January 17

Farzandingiz yetarlicha sog'lom ovqatlanadimi?

1. Farzandingiz maktabga borishdan oldin nonushta qiladimi?

A. Har kuni va nonushta muvozanatli (masalan, oqsillar, uglevodlar, vitaminlar mavjud). 1-ball

B. Haftasiga 2-3 marta nonushta qiladi, lekin doimo to‘yimli emas. 2-ball

C. Deyarli hech qachon nonushta qilmaydi, pechenye bilan cheklanadi yoki umuman hech narsa yemaydi. 3-ball

2. Farzandingiz haftasiga necha marta meva va sabzavot iste’mol qiladi?

A. Har kuni, kamida 3 porsiya (masalan, olma, sabzi, salat). 1-ball

B. Haftasiga 2-3 marta, lekin kamdan-kam hollarda har xil turdagi meva va sabzavot yeydi. 2-ball

C. Haftasiga 2 martadan kam, ratsionda deyarli yangi mahsulotlar yo‘q. 3-ball

3. Farzandingiz qancha shirinlik va shirin ichimliklar iste’mol qiladi?

A. Juda kamdan-kam, shirinliklarni meva yoki tabiiy mahsulotlarni afzal ko’ramiz. 1-ball

B. Haftasiga 3-4 marta, sok ichadi va ba’zida konfetlar yeydi. 2-ball

C. Har kuni gazlangan ichimliklar, shokolad va shirinliklar iste’mol qiladi. Olib bermasak, injiqlik qiladi. 3-ball

4. Farzandingiz tushlik yoki kechki ovqatni tezkor tamaddi (fast fud, chips, shirinliklar) bilan almashtiradimi?

A. Hech qachon, doimo uyda yoki maktabda to‘liq issiq taom yeydi. 1-ball

B. Ba’zida, agar oilada ovqat tayyorlashga vaqt bo‘lmasa. 2-ball

C. Ko‘pincha, odat yoki vaqt yo‘qligi sababli. 3-ball

4. Farzandingiz tushlik yoki kechki ovqatni tezkor tamaddi (fast fud, chips, shirinliklar) bilan almashtiradimi?

A. Hech qachon, doimo uyda yoki maktabda to‘liq issiq taom yeydi. 1-ball

B. Ba’zida, agar oilada ovqat tayyorlashga vaqt bo‘lmasa. 2-ball

C. Ko‘pincha, odat yoki vaqt yo‘qligi sababli. 3-ball

5. Farzandingiz baliq yoki omega-3 ga boy mahsulotlarni iste’mol qiladimi?

A. Muntazam, haftasiga 1-2 marta (masalan, baliq, yong‘oq, urug‘lar). 1-ball

B. Kamdan-kam, baliq o’rniga go‘sht yeymiz. 2-ball

C. Deyarli hech qachon, bunday mahsulotlar ratsionda yo‘q. 3-ball

6. Farzandingiz kuniga necha marta suv ichadi (choy yoki soklarni hisobga olmaganda)?

A. Kuniga 5-6 stakan suv ichadi, doimo yonida suv bo‘ladi. 1-ball

B. 2-4 stakan, ko‘pincha suv o’rniga choy yoki kompot ichadi. 2-ball

C. Kuniga 1 stakan yoki undan kam, oddiy suvni kamdan-kam ichadi. 3-ball

7. Farzandingiz fastfud yoki yarim tayyor mahsulotlarni (pizza, naggets) qanchalik tez-tez iste’mol qiladi?

A. Juda kamdan-kam, oyiga 1 martadan ko‘p emas. 1-ball

B. Haftasiga 1-2 marta, agar ovqat tayyorlashga vaqt bo‘lmasa. 2-ball

C. Deyarli har kuni, farzandimga fastfud yoqadi. 3-ball

8. Farzandingiz kuniga kamida bir marta issiq taom (sho‘rva, kasha) yeydimi?

A. Ha, har kuni 3 mahal uyda issiq taom yeydi. 1-ball

B. Haftasiga 3-4 marta, ba’zida
tushlikni o‘tkazib yuboradi yoki ko’chada ovqatlanadi. 2-ball

C. Kamdan-kam yoki hech qachon, issiq taom odatda ratsionga kirmaydi. 3-ball

9. Farzandingizda energiya va e’tiborsizlik bilan bog‘liq muammolar bormi?

A. Hech qachon, farzandim doimo tetik, faol va e’tiborli. 1-ball

B. Ba’zida charchoq yoki e’tiborsizlik bo‘ladi, biroz dangasalik qiladi. 2-ball

C. Ko‘pincha charchaganidan shikoyat qiladi, injiq va yaxshi o‘qiy olmaydi. 3-ball

10. Farzandingiz ishtahasi qanday?

A. Ishtaha me’yorda, o‘z vaqtida va me’yorida yeydi. 1-ball

B. Ba’zida juda ko‘p yeydi yoki ovqatdan bosh tortadi. 2-ball

C. Doimo ko‘p yeydi yoki umuman ovqat yeyishni istamaydi. 3-ball

11. Farzandingizda ovqatlanish rejimi bormi?

A. Ha, har kuni bir xil vaqtda ovqatlanadi. 1-ball

B. Ba’zida ovqatlanishni o‘tkazib yuboradi yoki kechroq ovqatlanadi. 2-ball

C. Ovqatlanish rejimi yo‘q, ovqatni tartibsiz iste’mol qiladi. 3-ball

12. Farzandingizda tez-tez shamollash yoki immunitet bilan bog‘liq muammolar bormi?

A. Juda kamdan-kam kasal bo‘ladi, doimo faol. 1-ball

B. Yilda 2-3 marta kasal bo‘ladi. 2-ball

C. Tez-tez kasal bo‘ladi, immuniteti zaif. 3-ball


Natijalar:

12–17 ball.

Farzandingizning ovqatlanishi yetarlicha yaxshi, ammo uni yanada yaxshilash imkoniyati doimo mavjud. Hatto kichik o‘zgarishlar ham uning jismoniy va aqliy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Balki ratsionda xilma-xillikyetishmayotgandir, masalan, omega-3 ga boy mahsulotlar yoki sabzavotlar, ular miya faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi va immunitetni mustahkamlaydi.

Nima uchun bu muhim?

Hatto yaxshi ovqatlanishda ham vitaminlar va minerallarning har xil qabul qilinishi vaqt o‘tishi bilan diqqatni jamlash qobiliyatining pasayishi, charchoq va kasalliklarga olib kelishi mumkin. Masalan, temir va B guruhidagi vitaminlarning yetishmasligi lanjlik va asabiylikni keltirib chiqaradi.

Trening sizga qanday yordam beradi?

Treningda birgalikda kichik, ammo samarali o‘zgarishlarni amalga oshirishni ko’rib chiqamiz. Ideal ratsion qanday bo’lishi haqida o’z tajribam bilan bo’lishaman.Shuningdek, yashirin xatolardan qanday qochishni va ratsionni maksimal foyda olish uchun qanday optimallashtirishni o‘rgataman.

18–26 ball

Farzandingizning ovqatlanish ratsioni yaxshiroq bo‘lishi mumkin. Ehtimol, siz uning ba’zida diqqatni jamlashda muammolar borligini, tez charchashini yoki tez-tez kasal bo‘lishini payqagandirsiz. Ovqatlanishda kamchiliklar, fastfood va shirinliklarning ko‘pligi, foydali moddalarning yetishmasligi ushbu simptomlarning sababi bo‘lishi mumkin.

Qanday muammolar paydo bo‘lishi mumkin?

- Immunitetning zaiflashishi va kasalliklar xavfining ortishi.
- Omega-3 yog‘ kislotalari va oqsillarning yetishmasligi miyaning rivojlanishini sekinlashtiradi, bu esa xotira va o‘quv qobiliyatiga ta’sir qiladi.

- Noto‘g‘ri ovqatlanish energiyani pasaytiradi, bu esa bolaning maktabdagi va sportdagi natijalariga salbiy ta’sir qiladi.

Trening sizga qanday yordam beradi?

Trening davomida siz mandan ushbu muammolarni bartaraf etishga yordam beradigan aniq tavsiyalarni olasiz. Man sizga ratsionni vaqt va byudjetga moslashtirishning samarali usullarini o‘rgataman. Shuningdek, bolangizning sog‘ligini qo‘llab-quvvatlaydigan mahsulotlar va ularning kayfiyatini yaxshilash bo‘yicha maslahatlar olasiz.

27 ball va undan yuqori

Farzandingizning ovqatlanishi bilan bog‘liq jiddiy muammolar bor, ular allaqachon uning sog‘lig‘i, xulq-atvori va o‘quv qobiliyatiga ta’sir qilmoqda. Tartibsiz ovqatlanish, shakar va fastfoodning ko‘pligi, foydali moddalarning yetishmasligi xronik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Qanday oqibatlar bo‘lishi mumkin?

- Zaif immunitet va tez-tez kasallanish, bu bolaning o‘qish va rivojlanishiga to‘sqinlikqiladi. - Doimiy charchoq va energiyaning yetishmasligi o‘qish, sport va boshqa faoliyatlarga qiziqishni pasaytiradi.

- Vitamin va minerallarning (masalan, D vitamini, temir yoki rux) yetishmasligi kamqonlik, o‘sish va rivojlanishning sekinlashishini keltirib chiqarishi mumkin.
- Semirish yoki aksincha, vaznyetishmovchiligi xavfi, bu bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchi va umumiy holatiga salbiy ta’sir qiladi.

- Xronik kasalliklarga moyillikka olib kelishi mumkin

Trening sizga qanday yordam beradi?

Trening davomida siz quyidagilarni bilib olasiz:
- ovqatlanishdagi xatolarni qanday aniqlash va tuzatish
- Bolaning o‘sishi va rivojlanishi uchun qaysi mahsulotlar zarur.
- Balanslashtirilgan ratsionni kundalik hayotga qanday kiritish va uni bolaning sevimli taomlariga aylantirish mumkin.
- Ovqatlanishni bolaga yoqimli va foydali bo’lishi usullari, hatto u tanlab yeydigan bo‘lsa ham yechimlarni o’rgataman.
- Shuningdek, farzandingiz uchun individual ovqatlanish rejasini tuzishga yordam beraman, shunda u sog‘lik va muvaffaqiyat uchun zarur bo‘lgan hamma narsani oladi.

Nega treningga kelishingiz kerak:

Treningda siz:

1. Mavjud muammolar sababini tushunib olasiz.

2. Aniq va individuallashtirilgan yechimlar olasiz.

3. Xatolarning oldini olishni o’rganasiz.

4. Ortiqcha «boshog’riq»siz oson usulda sog’lom ovqatlanishga o’tishni o’rganasiz.

5. Manga o’zingizni qiziqtirgan savollarni berishingiz mumkin bo’ladi.

6. Haqiqiy o‘zgarishlar.

Unutmang! Bu trening shunchaki kitobiy gaplar emas, 12 yillik tajribaga ega nutritsiolog va haqiqiy o’zbek oilasi bekasi sifatidagi tajribalarimdan kelib chiqqan holda o’tkaziladi. Brokkoli bilan avakado yeyishni emas, aynan Toshkentda qanday qilib sog’lom ovqatlanishni o’rgataman!

Trening uchun joylar cheklangan! Farzandingizning sog‘lig‘i va muvaffaqiyatini nazorat qilish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting.