February 14, 2023

«Musiqa yaratish va sound dizayn» kursi haqida batafsil ma'lumotlar

O'zbekistonda ilk marotaba Xorazm viloyatida joylashgan "DATA" innovatsion o'quv markazida «Musiqa yaratish va sound dizayn» kursi tashkil etildi.

► Kurs haqida:

Davomiyligi 3 oy, haftasiga 3 kun, 180 daqiqadan bo'lib o'tadi. Bir guruhga 10 nafar o'quvchi bo'lib, har biri, dars davomida kompyuter, Midi klviatura, naushnik, ovoz kartasi bilan ta'minlanadi.

Kurs davomiyligi 3 oy:

➖ 1-oy: Ovoz operatorligi

➖ 2-oy: Musiqa bastalash

➖ 3-oy: Ovoz rejissyorligi

► Kurs davomida o'rgatiladigan texnologiyalar:

«Cubase» dasturi yordamida ovoz yozish va unga sayqal berish (sequencer, «аранжировка»), Melodyne orqali ovozni tonini, usulini, xarakterini to’g’irlash, hamda musiqaga yakuniy sayqal berish (mix mastering, «сведение») o’rgatiladi.

► Kurs so'ngida:

Mustaqil ovoz yozish; Musiqa bastalash; Janrlarni ajrata olish va pop, house, rok, hip hop, RNB, trap kabi janrlarda musiqa yozish; Yangi kompozitsiyalar yaratish kabi malakalarga va ovoz rejissyori kasbi bo’yicha boshlang’ich bilimlarga ega bo’lasiz.

https://t.me/data_talim_stansiyasi

Tanishing, «Musiqa yaratish va sound dizayn» kursi mentori Davronbek Raxmanov

Sohada 13 yillik tajribaga ega mutaxassis. Shu paytgacha 100 dan ortiq qo’shiqlarni bastalagan. Hozirda «Grand Records» studiyasi asoschisi. Faoliyati davomida o’zbek, rus, qozoq, turkman, yapon, fransuz xonandalariga qo'shiq yozib bergan. "Tarona Records" va "Kelajak Records"da malaka oshirgan hamda O’zbekiston davlat konservatoriyasidagi ustoz va professorlardan ta'lim olgan.

Texnologik malakasi: Ovoz yozish va korreksiyalash, oranjirovka, musiqa bastalash va sayqallash, sound yaratish, dublyaj.

Quyidagi videolavhada Davronbek Raxmanov faoliyati haqida yaqindan tanishib olishingiz mumkin

https://t.me/data_talim_stansiyasi

➡️ 00:01 Kirish: Davronbek Raxmanov bilan tanishuv

➡️ 00:58 Bu sohaga kirib kelish tarixi

➡️ 01:50 Nega aynan bu soha tanlangan?

➡️ 02:08 Bu kasb egalarining ish quroli nimalardan iborat?

➡️ 02:24 Bu sohaga talab qay darajada yuqori?

➡️ 03:13 «Musiqa yaratish va sound dizayn» kursi haqida

➡️ 03:55 Bu kursning avzallik tomonlari bormi?

➡️ 04:25 Yangi o'rganuvchilar qanday xatolarga yo'l qo'yishadi?

➡️ 04:50 Kursni tugatib o'rganuvchilar mustaqil musiqa yarta olishadimi?

➡️ 05:28 Davronbek Raxmanov tomonidan amaliy ish: 5 daqiqada musiqa yartish

Kurs dars rejasi bilan tanishing

1-oy: Ovoz operatorligi

1..Tanishish. Kasb haqida suhbat. O'quvchilar qiziqishini aniqlash va sohaning ichki yo'nalishlari tanishtiriladi.

2. Kerakli Texnikalar haqida ma'lumot. Mikrafon, Midi Klvyatura, Ovoz kartasi, Monitor. Shuningdek ovoz yozish va musiqa bastalashga doir dasturlar bilan tanishish.

3. Nazariy ko'nikmalar: Chastota, DB

4. Cubase dasturi bilan tanishish: Dasturni o'rnatish, kerakli interfeysga sozlash, kerakli panellar bilan tanishish

5. Texnikalarni sozlash: Monitor joylashuvi, miikrafon kerakli rakursga sozlash, ovoz kartasini to'g'ri sozlash

6. Cubase dasturidagi funksiyalar: Automation, Fading

7. Cubase dasturida ovoz yozish: Vocal, musiqa instrumentlari,

8. Yozilgan ovozga dastlabki ishlov berish

9. Import / Export

10. Ovozlarni sayqallash jarayoniga tayyorlash.

11. Amaliy mashg'ulot

12. Takrorlash

2-oy: Musiqa bastalash

1.. Milliy cholg'ular bilan tanishish

2. Jahon cholg'ulari bilan tanishish

3. Drum partiya yartish (Beat yartish).

4. Musiqa nazariyasi: Nota, Gamma, Interval, Akkord, Garmoniya

5. Amaliy mashg'ulot

6. Virtual instrumentlar

7. Virtual instrumentlardan foydalanish

8. Instrumentlar partiyasi

9. Istalgan janrda sound yaratish

10. Cover yaratish

11. Remix yaratish

12. Amaliy mashg'ulot

3-oy: Ovoz rejissyorligi

1.. Ovoz rejissyorligi haqida tushuncha

2. Panorama: Tracklar joylashuvini o'rganish

3. Balans: Tracklarning bir biriga nisbatan baland pastligi

4. Equalizatsiya: Chastotalarni korreksiya qilish

5. Compressiya: Dinamik ko'rsatgichlarni to'g'irlash

6. Ovozni sayqallash

7. Ovozga qo'shimcha effektlar yordamida ishlov berish

8. Back vocal

9. Melodyne dasturi

10. Melodyne dasturida ovozni korreksiyalash: Ovoz to'nini, usulini, harakterini to'g'irlash

11. Mastering: Umumiy sayqal berish

12. Tayyor bo'lgan mahsulotlarni productionga chiqarish
https://t.me/data_talim_stansiyasi

Ushbu kurs haqida eng ko'p berilayotgan savollarga javoblar:

"Musiqa yaratish va sound dizayn" qanday kurs?

Bu kurs bo'lajak ovoz rejissyorlari, musiqa bastalash ustalarini tayyorlab beruvchi hamda kompyuter yordamida har qanday musiqani yaratishni o'rgatishga ixtisoslashgan kurs.

Kurs qancha vaqt davom etadi?

Kurs 3 oyga mo'ljallangan. Har bir oyda 12 dars mashg'uloti bo'lib o'tib, jami kurs 36 darsdan iborat.

"Musiqa yaratish va sound dizayn" kursi kimlar uchun?

Bu kurs musiqa sohasiga qiziquvchi, dublyaj sohasida ishlashni xohlagan, xonanda bo'lish istagidagi xavaskorlar, kelajakda konservatoriyaga kirishni xohlagan o'g'il-qizlar va o'z kasbiy malakasini oshirishni istagan bastakorlar uchun.

"Musiqa yaratish va sound dizayn" kursida ta'lim olish uchun boshlang'ich qanday bilimlar talab qilinadi?

Boshlang'ich bilim talab qilinmaydi, musiqa sohasiga qiziquvchi barcha yoshlar uchun tavsiya qilinadi.

"Musiqa yaratish va sound dizayn" kursi uchun yosh chegarasi mavjudmi?

Kurs 14 yoshdan katta bo'lgan musiqa sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun tavsiya qilinadi.

"Musiqa yaratish va sound dizayn" kursida nimalar o'rgatiladi?

Bu kursda Ovoz operatorligi, Musiqa bastalash, Ovoz rejissyorligi va shu kabi bir qancha bilimlarga ega bo'lish mumkin.

"Musiqa yaratish va sound dizayn" kursi so'ngida qanday bilimlarga ega bo'lish mumkin?

Kurs so'ngida mustaqil ovoz yozish, musiqa bastalash, janrlarni ajrata olish, yangi kompozitsiyalar yaratish va ovoz rejissyorligi kasbi bo'yicha boshlang'ich bilimlarga ega bo'lasiz.

"Musiqa yaratish va sound dizayn" kursi davomida qaysi dasturlar o'rgatiladi?

«Cubase» dasturi yordamida ovoz yozish va unga sayqal berish (sequencer, «аранжировка»), Melodyne orqali ovozni tonini, usulini, xarakterini to’g’irlash, hamda musiqaga yakuniy sayqal berish (mix mastering, «сведение») o’rgatiladi.

Nega aynan «Cubase» dasturi tanlangan?

"FL Studio" yoki shunga o'xshash musiqa bastalash uchun qo'llaniluvchi dasturlardan farqli ravishda «Cubase» dasturi professional tarzda musiqa yaratishga imkon beradi.

Kursni tugatgach o'zim mustaqil musiqa yarata olamanmi?

Ha albatta. Bitiruvchilar pop, house, rok, hip hop, RNB, trap janrlarida mustaqil musiqa yarata olishadi.

Musiqa bastalash nimaga kerak, tayyor musiqalar ko'p-ku?

Musiqa bastalash ko'nikmasi sizning yangi ijod qobilyatlaringizni rivojlantiradi. Bundan tashqari, bu ko'nikma bilan o'z g'oya yoki loyihangizga mos takrorlanmas musiqa yarata olasiz.

Kursda o'qish uchun menda kompyuter yoki boshqa musiqa anjomlari kerak bo'ladimi?

Yo'q, kerak bo'lmaydi. "DATA" o'quv markazining o'zi barcha musiqa anjomlari va kompyuterlar bilan o'quvchilarni ta'minlaydi.

Kurs davomida dars beradigan o'qituvchi kim?

Kurs mentori sohada 13 yillik tajribaga ega mutaxassis Davronbek Raxmanov. Shu paytgacha 100 dan ortiq qo’shiqlarni bastalagan. Hozirda «Grand Records» studiyasi asoschisi. Faoliyati davomida o’zbek, rus, qozoq, turkman, yapon, fransuz xonandalariga qo'shiq yozib bergan. "Tarona Records" va "Kelajak Records"da malaka oshirgan hamda O’zbekiston davlat konservatoriyasidagi ustoz va professorlardan ta'lim olgan.

Agar men ishlaydigan bo'lsam ham darslarga qatnay olamanmi?

Ha albatta. Dars mashg'ulotlari ertalabgi, kunduzgi va kechki ta'lim shaklida olib boriladi. O'quvchilar o'z erkin vaqtiga qarab kursga qatnasha oladi.

Avval bu sohada umuman shug'ullanmaganman, meni qo'limdan keladimi?

Kurs rejasiga ko'ra o'quv mashg'ulotlari o'quvchilarni noldan boshlab o'qitishga mo'ljallangan. Sohaga ishtiyoqi baland o'quvchilar yaratilgan qulayliklardan foydalanib sohani bemalol egallashi mumkin.

Agar musiqa sohasida tajribam bo'lsa, darslar men uchun zerikarli bo'lmaydimi?

Kurs boshlanishidan oldin o'quvchilarning bilim darajasi aniqlanadi va darslar shu asosda o'tiladi.

Sohada ish boshlash uchun minimum qanday kompyuter talab etiladi?

Minimum talablar - protsessor Intel Core i5, 8 gb operativ xotira va SSD disk.

Kursni tugatgach menda porfolio bo'ladimi?

Ha albatta. Kursning 2-modulidan keyin har bir darsda o'zingiz xohlagancha musiqa yaratib amaliyot qilishingiz mumkin. Har bir yaratilgan amaliy ishingiz siz uchun portfolio sifatida ishlaydi.

Ta'lim jarayoni qay shaklda o'tadi?

Darslar oflayn shaklda o'quv markaz hudida olib boriladi va 90% amaliy tarzda bo'lib o'tadi.

Kursni tugatgach qanday ko'nikmalarga ega bo'laman?

Bitiruvchilar soha bo'yicha olingan bilimlardan tashqari ovozni sayqallash, shovqinlar bilan ishlash, 3D va maxsus effektlar yordamida musiqa yaratish ko'nikmalariga ega bo'lishadi.

Bitiruvchilar qayerda ishlay oladi?

Kursni bitirgan o'quvchilar frilans birjalarida musiqa sotish va mustaqil ravishda musiqa yozish bilan shug'ullanishlari mumkin bo'ladi.

Sound dizayndan qaysi sohalarda qo'llaniladi?

Kino, o'yin yaratish, podkast, radio, audiokitoblar yozib olish va zamonaviy musiqalar yaratishda sound dizayn keng qo'llaniladi.

Sound dizayner va kompozitorning farqi nimada?

Sound dizayner audio tasvirlarni yaratish bilan shug'ullanadi. Ushbu mutaxassislar tovushlarni bir-biri bilan bog'lab, sintez va qayta ishlash yordamida yangi noodatiy musiqalar yaratadi. Kompozitor esa musiqa asboblari orqali ijro etish mumkin bo'lgan musiqalarni yozadi.

Musiqa bastalashni mustaqil tarzda o'rgana olamanmi?

Albatta, o'rganish mumkin. Internetda ma'lumotlar juda ham ko'p. Ammo ular orasida eng kerakli bilimlarni ajratish hamma uchun ham oson emas. "DATA" o'quv markazining «Musiqa yaratish va sound dizayn» kursi esa sohaga kirishni boshlang'ich bilim va tajribaga ega bo'lishni xohlaganlar uchun start vazifasini bajaradi.

Kursda o'qishni qanday boshlashim mumkin?

Kursda o'qish uchun https://bit.ly/3YgRtuo shu havola orqali ro'yhatdan o'ting yoki +998622277222 telefon raqamlariga qo'ng'iroq qiling.

🚩 Moʻljal: Urganch, Darital, 2-qavat

https://t.me/data_talim_stansiyasi