Deadline ...
❇️ Deadline - bu grafik dizaynerga berilgan topshiriqni (TZ bo'yicha), dizayni qabul qilib olish vaqtidir.
❇️ Agar siz PM (Project Meneger) yoki SMM Manager bo'lsangiz va CP (Content Plan) bo'yicha ijtimoi tarmoqlaringizga ( yoki boshqa narsa uchun, pechat va hkz) ma'lum bir vaqtda post joylanishi kerak bo'lsa, unda siz grafik dizaynerga dedlaynni 2 soat qolganida topshirishni belgilab bering !
🔹 Misol uchun : Instagramga post soat 14:00 da joylanishi kerak, garfik dizayner esa dizaynni soat 12:00 da topshirishi kerak.
🤔 Nega bunday ?
- Chunki, ushbu qilingan dizaynda (Imlovaviy va boshqa) xatolar bo'lishi mumkin, bu esa o'sha xatolarni tog'irlashingizda sizda vaqt bo'ladi, degani.
❇️ Agar siz Grafik dizayner bo'lsangiz, iloji boricha dedlaynga amal qilgan holda vaqtida yoki vaqtidan 20-30 daqiqa oldin dizaynni topshiring va 20-30 daqiqa tanafus qiling, ozgina tamaddi qiling (shirinlik yeng yoki o'zingiz xohlagan biror narsa) va dizaynningizni menejeringizga tekshirtiring, xatolarni tog'irlang !
✳️ Agar siz portfoliongiz uchun dizayn qilishga qaror qilgan bo'lsangiz, unda o'zingizga dedlayn qo'ying va amal qiling !
🔹 Dizayningizdagi xatolarni hamkasblaringizga, ustozingizga tekshirtiring !
🔹 Kamchilik va xatolarni tog'irlang !
🔹 Hammasi yaxshimi, demak uni ajoyib prezentatsiya (mockup)lar bilan portfoliongizga joylang !
🤩 Qarabsizki, portfoliongizdagi ishlar soni bittaga ko'paydi.
💬 Keyingi postlarimiz qanday mavzuda bo'lsin, kommentariyada yozib qoldiring !
❇️ Xurmat bilan, Dizayn bo'yicha maslahatdoshingiz !
©️ Shodlik Yagmurov