February 16, 2024

"Buxgalteriya noldan balansgacha" kursi haqida batafsil ma'lumot.

Kurs haqida:

Davomiyligi 3 oy, haftasiga 3 kun, 180 daqiqadan bo'lib o'tadi. Bir guruhga 10 nafar o'quvchi bo'lib, har biri, dars davomida kompyuter va o'quv qo'llanma bilan ta'minlanadi.

Kurs davomiyligi 3 oy:

➖ 1-oy: Buxgalteriya hisobining nazariy asoslari

➖ 2-oy: Buxgalteriya hisobining nazariy asoslari

➖ 3-oy: 1 C dasturi

Kurs davomida o'rgatiladigan texnologiyalar:

Schotlar rejasi bilan ishlash, mehnat haqini hisoblash, my.soliq.uz, didox.uz va boshqa platformalarda hamda 1C dasturida ishlash o'rgatiladi

Kurs so'ngida:

Buxgalteriya hisobining nazariy asoslari; Mehnat haqini hisoblash; Asosiy va aylanma vositalar hisobi; Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va tannarxi kalkulyatsiyasi; Schotlar rejasi (pravodkalar) bilan ishlash; Moliyaviy natijalar hisobi; Soliqlar va ularning turkumlanishi; Soliq hisobotlarini jo'natish my.soliq.uz, didox.uz va boshqa platformalarida ishlash, 1C dasturida korxona bazasini yaratish va hisobotlarni yuritish kabi bilim va malakalarga ega bo'lasiz.

TANISHING: FAXRIDDIN RAXIMOV

Sohada 4 yillik tajribaga ega oliy ma'lumotli mutaxassis. Ishlab chiqarish korxonasida bosh hisobchi lavozimida ishlagan. Hozirda 10 dan ortiq kichik tadbirkorlik subyektlari buxgalteriya hisobini yuritib kelmoqda.

TEXNOLOGIK MALAKASI: Buxgalteriya hisobini yuritish va 1C dasturidakorxona bazasini yaratish va hisobotlarni yuritish

Kurs dars rejasi bilan tanishing:

Dars rejasi:

  • Buxgalteriya hisobining nazariy asoslari
  • Pul mablag`lari hisobi
  • Mehnat haqi hisobi
  • Moddiy qiymatliklar, inventor va xo`jalik jihozlari hisobi
  • Asosiy vositalar hisobi
  • Nomoddiy aktivlar hisobi
  • Moliyaviy investitsiyalar hisobi
  • Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va tannarxi kalkulyatsiyasi
  • Davr xarajatlariva boshqa xarajatlar hisobi
  • Tayyor mahsulot, tovarlar va ularni sotish hisobi
  • Fondlar va moliyaviy natijalar hisobi
  • Soliqlar va ularning turkumlanishi
  • my.soliq.uz platformasida moliyaviy hisobotlarni topshirish tartibi
  • Online Shot faktura yuborish
  • MHXS asosida sertifikatsiyalash amaliyoti:
  • IFRS – milliy va DipIFR – xalqaro sertifikatlari
  • Dastur bilan tanishuv, korxona bazasini va ma'lumotlarini qo'shish
  • Yil boshiga tashkilot boshlang`ich qoldiqlarini kiritish
  • Bank operatsiyalari
  • Kassa operatsiyalari va avans hisoboti
  • Kadrlar bilan ishlash
  • Ish haqi operatsiyalari
  • Materiallar harakati va qabul qilingan xizmatlar
  • Tovarlar, ishlar, xizmatlar, tovarlar hisobini yuritish
  • Asosiy vositalar hisobini yuritish
  • Operatsiyalar va hisobotlarni ko`rish
  • 1C dasturida ish yuritish amaliy mashg'ulot
  • 1C dasturini my.soliq.uz bilan integratsiyalash

"Zamonaviy buxgalteriya hisobi: noldan balansgacha+1C” qanday kurs?

Buxgalteriya hisobini yuritish va 1C da ishlash, soliq hisobotlarini tayyorlash va ish haqini hisoblashni o'rganasiz. Buxgalter - kompaniyadagi moliyaviy hisobotlarni yuritish va tahlili uchun javobgardir. Bunday mutaxassis davlat korxonalarida va xususiy sektorlarda  ishlashi, ham frilans sifatida faoliyat yuritishi mumkin. U turli darajadagi mijozlarga xizmat ko'rsatishi mumkin: xususiy tadbirkorlardan tortib yirik tashkilotlargacha. Agar siz biznes egasi bo'lsangiz ham bu kurs aynan siz uchun. Kursni tugatgach korxonangiz moliyaviy xolatini o'zinhiz nazorat qila olishingiz va soliq va vakolatli organlar bilan qonun doirasida biz bergan bilimlar asosida to'g'ri munosabatga kirisha olasiz.

"Zamonaviy buxgalteriya hisobi: noldan balansgacha+1C” kurs qancha vaqt davom etadi?

Davomiyligi 3 oy, haftasiga 3kun, 180daqiqadan bo'lib o'tadi. Bir guruhga 10 nafar o'quvchi bo'lib, har biri dars davomida kompyuter bilan ta'minlanadi. 

Kurslarimiz biznes egalari, buxgalteriyani noldan o’rganmoqchi bo’lgan yoki o’z bilimlarini yanada oshirishni istagan barcha o’quvchilarga mo’ljallangan. 

"Zamonaviy buxgalteriya hisobi: noldan balansgacha+1C” kursida ta'lim olish uchun boshlang'ich qanday bilimlar talab qilinadi? 

Boshlang'ich bilim talab qilinmaydi, sohaga qiziquvchi barcha uchun tavsiya qilinadi. 

"Zamonaviy buxgalteriya hisobi: noldan balansgacha+1C” kursi uchun yosh chegarasi mavjudmi?

Kurs 14 yoshdan katta bo'lgan sohaga qiziquvchi yoshlar uchun tavsiya qilinadi.

"Zamonaviy buxgalteriya hisobi: noldan balansgacha+1C” kursida nimalar o'rgatiladi? 

Kursda Buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, pul va mehnat haqi mablag’lari hisobi, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, moliyaviy investitsiyalar, davr xarajatlari va boshqa xarajatlar hisobi, hisobotlar topshirish tartibi o’rgatiladi. Bundan tashqari MHXS asosida sertifikatsiyalash amaliyoti asosida milliy IFRS va DipIFR – xalqaro sertifikatlarini olish uchun kerakli bo’lgab ko’nikma va bilimlar beriladi. Qolaversa 1C dasturida ish yuritish, 1C dasturini my.soliq.uz bilan integratsiyalash ham kursimiznig bir bosqichini egallaydi.

Kursda o'qishni qanday boshlashim mumkin?

RO'YXATDAN O'TISH

☎️ Tel: +99862-227-72-22
🚩 Moʻljal: Urganch, Darital, 2-qavat