September 20, 2023

"Fronted Web dasturlash" kursi haqida batafsil ma'lumotlar

► Kurs haqida:
Davomiyligi 6 oy, haftasiga 3 kun, 180 daqiqadan bo'lib o'tadi. Bir guruhga 10 nafar o'quvchi bo'lib, har biri, dars davomida kompyuter bilan ta'minlanadi.

Kurs davomiyligi 6 oy:
➖ 1-2 oy: Front-end (Beginner): HTML, CSS, Bootstrap 4, GIT, SASS ➖ 3-4 oy: Front-end (Intermediate)/Javascript: Javascript, Build Tools, Algorithms, Core js Projects ➖ 5-6 oy: Front-end (Advanced): React js, Redux, Material UI, Real loihalar bilan ishlash

► Kurs davomida o'rgatiladigan texnologiyalar: HTML, CSS, SaSS, Bootstrap, Git, Figma

► Kurs so'ngida:
Loyihani rejalashtirish, foydalanuvchi interfeysini yaratish, "Verstka" qilish, loyihalarni deploy qilish, serverga joylash, animatsiyalar yaratish va ular bilan ishlash, web sahifaning frontend qismi bilan professional ishlash, o'z portfolio saytini yaratish va boshqa bilim va ko'nikmalari ega bo'lasiz.

👨‍💻 “TATU” Urganch filialida 3-kurs talabasi. Sohada 2 yillik tajribaga ega. Freelancer bo’lib ishlagan. Hozirda Frontend dasturchi va IT bloger bo'lib faoliyat yuritadi.

Texnologik malakasi: HTML, CSS, Bootstrap, Tailwindcss, JavaScript, TypeScript, React, Redux
Dars rejasi:

1. HTML Introduction. Elements, Attributes, Headings, Paragraphs va ularning ishlatilish o’rinlari.
2. Styles, Text Formatting, Comments, Colors (full) textlar va izoxlar bilan ishlash.
3. Links, Images, Tables, Parent-Child Relationships teglar va metodlarning web saytlarda ishlatilishi.
4. Block-level vs Inline, Div, Id and Classes ayni bir element ustida ishlash metodlari. 5. Iframe, Semantics (header, nav, section, article, aside, footer) web saytlarning tuzilish sturukturasini aniqlovchi ma’noli teglar.
6. Web sahifada jadvallar bilan ishlash. Web sahifada Form shakllari bilan ishlash. HTML5 Semantics bo’yicha amaliyot darsi.
7. CSS3. Selectors and Dev Tools, Fonts, Backgrounds va Borders kabi maxsus teglar va metodalar orqali shakllar hosil qilish va ularga ishlov berish.
8. Box Model, Float, Display va Positions elementlarning sahifa bo’yicha joylashuvi. Link State va Button Styling, CSS transitions tugmalar va shakl o’zgartirishlar bilan ishlash.
9. Typography, Layout with Flexbox maxsus teglari bilan tanishish.
10.Landing Page – 1 bir sahifali web sayt dizaynini tayyorlash. Landing Page – 2 bir va undan ortiq sahifali web sayt dizaynini tayyorlash.
11. CSS3 preprocessorlari hisoblangan SASS/SCSS texnologiyalari bilan ishlash.
12. Mixins, Extend, Functions, Import va Partiallarini qo’llash imkoniyatlari.
13. Responsive design – 1 moslashuvchan dizayn qilish qoidalari, qurilmalar tasnifi.
14. Responsive design – 2 moslashuvchan dizayn qilish bo’yicha amaliy ish.
15. Bootstrap texnalogiyasi imkoniyatlari bilan tanishish. Bootstrapning Grid, CSS GRID imkoniyatlaridan foydalanish.
16. O’z portfolio sayti ustida ishlash. Git va Github bilan tanishuv. 17. Amaliy ishlarni Githubga upload va deploy qilish, Netlify bilan tanishish.
18. Figma bilan tanishish, uning imkoniyatlaridan foydalanish.
19. JavaScript dasturlash tili haqida.
20. Javascript tilida o’zgaruvchilar va ularni e’lon qilish qoidalari.
21. Operatorlar va ma'lumot turlari.
22. JavaScript tilida metodlar bilan tanishish.
23. JavaScriptda Arrays va Array metodlari.
24. ForEach, Map, Filter, Find, every va some, reduce bilan tanishuv.
25. Object va object metodlari bilan ishlash.
26. Rest va Spread hamda Destrucruring classlari.
27. JavaScript Callback va Promises, Async hamda Awaitlar bilan ishlash.
28.DOM va DOM Manipulation hamda DOM Events imkoniyatlari bilan ishlash.
29. Amaliyot.

"Frontend web dasturlash" qanday kurs?  

Bu sayt yaratish, uning ko’rinib turadigan qismini(interfeysini), web-dasturlarning foydalanuvchiga ko’rinadigan qismini yaratishni o’rganishga mo’ljallangan kurs.

Kurs qancha vaqt davom etadi?

Davomiyligi 6 oy, (noldan o’qishi boshlaydiganlar uchun 6 oy, “NODE.JS” kursini tugatganlar uchun 2 oy) haftasiga 3 kun, 180 daqiqadan bo'lib o'tadi.

"Frontend web dasturlash" kursi kimlar uchun? 

Bu kurs dasturlash sohasiga qiziqadigan, web-dasturlar, saytlar dizayni bilan ishlashni xohlovchilar, noldan boshlovchilar va Backend bo’yicha tajribasi borlar uchun.

"Frontend web dasturlash" kursida ta'lim olish uchun boshlang'ich qanday bilimlar talab qilinadi?  

"Foundation" kursida o'qigan bo'lishi yoki boshlang'ich bilimga ega bo'lishi kerak.

"Frontend web dasturlash" kursi uchun yosh chegarasi mavjudmi?

Kurs 14 yoshdan katta bo'lgan sohaga qiziquvchilar uchun tavsiya qilinadi.

"Frontend web dasturlash" kursida nimalar o'rgatiladi? 

Bu kursda web dastur ishlash uchun foydalaniladigan HTML va CSS  texnalogiyalar asoslari, Bootstrap shablonlaridan foydalanish, Git tizimida boshqarish, Figmada tahrirlash o’rgatiladi.

"Frontend web dasturlash" kursi so'ngida qanday bilimlarga ega bo'lish mumkin? 

Loyihani rejalashtirish, foydalanuvchi interfeysini yaratish, "Verstka" qilish, loyihalarni deploy qilish, serverga joylash, animatsiyalar yaratish va ular bilan ishlash, web sahifaning frontend qismi bilan professional ishlash, o'z portfolio saytini yaratish va boshqa bilim va ko'nikmalari ega bo'lasiz.

"Frontend web dasturlash" kursi davomida qaysi dasturlash tillari yoki texnologiyalar o'rgatiladi?

HTML, CSS texnalogiyalari, SaSS meta tili, Bootstrap shablon platformasi, Git versiyalarni boshqarish tizimi, Figma online tahrir platformasi va JavaScript dasturlash tili hamda React.js framework o’rgatiladi.

Nega aynan ular tanlangan?

Ushbu dasturlash tili va texnologiyalar, platforma va tizimlar saytni to’liq ishga tushirish uchun zarur.

Kursni tugatgach o'zim sayt yarata olamanmi? 

Yarata olasiz. Bitiruvchilar saytning frontend qismi bilan professional ishlay olishadi va uni serverga joylay olishadi.

Kursda o'qish uchun menda kompyuter yoki boshqa texnika kerak bo'ladimi? 

Yo'q, kerak bo'lmaydi. "DATA" ta'lim stansiya o'zi dars mobaynida kompyuter bilan o'quvchilarni ta'minlaydi. Shaxsiy kompyuter bo'lsa, uyda mustaqil uy vazifalarini bajarib yana ham bilimlaringizni oshirasiz.

Men ishlab ham darslarga qatnay olamanmi? 

Ha, albatta. Dars mashg'ulotlari ertalabki, kunduzgi va kechki ta'lim shaklida olib boriladi. O'quvchilar o'z erkin vaqtiga qarab kursga qatnasha olishadi.

Kursda o'qishni qanday boshlashim mumkin?

Ro'yxatdan o'tish

☎️ Tel: +99862-227-72-22
🚩 Moʻljal: Urganch, Darital, 2-qavat