May 21

🏕 David’s Summer School 2025

Sarguzasht | Ta'lim | Kommunikatsiya


| Bu yoz farzandingizni o‘zgartiradi

David’s Summer School — o‘smirlar o‘zini anglaydigan, mustaqil fikrlashni o‘rganadigan, o‘z fikrini aytishga, qaror qabul qilishga va o‘ziga ishonishga o‘rganadigan joy.

📅 Smenalar:

1-smena: 30-iyun — 26-iyul
2-smena: 28-iyul — 22-avgust

Eng kam ishtirok muddati: 2 hafta.


🎯 Nega bizga ishonishingiz mumkin?

Farzand uchun foydali va shu bilan birga qiziqarli yozgi ta’til tashkil qilish oson emas. David’s Summer School — aynan farzandi uchun:

  • Yozni bekorga o‘tkazmaslikni
  • Haqiqiy o‘sish va ishonchni
  • Ingliz tili, yangi do‘stlar, taassurotlar va rivoj bilan to‘la ta’tilni istaydigan ota-onalar tanlovi.

Bu yerda hech bir mashg‘ulot tasodifiy emas. Har bir daqiqa — aqlli va ilhomlantiruvchi dasturning qismi.

📘 Farzandingizga berishni istagan hamma narsa — bitta joyda

📚 Har kuni ingliz tili

22 ta dars, hayotiy mavzular, dialoglar, loyihalar va o‘yinlar. Bu repetitor emas — bu tirik, haqiqiy til muhiti.

🎓 12 ta ilhomlantiruvchi ma’ruza

Farzandingiz biznes qanday ishlashini, moliyani boshqarishni va strategik fikrlashni o‘rganadi. Eng asosiysi — o‘zi rivojlanishga intiladi.

🧠 Jamoaviy loyihalar va Zakovat tanlovlari

Mantiqiy fikrlash, ijod va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish. Ishonch aynan shu yerda shakllanadi.

🌍 Dunyoqarashdagi chegaralarni olib tashlaymiz

Har hafta biror davlat madaniyatiga bag‘ishlanadi: taomlar, musiqalar, urf-odatlar va ingliz tili muhiti. Bu — dunyoga ochiqlikni va hurmatni o‘rgatadigan tirik format.

🇬🇧 Buyuk Britaniya kuni + Pancake Day

🇹🇷 Turkiya kuni + Bardak choyi va paxlava

🇺🇿 O‘zbekiston kuni + ochiq osmon ostida palov

🇰🇷 Janubiy Koreya kuni + koreyscha K-pop kechasi + kimbap va ramyon

Bundan tashqari — ingliz tilidagi kino, blog yuritish, intervyu va storytelling. Farzandingiz har qanday suhbatda qiziqarli suhbatdosh bo‘la oladi.

🧘‍♂️ Bizda har tong sport bilan boshlanadi: foydali odatlarni birga shakllantiramiz

  • Tonggi yoga va meditatsiya — ongli yashashni o‘rgatadi
  • Har kuni harakat: futbol, raqslar, stol o‘yinlari
  • Suzish havzasi va outdoor mashg‘ulotlar — maktab yilidan keyin haqiqiy qayta tiklanish
Farzandingiz sog'lom turmush tarziga o'rganishi uchun siz bosh qotirishingiz shart emas!

🎨 Har kun uchun alohida mavzu

Bolalar qo‘shiq aytadi, chiqish qiladi, video suratga oladi, fotodasturlar yuritadi, sahna asarlari tayyorlaydi. Ular o‘zlarini turli rollarda sinab ko‘rib, aynan o‘zlariga yoqqan sohani topadilar.

  • Teatr, musiqa, stand-up, konsert
  • Art-darslar, ko‘rgazma, blogging
  • Karaoke, jazz kechasi, muzli kun, piknik, varraklar — har tong tabassum bilan boshlanadi

Summer School dasturini yuklab olib, mavzular bilan tanishish uchun bosing

🚀 Katta hayotga tayyorgarlik: Hayotda kerak, lekin maktablarda o‘rgatilmaydigan mahoratlarni shakllantiramiz

  1. Muzokara olib borish
  2. Etiket va muomala
  3. Blog yuritish va o‘z fikrini omma oldida aytish
  4. Liderlik va muloqot ko‘nikmalari
  5. Kreativ fikrlash

👆bu mahoratlarni farzandingizga hech kim o'rgatmaydi, lekin uning kasbiy va shaxsiy yutuqlariga aynan shu mahoratlar zamin bo'ladi. Summer School ishtirokchilarida shu mahoratlarni shakllantirish uchun dasturga quyidagilar kiritilgan:

  • Hilton mehmonxonasida biznes-kechki ovqat
  • Etiket, dress code va taqdimot qilish darslari
  • Ted-talk va debatlar bilan coffee-daylar
  • Sahovat kuni va ijtimoiy loyihalar
Bu shunchaki “xursandchilik” emas. Bu — tajriba orqali o‘rganish.

🗺 Shahar — o‘smir nigohida

🚶‍♂️ Toshkent bo‘ylab blog yuritish uchun video va foto topshiriqlar bajariladigan sayrlar

🕌 Islom sivilizatsiyasi markazi va Hazrati Imom masjidiga tashrif

🏕 Yulduzlar ostida chodirli tun va outdoor faoliyatlar

⚠️ Joylar soni cheklangan! Hozirdan band qilishga ulguring: +998 78 113 73 17

Farzandingizni yozdirish uchun havola orqali o'tib formani to'ldiring: https://jiddilabs.uz/summercamp

David’s Summer School — bu farzandingizga qilingan eng to‘g‘ri investitsiya. Farzandingiz yozda butunlay boshqa, yanada kuchliroq insonga aylanib yoningizga qaytadi.