«Sun'iy intellekt» kursi haqida batafsil ma'lumotlar
► Kurs haqida:
Davomiyligi 6 oy, haftasiga 3 kun, 2 soatdan bo'lib o'tadi. An’anaviy va onlayn ta’limni birlashib Gibrid ta’lim tarzida olib boriladi. Kursning nazariy qismini Mohirdev tomonidan yozib olingan video-darsliklar orqali, amaliy qismini DATA ta'lim stansiyasining tajribali mentorlari bilan o'zlashtirasiz.
Gibrid ta’limni DATA ta’lim stansiyasida barcha zamonaviy texnikalardan va qulay sharoitlardan foydalangan holda o’qish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
► Kurs davomida o'rgatiladigan texnologiyalar:
NumPy - Massivlar va matritsalarga ishlov berish, hamda murakkab matematik funktsiyalarni jamlagan Python kutubxonasi.
Keras - Neyron tarmoqlar bilan ishlash uchun maxsus framework.
Seaborn - Ma'lumotlarni chiroyli grafiklar va chizmalar ko'rinishida taqdim qilish uchun maxsus kutubxona.
TensorFlow - Google tomonidan yaratilgan, katta miqyosdagi Machine Learning va Deep Learning algoritmlarni yaratishga qaratilgan kutubxona.
Pandas - Ma'lumotlarga ishlov berish va tahlil qilish uchun maxsus funkstiyalar jamlangan kutubxona.
Matplotlib - Ma'lumotlarni grafiklar va chizmalar ko'rinishida taqdim qilish uchun maxsus kutubxona.
Scikit learn - Klassifikatsiya, regressiya, klasterlash va boshqa Machine Learning algoritmlarni jamlagan kutubxona.
fast.ai - Katta hajmdagi Deep Learning algoritmlarni yaratish va ishga tushirish uchun maxsus kutubxona.
Tanishing kurs o'qituvchisi Anvar Narzullaev
Universiti Sains Islam Malaysia oliygohi Kompyuter Texnologiyalari kafedrasi yetakchi mutaxassisi. Janubiy Koreyaning Yeungnam Universiteti Doktoranti (PhD). Mohirdev platformasi asoschilaridan biri. Ilmiy yo'nalishi: Axborot xavfsizligi, Buyumlar Interneti (Internet of Things), yuqori aniqlikdagi navigasiya tizimlari.
Kurs dars rejasi bilan tanishing: https://teletype.in/@data_talim_stansiyasi/NgUOouqKnyd
Kurs qanday tartibda o'tiladi?
- An’anaviy va onlayn ta’limni birlashib Gibrid ta’lim tarzida olib boriladi. Kursning nazariy qismini Mohirdev tomonidan yozib olingan video-darsliklar orqali, amaliy qismini DATA ta'lim stansiyasining tajribali mentorlari bilan o'zlashtirasiz;
- Gibrid ta’limni DATA ta’lim stansiyasida barcha zamonaviy texnikalardan va qulay sharoitlardan foydalangan holda o’qish imkoniyatiga ega bo'lasiz;
- Har bir guruhga amaliy ishlar hamda savollar bilan ishlash uchun shu sohada tajribali alohida mentor biriktiriladi;
- Kurs materiallari Mohirdev jamoasi tomonidan soha bo’yicha tajribali mutaxasislar ishtirokida video dars shaklida yozib olingan;
- Gibrid ta’limni DATA ta’lim stansiysida barcha zamonaviy texnikalardan va qulay sharoitlardan foydalangan holda o’qish imkoniyati;
- Har bir guruhga amaliy ishlar hamda savollar bilan ishlash uchun shu sohada tajribali alohida mentor biriktiriladi;
- Maxsus sinovlar orqali o’zlashtirishingizni nazorat qilish imkoniyti bor;
- Har modulni ohirida mohirdevni katta ustozi bilan jonli zoom uchrashuvlari bo’ladi;
- Maxsus yopiq guruh tashkil qilinadi va shu yerda Mohirdev va DATA ta'lim stansiyasidan biriktirilgan mentorlar savollarga javob beradi.
Zamonaviy Sun'iy intellekt asosida ishlovchi dasturlarni yaratish uchun juda katta hajmdagi ma'lumotlarga ishlov berish talab etiladi. Misol uchun, ChatGPT dasturini yaratish uchun 45TB matnlarga ishlov berilgan. Tesla o'zi yurar mashinalari esa 56 million kilometr masofadagi videolarni "o'rganib" chiqqan. Data Science muhandislari terabaytlab axborotlarni tahlil qilish, ulardan foydali maʼlumotlarni olish va nihoyat bevosita matematik modellar yaratish bilan shu'gullanadi.
Kursda o'qish uchun menda kompyuter yoki boshqa texnika kerak bo'ladimi?
Yo'q, kerak bo'lmaydi. "DATA" ta'lim stansiyasining o'zi kompyuterlar bilan o'quvchilarni ta'minlaydi. Shaxsiy kompyuter bo'lsa, uyda mustaqil uy vazifalarini bajarib yana ham bilimlaringizni oshirasiz.
"Sun'iy intellekt" kursida ta'lim olish uchun boshlang'ich qanday bilimlar talab qilinadi?
Praktikum kursini boshlashdan oldin siz Python asoslarini bilishingiz kerak. Agar Pythonni bilmasangiz, xavotirga o’rin yo’q. Dasturimizga bepul 1 oylik Python asoslarini qo’shganmiz.
Sun'iy intellektning asosiy vazifalari nima?
- O'rganish (Learning): Kompyuterlar o'zlariga berilgan ma'lumotlardan o'rganish, tahlil qilish va yangi bilimlarni olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
- Mantiqiy qarash (Reasoning): Sun'iy intellekt tushunish, qarash va maslahat bermoq, mantiqiy topshiriqlarni bajarish va mantiqiy qarashni o'rganishga yordam bera oladi.
- Tahlil (Perception): Sun'iy intellekt mashinalarga o'xshash ko'nikmalarga ega bo'lib, rasmlarni, ovozlarni, matn va boshqa ma'lumotlarni tushunish va o'rganish imkoniyatiga ega.
- Til o'rganish (Natural Language Processing): Sun'iy intellektning tilni tushunish, tarjima qilish, so'zlar va gaplarni tushunish, tuzatish va boshqa til asosiy vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo'lishi.
Kursni tugatgach qanday ko'nikmalarga ega bo'laman?
Kurs davomida siz zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda 10 ta loyihani yakunlaysiz. O'quv dasturi IBM, Google va Kaggle kompaniyalari dasturi asosida tayyorlangan va Data Science mutaxassisi bilishi lozim bo'lgan barcha mavzularni qamrab olgan. Har bir mavzu video darsliklardan tashqari interaktiv o'quv qo'llanmalari va amaliy mashg'ulotlar bilan boyitilgan.
Kursda o'qishni qanday boshlashim mumkin?
☎️ Tel: +99862-227-72-22
🚩 Moʻljal: Urganch, Darital, 2-qavat