February 13, 2023

"NODE.JS ga asoslangan web dasturlash" kursi haqida batafsil ma'lumotlar

@data_talim_stansiyasi

► Kurs haqida:

Davomiyligi 6 oy, haftasiga 3 kun, 180 daqiqadan bo'lib o'tadi. Bir guruhga 10 nafar o'quvchi bo'lib, har biri, dars davomida zamonaviy kompyuter, bilan ta'minlanadi.

Kurs davomiyligi 6 oy:

➖ 1-oy: Frontend HTML/CSS Asoslari

➖ 2-oy: Web Dev

➖ 3-oy: Javascript asoslari

➖ 4-oy: Backend Typescript + Node.js

➖ 5-oy: Express.js

➖ 6-oy: Web site yaratish (Praktika)

► Kurs davomida o'rgatiladigan texnologiyalar:

Frontend)| HTML, CSS3, SCSS va SASS, Javascript, JQuery; (Backend)| Node.Js, Express, MongoDB, GIT, API;

► Kurs so'ngida:

Zamonaviy texnologiyalardan foydalanib hozirda trendga aylanayotgan web saytlarni "Вёрстка" qila olish, Onlayn do'konlar va kichik servis xizmatini ko‘rsatuvchi ilovalar yaratish. Web hosting va domenlar bilan ishlash. API bilan ishlash va o‘zi mustaqil API yoza olish va yana bir qancha ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.

@data_talim_stansiyasi

Tanishing, "NODE.JS ga asoslangan web dasturlash" kursi mentori Jalol Imomaddinov

Sohada 4 yillik tajribaga ega bo'lgan professional dasturchi. Ukraina, Belarusiya va Rossiya kabi turli mamlakatlarda freelancer sifatida ishlagan.

Texnologik malakasi: Java 8, Kotlin, Spring, Hibernate, Ktor, Ktorm, Java Streams, Kotlin Coroutines, Kotlin flow, PostgreSQL, Node JS, Express, MongoDB, Android SDK, Architecture Components, Rest Api, Retrofit, Room, MVP, MVVM

Quyidagi videolavhada Jalol Imomaddinov faoliyati haqida yaqindan tanishib olishingiz mumkin

@data_talim_stansiyasi

Kurs dars rejasi bilan tanishing

1-oy: Frontend HTML/CSS Asoslari

1.    Elementlar, atributlar. Sarlavha va paragraflar.

2.    Stillar, matn, ranglar(nomlari, hex, rgb), havola, rasm va emoji qo’shish.

3.    Ota element va ichki elementlar. Jadval va ro’yhatlar.

4.    Inline (qatordagi) va blok elmenetlar (div), forma, input, knopkalar.

5.    Media. Audio va video joylash. Youtube video.

6.    Ko’p sahifali web saytlar (nav seksiyasi).

7.    CSS. Class va ID lar (color, background, border selektorlari)

8.    O’lchamlar. width-height (elementlarning eni va boyi). Margin va padding (ichki boshliq va tashqaridan qochish), box-model. Matn va havolalarga stil berish, elementlarning korinishi (display).

9.    Button (knopkalar), formlar, jadval va ro`yhatga stil berish.

10. Psevdo class val psevdo elementlar yordamida stil berish, holatlar.

11. Flexbox.

12. Landing page ishlash.

2-oy: Web Dev

1.    Landing page ishlash.

2.    Landing page ishlash.

3.    CSS Mediaqueries bilan adaptiv dizayn chiqarish.

4.    Sass CSS Preprocessori bilan oson CSS.

5.    Responsiv dizayn.

6.    Responsiv dizayn.

7.    CSS Frameworklar. Bootstrap/Tilewind/Materialize/Bulma.

8.    Panjaralar yordamida elementlarni joylashtirish. Bootstrap Grid va CSS Grid

9.    Portfolio uchun ish.

10. Git va Github bilan ishlash.

11. Loyihalarni Github ga joylash va Netlify'ga yuklash.

12. Dizayn chizish. Figma dasturi.

3-oy: Javascript asoslari

1.    JavaScript ga kirish. Alert va console.log funksiyalari.

2.    Ma`lumotlar turlari. Sonlar va arifmetik amallar.

3.    O’zgaruvchanlar. Let, const, var kalit so`zlari. String (matn) turi.

4.    JS Document Object Model. Javascript bilan HTMLni boshqarish.

5.    Prompt funksiyasi bilan ma`lumot olish va tiplarni keltirish.

6.    Mantiqiy tur va mantiqiy amallar.

7.    Shartli bajarish IF/ELSE. Siklik bajarish “For” konstruksiyasi.

8.    Ma`lumotlar strukturalari. Massivlar.

9.    JS DOM. Javascript yordamida HTMLga element qo`shish.

10. Praktika.

11. Js Funksiyalar, events (hodisalar) (onclick, onchange, onsubmit).

12. JS DOM. Praktika.

4-oy: Backend Typescript + Node.js

1.    Ma`lumotlar turlari. number, string, boolean.

2.    O’zgaruvchanlar va tiplar.

3.    Funksiyalar, argument, parameter, result tushunchalari.

4.    Funksiyalarni rejalashtirish.

5.    Obyekt va massiv tiplari, type kalit so’zi, tip yaratish.

6.    OOP. Classlar bilan object yaratish.

7.    OOP. Classlarda funksiyalar. Metodlar.

8.    OOP. Classlar bilan ishlash.

9.    File bilan ishlash fs moduli.

10. Malumotlarni fayllarda saqlash va oqish.

11. OOP. Interfeyslar.

12. OOP. Polimorfizm.

5-oy: Express.js

1.    Server va client tushunchasi, HTTP protocol.

2.    Node.js da oddiy server (http moduli).

3.    Express asoslari. Mashrutlar va routing.

4.    Request va Response (Sorov va javob). HTML javob yuborish.

5.    Shablonizatorlar (handlebars).

6.    Praktika.

7.    Praktika.

8.    REST API tushunchasi.

9.    Malumotlar bazasiga kirish. PostgreSQL.

10. Malumot joylash, qidirish, yangilash va o`chirish.

11. Praktika.

12. Praktika.

6-oy: Web site yaratish (Praktika)

"NODE.JS ga asoslangan web dasturlash" kursi haqida eng ko'p beriladigan savollar

@data_talim_stansiyasi

“NODE.JS ga asoslangan web-dasturlash”qanday kurs?

Node.js - bu V8da harakatlanadigan server platformasi. Dasturchilarga JavaScript kuchini kengaytirish va undan umumiy maqsadli til sifatida foydalanish uchun kerak. Node.js`ni o‘zlashtirganingizdan so‘ng siz server tomonidagi veb-ilovalar va CLI utilitlarini yaratishingiz mumkin bo‘ladi.

Kurs qancha vaqt davom etadi?

Davomiyligi 6 oy, haftasiga 3 kun, 180 daqiqadan bo'lib o'tadi. Bir guruhga 10 nafar o'quvchi bo'lib, har biri dars davomida kompyuter bilan ta'minlanadi. Darslar 90% amaliy bo'lib otadi.

“NODE.JS ga asoslangan web-dasturlash” kursi kimlar uchun?

Kurs avval Node.JS-da ishlamagan yoki ushbu texnologiya bo'yicha yaxshi darajaga ega bo'lishni xohlaydiganlar uchun mo'ljallangan.

“NODE.JS ga asoslangan web-dasturlash” kursida ta'lim olish uchun boshlang'ich qanday bilimlar talab qilinadi?

Dasturlash asoslari va kompyuterda ishlash bo’yicha tushunchalar bo’lishi kerak.

“NODE.JS ga asoslangan web-dasturlash” kursi uchun yosh chegarasi mavjudmi?

Kurs 14 yoshdan katta bo'lgan sohaga qiziquvchi yoshlar uchun tavsiya qilinadi.

“NODE.JS ga asoslangan web-dasturlash” kursida nimalar o'rgatiladi?

Ushbu kurs Node.jsda dasturlar yaratish, zamonaviy server ilovalarini yozishni o'rgatadi

“NODE.JS ga asoslangan web-dasturlash” kursi so'ngida qanday bilimlarga ega bo'lish mumkin?

Zamonaviy texnologiyalardan foydalanib hozirda trendga aylanayotgan veb saytlarni "Вёрстка" qila olish, onlayn do'konlar va kichik servis xizmatini ko‘rsatuvchi ilovalar yaratishni, veb hosting va domenlar bilan ishlashni, API bilan ishlash, mustaqil API yoza olish va yana bir qancha ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.

“NODE.JS ga asoslangan web dasturlash” kursi davomida nimalar o'rgatiladi?

(Frontend)| HTML, CSS3, SCSS va SASS, Javascript, JQuery;
(Backend)| Node.Js, Express, MongoDB, GIT, API;

Kursni tugatgach o'zim Node.JS da mustaqil dastur yarata olamanmi?

Xa, albatta siz Node.JSda mustaqil ravishda web saytlarni "Вёрстка" qilish, onlayn do'konlar va kichik servis xizmat ko‘rsatuvchi ilovalar yaratish, web hosting va domenlar bilan ishlay olasiz.

Kursda o'qish uchun menga shaxsiy kompyuter kerak bo'ladimi?

Yo'q, kerak bo'lmaydi. "DATA" o'quv markazining o'zi kompyuterlar bilan o'quvchilarni ta'minlaydi. Shaxsiy kompyuteringiz bo’lsa, uyga vazifalarni bajarib bilimlaringizni yanada mustahkamlashingiz mumkin .

Kurs davomida dars beradigan o'qituvchi kim?

Kurs mentori Jalol Imomaddinov. Sohada 6 yillik tajribaga ega mutaxassis. Ukraina, Belarus va Rossiya kabi turli xil davlatlarda frilanser sifatida ishlagan.
Texnologik malakasi: Java 8, Kotlin, Spring, Hibernate, Ktor, Ktorm, Java Streams, Kotlin Coroutines, Kotlin flow, PostgreSQL, Node JS, Express, MongoDB, Android SDK, Architecture Components, Rest Api, Retrofit, Room, MVP, MVV

Men ishlab ham darslarga qatnay olamanmi?

Ha, albatta. Dars mashg'ulotlari ertalabki, kunduzgi va kechki ta'lim shaklida olib boriladi. O'quvchilar o'z erkin vaqtiga qarab kursga qatnasha oladi.

Avval bu sohada umuman shug'ullanmaganman, meni qo'limdan keladimi?

Albatta! Siz maxsus bilimsiz ham muvaffaqiyatga erishasiz - shunchaki amaliyotga ko'proq e'tibor bering va qo'shimcha adabiyotlarni o'qing. Qolganlariga kurs davomida sizga hamroh bo'ladigan amaliyotchi mutaxassislar yordam beradi..

Sohada ish boshlash uchun minimum qanday kompyuter talab etiladi?

Minimum talablar- Intel core i3 4GB operativ xotira va 128GB SSD

Ta'lim jarayoni qay shaklda o'tadi?

Darslar oflayn shaklda o'quv markaz hududida bo’lib o’tadi va 90% amaliy tarzda olib boriladi.

Kursni tugatgach qanday ko'nikmalarga ega bo'laman?

Bitiruvchilar web saytlarni "Вёрстка" qila olish, onlayn do'konlar va servis xizmatini ko‘rsatuvchi kichik ilovalar yaratish, web hosting va domenlar bilan ishlash, API bilan ishlash va mustaqil API yoza olish va yana bir qancha ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.

Bitiruvchilar qayerda ishlay oladi?

Bitiruvchlar frilanser sifatida faoliyat yuritishlari mumkin. Oliy ma’lumotli bitiruvchilar soha bo’yicha davlat tashkilotlarida, o’rta-maxsus ma’lumotga ega bo’lgan bitiruvchilar xususiy firmalarida dasturchi bo’lib ishlay olishadi.

NODE.JS ga asoslangan web dasturlashni mustaqil tarzda o'rgana olamanmi?

Albatta, o'rganish mumkin. Internetda ma'lumotlar juda ham ko'p. Ammo ular orasida eng kerakli bilimlarni ajratish hamma uchun ham oson emas. Dasturlar taqdim etadigan imkoniyatlarni tez va oson o’rganib olishingiz uchun professionallardan ta’lim olganingiz maqsadga muvofiq.

Kursda o'qishni qanday boshlashim mumkin?

Kursda o'qish uchun https://bit.ly/3YgRtuo shu havola orqali ro'yhatdan o'ting yoki +998622277222 telefon raqamlariga qo'ng'iroq qiling.

🚩 Moʻljal: Urganch, Darital, 2-qavat

https://t.me/data_talim_stansiyasi