David's International School — har bir bola o'z salohiyatini namoyon etadigan maktab.
Biz shunchaki dars o'tish bilan cheklanmaymiz. Biz bolalarni muvaffaqiyatli kelajak qurishga ilhomlantiramiz, qo'llab-quvvatlaymiz va yordam beramiz.
Bizning do'stona muhitimizda bolalar to'g'ri fikrlashni, yaratishni va muvaffaqiyatga erishishni o'rganadilar.
David's International Schoolda o'qishning afzalliklari:
Biz har bir bolaga yetarlicha e'tibor berilishini muhim hisoblaymiz. Shu sababdan, bizdagi har bir sinfdagi bolalar soni 15nafardan oshmaydi. Bunday sinfda farzandingiz, albatta, darsda faol qatnashib, yaxshi o'zlashtiradi.
Chuqurlashtirilgan ingliz tili va matematika darslari, tanqidiy fikrlash, IT darslari, shuningdek ingliz tilida o'tiladigan tabiiy fanlar va tarix darslari.
Farzandingiz 8 yildan ortiq tajriba, xalqaro malakaga ega o'qituvchilardan dars oladi.
Telegramda ota-onalar uchun kundalik hisobotlar joylab boramiz. Bundan tashqari maktab ma'muriyati muloqotga ochiq bo'lib, farzandingizning o'zlashtirishi haqida har kuni siz bilan shaxsiy xabarlarda gaplashishga tayyor.
Bolalarni sevadigan va qo'llab-quvvatlaydigan iliq muhit, do'stona atmosfera. Sizni har kuni maktab direktori shaxsan kutib oladi va kuzatib qo'yadi.
Biz kim uchun mos kelamiz?
Biz sizni tushunamiz va har bir oila uchun o'ziga xos yechim taklif qilamiz.
- 🧸 5,5-6 yoshli bolalarning ota-onalari: Farzandingiz maktabga tayyorlanyaptimi? Biz muammosiz moslashishni ta'minlaymiz va bolaga o'qishni quvonch va ishonch bilan boshlashi uchun yordam beramiz. Shaxsiy darslar, rivojlantiruvchi o'yinlar va o'qituvchilarning to'liq yordami farzandingiz uchun maktab hayotiga moslashishni osonlashtirishga xizmat qiladi.
- 🏅Farzandini 1-2-sinfga bermoqchi bo'lgan ota-onalar: Bolalar uchun dastlabki yillarda o'ziga ishonch va ko'nikmalarni rivojlantirish juda muhim. Kichik sinflarimizda har bir bola o'qituvchining e'tiborini oladi. Farzandingizning baholari nafaqat yaxshilanadi, balki ular o'rganishni ham yaxshi ko'ra boshlaydilar!
- 🌟 Ilgari farzandlarini xususiy maktablarda o‘qitgan ota-onalar: Oldingi maktabingiz va'dalarni bajarmadimi? Biz boshqalar bera olmagan narsalarni taklif qilamiz: Xalqaro dastur va atigi 3 oy ichida haqiqiy natijalar. Bizda darslar va tadbirlar balanslashtirilgan. Ta'lim bilan bir qatorda farzandingizni intizom va liderlikka ham o'rgatamiz.
- ⏳ Farzandi ko‘p repetitorga boradigan ota-onalar: Bolangiz repetitordan-repetitorga qatnayverib charchab qolayotganini ko'ryapsizmi? Biz bu muammoni hal qilamiz! Maktabda kun tartibining bir qismi sifatida ingliz tili va matematikani chuqur o'rganish yo'lga qo'yilgan. Bizning o'quvchilar repetitorga borishmaydi. Farzandingiz sifatli ta'lim olishida vaqt, pul va kuchingizni tejang.
- 🎮 Farzandlarining vaqtini behuda o'tkazishini istamaydigan ota-onalar: Farzandingiz kun tartibini foydali mashg'ulotlarga boyitamiz. Biz kundagi har bir soat ma'noli o'tishi uchun sinfdan tashqari o'qish, to'garaklar, dam olish va sportni o'z ichiga olgan jadval tashkil qilganmiz. Gadjetlarga kamroq vaqt - rivojlanish uchun ko'proq imkoniyatlar!
- 🏫 Farzandini boshidanoq yaxshi maktabda o‘qishini istagan ota-onalar: Farzandingiz o‘qishni boshlashi uchun maktab izlayapsizmi? David's International School farzandingiz kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi. Xalqaro muhit, tajribali o'qituvchilar va yetakchilarni tayyorlaydigan dasturlar - barchasi bizda!
Unda, Farzandingiz uchun noyob imkoniyatlar bilan tanishing!
Biz uchun har bir bola o'ziga xos shaxsiyat egasi. Shuning uchun bizning dasturimiz har bir talabaning kuchli tomonlari va manfaatlarini hisobga olgan holda tuzilgan.
Biz farzandingizga qiziqarli vazifalar orqali tahlil qilishni, muammolarni hal qilishni va qaror qabul qilishni o'rgatamiz.
Kelajak uchun zamonaviy ko'nikmalarni rivojlantiramiz. O'quvchilarimiz birinchi loyihalarini yarata boshladilar va zamonaviy texnologiyalarni o'rganmoqdalar. Biz esa ular bilan faxrlanamiz!
Ingliz tilida tarix, geografiya va tabiiy fan - global dunyoga tayyorgarlikni ta'minlaydi. Asosiy darslar esa rus yoki o'zbek tilida olib boriladi.
Biz kitob o'qiymiz, muhokama qilamiz va fikr bildirishni o'rganamiz. Maktabning xususiy kutubxonasi bolalarda kitobga, bilimga mehr uyg‘otadi.
Bizga butun Toshkent bo'ylab ota-onalar ishonishadi.
Sizning savollaringizga bizning javoblar:
1. Maktab qaysi yoshdagi bolalarni qabul qiladi?
David's International School "Pre-school" guruhlariga 5,5-6 yoshdagi bolalarni hamda maktab doirasida 1–11-sinf o'quvchilarini qabul qiladi.
2. Ochiq eshiklar kuniga qanday yozilsam bo'ladi?
Siz +998 78 113 73 17 raqamiga qo'ng'iroq qilib uchrashuvga yozilishingiz mumkin. Tashrifingiz uchun qulay vaqtni tasdiqlash uchun siz bilan bog'lanamiz.
3. Maktab dasturining o‘ziga xosligi nimada?
Bizning dasturimiz quyidagilarni birlashtiradi:
- Haftada 5 kun ingliz tili va matematika fanlarini chuqur o'rganish imkoni.
- Muammolarni hal qilish va qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantiruvchi tanqidiy fikrlash darslari.
- Dunyoqarashni kengaytirish uchun sinfdan tashqari o'qish va kutubxona.
- Zamonaviy texnologiyalarga moslashish uchun robototexnika va IT darslari.
- Barkamol jismoniy rivojlanish uchun sport mashg'ulotlari, raqs va gimnastika.
4. Ota-ona hisobot tizimiga nimalar kiradi?
Har kuni ota-onalar Telegramda quyidagi xabarlarni olishadi:
Bu esa farzandingizning ta’lim olishidagi har bir qadamdan xabardor bo‘lish imkonini beradi.
O'quvchilar maktabga qabul qilinishlaridan oldin quyidagi bosqichlardan o'tadilar:
1. Bolaning tayyorligini tushunish uchun psixologik test.
2. Direktor bilan suhbat.
3. Barcha bosqichlarni muvaffaqiyatli tugatgandan so'ng siz hujjatlarni rasmiylashtirishingiz mumkin bo'ladi.
Hali ham savollaringiz bormi?
📍 Manzil: Toshkent, Sergeli, Yangihayot, Qo‘rg‘ontepa ko‘chasi 174-uy.