Today

STRAWBERRY SEX

Scarlet Silver Stone qalamidan. Mehr ila...

6-qism.

Shunday holatda Dam olish kunlari o'tib ketdi. Yana Dushanba. Yana ish. Scarlet norozi o'rnidan turdi. Nonushta tayyorladi. Jungkook ikkisi butun yoqimli sukunatda nonushta qilishdi. Jungkookning mashinasida ishga yo'l olishdi. Endi binoga yetaman deganda Scarlet birdan Jungkookni to'xtatdi.
– Mashinani to'xtating.
Jungkook unga ko'zida savol bilan qaradiyu lekin uning aytganini qildi.
– Nimadir bo'ldimi?
Scarlet kulgancha boshini silkidi.
– Men tushaman.
– Nimaga?
– Bizni ishda hech kim birga ko'rmagan. Ustiga ustak sizga qahva ham olishim kerak. Ertalab shirinlik yeyishni xohlayman degandngiz. O'zimning ham ba'zi ishlarim bor edi ...
Jungkook chuqur nafas olib kuldi.
– Yaxshi... Lekin menga bir nima berishing kerak.
Endi savolli nigohlar navbati Scarletda edi.
– Hm? Nima ekan u?
Jungkookning yuzidagi tabassum "g'arb yulduzi" edi.
– Yana nimani boshladingiz? Kechagi "Qulupanaylik" qilmishingizni deb men ... u yerda hali ham og'riq bor.
Jungkook boshini ortga tashlab xandon otdi.
– Ha bu ... sening aybing. Kim senga meni qonimni qaynatgin dedi?
Scarletning labi cho'chaydi. Jungkook kulib sekin egilib qizning labini o'zining pushti yumshoqliklari bilan birlashtirdi. Qo'llari esa allaqachon qizning tanasi bo'ylab sayr qilardi. Xuddiki Bu tana unga tegishlidek. Scarlet esa? Uning kasalli qo'zg'ay boshladi. Va tezda bo'sadan o'zini olib qochdi.
– Yo'q. Janob qo'llaringizni o'zingizga olib qo'ying tushundingizmi? Bir dunyo ish kutyapdi bizni axir. Agar bilsangiz Bugun "Kim Interprecess" bilan qayta uchrashuvimiz bor.
Jungkookning bir juft qahvalari qora tusga kirdi. Rashk, g'azab kabi qorong'u tuyg'ular ular ortida yondi. Scarlet esa albatta bularni sezdi.
– Jungkook sizdan bir iltimosim bor.
Yigit qizga qaradi.
– Xo'sh?
Bu nigohlar hech yumshashni istmasdi. Hech ham xohlamasdi. Balki, qoshlar bir joyga yig'ildilar va ular orasida chiziqlar paydo bo'lib, chuqurlashdi. Bu ... Jin ursin juda shaxvoniy edi. Scarlet chuqur yutindi. Ammo o'zini qo'lga olib Jungkookning ikki lunjidan ushladi.
– Kim Taehyung bilan baxslashishni bas qiling. Ularning kompaniyasi hazilakam emas. Agar ular bilan bitim tuza olsak, biz uchun bu eng katta yutuq bo'ladi. Shuni unutmang. Iltimos ...
Jungkook endi og'iz juftlagandi hamki ... Qiz uni bo'ldi
– Men uchun!
Yigit yana chuqur nafas oldi va boshini irg'idi.
– Yaxshi. Faqat sen uchun. Evazigachi.
Qizning tabassumi qanday tez paydo bo'lgan bo'lsa xuddi shunday tezlikda so'ndi.
– Ha albatta Bu Jeon Jungkookku. Undan nima ham kutsa bo'lardi Jin ursin.
Jungkook qoshlarini ko'targanicha undan ko'zini uzmasdan mazaxli kulgi bilan so'z qotdi.
– Men seni eshita olaman Scarlet. Ovoz chiqarib hayol surishni bas qil.
– Kim aytdi sizga meni ovoz chiqarib hayol suryapdi deb. Men atay qilgandim.
Jungkook kuldi.
– Mavzuga qaytamiz. Menga Kim Interprecess bilan bitim evaziga nima berasan?
Scarletning qoshlari bir biriga urildi. Umuman olganda Qiz o'zidagi hamma narsani yigitga berib bo'lgandi. Tanasi, ruhi, hayollari, hisslari ... Yuragi... Bir sog'lom inson berishi kerak bo'lgan barcha narsani. Va bundan afsuslana boshlagandi ham. To'g'rida, yuragini shunchaki berib yuborish ...
Jungkookning qo'llari uni o'z olamiga qaytardi. Yigit uning kaftlarini o'ziniki bilan birlashtirgan, ularga kichik o'pichlar joylardi. Keyin sekinlik bilan Teri ustidan pichirladi.
– Xo'sh? Nima bera oladi meni Malikam?
– Nima xohlaysiz?
Jungkookning ko'zlari qizga tikildi.
– Men istagan narsani bera olishinga ishonchim komil emas Malikam ...
– Unda so'ramang!
Qiz bir zumda qo'lini yulib oldi.
– Jungkook bu shunchaki Shartnoma. Esingizdan chiqmasin shunchaki shartnoma. Bir necha oydan so'ng u tugaydi va ...
– Tugamaydi.
Qizning gaplarini keyingi sovuqlik pichoq kabi kesib o'tdi. Yigit qizdan qabul qilgan ilk qarshilik. Ilk marotaba Rad etilish hissi yigitga yoqmadi. Shu kungacha nimani xohlagan bo'lsa o'shanga erishib kelgan yigitga qarshilik qilishlari yoqmadi. Ayniqsa bu o'z mulki, o'zniki deb hisoblaydigan Scarletdan bo'lsa.

– Bu nima deganingiz?
Scarlet ko'zlarini pir -piratdi.
– Shartnoma bir kuni tugay ...
– TUGAMAYDI!
Jungkook mashina ruliga zarba berdi. Jahl bilan. Uning ko'zlari qon talash ahvolga keldi.
– Bu shartnoma meniki, demak men uni uzaytirishim, qisqartirishim, kesishim, bo'lishim, o'zgartirish kiritishim mumkin! Mening qanotlarim ostida ekansan unutma ... Sen menga tegishlisan. Menikisan!

Scarlet ko'zlarini yumdi. Bir tomchi yosh ulardan yumaladi. Jungkook unga yana shaxsiy mulkidek munosabatda bo'lyapdi. Jonsizdek, tuyg'ularsizdek ... Qiz unga qanday aytadi, U yigitni sevib qolayotganini, aqldan ozayotganini, bu tuyg'ularning oxiri tubsizlikdan iborat jarlik ekanligini. Qanday tushuntirsin ... Qizning bir parcha yuragi undan voz kechganini, bu bo'lakni ortiqcha deb hisoblayotgan erkakka tegishli bo'lib qolganini.
Jungkook derazadan ko'cha tomon qarab oldi. Nigohlarini Scarletdan olib qochdi. U qanday aytsin muzlab qolgan yuragi yana ura boshlaganini. Qanday aytsin qiz uning hayollarini egallab olganini, qanday aytsin har safar Scarletdan uzoqlashishga harakat qilganida bu ahmoq qattiq zarbalanayotganini, sanchiyotganini.

Kundan - kunga Zaiflashyotganini ...

Sevmaslikka ont ichdilar. Lekin sevib qola boshladilar. Aqldan ozmaslikka qasamyod qildilar lekin uni buzishdi. Hech bir taqiqni buzmaslikka kelishib olishdi. Biroq ilk kunlardan so'zlariga bo'ysunmadilar. Va'da berdilar va o'sha va'dani sindirishdi. Endi esa bu jahannam olovida yonardilar.

Ikkisini ham qoplab olgan qo'rquv bitta edi :

Scarletpov:

Agar senga sevishimni aytsam ... mendan voz kechmasmikansan? Sendan ayrila olmayman.

Jungkookpov:

Agar senga tuyg'ularimni aytsam mendan yuz burmasmikansan? Sensiz yashay olmayman.

Vaqt o'zgarishi : Jeon Corporation.

Yana o'sha majlislar zali. To'rida Jeon Jungkook savlat to'kib o'tirardi. Yonida esa Scarlet Stone. Doimgidek go'zal. Ammo ko'zlari tagi qoraygan. Negadir xolsizdek.

Zalning eshigi ochilib Kim Taehyung xuddi o'tgan galgidek viqor bilan kirib keldi. Savlat to'kkanicha. Yonida Esa Yang Jungwoon unga xamroh edi. Scarlet ularni xolsiz, tolliqan tabassum bilan kutib oldi. Jungkook ham ertalabki tortishuvdan buyon qizga biror so'z aytishga botina olmayotgandi. Lekin Qizning so'lg'inlashganiga e'tibor berdi. Shu vaqt Jungwoon qizga bag'rini ochdi.

Jungkookpov:

Yana shu shumshukmi?

Scarlet zo'rg'a tabassum bilan o'rnidan turdi. Va sekin yigitning bag'riga bosh qo'ydi. Jungwoonning qoshlari chimirildi.
– Scarlet yaxshimisan?
Scarlet zo'rg'a bosh irg'idi.
– Ozroq behuzur bo'lyapman...
– Unda ozroq dam olishing zarur ... hozir men Janob Jeonga ...
Jungwoon so'zlarini yakunlay olmadi. Scarlet yerga hushsiz yiqildi.

– SCARLET!!!
Xonadan Jungkookning baland hayqirig'i yangradi. U qiz tomon yugurdi.

Vaqt o'zgarishi : Kasalxona ...

Jungkook kasalxona karidorida ikki qo'lini bir biriga chalishtirib xavotirdan o'lmaslikka chiranardi. Nega, nima sababdan bunday bo'lganini bilmasdi. Hech nimani tushunmasdi. Chunki 3 kun davomida ular uzluksiz birga edilar. Qiz charchoqli yoki ruhiyatiga qattiq shikast beradigan biror ish qilmadi. Unda nega? Yoki ularning ertalabgi tortishuvi ... yo'q yo'q. Bunday bo'lishi mumkin emas.

Jungkook sochlarini changalladi. Ko'zlarini yosh qopladi va pichirlay boshladi.

– Men Hudoga ishonmayman. Sening bor ekanligingni tan olmayman ammo ... agarda haqiqatda mavjud bo'lsang uni saqlab qol. U yagona quvonchim. Ota onamni mendan tortib olding. Xolamning qo'lida qul edim. Faqat urishi ... o'zini qondirishi uchun o'yinchoq edim. Bularni indamasdan qabul qildim. Ularga ko'ndim. Sendan yordam so'ramadim. Lekin ilk bora boshimni egmoqchiman. U uchun. Faqat u uchun ... Iltimos ...

Shu payt xona eshigi ochilib shifokor chiqib keldi.
– Stone Scarlet bilan kim?
Jungkook o'rnidan sakrab turdi.
– Men ... men unga nimadir bo'ldimi? Doktor ayting? Nima bo'ldi unga...

– Tinchlaning. Siz kim bo'lasiz?
Jungkook qattiq yutundi va pichirladi.
– S - ... Sevgani ...
Doktor boshini ham qilib, irg'indi.
– Tushunarli ... Janob Jeon ... Stone xonim yaxshi. Ko'rsatkichlar joyiga qaytdi.
Jungkookning yoshli ko'zlari yorishgandek bo'ldi.
– Biroq ...
– Nima biroq Doktor? Ayta qolsangizchi?
Doktor chuqur nafas oldi.
– Biroq ... Farzandingizni asrab qola olmadik...
Jungkookning butun dunyosi parchalanib ketdi. Farzand? ... Bu ... qanaqasiga? Axir ular doim himoyalangan edilarku? ...

– F- ... farzand?
Jungkookning nafasi qayta boshladi.
– Ha ... u 1 oylik xomilador ekan. Yaxshi rivojlana boshlagan lekin ... qattiq tushkunlik va bosim sababli uni asrab qola olmadik ... Hamdardlik bildiraman Janob Jeon ...

Scarlet Silver Stone qalamidan Bu hikoya ancha ochiq sahnalarni ichiga oladi va mentalitetimizga to'g'ri kelmaydi. Shu sababdan iltimos, buni to'g'ri qabul qiling!