February 10, 2023

«SMM» kursi haqida batafsil ma'lumotlar

► Kurs haqida:

Davomiyligi 3 oy, haftasiga 3 kun, 180 daqiqadan bo'lib o'tadi. Bir guruhga 10 nafar o'quvchi bo'lib, har biri, dars davomida kompyuter va o'quv qo'llanma bilan ta'minlanadi.

Kurs davomiyligi 3 oy:

➖ 1-oy: Marketing va SMM strategiyasi

➖ 2-oy: Ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash

➖ 3-oy: Target va loyihalar bilan ishlash

► Kurs davomida o'rgatiladigan texnologiyalar:

Telegram, Instagram, Facebook, YouTube, Tik Tok, Ads Manager, Creator Studio, Canva, Google Ads

► Kurs so'ngida:

Ijtimoiy tarmoqlarda brendni tanitish; SMM strategiya tuzish; Kontent reja tuzish va uni optimallashtirish; Raqobatchilar va auditoriya tahlili; Ijtimoiy tarmoqlar bilan to'g'ri ishlash va komyuniti menejment; Kopirayting; Targeting va boshqa shu sohaga oid bilimlarga ega bo'lasiz.

Tanishing, «SMM» kursi mentori Yashnar Vaisov

Media sohasida 4 yillik tajribaga ega. Jurnalistika unversiteti talabasi. 10 dan ortiq SMM loyihalarda qatnashgan. “DATA” o'quv markazida kontent menejer lavozimida ishlab keladi.

Texnologik malakasi: Telegram, Instagram, Facebook, YouTube, Tik Tok, Ads Manager, Creator Studio, Canva.

Kurs dars rejasi bilan tanishing

1-oy: Marketing va SMM strategiyasi

1.      Marketing va SMM nima?

2.      SMM kimlarga kerak?

3.      Ijtimoiy tarmoqlar haqida.

4.      Raqobatchilarni o’rganish 1-dars.

5.      Raqobatchilarni o’rganish 2-dars.

6.      Maqsadli auditoriya 1-dars.

7.      Maqsadli auditoriya 2-dars.

8.      Kontent-plan va uni tuzush 1-dars.

9.      Kontent-plan bilan ishlash 2-dars.

10.    Strategiya va uning ahamiyati 1-dars.

11.    Strategiya bilan ishlash 2-dars.

12.    Takrorlash

2-oy: Ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash

13.    Dizayn va uning ahamiyati 1-dars.

14.    Dizayn bilan ishlash 2-dars.

15.    Video montaj, video montaj dasturlari 1-dars.

16.    Video montaj bilan ishlash 2-dars.

17.    Kopirayting va uning asosiy qoidalari.

18.    Postlar soni va vaqti.

19.    Takrorlash.

20.    Telegram ijtimoiy tarmog'i bilan tanishish va unda ishlash.

21.    Instagram ijtimoiy tarmog'i bilan tanishish va unda ishlash.

22.    Facebook ijtimoiy tarmog'i bilan tanishish va unda ishlash.

23.    Creator Studio bilan tanishish.

24.    YouTube ijtimoiy tarmog'i bilan tanishish va unda ishlash.

3-oy: Target va loyihalar bilan ishlash

25.    Tik Tok ijtimoiy tarmog'i bilan tanishish va unda ishlash

26.    Takrorlash.

27.    Komyuniti menejment.

28.    Telegramda target qilish.

29.    Instagramda target qilish.

30.    Facebookda target qilish.

31.    Takrorlash.

32.    Influencer marketing.

33.    Proyekt nima? Kreativ va ahloqiy me’yorlar.

34.    Loyiha himoyasi.

35.    Xizmatlarni sotish.

36.    Selfmade (Shahzod Sobirov)

"SMM" qanday kurs?

SMM qizqartmasi “Social media marketing” – ya’ni, ijtimoiy media marketing ma’nosini beradi. Bu ijtimoiy tarmoqlar va ularning ishlash tartibini o’rganish, ulardagi sahifalarni yuritish, biznes va brendni targ’ib etish haqida ta’lim beruvchi kurs.

Kurs qancha vaqt davom etadi?

Kurs 3 oyga mo'ljallangan. Har bir oyda 12 dars mashg'uloti bo'lib, kurs jami 36 darsdan iborat.

"SMM" kursi kimlar uchun?

Bu kurs ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni yuritish, brend va uni targ’ib qilish, frilanser sifatida faoliyat yuritishni xohlovchilar uchun.

"SMM" kursida ta'lim olish uchun boshlang'ich qanday bilimlar talab qilinadi?

Boshlang'ich bilim talab qilinmaydi, sohaga qiziquvchi barcha uchun tavsiya qilinadi.

"SMM" kursi uchun yosh chegarasi mavjudmi?

Kurs 12 yoshdan katta bo'lgan sohaga qiziquvchi yoshlar uchun tavsiya qilinadi.

"SMM" kursida nimalar o'rgatiladi?

Bu kursda ijtimoiy tarmoqlar platformalari, algoritmlari, ularga post joylash tartibi, brend va imidj targ’iboti bo’yicha reja, strategiya tuzish, auditoriya bilan ishlash, kopirayting va targeting o’rgatiladi.

"SMM" kursi so'ngida qanday bilimlarga ega bo'lish mumkin?

Ijtimoiy tarmoqlarda brendni tanitish; SMM strategiya tuzish; Kontent reja tuzish va uni optimallashtirish; Raqobatchilar va auditoriya tahlili; Ijtimoiy tarmoqlar bilan to'g'ri ishlash va kommyuniti menejment; Kopirayting; Targeting va boshqa shu sohaga oid bilimlarga ega bo'lasiz.

"SMM" kursi davomida qaysi ijtimoiy tarmoqlar o'rgatiladi?

Instagram, Facebook, Telegram, Youtube, TikTok ijtimoiy tarmoqlari o’rgatiladi.

Nega aynan Instagram, Facebook, Telegram, Youtube va TikTok dasturi tanlangan?

Ushbu platformalar bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar ichida liderlik pozitsiyalarini egallab turibdi va biznesni rivojlantirish uchun eng yaxshi va qulay platformalar hisoblanadi.

Kursni tugatgach ijtimoiy tarmoqlarda o'zim mustaqil sahifalar yurita olamanmi?

Ha,albatta. Buning uchun sizga kerakli bilimlar va instrumentlar beriladi.

SMMga qanchalik talab bor?

SMM bugungi kunda eng rivojlanayotgan sohalardan biri. Hozirda yirik davlat tashkilotlaridan tortib kichik do’konlargacha o’z sahifalarini yuritishni yo’lga qo’yishmoqda. Va buning natijasida albatta SMM-mutaxassislar xizmatiga extiyoj ortib bormoqda.

Kursda o'qish uchun menda kompyuter kerak bo'ladimi?

Yo'q, kerak bo'lmaydi. "DATA" o'quv markazining o'zi kompyuterlar bilan o'quvchilarni ta'minlaydi.

Kurs davomida dars beradigan o'qituvchi kim?

Kurs mentori Bobur Bekberganov. Rossiyaning "Tombov" davlat universiteti talabasi. "TEHNIKUM" va "SPACE ACADEMY" o'quv markazlari SMM kursini tugatgan. "DATA" o'quv markazi SMM mutaxassisi. "Abutech" kompaniyasi va "Najot ta'lim" o'quv markazida tajriba o'tagan.
Texnologik malakasi - Telegram, Instagram, Facebook, YouTube, Tik Tok, Ads Manager, Creator Studio, Canva.

Men ishlab ham darslarga qatnay olamanmi?

Ha, albatta. Dars mashg'ulotlari ertalabki, kunduzgi va kechki ta'lim shaklida olib boriladi. O'quvchilar o'z erkin vaqtiga qarab kursga qatnasha olishadi.

Avval bu sohada umuman shug'ullanmaganman, meni qo'limdan keladimi?

Kurs rejasiga ko'ra o'quv mashg'ulotlari o'quvchilarni noldan boshlab o'qitishga mo'ljallangan. Sohaga ishtiyoqi baland o'quvchilar yaratilgan qulayliklardan foydalanib sohani bemalol egallashi mumkin.

Agar ijtimoiy tarmoqlarda ishlash bo’yicha tajribam bo'lsa, darslar men uchun zerikarli bo'lmaydimi?

Kurs boshlanishidan oldin o'quvchilarning bilim darajasi aniqlanadi va amaliy darslar, doimiy yangi ma’lumot, topshiriqlar sizga zerikishga vaqt qoldirmaydi.

Sohada ish boshlash uchun minimum qanday texnika talab etiladi?

Minimum talablar – sizga internetda tez ishlaydigan va sifatli rasmga oladigan smartfon kerak.
Sifatli faoliyat uchun protsessor Intel Core i5, 4 gb operativ xotira va 128Gb SSD disk kompyteri va fotoapparatga extiyojingiz bo’ladi.

Kursni tugatgach menda porfolio bo'ladimi?

Ha, albatta. O’zingiz yuritgan sahifalar, yozgan postlaringizni bitta telegram kanalga joylab borishingiz mumkin. Bu kanal siz uchun portfolio vazifasini bajaradi.

Ta'lim jarayoni qay shaklda o'tadi?

Darslar oflayn shaklda o'quv markaz hududida olib boriladi va 90% amaliy tarzda bo'lib o'tadi.

Kursni tugatgach qanday ko'nikmalarga ega bo'laman?

Bitiruvchilar post yozish, uni ijtimoiy tarmoq o’ziga xosliklarini inobatga olgan holda joylash, brend va imidjni targ’ib qilish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishadi.

Bitiruvchilar qayerda ishlay oladi?

Bitiruvchiar frilanser sifatida bir vaqtning o’zida bir nechta brend targ’iboti bilan shug’ullanishlari yoki muayyan bir tashkilot, kompaniya yoki firmada sohangiz bo’yicha ishlashingiz mumkin.

SMM qaysi sohalarda qo'llaniladi?

Bugungi kunda SMM har bir sohaga kirib borgan.

Marketing bilan SMMning qanday farqi bor?

Marketing bu mahsulot yoki xizmatni realizatsiya qilish, mijozlarni jalb qilish, qaytarish va ushlab qolish uchun amalga oshiriladigan ishlar to’plami. SMM – marketing yo’nalishlaridan biri ya`ni ijtimoiy tarmoqlar marketinggidir.

SMMni mustaqil tarzda o'rgana olamanmi?

Ha, o'rganish mumkin. Internetda ta’lim beruvchi videodarsliklar bor. Ammo ular orasida eng kerakli bilimlarni ajratish murakkabroq. Qolaversa, o’qishni tizimli tashkil etolmaysiz, chalg’itadigan ma’lumotlar ko’p bo’ladi. Professional feedback olish uchun ham sizga ustoz kerak.

Kursda o'qishni qanday boshlashim mumkin?

Kursda o'qish uchun https://bit.ly/3JWELg0 shu havola orqali ro'yhatdan o'ting yoki +998622277222 telefon raqamlariga qo'ng'iroq qiling.

https://t.me/data_talim_stansiyasi