Kids
April 18, 2023

"Web dasturlash" kursi haqida batafsil ma'lumotlar

Web-dasturchi — boshlovchi dasturchilar uchun eng oson va shu bois eng ommalashgan yo‘nalish hisoblanadi. Ishlash uchun istalgan matn muharriri va brauzer yetarli bo‘ladi, chuqurlashgan darajada algaritmni o‘rganish shart emas. Dasturni yozishning har bir bosqichi natijasi ko‘rinib turadi. Umuman olganda, ustunligi anchagina. Veb-dasturchi bo‘lishning muhim jihati, bu JavaScript‘ ni o‘zlashtirish hisoblanadi.

4 oyga mo‘ljallangan kurs davomida

  • Dasturlash asoslari;
  • Web saytlar qurilish jarayoni;
  • HTML & CSS Saytda sxemasini qurish;
  • Saytning ko‘rinishini qilishda yangi texnologiyalardan foydalanish;
  • JavaScript, JQuery Real proyektlar ustida ishlash;
  • Jamoa bo‘lib ishlash qoidalari.

Tanishing "Web dasturlash" kursi mentori Dilshodbek Abdullayev

Toshkent axborot texnologiyalari Universiteti 3 kurs talabasi. Veb dasturlash yo‘nalishida 2 yillik tajribaga ega. HTML, Css, Bootstrap, JavaScript, jQuery, Node.js, Express.js,Typescript, Git, Handlebars dasturlash tillarida ishlay oladi. Onlayn frilans birjalarida faoliyat olib boradi.

Tanishing "Web dasturlash" kursi mentori Xudoshukur Madrimov

Kursi davomida o‘quvchi o‘z eʼtiborini fantaziyaga qaratib, fikrlash doirasini kengayishiga va dasturlash sohasida ko‘nikmalarni rivojlantirishga erishadi. Mazkur kursda bolalar ijodiy ishlar qilish mobaynida o‘z qobiliyatlarini o‘sishiga, hamda ushbu kurs zamon bilan hamnafas bo‘lishida, IT sohasiga kirib kelishda ilk qadam bo‘ladi.

"Web dasturlash" kursi bolalarga nima beradi?

Muloqot

Tanishish, muloqot qilish va tinglash orqali jamoadoshlari bilan konstruktiv muloqot o‘rnatish, o‘z g‘oyalarini yaqqol ifodalay olishni o‘rganadi.

Vazifalarni to‘g‘ri qo‘ya bilish

O‘z vazifacining asosiy maqsadini aniqlab olishni o‘rganadi.

Moslashuvchanlik

Oldingi vazifalar uchun yangicha yondashuvlarni qo‘llab, odatiy narsalarni noodatiy tarzda amalga oshirish va vaziyat uchun nostandart yechimlarni topish uchun yangi sharoitga tezda moslashishni o‘rganishadi.

Muammolarni hal qila bilish

Murakkab masalalarni qismlarga bo‘lib hal qilishni o‘rganadi.

Intizom

Shaxsiy resurslarni to‘g‘ri taqsimlash, muddatlar borasida ulgurish.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun

📞 Telefon: +99862-227-72-22

🚩 Mo‘ljal: Urganch, Darital, 2-qavat

@data_kids