘zdan iborat bo‘ladi.
Kursda o'qishni qanday boshlashim mumkin?
Ro'yxatdan o'tish
☎️ Tel: +99862-227-72-22
🚩 Moʻljal: Urganch, Darital, 2-qavat