Today

STRAWBERRY SEX

Scarlet Silver Stone qalamidan. Mehr ila...

7-qism

Yuragining har bir tori uzilayotganini his qilgan yigit chuqur - chuqur nafas ola boshladi. Chuqurroq. Va yanada chuqurroq. Jungkookning hayolida bitta gap aylanardi. Xo'sh, bu haqida Scarletga endi qanday qilib aytadi? Qay tarzda?

Aslida muammo ham shunda edi. Qiz nega stress va bosim ostida qoldi? Nima uchun? Yigit chuqur o'yga toldi. Nima ular o'rtasidagi bu aloqalar. Balki gap bunda emasdi. Yo'q asosiy manba jinsiy aloqalar emasdi. Aslo.

Qizning ich etini yemirgan narsa his - tuyg'ular edi. Jin urgan Hislar edi. Taqiqlangan hislar ...

Jungkook sekin Scarlet yotgan xona eshigini ochdi. Va nursiz, jonsiz, ruhsiz va faqatgina nafas olayotgan tanaga duch keldi. Faqat nafas olayotgan. Scarletning yuzi deraza tomonga qaragan. Ko'zlarida bir o'y yo'q. Qotib qolgandi. Kipriklarini ishlatmas, xuddiki, jonsizdek. Nur taratuvchi ko'zlar endi qorong'u munglikka burkangandi.

Jungkook yutinganicha qiz yotgan yotoq oldiga kelib stolni o'ziga tortdi hamda o'tirdi. Azob, uyat, achinish barcha g'ariblikni ifoda etgan tuyg'ular yigitning yuzida, qalbida jamlandi. Eng ustuni? Afsus edi. Jungkook ikkilangancha qo'lini cho'zib Scarletning momiqdek kaftini tutishga urindi. Ammo qiz bu teginishdan cho'chib ketdi va tezda yigitga qaradi.

Jungkookning butun hayoti ko'z oldidan bir sahnadek o'ta boshladi. Ota-onasidan ayrilgan kun, ammasining qo'liga kelib qolgani, to'xtovsiz kaltaklar, o'zining zo'rlanishi, qon ... Scarletning tubsiz okeanlarida azob shu qadar ayon ediki, nima qilishni ham bilmasdi kishi.
– Jungkook ...
Bu shivirlash. Qizning olgan har bir nafasi yigitning qalbini tirnardi. Azoblardi. Shunday bo'lsada, ulardan biri kuchli bo'lishi kerak. Oyoqda turishi kerak va majbur. Ikkinchisi uchun. Hech bir o'y so'zsiz. Ular hozirgina farzand deb atalgan ne'matdan ayrilishdi. Endi esa kim tog'dek qad rostlashi kerakligi, majburligi haqida o'ylashardi. Oxirgi qaror? Jungkook barini zimmasiga oldi.

Jkpov:

Shu kungacha bariga chidadim. Buyog'iga ham chidashga majburman. Men ... bunga loyiqman...

– N- Nima bo'ldi?
Jungkook pastki labini qattiq tishladi. Nafas olish ritmi o'zgargandi. Qizning kaftini labiga olib keldida, ort tomoniga chuqur bo'ssa bosdi.
– Scarletim ... Qanotligim ... o'zingni qo'lga olishga va'da ber?
Qiz ko'zlarini pir-piratdi.
– Jungkook ... iltimos ...
Yigit sekin pichirladi.
– Farzandimiz ... undan ajraldik...
Qiz ko'zlarini yumdi. Ikki tomchi uning qorachig'laridan dumaladi. Ikki dona. Biroq bu ikki tomchi dunyolarni vayron qila olardi.
Boshqa hech nima. Qiz baqirmadi. Jazavaga tushmadi. Xonani vayron qilmadi. Jungkookka baqirmadi. Tanasi bo'shashdi. Yuragi uvushdi. Yuzidan barcha emotsiyalar o'chib ketdi ...
– Keting!
– N- Nima?
– KET! KET BU YERDAN! HAMMASIGA SEN AYBDORSAN! SEN QOTILSAN! FARZANDIMNING QOTILI! QO'LING O'Z QONING BILAN YUVILDI. KO'ZIMDAN YO'QOL
– Yo'q. Yo'q. Yo'q ...

– Y- ... yo'q ...
– Jungkook! Jungkook ko'zingizni oching.
Yigit sapchib o'rnidan turganicha chuqur nafas ola boshladi. Ter butun tanasidan quyilardi. Yuragida achishish hissi, tomog'ini bo'g'ib tashladi. Ko'zidan yosh tinimsiz quyilayotganini endi seza boshladi.
– Jungkook. Jungkook menga qarang. Men bu yerdaman. Shu yerda ... oldingizda. Bu faqat tush edi. Rangsiz tush ... ho'pmi?
Yigitning lunjlari pastga tortildi. Hech nimani tushunmayotgan ko'zlari Scarlet deb atalmish kislorod oqimi bilan to'qnash keldi. Keldi-yu Jungkook qizning labiga tashlandi.
Qiz bu kuchdan ortga yiqildi. Yotoqqa yotib qoldi. Yigit qizning ustiga chiqib oldi. Va qattiq bo'sa ola boshladi. Bu bo'sa vaxshiyona emas, shahvoniyatga to'la emasdi. Yo'q. Yoki hissiyotlar kabi yumshoq emasdi. Ular xavotir va qo'rquvda chuqurlashardi. Qiz ham o'sha yerdaligini, hech qayerga ketmaganini isbotlash uchun yigitning tezligiga moslashar, xuddi o'zidek javob berardi.

Bir necha daqiqalardan keyin sekinlashgan yigit qizdan uzilib peshonalarni birlashtirdilar. Ikkisini ham nafas yetishmovchiligi degan ahamiyatsiz maummo qiynardi lekin bunga ular "tupirib qo'yishgan" ko'rinardi.
– Meni tashlab ketma! Hayolinga keltirma tushundingmi?
Jungkook birdan irrilab yubordi. Faqat qiz undan voz kechib ketishi mumkinligi haqida o'ylabgina aqldan oza boshladi.
– Nima bo'ldi?

Scarletpov:

Unga nimalar bo'layotganini tushunolmayapman. Nega birdan yovvoyilashib qoldi? Sezdim ... bildim yomon tush ko'rdi lekin bu tushi nima haqida edi? Shu qadar yomonmidi bu tushi hozir u hushsiz qolyapdi?

– Hech nima. Shunchaki qo'rqinchli tush ko'rdim.
Jungkook mendan o'zini sekin tortib oldi. Biroq men yana uni o'zimga qayta tortdim va lablaridan biroz avvalgiga umuman qarama-qarshi bo'lgan ritm bilan bo'sa oldim.
– Bu tush nima haqida edi?
Jungkook qattiq yutindi. Jin ursin. Uning bo'g'iz olmasi tepa pastga harakatlandi. E Hudo .. bu ... u ertalabdan juda mazzali ko'rinyapdi.

Yaxshi meni aqldan ozgan deyishingiz mumkin. Nega? Chunki u hozirgina vahima hurujini menimcha ilk bora boshidan kechirdi, men esa uning shu ahvolida ham uni iflos hayolotimga tortishga erishdimmi? Ha aqldan ozganman. Lekin meni ayblay olasizmi? U juda kelishgan va ishtahabop inson...

Uning yuzini siladim.
– Sizni qiynashni xohlamayman. Shu sabab ortiqcha bosim bermayman. Ammo yodingizdan chiqmasin. Men doim shu yerdaman. Shunchaki Scarlet sifatida ho'pmi?
Jungkook kuldi. Men bir marta ko'rish uchun o'lib tiriladigan hech qanday ma'noli, yoki kesatiq aralashmagan tabassumini yuziga chiqargandi. O'sha soniyadan boshlab? Men o'zimniki emasman. Men unikiman.

Uning yanoqlarini mayin siladim. Biz hali ham yotoqdamiz. Soat nechi bo'lganini hatto bilishni xohlamayman. Ma'lum muddat, mana shu onlar bizniki. Men ulardan boricha to'liqligicha foydalanmoqchiman. Rohatlanmoqchiman. Vaqtimning boricha u bilan bo'lmoqchiman ...

Hayollarimdan bo'ynimga berilayotgan yumshoq e'tibor qaytardi. Jungkook o'sha yerga yana ko'milib olibdi. Uning sochlarini siladim. Bu mayin sochlarni juda yaxshi ko'raman.
– Eski xotiralar tushimga kirdi ... ota-onam ... yoshligim ... Ammam
Qoshlarim chimirildi. Ammasi? Shu kungacha Jeon Jungkookning oilasi haqida biror ma'lumot yo'q. Shu darajada sirli inson hozir men bilan o'tmishini bo'lishmoqchimi?
– N- .. nega?
So'zlarim kamsiq chiqdi. O'zimni bu uchun koyidim. Lekin nima qilay. Jungkook meni shu darajaga olib kelib qo'ygandi.
– Men ... 11 Yoshimdan ota - onam avtohalokat tufayli vafot etdi. Ular Jeon Corporation uchun o'tkazilgan maxsus qishki ziyofatdan kelishayotgan bo'lishgan. Onamning kayfitayi o'sha kuni juda baland edi. Otam esa? U onamning xursandchiligini ko'rib xuddi u kabi xursand bo'lardi. Ikkisi meni uyga bir kechalik enaga tashlashdi. Menga va'da berishdi. Biz tezda qaytib kelamiz deyishdi. Men ularga ishondim. Agar aqlli bola bo'lib o'tirsang seni istirohat bog'iga olib boramiz deyishdi. Men juda xursand edim. Ota - onam bilan o'tgan onlar men uchun qimmatli edi. Ular ketishdi. Ketishdi va qaytib kelishmadi. Men ... men ularni kutdim. Uxlashni rad etdim. Enaga menga uxlashim kerakligi, uyg'onganimda ota - onam shu yerda bo'lishlarini. Menga berilgan va'dalarning bari bajarilishini aytdi. Lekin men ko'nmadim. Uxlashni xohlamadim. Negadir, uxlasam ular kelmasdek tuyulardi. Meni aldashardi nazarimda...
Shu joyiga kelganda Jungkook yig'i aralash kulgu tovushini chiqardi.
β€” Agar ular shundoq ham aldashlarini bilganimda ... meni yolg'iz tashlab ketishlarini bilganimda kutmasdim...
Jungkookni qattiqroq bag'rimga tortdim. Qattiqroq quchoqladim. Sochlari ustidan bo'salar joylay boshladim. U esa mening bo'ynimga yanayam chuqurroq ko'milib oldida davom etdi.

– Ularni tuproqqa qo'ydim. Butun umrga ulardan judo bo'lgandim. So'ngi alvidodan so'ng meni 40 yoshli ammam asrab oldi. Yagona qarindosh sifatida. O'sha yerdan barcha azoblar boshlandi. Ammam nega meni yoqtirmasliklarini tushunmasdim. Haddan tashqari qattiqqo'lliklar, uyib tashlangan ma'suliyatlar.

Uning og'zidan chiqqan har bir so'z bajo bo'lishi shart edi. Rad etishlarsiz. Agar xato qilsam ... jazolar bo'lardi. Har bir qilingan xato uchun badal bor der edi u... kaltaklar ... sigaretta cho'g'ini terimga bosishlar ...
Shu joyiga kelganda u sekinlashdi. Xuddiki eslashni xohlamagandek. Men esa uning orqasini siladim. Chiqarib yubor ... agar saqlasang ular seni yeydi. Bitiradi. Menga sen bilan azoblanishga izn ber ...

– Men hammasiga ko'ndim. Men doim ko'ndim. Doim ko'nganman... "Inson hayoti o'n beshi yorug', o'n beshi qorong'u" deyishgandi. Yolg'on so'zlashgan ekan...

Yana bir azobli kulgu

– Hayotim o'n besh yoshga to'lganimdan so'ng zulmatga aylandi. O'sha hodisa meni hozirgi mahluqqa aylantirdi... U ...
Jungkook qattiq yutundi. Uning ko'z yoshlarini terimda his qila boshaladim. U nima qilgan ...

– U ... m-meni zo'rladi ... o'zini menga majburladi ...

Ko'zlarim oldi qorong'ulashganini his qildim... Nima? Ammasimi? ... Jungkook ... E Hudo ...

Uni qattiqroq bag'rimga tortdim. Bunday jirkanchlikni qilish uchun qanchalik tuban, isqirt bo'lish kerak. Yana go'dakkaya? Agar qo'limda qurol bo'lganda uning ammasini maydalashga tayyor edim.

– H-hozir ammangiz qayerda ...?
Bilaman bu ortiqcha lekin ... bugun ishdan dam olishim mumkin va uni ziyorat qila olaman. Balki pichoq bilan yoki to'poncha ...
– U o'lgan.
Ko'zlarimni qattiq yumdim. Jin ursin qari jodugar qutilib qolibdi. Ming la'nat.
– Shhh ... Siz bilan faxrlanaman. Siz men bilgan eng kuchli insonsiz. Bu qadar sabr va shu qadar jasorat ... siz haqiqiy jangchisiz ...

Uning ko'z yoshlardan qizarib shishgan ko'zlariga o'pich bosdim.
– Siz eng yaxshisiz. Siz dunyodagi barcha kulgu va baxtga arzisiz.
Lablarimizni birlashtirdim. Qisqa bo'sadan keyin yana ko'ksimga uning boshini qo'ydim.
– Dam oling ...
Uning ko'zlari yumilishni boshladi. Biroq to'liq uyquga ketmasdan oldin uning Hira-shira ovozini eshitdim :
– Menga baxtlar kerakmas. Faqat ketma ...

Xavotirlanma ... Sevgilim. Seni tashlab ketmayman. O'ldirsalar ham. Bag'rimdan yuragimni yulib olsalar ham.

Scarlet Stone qalamidan yozilgan. Eslatib o'taman. Fanfic ochiq sahnalarga boy hamda mentalitetimizga to'g'ri kelmasligi mumkin.