«Android dasturlash» kursi haqida batafsil ma'lumotlar
► Kurs haqida:
Davomiyligi 5 oy, haftasiga 3 kun, 180 daqiqadan bo'lib o'tadi. Bir guruhga 10 nafar o'quvchi bo'lib, har biri dars davomida kompyuter bilan ta'minlanadi. Darslar 90% amaliy bo'lib otadi.
➖ 1-oy: Dasturlash algoritmlari va ketma-ketliklar.
➖ 2-oy: Funksiyalar. Kodni fragmentlarga bo‘lish va qayta foydalanish.
➖ 3-oy: Android Studio va proyekt strukturasi. Git va Github.
➖ 4-oy: Toolbar va FloatingActionButton.
► Kurs davomida o'rgatiladigan texnologiyalar:
► Kurs so'ngida:
Java va Kotlin dasturlash tillari, Android ilovalar yaratish va uni Kotlin KMM orqali IOS uchun moslash, yani IOS uchun ilova yaratish, ilovalar dizayni bilan ishlash, PlayMarketga ilovalar joylash Android Studio bilan ishlash va shu sohaga oid boshqa bilimlarga ega bo'lasiz.
Tanishing, "Android dasturlash" kursi mentori Jalol Imomaddinov
Sohada 4 yillik tajribaga ega mutaxassis. Ukraina, Belarus va Rossiya kabi turli xil davlatlar bilan frilanser sifatida ishlagan.
Texnologik malakasi: Java 8, Kotlin, Spring, Hibernate, Ktor, Ktorm, Java Streams, Kotlin Coroutines, Kotlin flow, PostgreSQL, Node JS, Express, MongoDB, Android SDK, Architecture Components, Rest Api, Retrofit, Room, MVP, MVV
Quyidagi videolavhada Jalol Imomaddinov faoliyati haqida yaqindan tanishib olishingiz mumkin
Kurs dars rejasi bilan tanishing
1. Dasturlash algoritmlari va ketma-ketliklar.
2. Kotlin dasturlash tiliga kirish. Sintaksis va birinchi dastur.
3. Sonlar va arifmetik amallar.
4. O‘zgaruvchilar va ma’lumotlar turlari. Satrlar va konketenatsiya amali.
5. Ma’lumot kiritish (readline) va turlarni keltirish.
6. Mantiqiy tur va solishtirish amallari.
7. Shartli if/else operatori. Bajarishni yo‘naltirish.
8. For cikle operatori. Kodni qayta bajarish.
9. Matematik funksiyalar. Masala yechish.
10. Malumot turlari. Strukturalar va massivlar.
12. Kengayuvchi massivlar (List).
13. Funksiyalar. Kodni fragmentlarga bo‘lish va qayta foydalanish.
14. Funksiya parametrlari, universal kod.
15. Funksiya natijasi. Operator return.
16. Vizualizatsiya. Graphiss bilan ishlash. Spaseship o‘yini.
17. OOP ob’yektlar va klasslar. O‘zgaruvchilar va holatlar.
18. OOP klasslarda funksiyalar (metodlar). Inkapsulyatsiya yoki yashirin mantik.
20. OOP uslubida o‘yin yaratish.
21. OOP interfeysla. Abstraksiya va polimorfizm.
22. OOP minimal ArrayList klassini yaratish.
23. OOP abstraksiya va vorislik. Klasslarda ajdodlar va avlodlar.
24. OOP klasslarni kengaytirish va kodni kayta ishlatish.
25. Android Studio va proyekt strukturasi. Git va Github.
26. Android XML. Dastur dizayni.
27. Vidjetlar TextView. EditText va Button.
28. Vidjetlar. ImageView va resurslar.
29. Komponovka LinearLayout, RelativeLayout, Sonstrains Layout.
31. Ro‘yxatlar. ListView va Adapter.
32. Vidjetlar. CheckBox, RadioButton, ScrollView.
33. Dialogs. DatePicker ва TimePicker.
35. Vidjetlar. Spinner, Seekbar, ProgressBar.
36. Rivojlangan ro‘yxatlar RecyclerView CardView.
37. Toolbar va FloatingActionButton.
39. Navigatsiya BottomNavigationView va Fragmenlar.
40 TabLayout va ViewPager yordamida vkladkalar bilan ishlash.
41. Tashqi ko‘rinish stilizatsiyasi Themes resursi.
42. Ma’lumotlar bazasi. SQLite asoslari.
43. Ma’lumotlar bazasi Room kutubxonasi.
45. Internet bilan boglanish API ва Json tushunchasi.
46. API daga so‘rov jo‘natish. Retrofit.
47. Kod strukturasi View ва Repository qatlamlari.
48. Mustaqil ish.
Amaliy darslar
Ushbu kurs haqida eng ko'p berilayotgan savollarga javoblar:
"Android dasturlash" qanday kurs?
Bu har bir telefon, smart soat, smart televizor va boshqa “aqlli” qurilmalarga o’rnatiladigan dasturlarni yaratishni o'rgatishga ixtisoslashgan kurs.
Kurs qancha vaqt davom etadi?
Kurs 4 oyga mo'ljallangan. Har bir oyda 12 dars mashg'uloti bo'lib o'tib, jami kurs 48 darsdan iborat.
"Android dasturlash" kursi kimlar uchun?
Bu kurs mobil dasturlar ishlashga qiziquvchi, dasturlash sohasida ishlashni xohlagan, noldan dasturlashni o’rganadigan yoki boshlang’ich bilimlarga ega bo’lgan havaskorlar uchun.
"Android dasturlash" kursida ta'lim olish uchun boshlang'ich qanday bilimlar talab qilinadi?
Boshlang'ich bilim talab qilinmaydi, sohaga qiziquvchi barcha yoshlar uchun tavsiya qilinadi.
"Android dasturlash" kursi uchun yosh chegarasi mavjudmi?
Kurs 14 yoshdan katta bo'lgan sohaga qiziquvchi yoshlar uchun tavsiya qilinadi.
"Android dasturlash" kursida nimalar o'rgatiladi?
Java, Kotlin dasturlash tillarining bazaviy imkoniyatlari, ma’lumot kiritish, mobil dasturlar yozish va ularni Play Market dasturiga joylashni o’rganasiz.
"Android dasturlash" kursi so'ngida qanday bilimlarga ega bo'lish mumkin?
Java va Kotlin dasturlash tillari, Android ilovalar yaratish va uni Kotlin KMM orqali IOS uchun moslash, yani IOS uchun ilova yaratish, ilovalar dizayni bilan ishlash, PlayMarketga ilovalar joylash Android Studio bilan ishlash va shu sohaga oid boshqa bilimlarga ega bo'lasiz.
"Android dasturlash" kursi davomida qaysi dasturlar o'rgatiladi?
Java, Kotlin dasturlash tillari va AndroidStudio platformasi o’rgatiladi.
Nega aynan Java, Kotlin dasturlash tillari va AndroidStudio platformasi tanlangan?
Java dasturlash tili o’rganish uchun oson, shu bilan birga uning yordamida turli masalalarni hal qilish mumkin, shuningdek, uni tayyor yechimlar yig’ilgan kututbxonasi boy. Kotlin dasturlash tili boshlovchidasturchilar uchun ham, professionallar uchun ham birdek yaxshi tanlov. Qolaversa u deyarli xavfsiz ham. Android studioda esa siz mobil dasturlarni ishlab chiqasiz. Ya’ni u sizga dastur ishlab xhiqish imkonini beruvchi platforma.
Kursni tugatgach o'zim mustaqil mobil dasturlar yarata olamanmi?
Yarata olasiz. Turli vazifalarni bajaradigan mobil dasturlarni ishlab chiqishingiz mumkin bo’ladi. Albatta bu narsa sizning harakatingiz va e’tiboringizga ham bog’liq.
Android dastrlashga qanchalik talab bor?
Google ma’lumotlariga ko’ra, 3 milliard qurilma Android platformasida ishlaydi. Mobil dasturlar bozori har yil o’z rekordini yangilamoqda. Dunyo bo’yab mobil dasturlarni sotib olish uchun o’nlab milliard dollar sarflanadi.
Kursda o'qish uchun menda kompyuter yoki boshqa texnika kerak bo'ladimi?
Yo'q, kerak bo'lmaydi. "DATA" o'quv markazining o'zi kompyuterlar bilan o'quvchilarni ta'minlaydi.
Shaxsiy kompyuter bo'lsa, uyda mustaqil uy vazifalarini bajarib yana ham bilimlaringizni oshirasiz.
Kurs davomida dars beradigan o'qituvchi kim?
Kurs mentori Jalol Imomaddinov. Sohada 4 yillik tajribaga ega mutaxassis. Ukraina, Belarus va Rossiya kabi turli xil davlatlar bilan frilanser sifatida ishlagan.
Texnologik malakasi: Java 8, Kotlin, Spring, Hibernate, Ktor, Ktorm, Java Streams, Kotlin Coroutines, Kotlin flow, PostgreSQL, Node JS, Express, MongoDB, Android SDK, Architecture Components, Rest Api, Retrofit, Room, MVP, MVV
Men ishlab ham darslarga qatnay olamanmi?
Ha albatta. Dars mashg'ulotlari ertalabki, kunduzgi va kechki ta'lim shaklida olib boriladi. O'quvchilar o'z erkin vaqtiga qarab kursga qatnasha olishadi.
Avval bu sohada umuman shug'ullanmaganman, meni qo'limdan keladimi?
Kurs rejasiga ko'ra o'quv mashg'ulotlari o'quvchilarni noldan boshlab o'qitishga mo'ljallangan. Sohaga ishtiyoqi baland o'quvchilar yaratilgan qulayliklardan foydalanib sohani bemalol egallashi mumkin.
Dasturlash sohasida tajribam bo’lsa, darslar men uchun zerikarli bo'lmaydimi?
Kurs boshlanishidan oldin o'quvchilarning bilim darajasi aniqlanadi va amaliy darslar sizga zerikishga vaqt qoldirmaydi.
Sohada ish boshlash uchun minimum qanday kompyuter talab etiladi?
Minimum talablar - protsessor ntel core i3 4GB operativ xotira va 128GB SSD disk, video karta 2 Gb
Tavsiya qilinadi: Prosessor i5 operativ xotira 16 gb / 256 SSD disk, video karta 4 gb
Kursni tugatgach menda porfolio bo'ladimi?
Ha albatta. Kursning 2-modulidan keyin o'zingiz xohlagancha mobil o’yinlar,dasturlar yaratib amaliyot qilishingiz mumkin. Har bir yaratilgan amaliy ishingiz siz uchun portfolio sifatida ishlaydi.
Ta'lim jarayoni qay shaklda o'tadi?
Darslar oflayn shaklda o'quv markaz hududida olib boriladi va 90% amaliy tarzda bo'lib o'tadi.
Kursni tugatgach qanday ko'nikmalarga ega bo'laman?
Bitiruvchilar ekranni loyihalash, dasturlash mantiqini dasturlash, ularni Plat marketga joylash, turli muammolarni hal qiluvchi dasturlash yozish, dastur holatlari orasidagi o’tishlarni o’zgacha qilish, tayyor dasturni sinovdan o’tkazishni o’rganishlari mumkin bo’ladi.
"Android dasturlash"da o’qib IOS ga xam dastur yoza olamanmi?
Android dasturlashda faqat Android operatsion sistemada ishlaydigan qurulmalarga dastur yoziladi va IOS uchun alohida yoziladi ularga bir birining dasturlarini o’rnatib bo’lmaydi.
Lekin siz Androidga dastur yoza olsangiz keyinchalik IOS dasturlashni oson o’zlashtirishingiz mumkin.
Bitiruvchilar qayerda ishlay oladi?
Bitiruvchilar o’z darajasiga ko’ra IT-ko’rxonalarda ishlashlari yoki frilancer sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.
Android dasturlashni mustaqil tarzda o'rgana olamanmi?
O'rganish mumkin. Internetda bu mavzuda ma'lumotlar ko'p. Lekin ular yordamida faqat dasturlash tillarini yuzaki o’rganishingiz mumkin. Mobil dastur yaratish esa faqat kod yozishdan iborat emas. Ish tahlildan boshlanadi. Ya’ni, dastur kimlar uchunligi, maqsadi va nima foyda keltirishini analiz qilib olishdan. Bozor o’rganiladi va shundan keyingina yo’nalish va tilni tanlab dasturlashga kirishish to’gri bo’ladi. Bu jarayonlar boshida ustoz turgani esa o’qish jarayonini tizimli qiladi va tezlashtiradi.
Kursda o'qishni qanday boshlashim mumkin?
Kursda o'qish uchun https://bit.ly/3YgRtuo shu havola orqali ro'yhatdan o'ting yoki +998622277222 telefon raqamlariga qo'ng'iroq qiling.