Media
May 19, 2023

"SMM" kursi haqida batafsil ma'lumotlar 

► Kurs haqida:

Davomiyligi 3 oy, haftasiga 3 kun, 180 daqiqadan bo'lib o'tadi. Bir guruhga 10 nafar o'quvchi bo'lib, har biri, dars davomida kompyuter va o'quv qo'llanma bilan ta'minlanadi.

► Kurs davomida o'rgatiladigan texnologiyalar:

Telegram, Instagram, Facebook, YouTube, Tik Tok, Ads Manager, Creator Studio, Canva, Google Ads

► Kurs so'ngida:

Ijtimoiy tarmoqlarda brendni tanitish; SMM strategiya tuzish; Kontent reja tuzish va uni optimallashtirish; Raqobatchilar va auditoriya tahlili; Ijtimoiy tarmoqlar bilan to'g'ri ishlash va komyuniti menejment; Kopirayting; Targeting va boshqa shu sohaga oid bilimlarga ega bo'lasiz

Tanishing, “SMM” kursi o'qituvchisi Sevara Abdullaeva!

“DATA” ta’lim stansiyasining Marketing bo'limi rahbari, Sankt-Peterburg shahrining,“МПА ЕврАзЭС” universitetida ta’lim olgan, oliy ma'lumotli iqtisodchi.

💻 Texnologik malakasi: Telegram, Instagram, Facebook, YouTube, Canva, Google doc, TikTok, Traditional marketing, kontent-meyking.

  • Tanishish va SMM kursiga kirish
  • Maqsadli auditoriya, STP analiz
  • Maqsadli auditoriya (amaliyot)
  • Raqobatchilarni aniqlash va ularning taxlili (SWOT)
  • SMM yo'nalishlari va undagi maqsadni aniqlash (SMART)
  • Ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt yaratish
  • Kontent reja
  • Kontent reja va sun'iy intellekt (amaliyot)
  • Kontent reja (amaliyot)
  • Kopirayting (nazariya)
  • Kopirayting (amaliyot)
  • Amaliyot darsi (umumiy takrorlash)
  • Blogging
  • Kreativlik va g'oya yig'ish usullari
  • Canva'da taqdimot, post va boshqa shablonlar tayyorlash
  • Dizayn va vizual kontent
  • Mobilografiya (nazariya)
  • Mobilografiya (amaliyot)
  • Fotografiya va yorug'lik bilan ishlash
  • Mijozlar bilan ishlashdagi xatolar va qo'rquvlar
  • Telegram 1
  • Telegram 2
  • Kommyuniti menejment
  • Amaliyot darsi (umumiy takrorlash)
  • Target (kirish)
  • Target (Ads Manager va uning instrumentlari)
  • Instagram va Facebook target (amaliyot)
  • CJM (Customer Journey Map) tuzish
  • Influence marketing, blogerlar bilan ishlash
  • SMM strategiya tuzish
  • SMM strategiya tuzish (amaliyot)
  • Mijozlar bilan ishlash, brief tayyorlash
  • YouTube (upakovka, kontent)
  • SMM menejer uchun portfolio tayyorlash
  • Qanday qilib doimiy tarzda rivojlanib borish mumkin?
  • Loyiha himoyasi

"SMM" qanday kurs?

SMM qizqartmasi “Social media marketing” – ya’ni, ijtimoiy media marketing ma’nosini beradi. Bu ijtimoiy tarmoqlar va ularning ishlash tartibini o’rganish, ulardagi sahifalarni yuritish, biznes va brendni targ’ib etish haqida ta’lim beruvchi kurs.

Kurs qancha vaqt davom etadi?

Kurs 3 oyga mo'ljallangan. Har bir oyda 12 dars mashg'uloti bo'lib, kurs jami 36 darsdan iborat.

"SMM" kursi kimlar uchun?

Bu kurs ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni yuritish, brend va uni targ’ib qilish, frilanser sifatida faoliyat yuritishni xohlovchilar uchun.

"SMM" kursida ta'lim olish uchun boshlang'ich qanday bilimlar talab qilinadi?
Boshlang'ich bilim talab qilinmaydi, sohaga qiziquvchi barcha uchun tavsiya qilinadi.

"SMM" kursi uchun yosh chegarasi mavjudmi?

Kurs 12 yoshdan katta bo'lgan sohaga qiziquvchi yoshlar uchun tavsiya qilinadi.

"SMM" kursida nimalar o'rgatiladi?

Bu kursda ijtimoiy tarmoqlar platformalari, algoritmlari, ularga post joylash tartibi, brend va imidj targ’iboti bo’yicha reja, strategiya tuzish, auditoriya bilan ishlash, kopirayting va targeting o’rgatiladi.

"SMM" kursi so'ngida qanday bilimlarga ega bo'lish mumkin?

Ijtimoiy tarmoqlarda brendni tanitish; SMM strategiya tuzish; Kontent reja tuzish va uni optimallashtirish; Raqobatchilar va auditoriya tahlili; Ijtimoiy tarmoqlar bilan to'g'ri ishlash va kommyuniti menejment; Kopirayting; Targeting va boshqa shu sohaga oid bilimlarga ega bo'lasiz.

"SMM" kursi davomida qaysi ijtimoiy tarmoqlar o'rgatiladi?

Instagram, Facebook, Telegram, Youtube, TikTok ijtimoiy tarmoqlari o’rgatiladi.

Nega aynan Instagram, Facebook, Telegram, Youtube va TikTok dasturi tanlangan?

Ushbu platformalar bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar ichida liderlik pozitsiyalarini egallab turibdi va biznesni rivojlantirish uchun eng yaxshi va qulay platformalar hisoblanadi.

Kursni tugatgach ijtimoiy tarmoqlarda o'zim mustaqil sahifalar yurita olamanmi?

Ha,albatta. Buning uchun sizga kerakli bilimlar va instrumentlar beriladi.

"SMM"ga qanchalik talab bor?

SMM bugungi kunda eng rivojlanayotgan sohalardan biri. Hozirda yirik davlat tashkilotlaridan tortib kichik do’konlargacha o’z sahifalarini yuritishni yo’lga qo’yishmoqda. Va buning natijasida albatta SMM-mutaxassislar xizmatiga extiyoj ortib bormoqda.

Kursda o'qish uchun menda kompyuter kerak bo'ladimi?

Yo'q, kerak bo'lmaydi. "DATA" ta'lim stansiyasining o'zi kompyuterlar bilan o'quvchilarni ta'minlaydi.

Men ishlab ham darslarga qatnay olamanmi?

Ha, albatta. Dars mashg'ulotlari ertalabki, kunduzgi va kechki ta'lim shaklida olib boriladi. O'quvchilar o'z erkin vaqtiga qarab kursga qatnasha olishadi.

Avval bu sohada umuman shug’ullanmaganman, meni qo’limdan keladimi?

Kurs rejasiga ko’ra o’quv mashg’ulotlari o’quvchilarni noldan boshlab o’qitishga mo’ljallangan. Sohaga ishtiyoqi baland o’quvchilar yaratilgan qulayliklardan foydalanib sohani bemalol egallashi mumkin.

Agar ijtimoiy tarmoqlarda ishlash bo’yicha tajribam bo'lsa, darslar men uchun zerikarli bo'lmaydimi?

Kurs boshlanishidan oldin o'quvchilarning bilim darajasi aniqlanadi va amaliy darslar, doimiy yangi ma’lumot, topshiriqlar sizga zerikishga vaqt qoldirmaydi.

Sohada ish boshlash uchun minimum qanday texnika talab etiladi?

Minimum talablar – sizga internetda tez ishlaydigan va sifatli rasmga oladigan smartfon kerak. Sifatli faoliyat uchun protsessor Intel Core i5, 4 gb operativ xotira va 128Gb SSD disk kompyteri va fotoapparatga extiyojingiz bo’ladi.

Kursni tugatgach menda porfolio bo'ladimi?

Ha, albatta. O’zingiz yuritgan sahifalar, yozgan postlaringizni bitta telegram kanalga joylab borishingiz mumkin. Bu kanal siz uchun portfolio vazifasini bajaradi.

Ta'lim jarayoni qay shaklda o'tadi?

Darslar oflayn shaklda o'quv markaz hududida olib boriladi va 90% amaliy tarzda bo'lib o'tadi.

Kursni tugatgach qanday ko'nikmalarga ega bo'laman?

Bitiruvchilar post yozish, uni ijtimoiy tarmoq o’ziga xosliklarini inobatga olgan holda joylash, brend va imidjni targ’ib qilish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishadi.

Bitiruvchilar qayerda ishlay oladi?

Bitiruvchiar frilanser sifatida bir vaqtning o’zida bir nechta brend targ’iboti bilan shug’ullanishlari yoki muayyan bir tashkilot, kompaniya yoki firmada sohangiz bo’yicha ishlashingiz mumkin.

SMM qaysi sohalarda qo'llaniladi?

Bugungi kunda SMM har bir sohaga kirib borgan.

Marketing bilan SMM'ning qanday farqi bor?

Marketing bu mahsulot yoki xizmatni realizatsiya qilish, mijozlarni jalb qilish, qaytarish va ushlab qolish uchun amalga oshiriladigan ishlar to’plami. SMM – marketing yo’nalishlaridan biri ya`ni ijtimoiy tarmoqlar marketinggidir.

SMM'ni mustaqil tarzda o'rgana olamanmi?

Ha, o'rganish mumkin. Internetda ta’lim beruvchi videodarsliklar bor. Ammo ular orasida eng kerakli bilimlarni ajratish murakkabroq. Qolaversa, o’qishni tizimli tashkiletolmaysiz, chalg’itadigan ma’lumotlar ko’p bo’ladi. Professional feedback olish uchun ham sizga ustoz kerak.

Kursda o'qishni qanday boshlashim mumkin?

Ro'yxatdan o'tish

☎️ Tel: +99862-227-72-22
🚩 Moʻljal: Urganch, Darital, 2-qavat