February 17, 2024

"Robototexnika" kursi haqida batafsil ma'lumotlar

► Kurs haqida:

Davomiyligi 7 oy, haftasiga 3 kun, 180 daqiqadan bo'lib o'tadi. Bir guruhga 10 nafar o'quvchi bo'lib, har biri, dars davomida kompyuter va o'quv qo'llanma bilan ta'minlanadi.

Robototexnika kelajakning eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir. Avtomatlashtirish va texnik tizimlarni yaratish bilan shug‘ullanadi va elektronika, mexanika, dasturlash va matematikaning sintezini anglatadi. Buni zamonaviy bolalar oson va hayajon bilan o‘rganadilar. Ular interfaollikni yaxshi ko‘radilar va fanga katta qiziqish bildirishadi. Bola zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda kompleks muammolarni hal qilishni o‘rganadi.

🤖 “Robototexnika” kursi o‘qituvchisi Mirzobek Atayev

Oliy maʼlumotli, sohada 6 yillik tajribaga yega. “Turin” politexnika universitetini tamomlagan. ERIELL kompaniyasida injiner (muhandis) bo‘lib ishlagan. “Technolab” MCHJ asoschisi. Bundan tashqari “Smarthouse” loyihasi asoschisi. Uchuvchi dronlar loyihasi bilan shug‘ullangan.

  • Texnologik malakasi: C/C++, Arduino, Scratch, PHP, Javascript, Python. 3D va 3D loyihalar ishlash ko‘nikmasiga yega.

1 - Bosqich | 1 oy

  • Robototexnika asoslari
  • Lego mexanikasi bilan ishlash.
  • Lego Mindstorm EV3

2 - bosqich | 5 oy

  • Elektron va elektronika asoslari
  • Mikrokontroller bilan ishlash
  • Arduino kursi

3 - bosqich | 1 oy

  • 3D modellashtirish
  • Murakkab mexanik modellarni ishlab chiqish
  • Dasturlash kursi

Kursda o'qishni qanday boshlashim mumkin?

RO'YXATDAN O'TISH

☎️ Tel: +99862-227-72-22
🚩 Moʻljal: Urganch, Darital, 2-qavat