Dasturlash
April 12, 2023

"Node.js'ga asoslangan web dasturlash" kursi haqida batafsil ma'lumotlar:

Kurs haqida:

Davomiyligi 6 oy, haftasiga 3 kun, 180 daqiqadan bo'lib o'tadi. Bir guruhga 10 nafar
o'quvchi bo'lib, har biri, dars davomida zamonaviy kompyuter, bilan ta'minlanadi.
Kurs davomiyligi 6 oy:
➖ 1-oy: Frontend HTML/CSS Asoslari
➖ 2-oy: Web Dev
➖ 3-oy: Javascript asoslari
➖ 4-oy: Backend Typescript + Node.js
➖ 5-oy: Express.js
➖ 6-oy: Web site yaratish (Praktika)

Kurs davomida o'rgatiladigan texnologiyalar:

Kursda (Frontent)HTML, CSS3, SCSS va SASS, Javascript, JQuerty; (Backend) Node.Js, Express, MongoDB, GIT, API texnologiyalari o’rgatiladi.

Kurs so'ngida:

Kurs so'ngida: Zamonaviy texnologiyalardan foydalanib hozirda trendga aylanayotgan web saytlarni "Вёрстка" qila olish, Onlayn do'konlar va kichik servis xizmatini ko‘rsatuvchi ilovalar yaratish. Web hosting va domenlar bilan ishlash. API bilan ishlash va o‘zi mustaqil API yoza olish va yana bir qancha ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz

Kurs mentori Jalol Imomaddinov

Kurs mentori sohada 7 yillik tajribaga ega bo’lgan professional dasturchi. Ukraina, Belarusiya va Rossiya kabi turli mamlakatlarda freelancer sifatida ishlagan.

Texnologik malakasi: Java 8, Kotlin, Spring, Hibernate, Ktor, Ktorm, Java Streams, Kotlin Coroutines, Kotlin flow, PostgreSQL, Node js, Express, MongoDB, Android SDK, Architecture Components, Rest Api, Retrofit, Room, MVP, MVVM.

Jalol Imomaddinov bilan intervyu:

Kurs dars rejasi bilan tanishing

1-oy: Frontend HTML/CSS asoslari
1. Elementlar, atributlar. Sarlavha va paragraflar.
2. Stillar, matn, ranglar(nomlari, hex, rgb), havola, rasm va emoji qo’shish.
3. Ota element va ichki elementlar. Jadval va ro’yhatlar.
4. Inline (qatordagi) va blok elmenetlar (div), forma, input, knopkalar.
5. Media. Audio va video joylash. Youtube video.
6. Ko’p sahifali web saytlar (nav seksiyasi).
7. CSS. Class va ID lar (color, background, border selektorlari)
8. O’lchamlar. width-height (elementlarning eni va boyi). Margin va padding (ichki
boshliq va tashqaridan qochish), box-model. Matn va havolalarga stil berish,
elementlarning korinishi (display).
9. Button (knopkalar), formlar, jadval va ro`yhatga stil berish.
10. Psevdo class val psevdo elementlar yordamida stil berish, holatlar.
11. Flexbox.
12. Landing page ishlash.

2-oy Web Dev
1. Landing page ishlash.
2. Landing page ishlash.
3. CSS Mediaqueries bilan adaptiv dizayn chiqarish.
4. Sass CSS Preprocessori bilan oson CSS.
5. Responsiv dizayn.
6. Responsiv dizayn.
7. CSS Frameworklar. Bootstrap/Tilewind/Materialize/Bulma.
8. Panjaralar yordamida elementlarni joylashtirish. Bootstrap Grid va CSS Grid
9. Portfolio uchun ish.
10. Git va Github bilan ishlash.
11. Loyihalarni Github ga joylash va Netlify'ga yuklash.
12. Dizayn chizish. Figma dasturi.

3-oy Java script asoslari
1. JavaScript ga kirish. Alert va console.log funksiyalari.
2. Ma`lumotlar turlari. Sonlar va arifmetik amallar.
3. O’zgaruvchanlar. Let, const, var kalit so`zlari. String (matn) turi.
4. JS Document Object Model. Javascript bilan HTMLni boshqarish.
5. Prompt funksiyasi bilan ma`lumot olish va tiplarni keltirish.
6. Mantiqiy tur va mantiqiy amallar.
7. Shartli bajarish IF/ELSE. Siklik bajarish “For” konstruksiyasi.
8. Ma`lumotlar strukturalari. Massivlar.
9. JS DOM. Javascript yordamida HTMLga element qo`shish.
10. Praktika.
11. Js Funksiyalar, events (hodisalar) (onclick, onchange, onsubmit).
12. JS DOM. Praktika.

4-oy: Backend Typescript + Node.js
1. Ma`lumotlar turlari. number, string, boolean.
2. O’zgaruvchanlar va tiplar.
3. Funksiyalar, argument, parameter, result tushunchalari.
4. Funksiyalarni rejalashtirish.
5. Obyekt va massiv tiplari, type kalit so’zi, tip yaratish.
6. OOP. Classlar bilan object yaratish.
7. OOP. Classlarda funksiyalar. Metodlar.
8. OOP. Classlar bilan ishlash.
9. File bilan ishlash fs moduli.
10. Malumotlarni fayllarda saqlash va oqish.
11. OOP. Interfeyslar.
12. OOP. Polimorfizm.

5-oy: Express.js
1. Server va client tushunchasi, HTTP protocol.
2. Node.js da oddiy server (http moduli).
3. Express asoslari. Mashrutlar va routing.
4. Request va Response (Sorov va javob). HTML javob yuborish.
5. Shablonizatorlar (handlebars).
6. Praktika.
7. Praktika.
8. REST API tushunchasi.
9. Ma'lumotlar bazasiga kirish. PostgreSQL.
10. Malumot joylash, qidirish, yangilash va o`chirish.
11. Praktika.
12. Praktika.

6-oy: Web site yaratish (Praktika)


Kurs qancha vaqt davom qiladi?

Kurs davomiyligi 6 oy. Har bir oyda 12 dars, jami 72 darsdan iborat. Haftada 3 kun 180 daqiqadan bo’ladi.

“Node js’ga asoslangan web dasturlash”kursida ta’lim olish uchun boshlang’ich bilim talab qilinadimi?

Albatta, kurs nisbatan murakkab bo’lib, unda ta’lim olish uchun foundation kursi bilim ko’nikmalari talab qilanadi.

“Node js’ga asoslangan web dasturlash” kursida o’qish uchun yosh chegarasi bormi?

Kurs 14 yoshdan katta bo’lgan, shu sohaga qiziquvchi va foundation bilim ko’niklamalariga ega bo’lgan yoshlar uchun tavsiya qilinadi.

“Node js’ga asoslangan web dasturlash” kursida nimalar o’rgatiladi?

Kursda (Frontent) HTML, CSS3, SCSS va SASS, Javascript, JQuerty; (Backend) Node.Js, Express, MongoDB, GIT, API texnologiyalari o’rgatiladi.

Kurs 3 bosqichdan iborat:

1-bosqich. Frontend

HTML va CSS asoslari 1 oy davomida o'rgatiladi. Bunda siz HTML, CSS, Bootstrap, Tailwindcss, Git/Github bilan ishlash kabi bilimlarga ega bolasiz.

2-bosqich. Javascript Assoslari

Bu bosqich dasturlashga kirish hisoblanadi va Javascript tilining sintaksisi, asosiy konstruksiyalar va DOM bilan tanishasiz.

Typescript - Javascriptning mantiqiy davomi hisoblanadi va Javascript mavzulari Typescript da davom qilinadi va Node.js platformasi bilan yaqindan tanishasiz

3-bosqich. Backend.

Bu bosqichda siz Http Protocol, Node.js + Express.js framework bilan saytlarning backend  qismini tuzish, SQL (PostgreSQL) malumotlar bazalari bilan ishlash, CRUD, Rest API tiklash ni organasiz.

Yakunlovchi oyda organilgan bilimlar bilan har xil darajadagi loyihalarni ishlaysiz

Kursda o’qish uchun shaxsiy kompyuter talab qilinadimi?

O’quv mashg’ulotlari davomida “DATA” ta’lim stansiyasi  kompyuter va boshqa kerakli o’quv qurollari bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari kursni tugatgandan keyin, 3 oy davomida o’quvchilar ta’lim stansiyasi coworking hududi va kompyuterlaridan foydalanish imkoniyatiga ega.

Kurs davomida ta’lim beruvchi mentor kim?

Kurs mentori sohada 7 yillik tajribaga ega bo’lgan professional dasturchi. Ukraina, Belarusiya va Rossiya kabi turli mamlakatlarda freelancer sifatida ishlagan.

Texnologik malakasi: Java 8, Kotlin, Spring, Hibernate, Ktor, Ktorm, Java Streams, Kotlin Coroutines, Kotlin flow, PostgreSQL, Node js, Express, MongoDB, Android SDK, Architecture Components, Rest Api, Retrofit, Room, MVP, MVVM.

Men ishlab ham darslarga qatnay olamanmi?

Ha, albatta. Dars mashg'ulotlari ertalabki, kunduzgi va kechki ta'lim shaklida olib boriladi. O'quvchilar o'z erkin vaqtiga qarab kursga qatnasha olishadi.

Avval bu sohada shug’ullanmagan o’quvchilar ham kursni o’rgana oladimi?

Albatta, kursda ta’lim olish uchun o’quvchi boshlang’ich bilim ko’nikmaga ega bo’lishi kerak.

Sohada ish boshlash uchun minimum qanday kompyuter talab qilinadi?

Backend kursi uchun minimum Core i3, 256 SSD, 4gb RAM kompyuteri kerak bo’ladi.

Kurs so’ngida qanday bilimga ega bo’laman?

Zamonaviy texnologiyalardan foydalanib hozirda trendga aylanayotgan web saytlarni “Вёрстка” qila olish, Onlayn do’konlar va kichik servis xizmatini ko’rsatuvchi ilovalar yaratish. Web hosting va domenlar bilan ishladh. API bilan ishlash va o’zi mustaqil API yoza olish va yana bir qancha ko’nikmalarga ega bo’lasiz.

Kursni tugatgach menda portfolio bo’ladimi?

Ha, albatta. Kursni 3-oyidan keyin o’quvchida portfolio bo’ladi.

O’quv mashg’ulotlari qanday shaklda bo’ladi?

Darslar offline shaklda, ta’lim stansiya hududida bo’ladi va 80% amaliyotdan iborat.

“Node js’ga asoslangan web dasturlash”kursini mustaqil o’rgana olamanmi?

Internetda dasturlash sohasini o’rgatuvchi qo’llanmalar orqali o’quvchi texnologiyani o’rganishi mumkin. Lekin o’rganish ketma-ketligini bilmaganligi uchun o’quvchida ko’p chalkashliklar va tushunmovchiliklar, ko’p vaqt yo’qotishlar bo’lishi mumkin.

Kursda o'qishni qanday boshlashim mumkin?

Ro'yxatdan o'tish

☎️ Tel: +99862-227-72-22
🚩 Moʻljal: Urganch, Darital, 2-qavat